{"id":118024,"date":"2024-05-09T08:54:26","date_gmt":"2024-05-09T05:54:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=118024"},"modified":"2024-05-09T08:54:29","modified_gmt":"2024-05-09T05:54:29","slug":"paragvay-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/paragvay-3\/","title":{"rendered":"Paragvay"},"content":{"rendered":"\n<p>Paragvay (Paraguay), Paragvay Respublikasi (Republika de Paraguay) \u2014 Jan. Amerikaning Markaziy qismida joylashgan davlat. Mayd. 406,8 ming km2. Aholisi 5,8 mln. kishi (2002). Poytaxti \u2014 Asunson sh. Ma&#8217;muriy jiqatdan 19 departament (departamento) va poytaxt okrugiga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. P. \u2014 respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1992 y. 21 iyun- da qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (1999 y.dan Luis Gonsales Makki), u umumiy to&#8217;g&#8217;ri ovoz berish yo&#8217;li b-n 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy Kongress (2 palatali parlament \u2014 se- nat va deputatlar palatasi), ijrochi hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. P. relefi, asosan, tekis- lik. Markaziy qismini Paragvay da- ryosi bo&#8217;yidagi botqokli pasttekislik, shim.-g&#8217;arbini GranChako tekisligining bir qismi, Jan.-sharqini Braziliya yassitog&#8217;ligining bir qismi egallaydi. Oz mikdorda temir, marganes, mis ruda konlari bor. Iqlimi \u2014 tropik, issiq iqlim. O&#8217;rtacha t-ra iyulda 17-19\u00b0, yanv. da 27-29\u00b0. Yillik yog&#8217;in g&#8217;arbda 700 dan sharkda 2000 mm gacha. Yirik daryolari: Parana, Paragvay va ularning irmokla- ri. Tuprogi sharkda kizil ferralit, Mar- kazda o&#8217;tloqi, g&#8217;arbda jigarrang-qizil tuproq. Mamlakat hududining teng yarmi qimmatbaho da-raxtlar (kvebraxo, Mate) o&#8217;sadigan o&#8217;rmon. P.da tapir, Pekar, yagu- ar, suv cho&#8217;chqasi, botqoq bug&#8217;usi, Puma, zirxli, nosux, kapibar kabi hayvonlar, keng burunli maymunlar, turli-tuman qushlar yashaydi. Milliy bog&#8217;lari \u2014 De- fensores-delchako, Tinfunke va b. Aholisi, asosan, paragvaylar (is- Pan kelgindilari b-n indeys ayollari ni-kohidan vujudga kelgan metislar). In-deyslar, nemislar, argentinlar ham yashaydi. Rasmiy tili \u2014 ispan tili, ko&#8217;pchilik guarani indeys tili- da so&#8217;zlashadi. Dindorlarning aksari- yati \u2014 ka-toliklar. Aholining 50,5% shaharlarda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari: Asunson, Vilyarrika, kon- sepson. Tarixi. Evropaliklar 1527 y. mam- lakatga kelishidan avval bu erda gu- arani indeyslari yashagan. 1535 i. P. Ispaniya mustamlakasiga aylantiril- Di. Mahalliy aholi qirib tashlandi, qolganlar qul qilindi. 17-18-a.larda iezuitlar davlati mavjud bo&#8217;ldi. Ispa- niya mustamlakalarining mustaqillik yo&#8217;lidagi urushi natijasida P. 1811 y. mustaqillikka erishdi va Respu- blika deb e&#8217;lon qilindi, mamlakatda inqilobiy xunta hukmronlik qila bosh- ladi. 1842 y.da qullik bekor qilindi. 1844 y.da birinchi Konstitusiya qabul etildi. 1864-70 y.larda P. hudu- dining yarmini Argentina va Braziliya bosib oldi. Yirik latifundiya egalari b-n harbiylar Milliy respublikachi- lar uyushmasi (&#8220;Kolorado&#8221;)ga birlash- Di. P. 1-jahon urushida betaraf turdi. 2-jahon urushida ham betaraflik e&#8217;lon qilsada, Germaniyaga ko&#8217;maklashdi, urush- dan keyin nemis har-biy jinoyatchilari- ga boshpana berdi. Urush davrida yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi, davlat savdo floti tashkil topdi. P. 1945 y. Fev.da Germaniya va Yaponiyaga urush e&#8217;lon qildi.Urushdan keyin mamlakatda ketma- ket davlat to&#8217;ntarishi bo&#8217;lib turdi va 1954\u2014 89 y.larda A. Stresner (1954-89 y.larda prezident) harbiy polisiyachilar Dik-taturasi hukm surdi. 