{"id":117599,"date":"2024-05-09T06:38:07","date_gmt":"2024-05-09T03:38:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117599"},"modified":"2024-05-09T06:38:11","modified_gmt":"2024-05-09T03:38:11","slug":"sovet-sosialistik-respublikalari-ittifoqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sovet-sosialistik-respublikalari-ittifoqi\/","title":{"rendered":"SOVET SOSIALISTIK RESPUBLIKALARI Ittifoqi"},"content":{"rendered":"\n<p>SOVET SOSIALISTIK RESPUBLIKALARI Ittifoqi, SSSR, so- vet Ittifoqi \u2014 sobiq Rossiya imperi- yasi hududining katta qismida 1922-91 y.larda mavjud bo&#8217;lgan musta bid dav- lat. SSSR ni tashkil etish to&#8217;g&#8217;risida deb atalgan shartnoma (1922)ga muvofiq, uning tarkibiga xalqlarning xohishirodasiga zid ravishda Rossiya (RSFSR), Ukraina (USSR), Belorus- siya (BSSR), Zakavkaze respublikalari [ZSFSR; 1936 y.dan ittifokdosh Respu- blikalar \u2014 Ozarbayjon (Ozarbayjon SSR), Armaniston (Armaniston SSR), Gruziya (Gruziya CCP)J, keyinchalik \u2014 1925 y. O&#8217;zbekiston (O&#8217;zbekiston SSR), Turkmaniston (Turkmaniston SSR), 1929 y. Tojikiston (Tojikiston SSR), 1936 y. Qozog&#8217;iston (Qozog&#8217;iston SSR), Qirg&#8217;iziston (Kirg&#8217;iziston SSR), 1940 y. Moldaviya (Moldaviya SSR), Latviya (lat- viya SSR), Litva (Litva SSR) va Estoniya (Estoniya SSR) kiritilgan. 20y.larning boshlaridan, ayniqsa, V. I. Leninning vafotidan keyin mamla- kat rahbariyati orasida hrkimiyat uchun keskin kurash boshlandi. Raxbarlikning avtoritar usullari karor togtshi, I. V. Stalin shu usullardan foydalanib, yak- kaboshchilik hokimiyati rejimini ku- chaytirib bordi. 1921 y.da boshlangan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) 20y.lar- ning o&#8217;rtalarida to&#8217;xtatilib, so&#8217;ng mam- lakatni jadal industriyalash va q.x.ni zo&#8217;rlab kollektivlashtirish (jamoa- lashtirish) siyosati boshlab yuborildi. Kommunistik partiya davlat tuzilmasi- ni to&#8217;lato&#8217;kis o&#8217;ziga bo&#8217;ysundirib oldi. (q. Sovet Ittifoqi Kommunistik par- tiyasi). Mamlakatni tez modernizasiya- lash va b. mamlakatlardagi inqilobiy harakatni qo&#8217;llab-quvvatlashni maqsad qilib qo&#8217;ygan qat&#8217;iy markazlashtirilgan va harbiylashtirilgan totalitar ijti- moiy tuzum vujudga keldi. Boshlangan ommaviy qatag&#8217;onlar 1934 y.dan keyin avj oldirildi va jamiyatning barcha tabaqalarini qamrab oldi; millionlab begunoh odamlar qamoqqa tashlandi, ot- ildi, surgun qilindi (q. Repressiya). Davlat va jamiyat hayoti tor doiraga so- lib qo&#8217;yildi, bepoyon mamlakatdagi bar- cha ishlar markazdan tuzib beriladigan reja asosidagina yuritiladigan bo&#8217;ldi, o&#8217;ta mafkuralashgan kommunistik tizim qaror toptirildi, demokratik tamoy- illar oyoq osti qilindi, sud tizimi be- dodlik asosiga qurildi. 30y.larning oxirida mustabid davlatning tashqi si- yosati keskin o&#8217;zgartirildi, xalqaro ja- moa xavfsizligi yo&#8217;lidan qaytildi. 