{"id":117581,"date":"2024-05-09T06:31:40","date_gmt":"2024-05-09T03:31:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117581"},"modified":"2024-05-09T06:31:43","modified_gmt":"2024-05-09T03:31:43","slug":"stratigrafiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/stratigrafiya\/","title":{"rendered":"Stratigrafiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Stratigrafiya (lot. Stratum to&#8217;shama, qatlam va grafin) \u2014 geologiya- ning er po&#8217;sti kesimidagi tog&#8217;jinslari majmuining shakllanish izchilligini va joylashgan o&#8217;rnidagi dastlabki nisba- tini o&#8217;rganuvchi bo&#8217;limi. S cho&#8217;kindi tog&#8217; jinslari qatlamlarini kuzatib, o&#8217;tmish geologik davrlarda ularning fasial o&#8217;zgarishlarini hamda yon atrof (quyi va ustki) qatlamlarda takrorlanmay- digan o&#8217;ziga xos belgilarga ega bo&#8217;lgan va ma&#8217;lum bir birlikka mujassamlash- gan tog&#8217;jinslarining stratigrafik yig&#8217;indisini tadqiq qiladi. Er organic dunyosining takrorlanmas taraqqiyotini aks ettiruvchi cho&#8217;kindi qoplamlardagi qazilma organizmlarning tarkibi- ni aniqlash o&#8217;rganilayotgan yotqiziklar yoshini hamda o&#8217;xshashligini belgilashda ahamiyatga ega (q. Biostratigrafiya). Shu jihatdan S. paleontologiya va geoxrono- logiya bilan uzviy bog&#8217;liq. S.ning asosiy vazifasi stratigrafik kesmalarni AJ- ratish, ularning tarqalishini kuzatish, turli kesmalarni va uzilib birbiridan uzoklashgan kesma bulaklarini o&#8217;zaro qiyoslashdir. S. yordamida er po&#8217;stining geologik rivojlanish tarixini ti- klash mumkin; cho&#8217;kindi formasiyalar shakllanishining vakti va sharoitlari aniklanadi, regional rivojlanishning tektonik hamda geodinamik jarayonlari tiklanadi; geologik xaritalar tuzish uchun zarur bulgan barcha kategoriyadagi qiyosiy va stratigrafik sxemalar ish- lab chiqiladi. S.ning nazariy asoslari, printsip va uslublariga 20-a.da juda ko&#8217;p ishlar bagishlangan. Biroq bu fanning asoslari va ba&#8217;zi bir kridalariga 17\u2014 19-a.lardayoq Daniya, Angliya, Frantsiya va Germaniya olimlari tomonidan asos so- lingan. Daniyalik olim N. Steno (1638\u2014 86) tog&#8217;jinslari qatlamlanishining ketma-ketligi qonunini anikladi. 19-a. 1-yarmida ingliz olimlari R. Murchi- son va A. Sedjvik, frantsuz J. Kyuve va b.ning tadqiqotlari S. ni yanada ri- vojlantirdi. 18-a. oxirlarida G&#8217;arbiy Evropada er po&#8217;stini tashkil qilgan yotqiziqlarni birlamchi (hoz. paleozoy yotqiziqlari), ikkilamchi (mezozoy) va uchlamchi (kaynozoy) davri jinslariga bo&#8217;lish qabul qilingan. Dastlabki ikki termin tezda o&#8217;z ahamiyatini yo&#8217;qotdi. 1759 y. italiyalik geolog Arduino ta- Klif qilgan uchinchi termin hoz. ham qo&#8217;llaniladi [q. Uchlamchi sistema (davr)]. 1829 y. eng yangi bo&#8217;sh yotqiziqlarni Fran- suz geologi J. Denuaye to&#8217;rtlamchi davr yotqiziqlari nomi bilan ajratdi [q. To&#8217;rtlamchi sistema (davr)]. 19-a.ning 1-yarmida turli mamlakatlarda olib bo- rilgan tadqiqotlar natijasida geologik sistema (davr)lar ajratildi va er ta- rixida ularning izchilligi (ketma-ket- ligi) belgilanib, umumiy bo&#8217;linmalari qabul Kili idi va avval ajratilgan si- stemalar, bo&#8217;limlar qayd kilindi. 1900 y. frantsuz geologi E. Reneve fakat si- stema bo&#8217;limlarinigina emas, balki yarus bo&#8217;limlarini ham o&#8217;z ichiga olgan yig&#8217;ma, &#8220;xronofaf&#8221;ni taklif etdi. Umumiy stratigrafik shkala 20-a. o&#8217;rtalarida Er taraqqiyotining eng kad. Boskichlari intensiv ravishda o&#8217;rganila boshladi va yagona sistemasini belgilash imkoniyati tug&#8217;ildi. S.da qatlamlanishning izchil- ligi haqidagi qonun asosiy o&#8217;rin tutadi; bu qonunga muvofiq, qatlamlar normal holatda yotganda har bir ostki qatlam ust- ki qatlamga nisbatan qadimiyroqtsir. Bu qonundan istisno hollar faqat tektonik deformasiya natijasida katlamlarning dastlabki yotishi buzilgandagina kuza- tiladi va bunda qatlamlar to&#8217;ntarilgan holatda ham