{"id":117783,"date":"2024-05-09T07:40:20","date_gmt":"2024-05-09T04:40:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117783"},"modified":"2024-05-09T07:40:23","modified_gmt":"2024-05-09T04:40:23","slug":"makkajoxori","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/makkajoxori\/","title":{"rendered":"Makkajo&#8217;xori"},"content":{"rendered":"\n<p>Makkajo&#8217;xori (Zea mays L.) &#8211; bo-shokdoshlar oilasiga mansub bir yillik o&#8217;tsimon o&#8217;simliklar turi, don va em-xashak ekini. M. Er sharidagi yovvoyi holda o&#8217;smaydigan eng qad. Ekinlardan biri. Vatani\u2014Markaziy va Jan. Ameri- ka. Dastlab Meksika hududida qad. Mayya va astek qabilalari tomonidan mil.dan 5200 yil avval dehqonchilikdaekilgan. Evropaga 15-a. oxirida keltirilgan. M. ekiladigan xududlar shim. kenglikning 40\u00b0 gacha boradi. Jahon dehqonchiligida M. ekilgan maydon 139,2 mln.ga, hosildorlik (don bo&#8217;yicha) 43,13 ts\/ga, yalpi hosil 600,4 mln. t AKD] (28,5 mln. ga, hosildorlik 84 ts\/ga), Braziliya (11,6 mln.ga, hosildorlik 27,6 ts\/ga), Meksika (7,2 mln.ga; hosildorlik 25,3 ts\/ga), Xi- toy (25,8 mln.ga; hosildorlik 48,8 ts\/ga), shuningdek, Jan. va Jan.-Sharqiy Evro- Pa, Jan.-Sharqiy Osiyo, Jan. va Sharqiy Afrika mamlakatlarida katta maydon- larga ekiladi (1999). O&#8217;zbekistonda ham bu ekin qadimdan ekiladi (42 ming ga; hosildorlk 31,6 ts\/ga; yalpi hosil 131,4 t; 2000). Poyasi tik, 5-6 m gacha, bo&#8217;g&#8217;imli, ichi g&#8217;ovak. Ildizi pataksimon, erga 1-1,5 m gacha kirib boradi. Poyaning eng ostki bo&#8217;g&#8217;imidan yo&#8217;g&#8217;on tayanch il- dizlar chiqaradi, ular o&#8217;simlikni yotib qolishidan saqdaydi va chopiq vaqtida yumshoq tuproq uyumi ularni nam hamda oziq moddalar b-n ta&#8217;minlaydi. Bar- glari keng nashtarsimon, ketma-ket joy- lashgan, usti tukli. M. bir uyli, to&#8217;pguli ayrim jinsli o&#8217;simlik, Chan-gchi to&#8217;pguli poya uchida ro&#8217;vak, urug&#8217;chi to&#8217;pguli so&#8217;tada popuksimon bo&#8217;ladi. Mevasi don. 1000 ta doni vazni 100\u2014 400 g. So&#8217;tasi donli zo&#8217;g&#8217;ata, 500 dan 1000 gacha doni bo&#8217;ladi va uni o&#8217;rab turgan barg (g&#8217;ilof)lardan ibo- rat, har tup o&#8217;simlik 1-2 \u2014 3 ta, ba&#8217;- zan undan ko&#8217;proq so&#8217;ta chiqaradi. Doni yirik, yumaloq, tuxumsimon yoki tishsi- mon, rangi va morfologik belgilariga ko&#8217;ra, tishsimon, yarim tishsimon, mum- Simon va qobiqli guruhlarga bo&#8217;linadi. Donining tarkibida 9-10% oqsil, 4-6% moy, 65-70% uglevod, V,, V2, V6, E vitaminlari, doni sarg&#8217;ish navlarida provitamin A, nikotin va pantaten kis- lotalar, flavonoidlar va b. mavjud. M. juda mahsuldor va turli maqsadlarda ishlatiladigan ekin. M. doni oziq-ovqat (un, yorma, bodroq, shirin qalamchalar, makkajo&#8217;xori moyi va b.), kraxmal-Pato- ka, pivo, spirt sanoatlarida ishlatila- Di. Aralash em i. ch. uchun xom ashyo, doni chorva mollari uchun to&#8217;yimli ozuqa (1 kg donining to&#8217;yimliligi 1,34 ozuqa birli- giga teng), ko&#8217;k massasi (1 kg ida 13,6\u2014 14,6 g hazm bo&#8217;luvchi protein va 0,18\u20140,39 ozuqa birligi bor), silosi va doni b-n birga maydalab konservalangan so&#8217;tasi qimmatli ozuqa. M. poyasi, zo&#8217;g&#8217;atasi, qobiq bargidan qog&#8217;oz, linoleum, viskoza, izolyasiya materiallari, sun&#8217;iy po&#8217;kak, kinoplyonka va b. ishlab chiqariladi. M. popugi tibbiyotda ishlatiladi. Navi va tuproq-iqlim sharoiti- ga qarab o&#8217;suv davri 90-150 kun. M. issiqsevar, yorug&#8217;sevar, qurg&#8217;oqchilikka ancha chidamli bahori ekin, tuproq harorati 10\u00b0 bo&#8217;lganda 10-12 kun- da unib chiqadi. Maysalari \u20142\u20143\u00b0 sovuqqa chidaydi. Kuzda \u2014 3\u00b0 da sovuq uradi, ozuqalik sifatini pasaytiradi. 