{"id":117567,"date":"2024-05-09T06:34:56","date_gmt":"2024-05-09T03:34:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117567"},"modified":"2024-05-09T06:35:00","modified_gmt":"2024-05-09T03:35:00","slug":"somoniylar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/somoniylar\/","title":{"rendered":"Somoniylar"},"content":{"rendered":"\n<p>Somoniylar &#8211; 910-a.larda Movarounnahr va Xurosondagi sulo- la. S.ning oilaviy nisbasi, ya&#8217;ni nomi ularning ajdodi bo&#8217;lmish Somonxudot ismi bilan bog&#8217;liq. Somonxudotning kelib chiqishi hakida turli xil ma&#8217;lu- mot va fikrlar mavjud. Abu Bakr Nar- shaxiy (10-a.) va Hamza Isfahoniy (10- a.) keltirgan ma&#8217;lumotlarga qaraganda, Somonxudot Balx viloyatidagi somon qishlog&#8217;idan, almukaddasiy (10-a.) ning ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra esa, u Samarqand VI- loyatidagi somon nomli qishloqdan bo&#8217;lgan. &#8220;Sa&#8217;diya&#8221; nomli asar (17-a.) da keltirilgan ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, uning asl ismi Arquq bo&#8217;lib, u Farg&#8217;onadan Termizga ko&#8217;chib kelgan va u erda somon nomli qishlog&#8217;iga asos solgan.O&#8217;rta asr- larda Buxoro, Farg&#8217;ona, Toxariston, Xut- talon va b. viloyatlarda ham somon nom- li qishloqlar bo&#8217;lganligi kayd etilgan. Bu ma&#8217;lumotlar &#8220;somon&#8221; toponimi o&#8217;rta asrlarda O&#8217;rta Osiyo hududlarida va un- dan tashqari erlarda ham keng tarkalgan joy nomi bo&#8217;lganligidan dalolat beradi. Ko&#8217;pchilik manbalar (hudud alo- Lam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi va h.k.) ga ko&#8217;ra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Cho&#8217;bin (6-a.) ning 4 yoki 5pogonadagi AV- Lodi bo&#8217;lgan. Baxrom Cho&#8217;binning kelib chiqishi eftaliylar bilan bog&#8217;lik u so- soniylarga qarshi ko&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tarib (590 y.) mag&#8217;lubiyatga uchragandan keyin Farg&#8217;onaga qochib kelgan va turkiy Mali- kaga uylanib, umrining oxirigacha o&#8217;sha erda kolib ketgan. Uning avlodlari ham o&#8217;zlarini podshoxdar oilasiga mansub deb hisoblaganlar va Sosoniylar davla- tidagi shahanshoxlar oliy taxtiga da&#8217;vo kilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlari- ning (Juba, Jamchan, Tamg&#8217;as kabi) tur- kiy ismlari bo&#8217;lgan. Shunisi diqkatga sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabg&#8217;u (ya&#8217;ni Somonxudot) turkiy- larning O&#8217;g&#8217;uzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari katorida tilga olin- gan. O&#8217;rta Osiyoga arablar bostirib kel- ganda, Somonxudot, ayrim ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh alqushayriy (725\/727 va 735\/738 y.lar)ning oldiga ke- lib, undan dushmanlariga qarshi kurolli yordam berishini suraydi. Arablar yorda- mida dushmanlarini enggach, Somonxudot Islom dinini kabul kiladi va o&#8217;g&#8217;lining ismini amirning sharafiga Asad ko&#8217;yadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ism- li ug&#8217;illari alMa&#8217;munning Marvdagi saroyida xizmatda bulgan va Rofi ibn Lays ko&#8217;zyulonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga alMa&#8217;mun ularni bir nechta viloyatlarga Amir etib tayinlaydi (819-820 y.). Xususan, Nuh \u2014 Samarqand amiri, Ahmad \u2014 Farg&#8217;ona amiri, Yahyo \u2014 Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib xayinlanadi. Ular dastlab Xuroson amirlari bo&#8217;lgan tohiriylarga tobe bo&#8217;lgan va harbiy kuch to&#8217;plab, Arab xalifaligining Sharqiy chegaralarini qo&#8217;riqlab turishgan, shu- ningdek, shim.dagi turklarga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan. Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840 y.), uni o&#8217;ziga tobe qiladi. Shunday qilib, akaukaning to&#8217;ng&#8217;ichi bo&#8217;lgan Nuh ibn Asad Samarqand va Sug&#8217;dning katta qismini, shuningdek, Farg&#8217;ona va b. bir qancha shaharlarni o&#8217;z hokimiyati ostida bir- lashtiradi. Nuhning vafotidan keyin (842 y.) suloladagi etakchilik uning ukase Ahmad ibn Asad oilasiga o&#8217;tadi. Uning 7 ta o&#8217;tli bo&#8217;lib, ular otasining vafotidan keyin (866 y.) Movarounnahrning asosiy shaharlarida hokimiyatni o&#8217;z qo&#8217;llariga oladilar. Faqat Buxoro sh. Tohiriylar qo&#8217;lida edi. Ilyos ibn Asad vafotidan keyin unga qarashli bo&#8217;lgan Hirot sh.da ham hokimiyat S.ning qo&#8217;lidan ketdi. Tohiriylar hokimiyati tugatilgandan keyin (873 y.) Buxoroda bir muddat si- yosiy beqarorlik va tartibsizliklar yuz berdi. Shunda S. oilasining boshlig&#8217;i bo&#8217;lgan Nasr ibn Ahmad mahalliy dehqonlar taklifiga binoan, Buxoro- ga ukasi Ismoil ibn Ahmadni hokim qilib yuboradi. Shunday qilib, Buxoro ham S qo&#8217;liga o&#8217;tib, ularning qudrati yana ham ortdi. Nasr davrida S turklar- ning Shovg&#8217;ar sh.ga yurish qiladilar. De- yarli butun O&#8217;rta Osiyo erlari ularning hrkimiyati ostida birlashgandan keyin oila boshlig&#8217;i Nasr xalifa almu&#8217;ta- MIDdan Movarounnahrni boshqarishga maxsus yorliq oldi (875 y.). Ko&#8217;p o&#8217;tmay Ismoil akasi Nasrga bo&#8217;ysunishdan bosh tortib, unga qarshi ko&#8217;shin tortadi. Aka- uka qo&#8217;shinlari orasida bo&#8217;lib o&#8217;tgan jangda (888 y.) Nasr mag&#8217;lubiyatga uchray- Di va natijada Ismoil ibn Ahmad butun hokimiyatni o&#8217;z qo&#8217;liga oladi. U Taroz sh.ga yurish qilib, uni bosib oladi (893 y.) va natijada boy Shalji kumush konla- riga egalik kidali. O&#8217;sha yilning o&#8217;zida Ahmad Ustrushonadagi afshinlar sulola- sining oxirgi vakillarini yo&#8217;q qiladi va viloyatni butkul o&#8217;zining hokimiyatiga bo&#8217;ysundiradi. S.ning kuchayib borayot- ganidan xavfsiragan Arab xalifasi is- moilni hokimiyatdan chetlatib, o&#8217;rniga Xuroson amiri Amr ibn Lays Saffo- riyni tayinlaydi (898 y.). Amr qo&#8217;shin bilan Movarounnahrga yo&#8217;l olganda, is- moil unga qarshi chiqib, bir necha jang- dan keyin uni mag&#8217;lubiyatga uchratadi (900 y.) va natijada safforiylarta qarashli bo&#8217;lgan Xurosonni ham o&#8217;z erlariga qo&#8217;shib oladi. Shunday qilib, Ismoil ibn Ahmad hukmronligi davrida Talas vo- diysidan Xurosongacha bo&#8217;lgan erlarni o&#8217;z hrkimiyati ostida birlashtirdi. Ismo- il ibn Ahmad vafotidan keyin (907 y.) hokimiyat uning avlodlari qo&#8217;liga o&#8217;tdi: Ahmad ibn Ismoil (907-914 y.lar), Nasr ibn Ahmad (914-943 y.lar), Nuh ibn Nasr (943-954 y.lar), Abdulmalik ibn Nuh (954-961 y.lar), Mansur ibn Abdulmalik (961-976 y.lar), Nuh ibn Mansur (976-997 y.lar), Mansur ibn Nuh (997-999 y.lar), Abdulmalik ibn Mansur (999-1000 y.lar). Shundan key- in mamlakatdagi hokimiyat Qoraxoniylar sulolasining qo&#8217;liga o&#8217;tib, S. hokimiyati tugatildi. Sulolaning oxirgi vakili Ismoil almuntasir (1000-1005 y.lar) Qoraxoniylar sulolasiga qarshi kurash olib borib, S. hokimiyatini tiklashga urindi, lekin natija bo&#8217;lmadi va oxiri o&#8217;zi ham o&#8217;ldirildi. Shu bilan S. sulola- si tarix sahnasidan butunlay ketdi. Ma&#8217;muriy boshqaruv tizimi. S. sulo- lasining hokimiyatdagi vakillari Amir deb atalgan bo&#8217;lib, ularga dargoh (saroy axli) va devonlar (harbiy boshqarmalar) bo&#8217;ysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar, Bal&#8217;amiylar