90-y.lardan fuqarolar hukumati qokimiyatni ido- ra kila boshladi. P. \u2014 1945 y.dan BMT a&#8217;zosi. O&#8217;zR b-n 2001 y. avg.da diploma- tiya munosabatlari o&#8217;rnatgan. Milliy bayrami \u2014 14 may \u2014 Mustaqillik kuni (1811). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. Liberal partiya, 1961 y. an&#8217;anaviy Liberal partiya parchalanganidan key- in tuzilgan; Liberal-radikal partiya, 1961 y. tashkil etilgan: Milliy res- publikachilar uyushmasi \u2014 &#8220;Kolorado&#8221; partiyasi, 1887 y. asos solingan; P. kom- munistik partiyasi, 1928 y. tuzilgan; Haqiqiy Liberal-radikal partiya, 1977 y. tashkil etilgan; inqilobiy Febrero partiyasi, 1951 y. Fev.da Febrero (Fev- ralchilar) partiyasi nomi b-n tuzilgan; Xristian-demokratik partiya, 1965 y. asos solingan. Mehnatkashlar Birlashgan kasaba uyushma markazi, 1980 y. tuzilgan; P. mehnatkashlar konfederasiyasi, 1951 y. tashkil etilgan. Xujaligi. P. \u2014 iqtisodiy jiqatdan kam rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va o&#8217;rmon xo&#8217;jaligining ulushi 26,6%, sanoatning ulushi 17,4%. Xo&#8217;jalikning asosiy tar- moklari: chorvachilik va o&#8217;rmonchilik. Qishloq xo&#8217;jaligi. Mamlakat hududining chorak qismidan q.x.da foy- dalaniladi, shundan salkam 90% o&#8217;tloq va yaylov, 10% ekinzor. Yaylov chorvachi- ligi gusht etishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, qo&#8217;y va ot boqiladi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: makkajo&#8217;xo-ri, ma- niok, sholi, bug&#8217;doy, batat, sha-karqamish, loviya, tsitrus mevalar va b. Eksport uchun tamaki, choy, paxta, kofe, tung yong&#8217;og&#8217;i, soya etishtiriladi. Tokzorlar bor. Tropik yog&#8217;ochlar tayyorlanadi. Sanoati zaif. Etakchi tarmoklari: q.x. xom ashyosini qayta ishlash, oziq- ovqat sanoati (kushxonalar), yog&#8217;ochsozlik, to&#8217;qimachilik, ko&#8217;n-poyab-zal, oshlov- chi kebracho ekstrakti, tsement i.ch. va b. Neftni qayta ishlash, o&#8217;simlik moylari, kand-shakar i.ch. korxonalari bor. Yiliga o&#8217;rtacha 2,4 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qili-nadi. Tuz va ohaktosh qazib olinadi. Xorijiy kompaniyalar yorda- mida neft va uran konlari o&#8217;rganila boshladi. Mamlakat tashqi savdo yukla- rining deyarli hammasi Parana va Parag- vay daryolari orqali tashiladi. Eng katta porti \u2014 Asunson. T. y. uzunligi \u2014 1,5 ming km ga yaqin, avtomobil yo&#8217;llari uz. 25,7 ming km. P. chetga go&#8217;sht va go&#8217;sht mahsulotlari, paxta, neft va neft eks- trakti, yog&#8217;och, tung moyi va b. chiqa-radi, chetdan neft va neft mahsulotlari, ma- shina va uskunalar, transport vositala- ri, oziq-ovqat mahsulotlari va b. oladi. Braziliya, Argentina, Germaniya, AQSh b-n savdo qiladi. Pul birligi \u2014 Guara- ni. Maorifi, ilmiy va madaniyma&#8217;ri- fiy muassasalari. Maorif tizimida boshlang&#8217;ich maktabning 3 y.lik, 5 y.lik, 6 y.lik turlari bor. O&#8217;rta MAK-Tab (o&#8217;qish muddati 6 y.) ikkita 3 y.lik bosqichdan iborat. Hunar-texnika o&#8217;quv yurtlari boshlang&#8217;ich maktab va 1-bos-qich o&#8217;rta maktab negizida ishlaydi. P.da 21 oliy o&#8217;quv yurti bor, yiriklari: Asunsonda- gi Milliy un-t (1890 y. asos solingan), &#8220;Nuestra senora de la Asunson&#8221; Kato- lik un-ti (1960). Davlat ilmiy muassa- salari: atom energiyasi milliy komissi- yasi (1965), Botanika bog&#8217;i (1914), harbiy geografiya in-ti (topografiya xaritala- ri), Guarani tili madaniyati akademiyasi (1975); xususiy ilmiy muassasalari: P. ilmiy jamiyati (1921), P. pediatriya va bolalar gigienasi in-ti (1928), P. ta- rixiy tadqiqot in-ti (1937) va b. Asun- sonda Milliy kutubxona, nafis san&#8217;at va kad. yodgorliklar milliy mu-zeyi, ta- biiy tarix va etn. muzeyi bor. Matbuoti, radioeshittirishi va te-leko&#8217;rsatuvi. P.da nashr etiladigan asosiy gaz. va jur.lar: &#8220;A be Se kolor&#8221; (kundalik gaz., 1967 y.dan), &#8220;Adelan-te!