20-25\u00b0danormal o&#8217;sib rivojlanadi. Harorat 35\u00b0 dan yuqori bo&#8217;lganda gulla- ri yaxshi changlanmasligi mumkin (yuqori harorat va havoning quruqligi urug&#8217;chi to&#8217;pgullar ipakchalarini quritib qo&#8217;yadi). M.ni asosiy ekin tarzida ekish uchun be- gona o&#8217;tlardan toza, sho&#8217;rlanmagan va sizot suvlari chuqur, o&#8217;tmishdosh ekinlardan kuzgi don ekini, dukkakli don, burdoy ekilgan er tanlanadi. Er kuzda 28\u2014 30 sm chuqurlikda shudgorlanadi, gektariga 10-35 t go&#8217;ng va 60-80 kg sof fosfor hisobidan o&#8217;g&#8217;it solinadi. Erta bahorda boronalanadi yoki yoppasiga kultivasiya qilinadi. Urug&#8217;lar qator oralari 60, 70, va 90 sm qilib M. se-yalkalarida kvadrat- uyalab yoki qatorlab 6-10 sm chuqurlikda ekiladi. O&#8217;suv davrida 2 marta \u2014 birin- chisida gektariga 70-80 kg azot, 60-80 kg fosfor, ikkinchisida 80-100 kg azot, 50-60 kg fosfor, 40-50 kg kaliy hisobidan oziqlantiriladi, 2-3 marta kultivasiya qilinadi, 4-6 marta sugo- riladi. M. ko&#8217;kat em uchun ro&#8217;vak chiqar- guncha, silos uchun doni dumbul bo&#8217;lib etilganda va doni uchun to&#8217;la etilganda yig&#8217;ishtiriladi. O&#8217;zbekiston sharoit- larida ilg&#8217;or xo&#8217;jaliklarda don bo&#8217;yicha hosildorlik 50-60 ts\/ga, ko&#8217;k massa bo&#8217;yicha 300-600 ts\/ga ga boradi. M.ni ang&#8217;iz ekin sifatida (ezda bug&#8217;doydan bo&#8217;shagan maydonlarga) ham ekiladi. O&#8217;zbekistonda Vatan, Qorasuv 350 AMV, O&#8217;zbekiston tishsimon M.si, O&#8217;zbekiston 306 AMV, O&#8217;zbekiston 601 ESV, molda- viya 425 MB, Figaro, Nort va b. navlar hamda duragaylari ekiladi (2002). Ad.: Golodkovskiy V . L ., Sistema- tika kukuruzi, T., 1966; Rashidov T. R., Makkajo&#8217;xorining kelib chiqishi va Fi- logeniyasi, T., 1970; Azimov X.U., Agro- texnika kukuruzi na oroshaemix zemlyax Uzbekistana, T., 1973. Ibrohimjon Halimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Makkajo&#8217;xori (Zea mays L.) &#8211; bo-shokdoshlar oilasiga mansub bir yillik o&#8217;tsimon o&#8217;simliklar turi, don va em-xashak ekini. M. Er sharidagi yovvoyi holda o&#8217;smaydigan eng qad. Ekinlardan biri. Vatani\u2014Markaziy va Jan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/makkajoxori\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-117783","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117783","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117783"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117783\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117803,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117783\/revisions\/117803"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117783"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117783"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117783"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}