{"id":117807,"date":"2024-05-09T07:49:23","date_gmt":"2024-05-09T04:49:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117807"},"modified":"2024-05-09T07:49:27","modified_gmt":"2024-05-09T04:49:27","slug":"malaka-oshirish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/malaka-oshirish\/","title":{"rendered":"Malaka oshirish"},"content":{"rendered":"\n<p>Malaka oshirish, Kadrlar ma- lakasini oshirish va ularni qayta tayyor- lash (O&#8217;zRda) \u2014 uzluksiz ta&#8217;lim tizimi turlaridan biri, xalq xo&#8217;jaligining barcha sohasida ishlovchi mutaxassislar va rahbar xodimlarning kasbiy bilim va ko&#8217;nikmalarini yangilash hamda chu- qurlashtirish jarayoni. Kadrlarning raqobatbardoshlik sifatlari hamda bilim va ko&#8217;nikmalarining zamon tala- blariga javob bera oladigan darajada bo&#8217;lishini ta&#8217;minlaydi. M.o. va qayta tayyorlash har bir xodimning o&#8217;z muta- xassisligi bo&#8217;yicha so&#8217;nggi fan yutuKla- ri, yangiliklari b-n tanishish, ularni o&#8217;zlashtirish, yangi amaliy ish usullari, ilgor ish tajribalarini o&#8217;rganishdan iborat ilmiy naza- riy hamda amaliy tayyorgarlik jarayoni hisoblanadi. M.o. va kayta tayyorlash davriyligi turli mutaxassislar hamda rahbar xodimlar uchun turlicha bo&#8217;lib, 2-5 y.da 1 marta, zarur hollarda bun- dan qisqa muddatlarda o&#8217;tkaziladi. M.o. va qayta tayyorlash un-tlarda, malaka oshirish in-tlarida qamda professio- nal qayta tayyorlash huquqiga ega bo&#8217;lgan o&#8217;quv markazlarida amalga oshiriladi. Mazkur jarayon i.ch.dan ajralgan, qisman ajralgan va ajralmagan holda bo&#8217;lishi mumkin. Uning shakli M.o. ta&#8217;lim mu- assasasi tomonidan ta&#8217;lim dasturi- ning murakkabligi e&#8217;tiborga olingan holda va buyurmachining u b-n tuzilgan shartnomasi asosidagi ehtiyojlariga muvofiq ravishda belgilanadi. M.o. va qayta tayyorlash muddati turlicha bo&#8217;lib, har bir holda qo&#8217;yilgan maqsad hamda va- zifalarga muvofiq belgilanadi. M.o. va qayta tayyorlash ta&#8217;lim muassasasi o&#8217;quv jarayonini maqsadli tashkil etish, ta&#8217;- lim shakli, uslublari, texnologiyasini qo&#8217;llash orqali tinglovchilarga ta&#8217;lim dasturlarini o&#8217;zlashtirishlari uchun za- rur tsharoitlar yaratadi. Mazkur dastur- lar malaka oshirish ta&#8217;lim muassasala- ri tomonidan buyurtmachi eqtiyojlarini, shuningdek, qo&#8217;shimcha kasb ta&#8217;limi da- sturlari mazmuni oldiga qo&#8217;yilgan dav- lat talablarini e&#8217;tiborga olgan holda ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi va amalga oshiriladi. Mutaxassislarni profes- sional M.o. va kayta tayyorlash jarayoni yakuniy davlat attestasiyasi b-n tugal- lanadi. Attestasiyani o&#8217;tkazish tartibi ta&#8217;limni boshqarish bo&#8217;yicha tegishli davlat organlari tomonidan belgilana- Di. O&#8217;quv rejasining barcha talablarini bajargan, yakuniy davlat attestasiyasi- dan muvaffaqiyatli o&#8217;tgan tinglovchilar M.o. va qayta tayyorgarlikdan o&#8217;tganligi haqida belgilangan namunadagi diplom yoki sertifikat oladilar. Kadrlar ma- lakasini oshirish va ularni kayta tay- yorlash tartibi O&#8217;zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Saidqosim Usmonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Malaka oshirish, Kadrlar ma- lakasini oshirish va ularni qayta tayyor- lash (O&#8217;zRda) \u2014 uzluksiz ta&#8217;lim tizimi turlaridan biri, xalq xo&#8217;jaligining barcha sohasida ishlovchi mutaxassislar va rahbar xodimlarning kasbiy bilim va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/malaka-oshirish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-117807","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117807","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117807"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117807\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117810,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117807\/revisions\/117810"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117807"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117807"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117807"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}