{"id":117522,"date":"2024-05-08T21:59:18","date_gmt":"2024-05-08T18:59:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117522"},"modified":"2024-05-08T21:59:22","modified_gmt":"2024-05-08T18:59:22","slug":"turkiston-avtonom-sovet-sosialistik-respublikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/turkiston-avtonom-sovet-sosialistik-respublikasi\/","title":{"rendered":"TURKISTON AVTONOM SOVET SOSIALISTIK RESPUBLIKASI"},"content":{"rendered":"\n<p>TURKISTON AVTONOM SOVET SOSIALISTIK RESPUBLIKASI (TASSR) \u2014 Turkiston o&#8217;lkasida sovet tuzumi o&#8217;rnatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan tuzilgan va RSFSR ga kirgan avtonom respublika (1918-24). Mayd. 1.324.994 kv. versta. Aholisi 5 mln.dan ziyod kishi (1922). Poytaxti \u2014 Toshkent sh. Turkiston o&#8217;lka sovetlarining 5s&#8217;ezdi (1918 y. 20 apr.-1 may)da 30 apr. kuni Rossiya Sovet Federasiyasining Turkiston Sovet Respublikasi (qisqachatsr) degan nom bilan tashkil topdi. S&#8217;ezdsa oliy organlar: Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya ko&#8217;mitasi (Turkiston mi K) va Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti (Turkiston XKS) tuzilgan. TCP ma&#8217;muriy jixatdan Farg&#8217;ona, Samarkand, Sirdaryo, Ettisuv, Zakaspiy, keyinchalik Amudaryo (Turkman) viloyatlariga bo&#8217;lingan. Respublika hududi BXSR, XXSR, Kozog&#8217;iston ASSR, Afg&#8217;oniston, Eron, Xitoy davlatlari bilan chegaradosh bo&#8217;lgan. Turkiston Respublikasi Sovetlarining favqulodda 6s&#8217;ezdida RSFSR Konstitusiyasi andozasida TCP Konstitusiyasi qabul qilingan. 9s&#8217;ezdda yangi Konstitusiya qabul qilinib, TSRning nomi Turkiston Sovet sosialistik Respublikasi (TSSR) deb o&#8217;zgartirildi. Respublika siyosiy hayotida Turkiston Kommunistik partiyasi \u2014 TKP (1918 y. iyunda Toshkentda tuzilgan) mug&#8217;im rol o&#8217;ynagan. Hokimiyatning oliy qonun chiqaruvchi organi TSSR MIK hisoblangan. Ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organ TSSR XKS sanalgan. Birok, amalda hokimiyat RSFSR ning Toshkentdagi favqulodda organlari: Turkiston komissiyasi, RKP(b) MK Turkiston byurosi (Turkbyuro), keyinchalik RKP (b) MK O&#8217;rta Osiyo byurosi (Sredazbyuro), Turkiston fronti qo&#8217;lida bo&#8217;lgan. So&#8217;ngra mahalliy hokimiyat RSFSRning turli komissarliklariga bo&#8217;ysundirilgan. 1920 y.gacha mahalliy millat vakillari respublika oliy rahbariyati tarkibiga kiritilmagan. Keyinchalik T.Risqulov, N.To&#8217;raqulov, Q.Otaboev, A.Rahimboev, I.Xidiraliev, R. Islomov, N.Aytoqov TSSR rahbarlari bo&#8217;lishgan. 1918 y. bahorda sovet hokimiyati tomonidan Tssrda sanoatning etakchi tarmoqlari (paxta tozalash, yog&#8217;moy i. ch., ko&#8217;nchilik va b.) hamda banklar musodara qilindi. T.y. davlat tasarrufiga o&#8217;tkazildi. Oziq-ovqat taqsimoti (prodrazvyorstka) natijasida dehqonlar qo&#8217;lidagi oziq-ovqat mahsulotlari tortib olindi. 