{"id":117548,"date":"2024-05-08T22:08:15","date_gmt":"2024-05-08T19:08:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117548"},"modified":"2024-05-08T22:08:19","modified_gmt":"2024-05-08T19:08:19","slug":"kochmanchilik-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kochmanchilik-2\/","title":{"rendered":"Ko&#8217;chmanchilik"},"content":{"rendered":"\n<p>Ko&#8217;chmanchilik \u2014 chorvachilik- ning maxsus shakli va bunday xo&#8217;jalik b-n hayot kechiruvchi qabilalarning turmush tarzi. &#8220;K&#8221; atamasi ba&#8217;zan kengrok, tushunchada, qatto ovchilik, baliqchilik va terimchilik b-n kun kechi- ruvchi qabilalarning faoliyati va yashash yo&#8217;sini ma&#8217;nosida ham talqin etiladi (mas, Avstraliya aborigenlari, Amerika indeyslari va b.). Yovvoyi hayvon turlarini xonaki- lashtirish (Osiyo, shim. Afrika va Jan. Evropada) neolit (yangi tosh) davri ovchi va terimchi jamoalari hayotida yuzaga ke- ladi. Mil. AV. 4 &#8211; va 3-ming yilliklarda (eneolit davri) Osiyoda kam suvli qirg&#8217;oq mintaqalarda, tog&#8217;oldi hududlarda, jilg&#8217;alar va Daryo adoklarida yashagan aholi turar joylari atrofida, dastlab dehqonchilik va ovchilik b-n birga olib boriladigan o&#8217;troq va yarim o&#8217;troq xonaki chorvachilik xo&#8217;jaligi shakllanadi. Asr- lar osha chorva boshlarining ko&#8217;payishi va chorvachilik xo&#8217;jaligining kengayib borishi b-n tog&#8217;yaylovlari va dashtu bi- yobon o&#8217;tloqlari o&#8217;zlashtiriladi. Chorva mollarini keng maydonlarga tomon xay- dab o&#8217;tlatish b-n chorvachilikning yangi shakli \u2014 podachilik \u2014 yaylov chorvachili- gi paydo bo&#8217;ladi. Podachilikning o&#8217;ziga xos xususiyat- lari (podani yaylovga haydash, o&#8217;tlatish, suvlatish, qo&#8217;riqlash, qirqim va h.k.) chorva xo&#8217;jaligining erkaqlar ixtiyoriga o&#8217;tishiga va uni ma&#8217;lum darajada ixti- soslashib borishiga olib keladi. Poda- chilik b-n dastavval yirik va mayda shox- li hayvonlar (qoramol, qo&#8217;y, echki poda va otarlari hamda yilqi uyurlariyu, tuyalar) aralash boqilgan bo&#8217;lsa, keyinchalik esa yaylovga, asosan, mayda shoxli hayvonlar, yilqi va tuyalar haydalgan. Chunki ko&#8217;chma chorvachilikka qo&#8217;y va echkilar ko&#8217;proq moslashib, so&#8217;ngra yilqichilik va tuyachi- lik paydo bo&#8217;lgan. Mil.AV. 2-ming yillikning oxiri va 1-ming yillikning boshlarida Osiyoning tog&#8217;oldi hududlari va dashtliklarida istiqomat qiluvchi o&#8217;troq va yarim o&#8217;troq qabilalarning bir qismi hayotida yarim K. va K. turmush tarzi shakllanib, ko&#8217;chma chorvachilik xo&#8217;jaligi muqimlashadi. Mil.AV. 1-mingyillikda esa, K. ayniqsa, Markaziy Osiyoda keng tus oladi. Mil. AV. 2-ming yillikning 2-yarmi va 1-ming yillikning boshlarida yashagan chor- vador podachi jamoalarining moddiy- madaniyat yodgorliklari qad. Xorazmda (Toza-Bog&#8217;yop), Zarafshon vodiysi (Urgut, Kattaqo&#8217;rg&#8217;on)da, Farg&#8217;ona vodiysi (Vo- dil va Karomko&#8217;l) da, Toshkent vohasida (Achiko&#8217;l) topib o&#8217;rganilgan (q. Androno- vo madaniyati, Tozabog&#8217;yop madaniyati). O&#8217;rta Osiyoning qad. ko&#8217;chmanchilari va chorvachilik to&#8217;g&#8217;risida yozma manba- larda (Avesto, yunon muarrixlari Gero- dot va Strabon asarlari hamda Xitoy solnomalari) ko&#8217;pgina qiziqarli ma&#8217;- lumotlar keltiriladi. Mas. Avestoda qad. Turonzaminning tabiati \u2014 qalin qor b-n qoplangan tog&#8217;lari, bahorgi suv toshqinlari, maysali yaylovlari va qo&#8217;y- qo&#8217;zilari ta&#8217;riflanib, cho&#8217;pon \u2014 &#8220;xshu- Pan&#8221; nomi b-n alohida tabaqa vakili sifatida ulug&#8217;lanadi. Chorvachilik &#8220;ezgu amal&#8221; deb ta&#8217;riflanib, &#8220;chorvani&#8221; vo- diylarda qo&#8217;ralarda saqlash, &#8220;yirik va mayda shoxli mol ko&#8217;p o&#8217;g&#8217;it bersa, o&#8217;sha er aziz&#8221; degan satrlarda chorvachilik- ning hayotiy mohiyati borasida olqishli so&#8217;zlar yuritiladi va bunday xo&#8217;jalik ezgu amal sifatida targ&#8217;ib etiladi. Gerodot Pont Evksin (qora dengiz) bo&#8217;ylarida yashovchi yilqiboqar skiflar, Turonning ko&#8217;chmanchi chorvadorlari, mas- saget qabilalari haqida xabarlar bersa, Xitoy solnomalarida esa Hunnu, syanbi, usun va b. ko&#8217;chmanchilar to&#8217;g&#8217;risida tari- xiy tafsilotlar keltiriladi. Tabiiy sharoitga qarab K. turli shak- lda amalga oshiriladi. Yozma manbalarda berilgan tasniflarga qaraganda, o&#8217;rta asrlarda ko&#8217;chmanchi chorvadorlar o&#8217;z po- dalarini dashtliklar bo&#8217;ylab bahorda Uglov uchun Jan.dan shim.ga va ko&#8217;zda esa qishlov uchun shim.dan Jan.ga tomon haydaganlar (mas, o&#8217;tmishda qozoqlar va b.). Ayrim ko&#8217;chmanchi qabilalar (mas. arablar, o&#8217;g&#8217;uzlar, mo&#8217;g&#8217;ullar va baluj- lar) dashtliklarda qish va bahorgi yog&#8217;ingarchiliklardan hosil bo&#8217;lgan qoqlar \u2014 ko&#8217;lmaqlar hamda karvon yo&#8217;llar va yaylovlarda maxsus kavlangan quduklar oralab yoki ayrim suvloqlar atrofida ko&#8217;chib yurganlar. Ko&#8217;chmanchi chorvadorlar- ning 3-guruhi esa (kurdlar, pashtunlar, hazoralar, nuristoniylar va qirg&#8217;izlar) yozda vodiylardan tog&#8217;yaylovlariga, ko&#8217;zda esa, aksincha, tog&#8217;yon bag&#8217;irlaridan vo- diylarga tomon ko&#8217;chganlar. Shubhasiz, yaylovlarga ko&#8217;chib borib o&#8217;rvashish, chorva mollarini birgalikda o&#8217;tlovlarga yoyish chorvador urug&#8217;-aymoqlarni birlashti- rib, ular o&#8217;rtasida qabila va qabilalar Ittifoqi uyushmasini shakllantirgan. Garchi yaylov chorvachiligi ko&#8217;chmanchi va yarim ko&#8217;chmanchi aholining asosiy mashg&#8217;uloti hisoblansada, K. xo&#8217;jaligida qo&#8217;shimcha ozuqa beruvchi dehqonchilik va ovchilik ham ma&#8217;lum darajada o&#8217;rin tutgan. Ayrim qabilalarning