{"id":117785,"date":"2024-05-09T07:41:25","date_gmt":"2024-05-09T04:41:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117785"},"modified":"2024-05-09T07:41:28","modified_gmt":"2024-05-09T04:41:28","slug":"makka","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/makka\/","title":{"rendered":"Makka"},"content":{"rendered":"\n<p>Makka (Arab. Umm ul-Quro, Umm ul- Madoin \u2014 shaharlar onasi va b.) \u2014 Sa- Udiya Arabistonining g&#8217;arbiy qismidagi shahar, qizil dengizdan 70 km uzoqdikda joylashgan. Hijoz viloyatining ma&#8217;- muriy markazi. Aholisi 1 mln. Kishiga yaqin (2001); haj vaqtida (hajga keluvchi- lar hisobiga) 2 mln.dan oshadi. M. qad. shahar, asos solingan yili noma&#8217;lum. Dastlab Zamzam bulog&#8217;i atro- fida aholi turar joylari paydo bo&#8217;lgan. M. ilk bor Ptolemey asarlarida Mako- Raba deb qayd etilgan. Mil. AV. 2\u20141ming yilliklarda M. Arab qabilalari uchun muqaddas joy hisoblangan. Islom pay- do bo&#8217;lishidan avval Sharq b-n O&#8217;rta dengiz bo&#8217;yi davlatlari o&#8217;rtasidagi savdoda muhim o&#8217;rin tutgan. Mil. 5-a. o&#8217;rtalarida M. Quraysh qabilasi qo&#8217;liga o&#8217;tdi. Shu davrda Quraysh qabilasining boshlig&#8217;i Zayd bin Kilob (Qusay laqabi b-n mashhur) Ka&#8217;ba atrofidagi erlarni o&#8217;z qabiladoshlariga bo&#8217;lib berdi. Qusay va uning avlodlari o&#8217;tkazgan islohotlar natijasida M. tez suratlar b-n o&#8217;sdi, bo- zorlar ko&#8217;payib, ziyoratchilar uchun yangi quduklar qazildi. 6-a. oxiri \u2014 7-a. bo- shida shahar Arabiston ya.o.ning faqat savdo va diniy emas, balki siyosiy Mar- kaziga ham aylandi. Shunday vaziyatda M.da yakkaxudolik (tavhid)ga asoslangan Islom dinining targ&#8217;iboti boshlandi. M.da Muhammad (sav) tug&#8217;ilgan, 7-a.dan musulmonlarning muqaddas shahri va ziyoratgohi. 610 y. Muhammad (sav) M. yaqinidagi Hiro tog&#8217;ida o&#8217;ziga birinchi bor vahiy, ya&#8217;ni Qur&#8217;on oyatikarimalari nozil bo&#8217;lganini e&#8217;lon qildi. 622 y.da Musul- mon jamoasi M. b-n raqobatlashib kel- gan Yasrib (Madina) sh.ga ko&#8217;chib o&#8217;tdi (q. Hijra). 630 y.da shahar musulmonlar qo&#8217;l ostiga o&#8217;tdi va M.ga haj qilish is- lomning 5 arkonidan biriga aylandi. Umaviylar davrida (661-750) shahar qiyofasi keskin o&#8217;zgardi: ko&#8217;p qavatli qasr, saroylar paydo bo&#8217;ldi. Bag&#8217;dod xa- lifaligi (750-1258) inqirozga uchra- gandan so&#8217;ng M. Fotimiylar, Ayyubiylar va mamluklar qo&#8217;l ostiga, keyinchalik US- monli turk saltanati to-beligiga (1517) o&#8217;tdi. 1916 y.dan M. \u2014 Hijoz qirolligi poytaxti. 1924 y. Ibn Sa&#8217;ud qo&#8217;shinlari M.ni ishgol etdi. 1932 y.dan Saudiya ara &#8211; bistoni tarkibida. M.dagi Al-masjid alharom va Baytulloh alharom\u2014Ka&#8217;ba musulmonlar uchun muqaddas ziyoratgoh. M. aholisi, asosan, hajga kelganlar- ga xizmat ko&#8217;rsatish, ibodat qiluvchilar uchun diniy buyumlar (maxsus kiyim- lar, ya&#8217;ni ihrom, tasbeh, atirlar, zam- zam suvi uchun idishlar) tayyorlash b-n shug&#8217;ullanadi. Gilam to&#8217;qish korxonala- ri, ustaxonalar mavjud. Umm al-Quro unti bor (1981). M. savdo va avtomobil yo&#8217;llari tuguni. Avtomobil yo&#8217;llari shaharni Arriyod, Madina va Jidda sh.lari b-n bog&#8217;laydi. Ad.: Hasanov A.A., Makka va Madina tarixi, T., 1992; Inog&#8217;omov SR., Saudiya Arabistoni Podshohligi, T., 1998; Abbud Gassan Axmad, Sovremennoe korolevstvo Saudovskaya Araviya, T., 2002. Ahmadjon Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Makka (Arab. Umm ul-Quro, Umm ul- Madoin \u2014 shaharlar onasi va b.) \u2014 Sa- Udiya Arabistonining g&#8217;arbiy qismidagi shahar, qizil dengizdan 70 km uzoqdikda joylashgan. Hijoz viloyatining ma&#8217;- muriy markazi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/makka\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-117785","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117785","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117785"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117785\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117806,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117785\/revisions\/117806"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117785"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117785"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117785"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}