{"id":118022,"date":"2024-05-09T08:53:52","date_gmt":"2024-05-09T05:53:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=118022"},"modified":"2024-05-09T08:53:56","modified_gmt":"2024-05-09T05:53:56","slug":"panama-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/panama-3\/","title":{"rendered":"Panama"},"content":{"rendered":"\n<p>Panama (Panama), Panama Res- publikasi (Republica de Panama \u2014 Mar- kaziy Amerikaning Panama bo&#8217;ynida joylashgan davlat. Shim.dan Karib den- gizi, Jan.dan tinch okean o&#8217;rab turadi. Mayd. 78,2 ming km2. Axrlisi 2,88 mln. kishi (2002). Poytaxti \u2014 Panama sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 9 viloyat (provincia) va 5 Muxtor indeys rezervasiyasiga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. P. \u2014 respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1972 y.da ka- bul qilingan, unga 1978 va 1993 y.larda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident, u umumiy to&#8217;g&#8217;ri va yashi- rin ovoz berish yo&#8217;li 6-n 5 y. mud-datga saylanadi va ikkinchi muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas. Kr-nun chiqaruvchi hokimiyatni konun chiqaruvchi Assambleya (bir palatali parlament), ij- Rochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Tabiati. P. hududi Markaziy Ameri- kaning eng kambar (48-200 km) qis-mida. Qirg&#8217;oqlari, asosan, past. Tinch ocean va Karib dengiziga tutash sohillarida anchagina qo&#8217;ltiq bor. Mayda Orol ko&#8217;p. P.ning butun hududi orqali g&#8217;arbdan Sharq tomon Kordilera-de-Veragua, Kordilera-de-San-Blas, Serraniya- del-Daren tog&#8217;tizmalari cho&#8217;zilgan, mamlakatning eng baland nuqtasi va harakatdagi vulkani Baru (bal. 3475 m). Oltin, simob, temir va mis rudalar, boksit, binokorlik ma-teriallarining kichikroq konlari bor. Tez-tez zilzila bo&#8217;lib turadi. Iqlimi subekvatorial, issiq va sernam. O&#8217;rtacha yillik t-ra 25-28\u00b0. Yog&#8217;in Jan. tog&#8217;yon bag&#8217;irlarida 1500 mm dan shim. yon bag&#8217;irlarida 5000 mm gacha. Daryolari qisqa (200 km gacha), kema qatnamaydi, qurg&#8217;oqchil mav- sumda ko&#8217;pincha qurib qoladi. Panama bo&#8217;ynining eng kambar joyida Panama ka-nali qurilgan. Qizilsariq laterit tuproqlarda qimmatbaho daraxt turla- ri o&#8217;sadigan o&#8217;rmonlar, Jan.-G&#8217;arbdagi jigarrang-qizil tuproklarda savanna- lar uchraydi. Hayvonot dunyosi: zirhli, yovvoyi Mushuklar (Puma, otselot), chumolixo&#8217;r, yalqov, bug&#8217;u, koata maymuni va b. Darey va b. milliy boglari, o&#8217;rmon qo&#8217;riqxonalari bor. Aholisi, asosan, panamaliklar \u2014 metislar (60%), negrlar (15%), indeys- lar (7%). Shaharlarda yamaykaliklar, xitoylar, amerikaliklar ham yashaydi. Shahar aholisi 54%. Rasmiy til \u2014 is- Pan tili. Ko&#8217;pchilik dindorlar katolik, bir qismi protestant. Yirik shaharlari \u2014 Panama, Kolon. Tarixi. P.ni ispanlar mustamlaka qilib olgunga qadar bu erda kuna, gu- aymi, chokova va b. 60 dan ortiq in-deys qabilasi yashagan. P.nidastlab 16-a.da ispan konkistadorlari zabt etgan. Mu- stamlakachilar tub aholiga zulm o&#8217;tkazgan va ko&#8217;pchiligini qirib tashlab, plan- tasiyalar va konlarda ishla-tish uchun Afrikadan negr qullarni keltirgan. Amerikadagi ispan mustamlakalari- ning mustaqilligi uchun urush davomida (1810-26) Panama o&#8217;zini mu-staqil deb (1821) e&#8217;lon qildi va S Bolivar tuzgan Buyuk Kolumbiya Respublikasi tarki- biga kirdi. 