yarmi ko&#8217;chib yursa, yarmi o&#8217;troq yashagan. Ib- tidoiy dehqonchilik, odatda, chorvachi- lik va ovchilik b-n birga qo&#8217;shib olib borilgan. O&#8217;rta Osiyoda yashagan saqlar, hunnularning bir qismi va qad. tur- klar va b. chorvadorlar ma&#8217;lum darajada dehqonchilik b-n shug&#8217;ullangan. Ko&#8217;chmanchilar hayotida, ayniqsa, hunarmandchilik taraqqiy topgan edi. Arxeologik topilmalar va yozma man- balarning guvohlik berishicha, sak- massaget qabilalar o&#8217;rtasida misgarlik va zargarlik yuqori darajada bo&#8217;lib, fanda &#8220;hayvon tasvirlari naqqoshligi&#8221; nomi b-n Shuhrat topgan o&#8217;ziga xos yuk- sak san&#8217;at uslubi keng tarqalgan. Ge- rodotning yozishicha, massagetlar mis va oltindan qurol-yarog&#8217;lar, ot anjomlari, idish-tovoqlar, Zebi-ziynatlarni yasash- ni, shuningdek, tilla va kumush bezaqli naqshinkor bosh kiyimlar, kamar va belbog&#8217;lar kabi zardo&#8217;zlik buyumlarini tikishni bilishgan. O&#8217;rta asr yozma manbalarida ko&#8217;chmanchi va yarim ko&#8217;chmanchi aholi &#8220;sahronishin&#8221; \u2014 saxroyi, &#8220;dashtnishin \u2014 dashtlik va &#8220;ko&#8217;hnishin&#8221; \u2014 tog&#8217;lik shakllaridagi ata- malar b-n tilga olinadi. Yozgi va qishki yaylovlarning yaqinroq masofada joy- lashgani chorvador qabilalarning ma&#8217;- lum qismi uchun yarim o&#8217;troq va yarim K. b-n kun kechirishga hamda yordamchi xo&#8217;jalik sifatida ibtidoiy dehqonchilik b-n ham shug&#8217;ullanishga imkon bergan. Bunday chorvador aholi qishlov uchun xashak tay- yorlab jamg&#8217;arishni ko&#8217;zlab ko&#8217;chma boshpa- nalar b-n bir qatorda doimiy turar joy- lar ham barpo etgan. K. xo&#8217;jaligining asrlar davomida kengayib borishi b-n chorvador aholining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida fanda &#8220;dasht yo&#8217;li taraqqiyoti&#8221; nomi b-n talqin etilgan o&#8217;ziga xos rivojlanish so&#8217;qmoqlari shakllangan. Bunday yuksa- lish yo&#8217;nalishining in&#8217;ikosi ko&#8217;chmanchi chorvadorlarning moddiy madaniyati va ma&#8217;naviyatida o&#8217;z aksini topgan. K. xo&#8217;jaligining kengayishi va chor- va boshlarining ortib borishi b-n ko&#8217;chmanchi aholi o&#8217;rtasida mulkiy teng- sizlik va ijtimoiy tabaqalanish yuza- ga keladi. Ko&#8217;chmanchi qabilalarning umum mulki hisoblangan chorva molla- ri b-n bir katorda xususiy chorva paydo bo&#8217;ladi. Garchi yozgi va qishki yaylovlar hamda suv manbalari (quduq va qoklar hamda Daryo va ko&#8217;l yoqalarida joylash- gan suvlotlar) urug&#8217;va qabilalarning umumiy mulki hisoblansada, biroq qo&#8217;ra-qo&#8217;ra molu, otar-otar ko&#8217;yu echkilar va uyur-uyur yilqilar urug&#8217;va qabila boshliqlarining shaxsiy mulkiga aylan- tiriladi. Mas., mil.AV. 3-a. \u2014 mil. 4-a. larda Sirdaryo havzasining o&#8217;rta qismida tashkil topgan Qang&#8217;davlatinmng jabg&#8217;ulari