{"id":117547,"date":"2024-05-08T22:08:57","date_gmt":"2024-05-08T19:08:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117547"},"modified":"2024-05-08T22:09:01","modified_gmt":"2024-05-08T19:09:01","slug":"korgazma","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/korgazma\/","title":{"rendered":"Ko&#8217;rgazma"},"content":{"rendered":"\n<p>Ko&#8217;rgazma \u2014 insonning moddiy va ma&#8217;naviy faoliyati sohalaridagi yutuqlarni ommaviy namoyish etish. Hoz. zamon K.lari maqsadlariga ko&#8217;ra, savdo K.lari (asosan, tijorat maqsadida uyush- tiriladi), ma&#8217;rifiy-targ&#8217;ibiy (infor &#8211; masion) K.lar (badiiy, ilmiy-texni- ka, sanoat, transport va b. sohalardagi yutuqlarni targ&#8217;ib qilish); davriyligiga ko&#8217;ra, muntazam o&#8217;tkaziluvchi (har yili, bir, ikki, uch yilda bir marta va h.k.), no- muntazam o&#8217;tkaziluvchi (yubileylar, kon- gresslar, qurultoylar yoki biror boshqa munosabat b-n), doimiy ishlaydigan K.lar; namoyish etiladigan ekspovatlar mazmuniga k o&#8217;r a , iqtisodiyotning bar- cha tarmoqlari, fan, texnika va madaniyat sohalaridagi yutuqlar va mahsulotlar namoyish qilinadigan universal K., sa- noat, q.x., san&#8217;at va b.ning bir yoki bir necha yondosh tarmoqlarini qamrab oluv- chi ixtisoslashgan K.lar; qatnashchilari tarkibiga ko&#8217;ra, jahon, xalqaro, milliy, mintaqaviy va b.ga bo&#8217;linadi. Dastlabki sodda shakldagi K.lar mil. AV. 2-1-a.larda Bobil, Finikiya, Misr, Yunoniston, Rim kabi davlatlarda ayrim liniy xalq, bairamlarida o&#8217;tkazilgan. Hoz. mazmundagi K. Evropada 16-a. oxi- rida paydo bo&#8217;ldi. Yirik korxona (ma- nufaktura)larning vujudga kelishi b-n mahalliy savdo K.lari paydo bo&#8217;ldi. Bun- Day K.lar Parij (1763 y.), Drezden (1765 y.), Berlin (1786 y.), Myunxen (1818 i.) va Manchesterda (1843) tashkil qilingan edi. Manufaktura tizimidan mashina- lashgan i. ch. tizimiga hamda umumilliy bozor muno-sabatlariga o&#8217;tish davrlari- da K.larning ahamiyati, ayniqsa, katta bo&#8217;ldi. Ularda texnika sohasidagi Yan- giliklar ham namoyish etila boshladi. 18-a.ning 60-y.laridan boshlab yirik umummilliy savdo-sanoat K.lari vujud- ga keldi. Shunday K.lar London (1761, 1767), Myunxen (1788), Peterburg (1829) da uyushtiriddi. K.larda savdo bitim- lari tuzilar, iqtisodiy aloqalar yo&#8217;lga qo&#8217;yilar edi. Umummilliy K.lar hoz. paytda ham o&#8217;z ahamiyatini yo&#8217;qotmagan va jahondagi ko&#8217;pgina mamlakatlarda muntazam o&#8217;tkaziladi. Milliy K.lar chet ellar- da mamlakatlar o&#8217;rtasida kelishuvga ko&#8217;ra tashkil etiladi. Ayrim milliy K.lar savdo K.lari ko&#8217;rinishida (mas, AQShning London, Milan, Parij, Tokio va b. shaharlardagi savdo markazlari); namoyish zallari ko&#8217;rinishida tashkil etiladi. 19-a. 2-yarmidan boshlab xalqaro sa- noat K.lari munosabati b-n maxsus Pa- vilon va inshootlar qurila boshladi. Ularning o&#8217;zi ham K.lar o&#8217;tkazish jara- yonida ekspovat vazifasini o&#8217;taydigan bo&#8217;ldi (Londondagi billur saroy, Parij- dagi &#8220;mashinalar galereyasi&#8221;, 1889) va b. Keyinchalik pavilon, ekspovatlar joy- lashtirilgan maydonlar suv havzalari, favvora, gulzor, ko&#8217;kalamzorashtirilgan atrof muhit b-n uyg&#8217;unlashgan me&#8217;mor- lik majmuasiga aylantirildi. Xalqaro K.lar pavilonlari me&#8217;morligi har bir mamlakat ekspozisiyasining g&#8217;oyaviy maz- munini ochishga xizmat qiladi. Xalqaro savdo erkinligini targ&#8217;ib etish maqsadlarida birinchi xalqaro sanoat K.si (birinchi Umumjahon K.) Londonda 1851 y.datashkil etildi. 