{"id":117583,"date":"2024-05-09T06:32:15","date_gmt":"2024-05-09T03:32:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117583"},"modified":"2024-05-09T06:32:18","modified_gmt":"2024-05-09T03:32:18","slug":"statistika-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/statistika-3\/","title":{"rendered":"Statistika"},"content":{"rendered":"\n<p>Statistika (lot. ctatus \u2014 boy- lik, davlat) \u2014 1) turli hodisalar va ja- rayonlarni mikdoriy hisoblash, ma&#8217;lu- motlarni qayta ishlash va tahlil qilish yo&#8217;li bilan ijtimoiy hayotning umumiy qonuniyatlarini o&#8217;rganadigan ijtimo- iy fanlar tarmog&#8217;i. Tor ma&#8217;noda S. bi- ronbir hodisa yoki jarayon to&#8217;g&#8217;risidagi jamlanma ma&#8217;lumotlar (ko&#8217;rsatkichlar) majmui (to&#8217;plami)ni bildiradi. S. mu- rakkab va sertarmoq fanlar majmui- dan iborat bo&#8217;lib, ijtimoiy hayotning xilmaxil hodisalarini o&#8217;rganadi va tahlil etadi. S.ning asosiy bo&#8217;limlari: S. ning umumiy nazariyasi \u2014 mikdo- riy taxlilning umumiy tamoyillari va usullarini o&#8217;rganadi; iqtisodiy S. \u2014 xalq xo&#8217;jaligi ko&#8217;rsatkichlari tizi- mini, uning tarkibini, nisbatlarini, sektorlararo, tarmoqlararo aloqalar va b.ni o&#8217;rganadi (q. Iktisodiy statistika); iqtisodiyot tarmoqlari S.si \u2014 sanoat, qishloq xo&#8217;jaligi., qurilish, transport, aloqa S.siga bo&#8217;linadi; demografik S, mehnat, aholi bandligi S.si; ijtimoiy S \u2014 aholi turmush tarzini tavsiflay- digan ko&#8217;rsatkichlar tizimini va ij- timoiy hayotning turli masalalarini o&#8217;rganadi va h.k. Ularning asosiy vazi- fasi xalq xo&#8217;jaligi tarmoqlaridagi, jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tav- siflaydigan ko&#8217;rsatkichlar tizimini o&#8217;rganish va ishonchli, ilmiy asoslangan ma&#8217;lumotlarni aks ettirishdan iborat. Bu vazifalarni bajarish uchun S. fanida yalpi statistik kuzatish, hodisalarning o&#8217;ziga xos tomonlari, xususiyatlari va ular o&#8217;rtasidagi aloqalarni aks etti- radigan ko&#8217;rsatkichlar tizimlari, sta- tistik guruhlash natijalari bo&#8217;lgan yig&#8217;ma va kombinasiyalashgan jadvallar kabi vositausullar ishlab chiqilgan va amaliyotda qo&#8217;llaniladi. S.da o&#8217;rtacha miqdorlar va indekslar kabi umumlash- tiruvchi tavsiflar muhim rol o&#8217;ynaydi. S. usullari qo&#8217;llaniladigan bir qator sohalar va shunga mos holda tibbiyot, sud, geol., sport va boshqa S. tarmoklari bor. Mat. va statistik tadqiqotlarning tu- tash joyida paydo bo&#8217;lgan matematik sta- tistika S. fanining alog&#8217;ida bo&#8217;limini tashkil etadi. Matematik S. statistic tadqiqotlarda statistik ma&#8217;lumotlarni to&#8217;plash, ularni tizimga solish, ishlash hamda ulardan ilmiy va amaliy xulosa- lar chiqarish usullarini o&#8217;rganadi. Tosh- kent iqtisodiyot un-tida S. bo&#8217;yicha oliy ma&#8217;lumotli mutaxassislar tayyorlanadi; 2) jamiyat hayotidagi hodisalar va jarayonlar to&#8217;g&#8217;risida yalpi axborot- larni yig&#8217;ish, qayta ishlash, tahlil va e&#8217;lon qilish bilan bog&#8217;liq amaliy FA- oliyat sohasi. Milliy, mintakdviy xalqaro S.ga bo&#8217;linadi. Xalqaro S. ij- timoiyiktisodiy ko&#8217;rsatkichlarning xalqaro qiyosiyligini ta&#8217;minlashga asoslangan holda turli mamlakatlar- ning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti darajasi, tuzilmasi va tendentsiyala- rini o&#8217;rganadi. Xalqaro S.da BMT ning ixtisoslashgan statistika xizmatlari etakchi rol o&#8217;ynaydi. Milliy (umum- davlat) miqyosida statistik ma&#8217;lumot- larni yig&#8217;ish, qayta ishlash va tahlil qilish yagona tamoyillar asosida, yagona