o&#8217;z chorva mollarini Taloe yay- lovlaridan Sarisu va Chu daryolarining etaklari tomon haydasa, qish faslini Ohangaron vodiysida o&#8217;tkazgan. K. xo&#8217;jaligi va urug&#8217;-aymoklar hamda el-yurt &#8220;biy&#8221; \u2014 urug&#8217;oqsoqoli, &#8220;yabg&#8217;u&#8221; \u2014 qabila boshlig&#8217;i, &#8220;bek&#8221; va &#8220;xoqon&#8221; \u2014 ulus va yurt hukmdori tomonidan boshqarilib, ko&#8217;chmanchi va yarim ko&#8217;chmanchi qabilalarning o&#8217;ziga xos dav- lat boshqaruvi tizimlari shakllanadi (q. Hunlar, Turk xoqonligi). Ko&#8217;chmanchi chorvadorlar urtasida urug&#8217;-aymoqchilik udumlari nihoyatda kuchli bo&#8217;lib, o&#8217;zga yurtlarga chopqunlar qilish, aholisining bir qismini qul qilib haydab ketish va sotish odatiy hodisa bo&#8217;lgan. Shu sababli ko&#8217;chmanchilarda qulchilikning patriar- xal shakli asrlar mobaynida saqlanib, uning qoldiqlari qariyb 20-a. boshlari- gacha etib keladi. K. xo&#8217;jaligining o&#8217;ziga xos xusu- siyati tufayli chorvadorlar hech qachon o&#8217;troq xalqlardan ajralgan holda hayot kechirmagan. Tarixning barcha davrlarida hayotiy zarurat ko&#8217;chmanchi chorvadorlarni o&#8217;troq dehqon aholi b-n ham iqtisodiy va siyosiy, ham madaniy jihatdan o&#8217;zaro uz- viy bog&#8217;lab turgan. Ko&#8217;chmanchi qabilalar b-n o&#8217;troq aholi o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro mu- nosabatlar kadimdan vujudga kelgan. Ko&#8217;chmanchi xo&#8217;jaligida hayotiy zarur bo&#8217;lgan barcha vosita va mahsulotlarning etishmasligi oqibatida yuzaga kelgan muhtojlik, shuningdek, o&#8217;troq aholining chorvachilik mahsulotlariga bo&#8217;lgan ta- labi ular o&#8217;rtasida mol ayirboshlashni yuzaga keltirgan. Asrlar davomida o&#8217;zaro iqtisodiy aloqalar kengayib, dashtli- klar b-n dehqonchilik vohalari chegarala- rida esa tashqi savdo bozorlari vujudga kelgan. Ayrim yillarda esa, qishning qahraton, bahor mavsumining qurg&#8217;oq kelishi va yaylovlarda mollarning qirilib ketishi oqibatida ko&#8217;chmanchilar dehqonchilik vohasiga kirib kelib, jon saqlagan. Ko&#8217;chmanchi qabilalar b-n o&#8217;troq aholi o&#8217;rtasidagi tinchlik mu- nosabatlar ko&#8217;pincha bo&#8217;zilib, o&#8217;zaro to&#8217;qvashuvlar sodir bo&#8217;lgan. Ko&#8217;chmanchilar doimiy ravishda dehqonchilik vohalari va qishloqlarga hujum qilib turganlar. Shahar va viloyatlarni bosib olib o&#8217;z si- yosiy hukmronligini o&#8217;rnatganlar (mas, Eftaliylar, mo&#8217;g&#8217;ullar istilosi va b.). Chorvador qabilalarning yirik Ittifoqi asosida vujudga kelgan muvaqqat &#8220;ko&#8217;chmanchi xoqonliklar&#8221; o&#8217;troq aholini bo&#8217;ysundirib, dehqonchilik vohalarini zabt etgach, o&#8217;rta asrlarning qudratli mustabid saltanatliklar- ga aylangani tarixda kam emas (Arab xalifaligi, O&#8217;rta Osiyo, Eron va b. hududlarda tashkil topgan mo&#8217;g&#8217;ul dav- latlari shular