1830 y.da Buyuk Kolumbiya parchalangach, 1831 y.dan yangi Granada (1886 y.dan Kolumbiya) Respublikasi tarkibiga departament huquqida kirdi. 1903 y. P. Ko-lumbiyadan ajralib chiqib, mustaqillik e&#8217;lon qildi. Ammo o&#8217;sha yili 18 noyab. da AQSh b-n P. o&#8217;rtasida tuzilgan shartnomaga binoan, Panama ka- nali qurish mo&#8217;ljallangan hudud AQShga &#8220;abadiy foydalanish, egallash va na- zorat qilish&#8221; uchun berilishi oqiba-tida P. AQShga butunlay qaram bo&#8217;lib qoldi. Amerikaliklar bu erda harbiy baza qurib, o&#8217;z qo&#8217;shinlarini joylashtirdi. P. xalqi ko&#8217;p yil o&#8217;z erini ozod qilish uchun kurashdi (1958, 1959, 1964 y.lardagi harakatlar). 1968 &#8216;y. general o. Torri- xos Errera boshchiligidagi milliy gvar- diya davlat to&#8217;ntarishi qilib, iqtisodiy mustaqillikni mu-stahkamlash, siyosiy hayotni demokra-tiyalash tadbirlarini o&#8217;tkazdi. 1977 y. P. hukumati AQSh b-n tuzgan ikki shartnomaga ko&#8217;ra, 1903 y.gi shartnoma bekor qilindi, 1979 y. 1 okt. dan kanal zonasi ustidan P. suverenite- ti tiklandi, 2000 y. 1 yanv.dan kanalning o&#8217;zi ham P. tasarrufiga o&#8217;tdi. P. 1945 y.dan \u2014 BMT a&#8217;zosi. O&#8217;zR suverenite- tini 1992 y. 2 yanv.da tan oldi. Milliy bayrami -3 noyab. \u2014 Mustaqillik kuni (1903). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. Arnulfista partiyasi, 1990 y. tu- zilgan; &#8220;Papa Egoro&#8221; harakati, 1991 y. asos solingan; Leyboristlar partiyasi, 1982 y. tashkil etilgan; Liberal Respu- blikachilar partiyasi, 1993 y. tuzilgan; P.xalq partiyasi, 1930 y.da asos solin- gan; Liberal milliy partiya, 1979 y. tashkil etilgan; Liberal respublikachi- lar milliy harakati, 1981 y. tuzilgan; Inqilobiy demokratik partiya, 1978 y. asos solingan; demokratik xristian partiyasi, 1963 y. tashkil etilgan. P. mehnatkashlari konfe-derasiyasi, 1956 y. asos solingan; meh-natkashlar mil- liy kengashi, 1971 y. tuzilgan; P. bo&#8217;yni mehnatkashlari kasaba uyushma markazi, 1971 y. tashkil etilgan. Xo&#8217;jaligi. P. \u2014 agrar mamlakat. 20-a.ning 70-y.larida P. hukumati ba&#8217;- zi ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni \u2014 q.x. sohasida, mehnat qonunchiligi va soliq sohasida islohotlar o&#8217;tkazdi, bar- cha foydali qazilmalarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini e&#8217;lon qildi. Qishloq xo&#8217;jaligida iqtisodiy faol aholining 25% band bo&#8217;lib, yalpi ichki mahsulotning 15% hosil qilinadi. Yangi q.x. kooperativlari tuzilgan bo&#8217;lsa ham, latifundiyalar ustun mavqeda turib- Di. Asosiy eksport ekinlari: banan, shakarqamish, kofe. Ichki iste&#8217;mol uchun sholi, makkajo&#8217;-xori, kartoshka, dukka- klilar ekiladi. Go&#8217;sht chorvachiligi va parrandachilik rivojlangan: qoramol, cho&#8217;chqa, ot, echki va xachir boqiladi. O&#8217;rmonlarda qimmatbaho tur yog&#8217;och tay- yorlanadi. Dengizda Qisqichbaqa va baliq ovlanadi. Sanoati zaif rivojlangan bo&#8217;lib, yalpi ichki mahsulotning 9% ni tashkil etadi. Oz miqsorda oltin, mis ruda- si, neft qazib olinadi. I.ch. sanoati oziq-ovqat (qand-shakar, konservalar, quritilgan va quyultirilgan sut, alkogol- li va alkogolsiz ichimliklar, baliq uni, tamaki mahsulotlari va b.), yog&#8217;ochsozlik, ko&#8217;n-poyabzal, tikuvchilik, qog&#8217;oz, sopol va tsement sanoatining mayda korxona- laridan ibo-rat. Las-Minasda