1851 y.dan 1958 y.ga qadar mamlakatlarning iqtisodiyot, fan, texnika, madaniyat, san&#8217;at sohalaridagi yutuqlari namoy- ish etilgan 36 universal jahon K.lari o&#8217;tkazildi: Nyu-York (1853, 1939), Pa- Rij (1855, 1867, 1878, 1889, 1890, 1900, 1937), London (1862, 1886, 1908), Vena (1883), Filadelfiya (1876, 1926), Sid- ney (1879), Melburn (1880), Chikago (1893. 1933,1934), Bryussel (1897, 1910, 1935, 1958), Buffalo (1901), Glazgo (1901), Sent-Luis (1907), Lej (1915), Gyoteborg (1923), Uembli (1924\/ 25), Bar- selova (1926), Antverpen (1930), Port-o- Prens (1948). 1958 y.dan boshlab Umumjahon K.lari &#8220;EKSPO&#8221; nomini oldi. Bryus- Selda o&#8217;tkazilgan &#8220;EKSPO\u201458&#8243;da 52 mamlakat qatnashib, eng yangi markadagi avtomobillar, elektron uskunalar, Avto- matik liniyalar maketlari, rangli tele- vizorlar, xotira mashinasi kabi ixtiro- lar namoyish etildi. 1970 y.da birinchi bor &#8220;EKSPO&#8221; K. Osiyoda \u2014 Osaka (Yaponiya) sh.da &#8220;inso- niyat uchun taraqqiyot va uyg&#8217;unlik&#8221; shiori ostida o&#8217;tkazildi. Unda 76 ta mamlakat qatnashib, tashrif etuvchilar soni 64,2 mln. kishiga etdi. 70-y.lardan ixtisoslashtirilgan &#8220;EKSPO&#8221;lar ham uyushtirila boshlandi. &#8220;EKSPO-74&#8221; Spokana sh.da (AQSh) atrof muhit muammolariga, &#8220;EKSPO-75&#8221; oki- vana sh.da (Yaponiya) Jahon okeani mu- ammolariga bag&#8217;ishlandi. Oxirgi &#8220;eks- Po-2000&#8221; umumjahon K.si 2000 y. Gan- noverda &#8220;inson\u2014tabiat\u2014texnika&#8221; shiori ostida o&#8217;tdi. Mazkur K.da 173 ta mamlakat, shu jumladan, O&#8217;zbekiston Re- spublikasi ham qatnashdi. Fan va texnikaning yanada rivojla- nishi, i. ch.ning kengayishi va ixtisosla- shib borishi sharoitida xalqaro ixtisos- lashgan savdo K.larining ahamiyati ham ortib bordi va ular 20-a. da umumtarmoq K.lari o&#8217;rnini egallay boshladi. Hoz. xalqaro savdo K.ning ko&#8217;pchiligi ixtisoslashgan K. hisoblanadi. O&#8217;z maqsadlari, ishtirok shartlari va eks- ponentlarga beriladigan huquklariga ko&#8217;ra, ular xalqaro yarmarkalarga yaqin turadi. Bunday K.lar turlicha nomlanadi (mas, Frantsiyada \u2014 salonlar va yarmarka- lar; Italiyada \u2014 salonlar, K., yarmarka- lar; GFRda yarmarkalar va K.,). Xalqaro savdo K.lari xalqaro savdoning rivoj- danishiga yordam beradi. Turkiston o&#8217;lkasida tashkil etilgan K.larning ham o&#8217;z tarixi bor. Bu o&#8217;lkadagi dastlabki K.larda hunarmandchilik va dehqonchilik mahsulotlari na- moyish etilgan. Amir Temur davrida o&#8217;ziga xos savdo K.lari tashkil etil- gan. Samarqandning Konigil maydoni- da 400 tacha savdo paviloni (do&#8217;koni) bo&#8217;lib, ularda hunarmandlarning turli mahsulotlari, ro&#8217;zg&#8217;or buyumlari, q.x. mahsulotlari sotilgan. Turkiston Ros- siyaga qo&#8217;shib olingach, hunarmandchilik va dehqonchilik K.lari bir necha marta tashkil etilgan. Toshkent sh.da birinchi marta maxsus sanoat va q.x. ko&#8217;rgazmasi 1870 y.ning yozida uyushtirilgan. Shu yili kosiblar san&#8217;ati b-n tanishtirish maqsadida Turkiston o&#8217;lka manufaktura K.si ochildi. Toshkent