1939 y. sovetgerman bitimlari tuzildi, unga binoan bir yil ichida G&#8217;arbiy Ukraina va G&#8217;arbiy Belorussiya, Boltiqbo&#8217;yi mam- lakatlari, Bessarabiya va shim. Bukovina SSSR tarkibiga qo&#8217;shib olindi. SSSR tomonidan boshlangan sovetfin urushi (1939.30.11 \u2014 1940.12.3) sovet imperi- yasining xalqaro obro&#8217;siga putur etkazdi (SSSR Millatlar Ittifoqidan ch i ka &#8211; rib yuborildi). 1941 y. Germaniya shar- tnomalarni buzib, Sovet Ittifoqiga qo&#8217;qqisdan hujum qildi. Urushga aholisi qariyb 6,5 mln. bo&#8217;lgan O&#8217;zbekistondan 1 mln.dan ortiq kishi safarbar qilindi. Urush davrida butunbutun xalklar \u2014 bolqorlar, chechenlar, qalmoqlar, Qrim tatarlari, qorachoylar, greklar, mesxe- ti turklari, Volga bo&#8217;yi nemislari va b. o&#8217;zga o&#8217;lkalarga majburlab ko&#8217;chirildi. SSSR AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya kabi ittifoqchilar yordamida urush- da g&#8217;olib chiqqach, Jan. Saxalin, Kuril o.lari, Petsamo (Pechenga), Klaypeda, Kenigsberg (Kaliningrad), Zakarpate Ukrainasi va b. erlar hisobiga mam- lakat hududi kengaytirildi. Urushdan keyin qatag&#8217;onlar (kosmopolitizmga qarshi kurash, &#8220;vrachlar ishi&#8221;, &#8220;Le- ningrad ishi&#8221; va b.) davom ettirildi, o&#8217;zbekistonlik ko&#8217;pgina yozuvchi, shoir, olim va b. ziyolilar ham shu siyosat azo- bini tortdilar. G&#8217;arb mamlakatlari b-n ittifoqchilik munosabatlari uzilishi oqibatida ikki siyosiy tuzum o&#8217;rtasida &#8220;sovuqurush&#8221;, qurollanish poygasi boshlandi. I.V.Stalin vafoti (1953) dan keyin bo&#8217;lib o&#8217;tgan KPSS 20s&#8217;ezdi (1956) N. S. Xrushchyov tashabbusi b-n sta- Lin shaxsiga sig&#8217;inishni tanqid qildi. Qatag&#8217;on qurbonlari oklana boshlandi; xalqning turmush darajasini oshirish- ga, q.x.ni, uyjoy qurilishini, engil sanoatni rivojlantirishga ko&#8217;proq e&#8217;ti- bor berildi. Ilmiy va ishlab chiqaruvchi kuchlarni, moddiy vositalarni fan va texnika taraqqiyotiga qaratish tufay- li ayrim yutuklarga erishildi: dunyoda birinchi atom elektr st-yasi ishga tu- shirildi (1954), erning birinchi sun&#8217;- iy yo&#8217;ldoshi (1957), ichida kosmonavt uchuvchi bo&#8217;lgan birinchi kosmik kema (1961) uchirildi; SSSR ning xalqaro aloqalari kengaydi, yadro urushi xav- Fi kamaydi. Ammo totalitar tuzum va ma&#8217;muriybuyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot saqlanib qolayotgan bir paytda mamlakatni yangilash yo&#8217;lidagi bu urinishlar izchillik b-n o&#8217;tkazilmadi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Par- tiya va davlatga L. I. Brejnev boshchilik qilgan yillarda (1964-82) davlat va jamiyat hayotida to&#8217;rachilik avj oldi, ik- tisodiyotda turg&#8217;unlik hukm surdi. A. N. Kosiginnpnt tashabbusi b-n o&#8217;tkazilgan islohotlar to&#8217;xtab qoldi, iqgisodiyot ekstensiv yo&#8217;ldan rivojlantirildi. Neft va gazni eksport qilishdan tush- gan mablag&#8217;ning deyarli hammasi harbiy maqsadlarga ishlatildi. Vengriya (1956) va Chexoslovakiya (1968) raxbariyatining islohot o&#8217;tkazish yo&#8217;lidagi harakatlari Sovet armiyasi tomonidan qurol kuchi b-n bostirilishi, Afg&#8217;onistonga qo&#8217;shin kiritilishi (1979) xalqaro keskinlikni battar kuchaytirdi. 