jumlasidandir). Biroq o&#8217;troq dehqonchilik b-n taqqoslaganda K. xo&#8217;jaligi nihoyatda sust rivojlanib, ijtimoiy munosabatlarning o&#8217;sishiga imkon bermagan. Buning ustiga i.ch. qurollarini takomillashtirilmasligi, hayotiy nozu ne&#8217;matlarni yaratish imkoni- yatlarining cheklanganligi, xo&#8217;jalikning ma&#8217;lum darajada noto&#8217;g&#8217;ri ekani hamda muqim o&#8217;troqlikning mavjud emasligi oqibatida K. xo&#8217;jaligi qoloq va turg&#8217;un hayotiy uslubga aylanib qolgan edi. Bun- Day umrboqiy holat, shubhasiz, ko&#8217;chmanchi xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan jahon taraqqiyotidan orqada qolishiga olib kelgan. 20-a. boshlarida chorvachilik b-n shu-g&#8217;ullangan hamda patriarxal urug&#8217;- aymoqchilik munosabatlari saqlanib qolgan qozoqlar, qirg&#8217;izlar, turkman- lar, shuningdek, oltoyliklar va Kavkaz- dagi bir qancha xalqlar ham K. yoki yarim K. b-n kun kechirganlar. Hoz. vaqtda ham Markaziy Osiyo, yaqin Sharq va shim. Afrika hududlarida ko&#8217;chmanchilarning kattagiva guruhlari (mo&#8217;g&#8217;ullar, arablar, balujlar, kurdlar va b.) yashamoqdalar. 20-a.da zamonaviy transport vositala- rining ko&#8217;chmanchilar hayotiga kirib bo- rishi, qo&#8217;riq erdarning o&#8217;zlashtirilishi va yaylovlarning tobora qisqarishi b-n ko&#8217;ch-manchi chorvadorlarning tarixiy udumlari va an&#8217;analari ma&#8217;lum daraja- da o&#8217;zgarib, ularda o&#8217;troqlashuv jarayoni kuchaydi. Ad.\\ Karimov I. A., Tarixiy xoti- rasiz kelajak yo&#8217;q, T., 1998; Gumilyov L. N., Xunnu, Sankt-Peterburg, 1993; Gu- milyov L. N., Drevnie tyurki, M., 1972; Muhammadjon o v A. R., O&#8217;zbekiston ta- rixi, T., 1999; Nasimxon Rahmon, Turk xoqonligi, T., 1993; Shoniyozov K.,Qang&#8217; davlati va qang&#8217;lilar, T., 1990; Shoniyozov K., Qarluq davlati va qarluqlar, T., 1999. Abdulahad Muhammadjonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ko&#8217;chmanchilik \u2014 chorvachilik- ning maxsus shakli va bunday xo&#8217;jalik b-n hayot kechiruvchi qabilalarning turmush tarzi. &#8220;K&#8221; atamasi ba&#8217;zan kengrok, tushunchada, qatto ovchilik, baliqchilik va terimchilik b-n kun kechi- ruvchi qabilalarning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kochmanchilik-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-117548","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117548","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117548"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117548\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117549,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117548\/revisions\/117549"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117548"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117548"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117548"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}