{"id":117541,"date":"2024-05-08T22:05:30","date_gmt":"2024-05-08T19:05:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117541"},"modified":"2024-05-08T22:05:33","modified_gmt":"2024-05-08T19:05:33","slug":"toshkent-darvozalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/toshkent-darvozalari\/","title":{"rendered":"TOSHKENT DARVOZALARI"},"content":{"rendered":"\n<p>TOSHKENT DARVOZALARI &#8211; o&#8217;rta asrlarda shahar mudofaa devoriga o&#8217;rnatilgan darvozalar. T.D. tarixiy manbalarda Binkat darvozalaridan ma&#8217;lum. Ibn Havqalning yozishicha, Binkat Ark, Shahriston, ichki va tashqi raboddan iborat bo&#8217;lib, ularning har biri mudofaa devori bilan o&#8217;rab olingan. Arkning 2 darvozasi, shahristonning Abbos (Abul Abbos), Kesh (qasr) va Junayd (gunbaz) deb atalgan 3 ta darvozasi bo&#8217;lgan. Ichki rabodning Raboti Hamdeyn (xumdon), Ohanin (temir qoplangan), Mir (Amir), Farkon (Anhor bo&#8217;yi), Surkada, Karmanj, Ko&#8217;yi Saxl, Roshidizak, Ko&#8217;yi Xoqon, ko&#8217;shki dehqon deb atalgan 10 ta darvozasi, tashki rabodning esa Fag&#8217;kat (Parkat), Xaskat (Xushkat), Sandijak (Sangdizak), Ohanin, Bakrdizak, Sakrak, Sag&#8217;rbod (Bofaryad) deb atalgan 7 darvozasi bor edi. Shahar hududining kengayishi bilan shahar devori xam, u bo&#8217;ylab o&#8217;rnatilgan darvozalarning o&#8217;rni va nomlari ham o&#8217;zgarib turgan. Shahar yagona mudofaa devori bilan o&#8217;rab olinib, mustahkam istehkomga aylangan. Tarixchi Muhammad Solihnint yozishicha, 14-a. oxirida shaharning 12 darvozasi [Qiyot, Turk, O&#8217;zbek, Taxtapul, Qorasaroy, Chig&#8217;atoy, Su&#8217;boniyon (Sag&#8217;bon), Ko&#8217;kcha, Kamondaron, Qang&#8217;li, Beshog&#8217;och, Qatag&#8217;on] bo&#8217;lib, ularni qo&#8217;riqlash ma&#8217;lum bir qabila vakillariga topshirilgan, shu tufayli darvozalar qabila nomlari bilan atalgan. Abdullaxon P 1580 y. Toshkentni qamal qilganda shaharga 6 tarafdan hujum qilishga farmon bergan. &#8220;Abdullanoma&#8221; da shaharning Farkat, Shibli, Ko&#8217;kcha, Turkiston(yangi qurilgan), Samarqand, Registon kabi darvozalari bo&#8217;lganligi qayd etilgan. Keyingi asrlarda shahar mudofaa devori tashqi dushmanlar hujumlari ta&#8217;sirida vayrona holiga kelgan. Yunusxo&#8217;ja davrida qayta tiklangan. Qo&#8217;qon xonligi Toshkentni xonlikka qo&#8217;shib olgach (1810), lashkar qushbegi tomonidan shahar devori qayta ta&#8217;mirlanib, har er, har erda minoralar qurilgan, yangi darvozalar o&#8217;rnatilgan. Toshkent podsho Rossiyasi tomonidan bosib olingan vaqtda (1865), uning quyidagi 12 darvozasi bo&#8217;lgan: Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag&#8217;bon, Chig&#8217;atoy, Ko&#8217;kcha, Samarkand, Kamolon, Beshog&#8217;och, Qo&#8217;ymas, Qo&#8217;qon, Qashqar. Bundan tashqari, Qorasaroy darvozasidan sharqroqda bir otliq o&#8217;tishiga mo&#8217;ljallangan teshik qofqa (Darvishak qofqa) joylashgan bo&#8217;lib, u Darvishxon (16-a.) zamonida ochilib, darvoza o&#8217;rnatilgan; yana bir qofqa Beshog&#8217;och va Kamolon oraligida bo&#8217;lgan. Darvozalarni qo&#8217;riqlash darvozabonlarga topshirilgan, ular tongda darvozalarni ochib, qorong&#8217;i tushishi bilan yopib qo&#8217;yganlar. T.D.ning har birining alohida ramziy kaliti bo&#8217;lgan. 19-a.ning 70-90-y.larida shahar hududining kengayishi va T.D.ga ehtiyoj bo&#8217;lmagani sababli ular buzib tashlangan. Hoz.da T.D. joylashgan erlarni aniqlash va ramziy darvozalar o&#8217;rnatish bo&#8217;yicha muayyan ishlar olib borilmoqda. Ad..Hofiz tanish alBuxoriy, Abdullanoma, 1 va 2j., T., 1999-2000; O&#8217;rinboev A., Bo&#8217;riev O., Toshkent Muhammad Solih tavsifida, T., 1983; Muhammadjonov A., Qadimgi Toshkent, T., 2002. Mashhura Sharipova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TOSHKENT DARVOZALARI &#8211; o&#8217;rta asrlarda shahar mudofaa devoriga o&#8217;rnatilgan darvozalar. T.D. tarixiy manbalarda Binkat darvozalaridan ma&#8217;lum. Ibn Havqalning yozishicha, Binkat Ark, Shahriston, ichki va tashqi raboddan iborat bo&#8217;lib, ularning har &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/toshkent-darvozalari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-117541","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117541","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117541"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117541\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117544,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117541\/revisions\/117544"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117541"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117541"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117541"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}