yotishi mumkin. O&#8217;tgan Geo- logik davrlar xavzalarida qavatlangan tog&#8217;jinslari qatlamlari muayyan izchil- likda yotadi, bu qatlamlarni o&#8217;rganib, stratigrafik ustun (kolonka) tuzish mumkin. Bu ustunlarni kiyoslashda turli metodlardan foydalaniladi, bulardan eng keng tarqalgani va ishonarlisi Pa- leontologik metod bo&#8217;lib, u er organic dunyosining takrorlanmaydigan Pro- gressiv tarakqiyotiga asoslangan. Pale- ontologik metod paleoekologik ma&#8217;lu- motlar hisobga olingan taqdirdagina qo&#8217;llanishi mumkin. Qazilma organizm- larning barcha guruxlari stratigrafik korrelyasiya maqsadlarida foydalanila- Di. Juda ko&#8217;p mikdorda uchraydigan mayda organizmlar qoldiklari, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Sporachang analizi ham xuddi shunday xususiyatlari bilan ajra- lib turadi, bu analiz fanerozoy barcha bo&#8217;linmalarining cho&#8217;kindi qatlamlari yoshini aniklashda qo&#8217;llaniladi. To- kembriyning ancha qad. yotkiziklari- da hayvonlar qoldig&#8217;i nihoyatda kam, ko&#8217;kyashil suvo&#8217;tlarning hayot faoliyati izlari ko&#8217;plab uchraydi, ulardan 1960y. larda yuqori tokembriyning karbonat qatlamlarini bo&#8217;lish va korrelyasiya kilishda muvaffaqiyatli foydalanil- Di. Ancha qad. yotqiziklarni o&#8217;rganishda cho&#8217;kindi va magmatik tog&#8217;jinslaridagi turli elementlar (K, V, R)ning radio- aktiv parchalanishiga asoslangan izotop usuli etakchi ahamiyatga ega. Cho&#8217;kindi jinslarning izotop yoshiga oid ma&#8217;lu- motlar juda kam. Aniklashning rubidiy metodi turli gilli jinslar va nordon effuzivlarni aniqlashda qo&#8217;llaniladi. Ko&#8217;rsatilgan metodlar yordamida chukin- Di qatlamlarga kirib qolgan turli in- truziv tog&#8217;jinslari yoshi haqidagi ancha to&#8217;liq ma&#8217;lumotlarni olish mumkin. Bundan tashqari, cho&#8217;kindi va Vulkano- gen qatlamlarni korrelyasiya kilishda litologik va geokimyoviy tadqiqotlar, razvedkaning geofizik usullaridan foydalaniladi. Korrelyasiyaning barcha metodlarini ko&#8217;llash natijasida butun Er shari uchun umumiy yig&#8217;ma stratigra- FIK bo&#8217;linmalar sistemasi belgilandi. S. regional geologik tadqiqotlarda asos bo&#8217;lib xizmat qiladi hamda maydonning tektonik xususiyatlarini tushuntirish, foydali qazilmalarni qidirish va raz- vedka ishlari yo&#8217;nalishini aniqlashga yordam beradi. Stratifafik kesmani batafsil o&#8217;rganmay turib geologik xa- ritalar tuzish mumkin emas. S.ning metodlari \u2014 biostratifafik, litolo- gik, radiologik, ekostratifafik hamda voqelikni tiklashdan iborat. Ko&#8217;pgina biotik o&#8217;zgarishlar (ko&#8217;plab qirilib ketish, taksonlar xilmaxilli- gining haddan tez ko&#8217;payishi, yangi tur- larning paydo bo&#8217;lishi)ga evolyusion o&#8217;zgarishlar bilan birga turli xil Abi- otik omillar (okean havzasining ken- gayishi yoki qisqarishi, okean sathining ko&#8217;tarshshbpasayishi, iqlim va yashash muhitining o&#8217;zgarishi, atmosfera va gidrosfera tarkibidagi o&#8217;zgarishlar hamda kosmik xrdisalar)ning ham ta&#8217;- siri katta. O&#8217;ziga xos farq qiluvchi shunday o&#8217;zgarishlar izini erning Geo- logik tarixida xalqaro stratigrafik shkalaning deyarli barcha bo&#8217;linmalari chegaralarida uchratilgan. O&#8217;zbekistonda qo&#8217;llaniladigan stratigrafik birliklar shkalasi ba&#8217;zi bir bo&#8217;lim va yaruslarni bo&#8217;linishi va indekslanishi (xududiy xoslik belgilari tufayli) bilan bir oz farklanadi. O&#8217;zbekistonning stratigra- FIK tuzilishini o&#8217;rganishga olimlardan A. D. Arxangelskiy, T. A. Sikstel, O. I. Sergunkova, Yu. M. Kuzichkina, 3. M. Abduazimova va b.lar hissa qo&#8217;shgan. Har bir mamlakatda stratigrafik shkala- ning umumiy va mahalliy bo&#8217;linmalari stratigrafik kodeks qoidalari siste- masi asosida ajratiladi. Geologik vaktni o&#8217;lchashning etaloni qilib umu- miy xalqaro stratifafik shkala qabul qilingan (2xalqaro geologik Kongress Bolone, 1881 y.). 