{"id":117908,"date":"2024-05-09T08:05:48","date_gmt":"2024-05-09T05:05:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117908"},"modified":"2024-05-09T08:05:51","modified_gmt":"2024-05-09T05:05:51","slug":"mangishloq-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mangishloq-viloyati\/","title":{"rendered":"MANG&#8217;ISHLOQ VILOYATI"},"content":{"rendered":"\n<p>MANG&#8217;ISHLOQ VILOYATI, (qozoqcha Manqistov) \u2014 Qozog&#8217;iston Re- spublikasi tarkibidagi viloyat. 1973 y. 20 martda Gurev (hoz. Aterov) viloyati- dan ajralib chiqqan. Mayd. 165,6 ming km2. Aholisi 350 ming kishi (1999); asosan, qozoqlar, shuningdek, rus, Ukra- in, turkman, o&#8217;zbek va b. millat vakil- lari ham yashaydi. Markazi\u2014Oqtov sh. M. v. Qozog&#8217;istonningjan.-g&#8217;arbida. Re- lefi xilma-xil. O&#8217;rtacha balandlik- dagi tog&#8217;, qirlar, keng tekisliklar va okean sathidan past botiklar uchraydi. Mang&#8217;ishloq tog&#8217;lari (eng baland cho&#8217;qqisi Qoratov tizmasidagi Beshsho&#8217;qi cho&#8217;qqisi 556 m) shim.-g&#8217;arbdan Jan.-sharqqa to- mon 150 km masofaga cho&#8217;zilgan. Viloyat- ning shim. Kaspiy bo&#8217;yi pasttekisligi- ning Jan. chekkasi b-n band. Mang&#8217;ishloq tog&#8217;laridan Jan.-Sharqda Qozog&#8217;istonda eng chuqur Qoragie (Botir) botig&#8217;i joy- lashgan (-132 m). Viloyatning Jan.- Sharqiy qismini Ustyurt platosi egal- lagan. Bu erda Mang&#8217;ishloq neft havzasi joylashgan. Katta tabiiy gaz zahiralari ham bor. Temir rudasi, qo&#8217;ng&#8217;ir ko&#8217;mir, ohaktosh, mergel va b. foydali qazilma boyliklar ham ko&#8217;p. Iqlimi keskin kontinental va quruq. Yanv.ning o&#8217;rtacha t-rasi -3, -4\u00b0. Yozi juda issiq va quruq. Iyulning o&#8217;rtacha t-rasi 26-27\u00b0. MAK- simal t-ra 45\u00b0 ga etadi. Yillik o&#8217;rtacha yog&#8217;in miqdori viloyat shim.da 150\u2014 160 mm, Jan.da 100-110 mm. Er usti suv- lari kam. Faqat Jan.-sharqidagina bir nechta ko&#8217;l bor. Kaspiy dengizining suvi quruklikka ancha kirib borgan. Qo&#8217;ltiqlarning suvlari sho&#8217;r, ichish va texnika maqsadlarida foydalanishga yara- maydi. Er osti suvi ko&#8217;p. Kuduq suvlari- dan keng foydalanilmoqda. Tuproqlari, asosan, bo&#8217;z-qo&#8217;ng&#8217;ir tuproq. Shimol-G&#8217;arb vajanub-Sharqiy qismida sho&#8217;rxoklar va taqirlar keng tarqalgan. Shim. b-n Jan. da shuvoq va sho&#8217;ralar; Kaspiy dengi- zi sohillarida sho&#8217;ra va galofit o&#8217;tlar o&#8217;sadi. Hayvonlardan sayg&#8217;oq, bo&#8217;ri, tulki, kemiruvchilardan yumronqoziq, qo&#8217;shoyoq, qushlardan tu-valoq, qizg&#8217;aldoq uchraydi. M. v. neft va gaz konlariga boy, asosiy markazlari \u2014 Uzen va Jeti- boy neft konlari. Oziq-ovqat ayniqsa baliq sanoati rivojlangan. Oqtov sh.da go&#8217;sht k-ti, sut, kimyo, temir-beton kon- struktsiyalar z-dlari, qurilishda ishla- tiladigan chig&#8217;anoqtosh koni, suvni chu- chuklashtirish qurilmasiga ega bo&#8217;lgan issiqlik va atom elektr st-yalari, Bauti- no posyolkasida baliq ovlash kemalarini ta&#8217;mirlash z-Di, Eralievo shaharchasida tikuvchilik f-kasi bor. Q. x.ning asosi &#8211; ni go&#8217;sht-junga ixtisoslashgan qo&#8217;ychilik, tuyachilik va yilqichilik tashkil etadi. Bu erda chorva mollari deyarli yil bo&#8217;yi yaylovlarda boqiladi. Dehqonchilik suet rivojlangan. Makat \u2014 Oqtov\u2014Uzen va Beynov\u2014Qung&#8217;irot t. y. Mang&#8217;ishloq ne- ftini va O&#8217;rta Osiyo paxtasini boshqa mamlakatlarga chiqarish imkonini be- radi. Viloyatni Aterov, Astraxon va Turkmanboshi sh.lari b-n bog&#8217;laydigan dengiz yo&#8217;lovchilar tashish transporti ham ishlaydi. Havo transporti viloyat markazi Oqtovni Olmaota, Aterov va Moskva b-n bog&#8217;laydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MANG&#8217;ISHLOQ VILOYATI, (qozoqcha Manqistov) \u2014 Qozog&#8217;iston Re- spublikasi tarkibidagi viloyat. 1973 y. 20 martda Gurev (hoz. Aterov) viloyati- dan ajralib chiqqan. Mayd. 165,6 ming km2. Aholisi 350 ming kishi (1999); &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mangishloq-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-117908","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117908","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117908"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117908\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117912,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117908\/revisions\/117912"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117908"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117908"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117908"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}