chetdan keltirilgan va mahalliy neftni qayta ishlaydigan z-D bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Yiliga o&#8217;rtacha 2,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Panama, ko- lon, Nata. Panama kanali orqali yili- ga 14 mingtagacha kema o&#8217;tadi. Bu kanal ro&#8217;yxatga olingan kemalar soni va ular- ning umumiy yuk hajmi jixatidan du- nyoda l-o&#8217;rinda, Kolon Erkin zonasi esa ahamiyati va eksport-import operasiya- lari hajmi jihatidan 2-o&#8217;rinda turadi. Asosiy dengiz porti va xalkaro Aero- porti \u2014 Panama, muhim dengiz porti \u2014 Kolon. T.y. uzunligi \u2014 583 km, avtomo- bil yo&#8217;llari -10 ming km. Chetga banan, neft mahsulotlari, qand-shakar, yog&#8217;och, Qisqichbaqa va b. chiqaradi, chetdan mashi- na va asbob-uskuna, metall buyumlar, xom neft, kimyoviy mollar, oziq-ovqat va b. oladi. Asosan AQSh, Venesuela, Kosta- Rika, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Italiya b-n savdo qiladi. Pul birligi \u2014 bal- boa. Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniyma&#8217;rifiy muassasalari. Vrach- lar Panama un-tining tibbiyot f-tida tayyorlanadi. 1946 y.dan majburiy 8 ylikta&#8217;lim to&#8217;g&#8217;risidagi qonun amal qiladi. Boshlang&#8217;ich maktab shaharlarda 6 y.lik (7 yotshdan 13 yoshgacha), qishloq joylarda -3 va 4 y.lik. O&#8217;rta maktab 6 y.lik bo&#8217;lib, 2 turkum, ya&#8217;ni 3 y.lik ij- timoiy fanlar va 3 y.lik tabiiyotmat. fanlari liseylaridan iborat. Hunar- texnika ta&#8217;limi texnika, q.x., tijorat bilim yurtlari va boshlang&#8217;ich maktab yoki o&#8217;rta MAK-tabning bir turkumi negizida amalga oshiriladi. Oliy ta&#8217;lim pana- ma un-ti (1935 y.da asos solingan) va Santamariya la Antigua xususiy katolik un-tida (1965) beriladi. Mamlakatdagi i.t.lar Milliy fan kengashi (1963) to- monidan muvofiklashtirib turiladi. P. milliy FA (1942), P. til akademiyasi, P. tarix akademiyasi (1942), Milliy arxeo- logiya va tarixiy yodgorliklar akademiya- si (1946), indeys xalklar madaniyatini o&#8217;rganish in-ti (1952), iktisodiy rivoj- lanish in-ti (1953), Panamerika tarix va geogr. in-ti, Panama un-ti huzuridagi i.t. muassasalari i.tlar olib boradi. P. un-ti kutubxonasi (1935), Milliy ku- tubxona (1892), P. milliy muzeyi (1925) va b. bor. Matbuoti, radioeshittirishi, tele- ko&#8217;rsatuvi. P. da bir qancha gaz. va jur.lar nashr etiladi. Muqimlari: &#8220;Matutino&#8221; (&#8220;Tonggi xabarlar&#8221;, kundalik hukumat gaz., 1969 y.dan), &#8220;Panama \u2014Amerika&#8221; (kundalik gaz., 1989 y.dan), &#8220;Prensa&#8221; (&#8220;Matbuot&#8221;, kundalik gaz., 1980 y.dan), &#8220;Siglo&#8221; (&#8220;asr&#8221;, kundalik gaz., 1985 y.dan), &#8220;Unidad&#8221; (&#8220;birlik&#8221;, oyiga 2 marta chiqadigan gaz., 1973 y.dan), &#8220;kri- tika libre&#8221; (&#8220;Erkin tan-qid&#8221;, kundalik gaz., 1925 y.dan), &#8220;Analisis&#8221; (&#8220;tahlil&#8221;, iqtisodiyot va siyosat masalalarini yorituvchi oylik jur.). Milliy axbo- rot agentligi yo&#8217;q. P. ra-dioeshittirish uyushmasi mavjud. Radioeshittirish va teleko&#8217;rsatuv xususiy bo&#8217;lib, tijorat asosida ishlaydi. Adabiyoti ispan tilida rivojla- nib kelmoqda. Dastlab Kolumbiya ada- biyoti tarkibida vujudga keldi. 19-a. ning 2yarmida undan ajralib chiqib, milliy adabiyot tarzida shakllana bosh- ladi. M. Arosemena o&#8217;zining &#8220;tarixiy xotiralar&#8221; va o&#8217;g&#8217;li X. Arosemena ij- timoiy-iqtisodiy, siyosiy va maishiy mavzulardagi ocherklari b-n unga asos soldilar. 