va Utbiy- lar aslzoda oilalarining vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy va Bal&#8217;a- miy ulardan eng mashhur vazirlardir. S.da vazir devonidan tashqari 10 devon bo&#8217;lib, ular uchun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta bino qurilgan edi. S.ning boshqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar, aslzodalar va din arboblaridan tashkil topgan bo&#8217;lib, har bir amaldor Arab va fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan xabardor bo&#8217;lishi shart edi. Bunday odamlarni Ahl alqalam (qalam axli) deb atashgan. Saroy harbiy qo&#8217;mondonlari Hojib, Xuroson lash- karboshisi esa sipoxsolor deb atalgan bo&#8217;lib, boshqaruv ishlariga katta ta&#8217;sir o&#8217;tkazib kelishgan. S.ning soliklardan kelib tushadigan yillik daromadi 45 mln. dirhamni tashkil qilgan bo&#8217;lsa, bu mablag&#8217;dan 20 mln.ga yaqini boshqaruv ti- zimida xizmat qilayotgan amaldorlar va qo&#8217;shin ehtiyojlariga sarflangan. Xizmat uchun ish xaqi hammaga har 90 kunda, ya&#8217;ni bir yilda 4 marta muntazam ravishda be- rib turilgan. 10-a. boshida S. hukmronligi osti- dagi mulklar quyidagi viloyatlardan tashkil topgan: Buxoro, Samarqand, Ustrushona, Farg&#8217;ona, Shosh, Isfijob, Xorazm, Kesh, Nasaf, Chag&#8217;oniyon, Xut- talon, Badaxshon, Balx, Toxariston, Guzganon, G&#8217;archiston, Marv, Hirot, G&#8217;ur, Nishopur va Go&#8217;rgon. Viloyatlar- da boshqaruv g&#8217;okimlar qo&#8217;lida bo&#8217;lib, ular Amir tomonidan tayinlangan. Bu mansabga ko&#8217;pincha mahalliy er egalari va viloyat hokimlari xonadoni vakil- lari tayinlanar edi. Shaharlarning boshqaruvi raislar qo&#8217;lida bo&#8217;lib, ular hokimlar tomonidan tayinlangan. Mas, S. hukmronligi davrida Toxariston shaharlarida banichuriylar sulolasi, Xurosonda simjuriylar sulolasi, Guz- ganonda farig&#8217;uniylar sulolasi, Xorazm va Isfijobda mahalliy turkiy sulola- lar, shuningdek, Chag&#8217;oniyon, G&#8217;azna, Siji- ston, G&#8217;ur va G&#8217;archistonda mahalliy sulo- lalar hukm surgan. S.ning saroy ma&#8217;muriyati ichidagi amaldorlarning bir qismini forelar, qolgan qismini mahalliy turkiylar tash- kil etgan. Viloyatlarda ham xuddi shun- Day ahvol kuzatilgan. Harbiy va mudo- FAA ishlari to&#8217;la turkiylarning qo&#8217;lida bo&#8217;lgan. 10-a. ga kelib Isfijob, Taroz va b. shaharlarning turkiy aholisi ko&#8217;plab Islom dinini qabul qilganliklari tu- fayli S.ning boshqaruv tizimida ular- ning salmog&#8217;i oshib ketgan. Xususan, Al- ptegin, Sabuktegin, Alp Arslon, Ali- Tegin, Simjuriy, Bektuzun, Qorategin, Ayach, Altuntosh, Banichur, tosh singari mashqur tarixiy shaxslar va ularning avlodlari shular jumlasidandir. Shu- ningdek, turli viloyatlar va shaharlarni Inaj, IlMangu, Sabukra, Boyqaro, Al- xunmish, Boytuz, Tuztosh, Kunbosh, Su- boshitegin, Kamtegin, Fayozbek, xumor- bek, Xumortosh, Oytug&#8217;dibek, Bilgategin, Fategin, Shukrtegin, Aytug&#8217;mish va b. g&#8217;ukmdorlar boshqargan. Hokimiyat S. qo&#8217;lidan ketib, Qoraxoniylar qo&#8217;liga o&#8217;tgandan keyin ularning deyarli barchasi ikkilanmay yangi hukmdorlar xizmatiga o&#8217;tishgan. Shuning uchun Bug&#8217;roxon 992 y.da Isfi- jobdan yurish qilib, Samarqand va Buxo- Roni egallaganda, unga hech kim qarshilik ko&#8217;)|satmagan. Chunki mahalliy aholi, shu jumladan, amaldorlar ham, ularga Movarounnahrning arablargacha bo&#8217;lgan asl egalari sifatida va endi Islom Di- nini qabul qilib, o&#8217;z erlariga qaytib kelgan hukmdorlar deb qaraganlar. Shunday qilib, S boshqaruv tizi- mi aniq va mukammal ravishda