dastur va uslubiyat bo&#8217;yicha davlat sta- tistika organlari rahbarligida amalga oshiriladi. O&#8217;zbekistonda S. amaliyoti bilan O&#8217;zbekiston Respublikasi Stati- stika davlat qo&#8217;mitasi va uning viloyat, shahar, tuman boshqarma (bo&#8217;lim)lari shug&#8217;ullanadi. S. amaliyotining boshlanishi davlat- ning paydo bo&#8217;lishi davriga to&#8217;g&#8217;ri ke- ladi. Qadimgi davrlardayoq xo&#8217;jalik va g&#8217;arbiy ehtiyojlar, aholi, er, molmulk hisobi bo&#8217;yicha S. ishlari amalga oshi- rilgani haqida ma&#8217;lumotlar mavjud. Fan sifatida S.ga 17-a. oxirida ingliz iqtisodchi olimi u.Petti asos soldi. Uning asarlarida siyosiy iqtisod va b. ijtimoiyiqtisodiy fanlardan ajral- magan &#8220;siyosiy arifmetika&#8221; deb nomlan- gan fan \u2014 S. asoslari ifodalab berildi. S. rivjida davlatshunoslik fanining paydo bo&#8217;lishi ham muhim rol o&#8217;ynaydi. 19-a.ning 2-yarmi va 20-a. boshlarida S. jadal rivojlandi. Ayniqsa, davlat mo- nopolistik kapitalizmi sharoitlarida S.ning texnik vositalari va iqtisodiy imkoniyatlari mukammallashdi. Monopoliyalarning iqtisodiy holatini chuqur tahlil qilish ehtiyojlari, aholining tabiiy ko&#8217;payishi va ko&#8217;chishi o&#8217;rganildi, aholi, sanoat va qishloq xo&#8217;jaligi. ro&#8217;yxatlari o&#8217;tkazildi. Birinchi navbatda, ro&#8217;yxatni o&#8217;tkazadigan davlat S. tashkilotlari shakllandi va takomillashdi. Statistik ma&#8217;lumotlar- ni qayta ishlashda matematik usullarni qo&#8217;llash S. nazariyasini rivojlantirish- da muhim ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Iqtisodiyotda ma&#8217;muriybuyruqbozlik boshqaruvidan bozor iqtisodiyoti mu- nosabatlariga o&#8217;tish S.da ham tub buri- lish yasadi. Hoz davrda O&#8217;zbekistonda iqtisodiyotni xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistikaga o&#8217;tkazish hamda mahalliy sharoitlarga uyg&#8217;unlashgan milliy hisoblar tiziminp ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, makroiqtisodiy ko&#8217;rsatkichlarni xori- jiy davlatlar ko&#8217;rsatkichlari tizimi bilan taqqoslash va tahlil qilish eng zarur vazifalardan biridir. Shu muno- sabat bilan O&#8217;zbekiston Respublikasi hukumati 1994 y. 13 sent.da &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasini xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika ti- zimiga o&#8217;tkazishning davlat dasturi&#8221;ni qabul qildi va bu dastur izchil amalga oshirilmoqda. O&#8217;zbekiston Respublikasining &#8220;Dav- lat statistikasi to&#8217;g&#8217;risida&#8221; qonunida (2002 y. 12 dek.) respublikada S. ishini tashkil etish va uning huquqiy maqomi belgilab berilgan. Hamidulla Nabiev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Statistika (lot. ctatus \u2014 boy- lik, davlat) \u2014 1) turli hodisalar va ja- rayonlarni mikdoriy hisoblash, ma&#8217;lu- motlarni qayta ishlash va tahlil qilish yo&#8217;li bilan ijtimoiy hayotning umumiy qonuniyatlarini o&#8217;rganadigan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/statistika-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-117583","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117583","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117583"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117583\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117584,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117583\/revisions\/117584"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117583"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117583"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117583"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}