1845 y.da tuzilgan havaskor ma&#8217;rifatparvarlar jamiyati P. milliy adabiyotini yaratishda katta rol o&#8217;ynadi. Vatanparvarlik ruhida she&#8217;rlar yozgan X. Kolunxe, T.M. Fyoyyo, X. M. Aleman, A.D. Le Isaka kabi shoirlar P. adabiyo- tini yuqori pog&#8217;onaga ko&#8217;tardilar. 20-a. boshlarida hukm surgan modernizm na- moyandalari D. Errera, G. Andreve, L. A. Soto, R. Miro va b. adiblar P. adabiyoti- ning o&#8217;ziga xosligini himoya qilish b-n birga evropacha uslublardan ham foy- dalandilar. 1-jahon urushidan keyin adiblar 2 oqimga bo&#8217;linib ketdi. R. Sinan, R. La- urens kabi shoirlar &#8220;avangardizm&#8221; ta- rafdori bo&#8217;lib, formalizm yo&#8217;liga o&#8217;tdi. D. Korei, D. Errera Sevilyano ijtimo- iy zidtsiyatlarni aks ettirdi. I. de X. Valdes va b. adiblar shahar va qishloq turmushini haqqoniy tasvirladi. 2-jahon urushidan so&#8217;ng yozuvchilar ijo- dida ijtimoiy adolatsizlikni fosh etish mavzui muhim o&#8217;rin oldi (M. Ri- era, P. Rivera, X. Franko va b.). Zamo-na- viy yozuvchilar orasida D. Moran, A. Me- nendes Franko kabi shoirlar, E. Chues, X. M. Bayyard Lerma, X. Beleno kabi proza- chilar, dramaturg X. de X. Martines asar- lari mashxur. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. Qad. P. madaniyati Meksika, Kolum- biya va b. qo&#8217;shni mamlakatlar madani- yati b-n o&#8217;zaro hamohang shakllangan. Mahalliy indeyslar mahobatli inshoot- lar qurmagan. Mustamlakachilik davrida Panama, Portobelo sh.larida mudofaa istehkomlari, bozor, bojxona, ombor- lar b-n bir qatorda hashamdor zarhal o&#8217;ymakorlik uslubidagi cherkovlar barpo etildi. 20-a.da Panama, Kolon sh.larida zamonaviy Amerika me&#8217;morligi ruhida qurilgan me&#8217;moriy majmualarga maxal- liy an&#8217;ana unsurlari singdirildi (g. de Ru, I. Galindo Valyarino, O. Mendes Gu- ardiya kabi me&#8217;morlarning loyihalari). Tasviriy san&#8217;ati 16-a.gacha indeyslar yasagan tosh haykallar, odam va hayvon Su- rati tushirilgan ustunlar, rang-barang sopol idishlardan iborat bo&#8217;lgan. Mu- stamlaka yillarida zamonaviy san&#8217;at vujudga kela boshladi. Zamonaviy ras- somlardan R. Lyuis, X. M. Uloa, X. F. Arosemena, F. R. Karcherini ko&#8217;rsatish mumkin. Hoz. P. tasviriy san&#8217;atida ku- bizm (S. Oduber), syurrealizm (P. Run&#8217;- Yan) va b. oqimlar yoyilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Panama (Panama), Panama Res- publikasi (Republica de Panama \u2014 Mar- kaziy Amerikaning Panama bo&#8217;ynida joylashgan davlat. Shim.dan Karib den- gizi, Jan.dan tinch okean o&#8217;rab turadi. Mayd. 78,2 ming km2. Axrlisi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/panama-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-118022","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118022","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=118022"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118022\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":118023,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118022\/revisions\/118023"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=118022"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=118022"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=118022"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}