tuzil- gan bo&#8217;lib, o&#8217;zida davlatchilikning o&#8217;sha davrda eng ilg&#8217;or an&#8217;analarini mu- jassamlashtirgan. Lekin Qonunchilik nuqtai nazaridan S. hukmronligini teng huquqli mustaqil davlat sifatida qarash haqiqatga to&#8217;g&#8217;ri kelmaydi. Chunki u davrda, ya&#8217;ni 9\u2014 10-a.larda, Abbosiy- lar xalifaligida Markaziy hokimiyat zaiflashib, viloyatlardagi maxalliy hokimiyat kuchaygani va deyarli mustaqil ichki siyosat olib borgani bilan, barcha mahalliy sulolalar, shu jumladan, S. ham, rasman bo&#8217;lsada, Bag&#8217;dod xalifala- riga bo&#8217;ysungan edilar. Ular faqat ma&#8217;- muriy boshqaruvda va xo&#8217;jalik ishla- rini yuritishda xalifalar tomonidan berilgan keng huquklar va o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish vakolatlariga ega bo&#8217;lganlar. Shariat nuqtai nazaridan g&#8217;am, xalqaro huquq nuqtai nazaridan ham, Xuroson va Movarounnahr ma&#8217;muriy jihatdan Abbosiylar xalifaligining ajralmas qismi, S. esa xalifalarning shu vilo- yatlardagi hokimiyatni boshqarish uchun tayinlangan voliylari hisoblangan. Demak, S.ning hukmronligi davlatchilik sifatida emas, balki Abbosiylar xali- faligining tarkibida Bag&#8217;doddan tay- inlangan va nisbatan mustaqil ichki si- yosat olib borgan mahalliy hukmdorlar sulolasining hokimiyati sifatida baholanishi mumkin. Madaniyati. S. boshqaruvtizimining tashkil topishi siyosiy barqarorlik va iqtisodiy ko&#8217;tarilish, madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi. Buxo- ro, Samarqand, Urganch, Marv va Nisho- pur kabi shaharlar ilmiy va madaniy markaz sifatida taraqqiy qila boshlay- Di. Forsiydariyda nazm, Nasr va ilmiy asarlar yozila boshlandi. 9-10-a. larda, ayniqsa, Buxoro sh. madaniy jihatdan yuksaladi. Poytaxtda Amir saroyida turli sohalarga oid qo&#8217;lyozma kitoblar saqlanadigan kattagina kutubxona barpo etiladi. Movarounnahrda me&#8217;morlik va san&#8217;- at yangi taraqqiyot bosqichiga o&#8217;tdi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Urganch, ter- miz, O&#8217;zgan va Marv kabi shaharlarda ko&#8217;plab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, Tim va karvonsaroylar qurildi. Ad.: A6u Bakr Muhammad ibn Ja&#8217;far anNarshaxiy, Buxoro tarixi [fors tili- dan A. Rasulev tarjimasi], T., 1991; bos- Vort K. E., Musulmanskie dinastii, M., 1971; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX \u2014 na- chala XIII vv., T., 1996; Negmatov N. N., Gosudarstvo Samanidov (Maverannaxr i Xorasan v IX \u2014X vv.), Dushanbe, 1977; Karaev O., Istoriya Karaxanidskogo kaga- nata X \u2014 nachalo XIII vv., Frunze, 1983. Shamsuddin Kamoliddinov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Somoniylar &#8211; 910-a.larda Movarounnahr va Xurosondagi sulo- la. S.ning oilaviy nisbasi, ya&#8217;ni nomi ularning ajdodi bo&#8217;lmish Somonxudot ismi bilan bog&#8217;liq. Somonxudotning kelib chiqishi hakida turli xil ma&#8217;lu- mot va fikrlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/somoniylar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-117567","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117567","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117567"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117567\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117591,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117567\/revisions\/117591"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117567"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117567"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117567"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}