q.x. va mahalliy sanoat K.si (1878), Turkiston o&#8217;lka qunarmandlik va sanoat K.si (1886), tur- kiston o&#8217;lka q.x. va sanoat mahsulotlari K.si (1890) ayrim mahalliy yutuqlarni ommalashtirish ma&#8217;lum darajada rol o&#8217;ynaydi. Samarqand (1893), Toshkent (1894) K.lari eksponatlari jihatdan universal bo&#8217;lgan. 1900 y.gi Samarqand K.si ipakchilik va asalarichilikka bag&#8217;ishlangan edi. Keyin o&#8217;tkazilgan Yi- rik K.larning so&#8217;ngisi 1909 y. 10 sent.dan 15 okt.gacha davom etgan Turkiston o&#8217;lka K.si bo&#8217;ldi. U Toshkent sh.ning hoz. Amir Temur xiyobonida tashkil qilinib, unda q.h. va mahalliy sanoat maqsulotlari na- moyish etildi, maxsus yo&#8217;l ko&#8217;rsatkich bo- sib chiqarildi, &#8220;K. axborotnomasi&#8221; gaz. nashr qilindi (gaz.ning jami 17 ta soni chiqqan). 20-a.ning 20-y.laridan boshlab re- spublikada mahalliy K.lar o&#8217;tkazildi. 1964 y. okt.da Toshkent sh.da 60 gektar maydonni egallagan, doimiy ishlay- digan O&#8217;zbekiston SSR xalq xo&#8217;jaligi yutuqlari K.si ochildi. O&#8217;zbekiston sobiq Ittifoq qatnashgan Parij (1939), Nyu-York (1939), Bryussel (1958), Mon- Real (1967), Osaka (1970) sh.laridagi jahon K.larida Ittifoq tarkibidagi respublika sifatida qatnashgan. Shunda ham O&#8217;zbekistonda chiqarilgan tovarlar, mahsulotlar o&#8217;zbek xalqining an&#8217;anaviy kasbkorlari yuqori baho olgan. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erish- gach, K.lar tashkil qilishga alohida e&#8217;- tibor berila boshladi. Ularning eng yiriklari &#8220;O&#8217;zekspomarkaz&#8221; (Respu- blika savdo-ko&#8217;rgazma markazi), Ras- somlar uyushmasiga qarashli &#8220;hamar&#8221; K.lar zali, &#8220;O&#8217;zko&#8217;rgazmasavdo&#8221; (Re- spublika yarmarka savdosi markazi) hisoblanadi. O&#8217;zbekistonning bosh K.si \u2014 &#8220;O&#8217;zekspomarkaz&#8221; O&#8217;zbekiston Re- spublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga binoan, sobiq O&#8217;zbekiston SSR xalq xo&#8217;jaligigi yutuqlari ko&#8217;rgazmasi asosida 1992 y.da tashkil etildi (yana q. Qishloq xo&#8217;jaligi ko&#8217;rgazmalari). Ad.: Chabrov G.I., Turkestan va Vseros- siyskom i vsemirnix vistavkax (1867\u2014 1914 gg.), [Trudi SAGU], T., 1958; Osno- VI vistavochnogo dela, M., 1980. Baxtiyor Ermatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ko&#8217;rgazma \u2014 insonning moddiy va ma&#8217;naviy faoliyati sohalaridagi yutuqlarni ommaviy namoyish etish. Hoz. zamon K.lari maqsadlariga ko&#8217;ra, savdo K.lari (asosan, tijorat maqsadida uyush- tiriladi), ma&#8217;rifiy-targ&#8217;ibiy (infor &#8211; masion) K.lar (badiiy, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/korgazma\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-117547","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117547","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117547"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117547\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117551,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117547\/revisions\/117551"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117547"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117547"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117547"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}