20-a.ning o&#8217;rtalarida unga qo&#8217;shimcha qilib stratigrafik shka- laning ancha yirik bo&#8217;linmasi \u2014 zon mobaynida shakllangan eonotema ki- ritilgan; era mobaynida shakllangan yotqiziqlarni bildiruvchi, avval ishla- tilgan &#8220;guruh&#8221; termini, &#8220;eratema&#8221; ter- mini bilan almashtiriddi. Stratigrafik bo&#8217;linmalarning har biri erning tabiiy rivojlanish bosqichi va uning organik dunyosi- ga muvofiq keladi; ular barcha Mate- riklarda va 1970y.larda o&#8217;tkazilgan burg&#8217;ilash ishlari ko&#8217;rsatganidek, oke- an botiklarida ham aniqlandi. Ba&#8217;zi tadqiqotchilarning fikricha, geologi k yaruslar va stratigrafik zonalar faqat mahalliy ahamiyatga ega; bu fikr agar faunasi boshqalardan ajralgan holda rivojlangan va dunyo okeani bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan (mas, kora dengiz\u2014ka- spiy havzasining neogen yotqiziqlari) alohida paleohavza materiallari aso- sida ajratilgan yarus va zona uchun to&#8217;g&#8217;ri bo&#8217;ladi. Agar yarus va zonalarning stra- totipi qilib ochiq okean havzalarining kesimlari olinsa, bu bo&#8217;linmalarni butun er shari bo&#8217;ylab kuzatish mumkin. Antropogen (yoki to&#8217;rtlamchi) sistema uchun bo&#8217;linmalarning paleoiqlim ma&#8217;- lumotlariga asoslangan, ularning o&#8217;zaro bog&#8217;likligini aks ettiruvchi o&#8217;z shkalasi taklif qilingan. Mavjud ma&#8217;lumotlar- ning ko&#8217;rsatishicha, geologik bo&#8217;limlar, yarus va zonalar tokembriyda hozircha ajratilmaydi, sistema va erotemalar fanerozoydagiga nisbatan butunlay boshqacha asoslanishga ega; ularga ekvi- valent bo&#8217;lgan protosistema va protoe- rotemalar \u2014 fitemalar to&#8217;g&#8217;risida gapi- rish to&#8217;g&#8217;riroq bo&#8217;ladi. Yagona yoki umumiy stratigrafik shkalaning bo&#8217;lim, yarus va zonalarini hamma erda ham istalgandek aniklab bo&#8217;lmaydi va kesimlar tuzili- shining mahalliy xususiyatlarini aks ettirmaydi. Shuning uchun ko&#8217;p r-nlarda stratifafik tasnifning asosi bo&#8217;lib, mahalliy stratigrafik kichik bo&#8217;limlar xizmat qiladi; agar ular paleontolo- gik asosga ega bo&#8217;lsa va yo&#8217;nalish bo&#8217;yicha o&#8217;z tarkibini sezilarli o&#8217;zgartirgan yotqizikdarni o&#8217;z ichiga olsa, unda gori- zontlarga (taxm. o&#8217;lchami bo&#8217;yicha yarus va kichik yaruslarga mos keladigan va lo- nalar (lokal zonalar)ga ajratiladi. Aksincha, agar mahalliy bo&#8217;linmalarni ajratishda tog&#8217;jinslari litologik tar- kibining o&#8217;ziga xos xususiyati etakchilik qilsa, bunday holatda litostratigrafik bo&#8217;linma ning alohida sistemasi qabul qilinadi. Oxirgi xalqaro stratigra- FIK shkala 2000 y.da Braziliyada o&#8217;tgan 31-xalqaro geologik Kongressda qabul qilingan. Ad.: Abduazimova 3. M.,Abdullaev N . R., O mejdunarodnoy stratigrafi- cheskoy shkale, T., 2000; Stepanov D. L., Mesejnikov M . S, Obhaya stratigrafiya (Printsipi i metodi stratigraficheskix issledovaniy), L., 1979. Zoya Abduazimova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Stratigrafiya (lot. Stratum to&#8217;shama, qatlam va grafin) \u2014 geologiya- ning er po&#8217;sti kesimidagi tog&#8217;jinslari majmuining shakllanish izchilligini va joylashgan o&#8217;rnidagi dastlabki nisba- tini o&#8217;rganuvchi bo&#8217;limi. S cho&#8217;kindi tog&#8217; jinslari qatlamlarini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/stratigrafiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-117581","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117581","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117581"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117581\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117582,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117581\/revisions\/117582"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117581"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117581"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117581"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}