1921 y.dan oziq-ovqat solig&#8217;i (prodnalog) joriy qilinib, etishtirilgan hosilning katta qismi sovet organlariga majburiy topshirtirilgan. Hunarmandlar, savdogarlar va tadbirkorlardan ham katta miqsorda soliq olingan. Sovet rejimining xalqqa qarshi siyosatidan norozi bo&#8217;lgan milliy kuchlar qo&#8217;lga qurol olib, qizil armiyaga qarshi kurashganlar. TSSR iqtisodiyotiga harbiy xarakatlar katta zarar keltirgan. Kx izdan chiqib, og&#8217;ir ahvolga tushib qolgan. Ekin maydonlari qisqarib, 1915 y.dagi 3 mln. desyatinadan 1921 y.da 1,7 mln. desyatinaga tushib qolgan. Chorva mollarining soni 24 mln. boshdan 8 mln. boshgacha kamaygan. Respublika sanoati ham vayron bo&#8217;lgan edi. 1921 y.da yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ga o&#8217;tilgan, mavjud korxonalarni qayta tiklash bilan bir qatorda yangi korxonalar g&#8217;am qurilgan. Biroq Turkiston sanoatida davlat sektori asosiy o&#8217;rinni egallagan. TSSR da madaniyat ziddiyatli tarzda rivojlangan. Bir tomondan, yangi hokimiyat sovet maktablari, gaz. va jurnallar, madaniyma&#8217;rifiy shoxobchalari (klublar, madaniyat uylari, qizil choyxonalar) tashkil qilishga alohida e&#8217;tibor qaratib, mahalliy aholi ongiga kommunizm g&#8217;oyalarini singdirishga harakat qilgan. Ikkinchi tomondan, milliy ziyolilar (Fitrat, Cho&#8217;lpon, Abdulla Qodiriy, Munavvarkori va b.) milliy manfaatlarni qimoya qilib, sovet hokimiyati bilan murosa qilgan holda xalqqa ma&#8217;rifat tarqatish bilan ham shug&#8217;ullanganlar. 1918 y. 12 mayda O&#8217;rta Osiyodagi dastlabki oliy o&#8217;quv yurti \u2014 musulmon xalq dorilfununi (q. O&#8217;zbekiston milliy universiteti)ga asos solingan. 1920 y. avgustda Tssrning Ettisuv viloyati, Sirdaryo va Zakaspiy viloyatlarining bir qismi yangi tashkil qilingan Kozog&#8217;iston ASSR (RSFSR tarkibida; 1936 y.dan Kozog&#8217;iston SSR) tarkibiga kiritilgan. 1924 y. noyabr oyining oxirida O&#8217;rta Osiyoda o&#8217;tkazilgan milliyhududiy chegaralanish natijasida TSSR tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan O&#8217;zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (O&#8217;zbekiston SSR tarkibida; 1929 y.dan Tojikiston SSR), shuningdek, K\u00b0raqirg&#8217;iz (Qirg&#8217;iziston) Muxtor viloyati (RSFSR tarkibida; Kirg&#8217;iziston SSR), Qoraqalpoq Muxtor viloyati (Qozog&#8217;iston ASSR tarkibida; keyinchalik Qoraqalpog&#8217;iston ASSR, 1936 y.dan O&#8217;zbekiston SSR tarkibida) tarkibiga kiritildi. Ad.: O&#8217;zbekistonning yangi tarixi, 2kitob [O&#8217;zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Rajabov K,., Haydarov M., Turkiston tarixi (19171924 y.), T., 2002; O&#8217;zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001. Qahramon Rajabov, Ordali Qoniratboev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TURKISTON AVTONOM SOVET SOSIALISTIK RESPUBLIKASI (TASSR) \u2014 Turkiston o&#8217;lkasida sovet tuzumi o&#8217;rnatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan tuzilgan va RSFSR ga kirgan avtonom respublika (1918-24). Mayd. 1.324.994 kv. versta. Aholisi 5 mln.dan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/turkiston-avtonom-sovet-sosialistik-respublikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-117522","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117522","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117522"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117522\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117527,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117522\/revisions\/117527"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117522"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117522"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117522"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}