1985 y. da hokimiyat tepasiga kelgan M. S Gorbachyov va uning tarafdorlari &#8220;qayta qurish&#8221; siyosatini boshladilar, xalqning siyosiy faolligi oshdi, ommaviy, milliy harakat va tash- kilotlar tuzildi. Lekin yuqoridan tu- rib sovet tuzumini isloh qilish uchun qilingan palapartish urinishlar mamla- katdagi tanglikni chuqurlashtirdi. Mil- liy nizolar kuchaydi, iqtisodiy ahvol og&#8217;irlashdi. Sobiq imperiya davrida katta lavozimlarni egallab kelgan bir guruh mansabparastlar o&#8217;z imtiyozlarini saklab qolish maqsadida 1991 y. avgust oyida Favqulodda holat davlat qo&#8217;mitasi (GKCHP)ni tuzib, davlat to&#8217;ntarishi qilishga urinib ko&#8217;rdi, ammo bu urinish barbod bo&#8217;ldi. 1991 y. 8 dek.da Belorussiya, Rossiya va Ukraina rahbarlari B. N. Eltsin, L.M. Kravchuk, S. S. Shushkevich Belorussiya- dagi Belaya Veja o&#8217;rmonida bitim imzo- lab, SSSR tugatilishini qayd etdilar va Musgpakil davlatlar Hamdo&#8217;stligi (MDH) tashkil etilganligini e&#8217;- lon qildilar (1991 y. 8 dek., Minsk). Ozarbayjon, Armaniston, Qozog&#8217;iston, Qirg&#8217;iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, O&#8217;zbekiston 1991 y. 21 dek.da Olmaotada imzolangan Deklara- tsiyada MDHni tuzish to&#8217;g&#8217;risidagi Bi- Timga qo&#8217;shildilar. 1993 y. Gruziya ham MDHga qo&#8217;shildi. 1991 y. 25 dek.da SSSR xalqaro huquq sub&#8217;ekti sifatida barham topdi. G&#8217;ayriinsoniy printsiplar- ga asoslangan soxta davlat \u2014 &#8220;Kizil imperiya&#8221;ning takdiri ana shunday yakun topdi. Bu tarixiy qonuniyat edi. O&#8217;zbek xalqi O&#8217;zbekiston Prezi- Denta I. A. Karimov boshchiligida mustaqillikka erishish yo&#8217;lida olib borgan qat&#8217;iy kurash bu jarayonda kat- ta ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. SSSR mavjud bo&#8217;lgan yillar mobaynida O&#8217;zbekiston xalqi mamlakatni industriyalash, q.x.ni jamoalashtirish, ommaviy qatag&#8217;onlar siyosati va kommunistik diktatura o&#8217;tkazgan barcha bedodliklar, jumladan, 80y.lar o&#8217;rtalaridagi &#8220;paxta ishi&#8221;ning butun azobuqubatlarini boshdan kechir- Di.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SOVET SOSIALISTIK RESPUBLIKALARI Ittifoqi, SSSR, so- vet Ittifoqi \u2014 sobiq Rossiya imperi- yasi hududining katta qismida 1922-91 y.larda mavjud bo&#8217;lgan musta bid dav- lat. SSSR ni tashkil etish to&#8217;g&#8217;risida deb &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sovet-sosialistik-respublikalari-ittifoqi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-117599","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117599","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117599"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117599\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117600,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117599\/revisions\/117600"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117599"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117599"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117599"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}