{"id":117980,"date":"2024-05-09T08:25:19","date_gmt":"2024-05-09T05:25:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117980"},"modified":"2024-05-09T08:25:23","modified_gmt":"2024-05-09T05:25:23","slug":"muqaddasiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/muqaddasiy\/","title":{"rendered":"Muqaddasiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Muqaddasiy, Maqdisiy (to&#8217;liq ism-sharifi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Abubakr al-Muqaddasiy) (946\/947, Quddus &#8211; taxm. 1000) \u2014 Arab geografi, sayyoh. Musulmon Sharq-ining deyarli barcha mamlakatlarida bo&#8217;lgan. M. o&#8217;zining shaxsiy kuzatishlari va o&#8217;zidan oldingi salaflarining asarlarini ijodiy o&#8217;rganishi natijasida o&#8217;zining &#8220;Ahsan attaqosim Fi ma&#8217;rifat al- aqolim&#8221; (&#8220;iqlimlarni o&#8217;rganish uchun eng yaxshi qo&#8217;llanma&#8221;) asarini yozgan. Asar- ning ikkita taxriri mavjud. Birinchi tahrir (986 y.) Somoniylarga, keyingi- si (989 y.) Fotimiylarga bag&#8217;ishlangan. Asar muqaddima va 2 qismdan iborat. 14 ta bobida Arab xalifaligiga kiruv- chi viloyat (yoki region)larning geogra- FIK holati, tabiiy sharoitlari, yirik shaharlari, me&#8217;moriy yodgorliklari, aholisi, xo&#8217;jaligi, karvon yo&#8217;llari, urf- odatlari, soliq va jarima turlari, har bir mamlakatning mashhur kishilariga- doir aniq ma&#8217;lumotlar berilgan. Asarning keyingi boblarida Ajam mamlakatlari (Xuroson, Seyiston, Movarounnahr) tavsiflangan. &#8220;Ahsan attaqosim&#8221; O&#8217;rta asr Sharq mamlakatla- ri, jumladan, O&#8217;rta Osiyo hamda Zakavka- Ze xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy hamda madaniy hayotiga oid aniq ma&#8217;lumotlar keltirilganligi b-n boshqa geografik asarlardan farq qiladi va shu mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy tarixini o&#8217;rganishda muhim manbadir. Asarning nemischa mat- ni 1877 y. de Gue tomonidan Leydenda nashr etilgan. 1906 va 1967 y.larda asar qayta nashr qilingan. Ad.: Krachkovskiy I.Yu., Izb. soch., t.4, M.\u2014L., 1957; Drevnie i srednevekovie istochniki po etnografii i istorii na- rodov Afriki yujnee saxari: [t.2] \u2014 Arabskie istochniki X\u2014XII vekov, M. \u2014L., 1965; B. Ahmedov, O&#8217;zbekiston ta- rixi manbalari, T., 2001.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muqaddasiy, Maqdisiy (to&#8217;liq ism-sharifi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Abubakr al-Muqaddasiy) (946\/947, Quddus &#8211; taxm. 1000) \u2014 Arab geografi, sayyoh. Musulmon Sharq-ining deyarli barcha mamlakatlarida bo&#8217;lgan. M. o&#8217;zining shaxsiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/muqaddasiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-117980","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117980","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117980"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117980\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117981,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117980\/revisions\/117981"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117980"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117980"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117980"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}