\u00bb (&#8220;Olg&#8217;a!&#8221;, oylik gaz., 1942 y.dan), &#8220;Voe de trabaxo&#8221; (&#8220;mehnat sasi&#8221;, 2 qaftada 1 marta chikadigan jur.), &#8220;Dia&#8221; (&#8220;Kun&#8221;, kundalik gaz.), &#8220;Notisias&#8221; (&#8220;Yangili- klar&#8221;, 1844 y.dan), &#8220;Patria&#8221; (&#8220;Vatan&#8221;, kundalik gaz., 1946 y.dan), &#8220;perspekti- vas&#8221; (&#8220;istiqbollar&#8221;, jur., 1986 y.dan), &#8220;Popular&#8221; (&#8220;Xalq gazetasi&#8221;, kundalik gaz.), &#8220;Progreso&#8221; (&#8220;Taraqqiyot&#8221;), &#8220;Pu- eblo&#8221; (&#8220;Xalq&#8221;, haftanoma, 1964 y.dan), &#8220;Ultima ora&#8221; (&#8220;So&#8217;nggi soat&#8221;, kundalik kechki gaz., 1977 y.dan). Milliy axborot agentligi yo&#8217;q. Radio va televidenie kanallari ti- jorat asosida ishlaydi. Adabiyoti ispan va guarani tillari- da. Mustamlaka davrida yozma adabiyot de- yarli bo&#8217;lmagan, guarani indeyslarining boy og&#8217;zaki ijodi rivojlangan. Mamla- kat mustaqillikka erishganidan keyin- gina P. adabiyoti she&#8217;riyatdan boshlandi. Birinchi romantik shoir N. M. Talaver (1839-67) vatanparvarlik ruhidagi she&#8217;rlari b-n adabiyot maydoniga chik- Di, milliy madhiya ham uning qalamiga mansub. 20-a. boshlarida ma&#8217;rifat- parvarlik g&#8217;oyalari keng tarqaldi, bu sohada M. Dominges, S. Baes kabi yozuv- chilar, X. E. O&#8217;Liri, M. Ortis Gerrero kabi shoirlarning asarlari diqqatga sazovor. Shoir X. Korrea milliy dra- maturgiyaga asos soldi (&#8220;baxtsizlar- ning zorligi&#8221; pesasi). 20-a. 2yarmidan badiiy proza ravnaqtopa boshladi. A. Roa Bastosningo&#8217;z xalqi taqtsirini tas- virlovchi hikoyalar to&#8217;plami va &#8220;inson farzandi&#8221; romani (1960) P. adabiyoti- ni yuqori po-g&#8217;onaga ko&#8217;tardi. Ijtimoiy nizolarni mifologik motivlar orkali tasvirlovchi bu asar jahon adabiyoti xa- zina-siga munosib hissa bo&#8217;lib qo&#8217;shildi. Mamlakatda harbiy-polisiya diktatu-ra- si davrida ko&#8217;pgina yozuvchilar chet ellar- da yashab, ijod qilishga majbur bo&#8217;ldi. 90-y.lardan P. adabiyoti yanajonlana boshladi. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. P. aholisi qadimdan somonli xom g&#8217;isht, loy va qamishdan qurilgan kulbalarda yashab kelgan. Mustamlaka davrida barpo etilgan mustahkam manzilgoxlarda yog&#8217;och va xom g&#8217;ishtdan ibodatxona, ustaxona, bozor, lashkargoxlar qurilgan, ularning atrofida indeyslarning kulbalari joy- lashtirilgan. 17-18-a.larda hashamatli cherkovlar barpo etiddi. 1840-65 y.larda P. poytaxti \u2014 Asunson sh. qayta re-jalashtirilib, evropacha uslub- da qurildi. P. mustaqillikka erishgach, yirik shaharlarda saroy va jamoat bi- nolari klassisizm va italyan uyg&#8217;onish davri uslublarida tiklandi, g&#8217;isht va toshdan 2-3 qavatli turar joylar ku- rila boshladi. Keyingi yillarda AQSh va Braziliya me&#8217;morlari ishtirokida jamoat majmualari, sanoat inshootlari va uy-joylar zamonaviy binokorlik ma- teriallaridan qurildi. P. hududida qad. zamonlarda yasha- gan indeys qabilalari ovchilik, baliq ovlash, dehqonchilik b-n shug&#8217;ullangan va guldor sopol idishlar yasash, badan- ga naqsh solish, kashtali kiyimlar ti- kish san&#8217;atini rivojlantirgan. Indeys kulbalarida yoshlarga naqshinkorlik va o&#8217;ymakorlik sirlari o&#8217;rgatilgan. 19-a. o&#8217;rtalarida rassomlik maktabi vujudga keldi, ilk maxalliy rassomlar (manzarachi S. Rios, portretchi A. Gar- Sia) xalq hayotini va mamlakat tabiatini aks ettiruvchi asarlar yaratdilar. 20-a. da rassom P. Alborno, haykaltarosh V. Polyarolo, fafik X. dela Erreriya va b. san&#8217;atkorlar ijodida mamlakat tarixi, manzaralari va xalq an&#8217;anala- ri ifodalab berildi. AQSh va Evropa san&#8217;ati ta&#8217;sirida shaklbozlik, Avangar- dizm oqimlari ham tarqaldi. Hunarman- dchilikda badiiy to&#8217;r to&#8217;qish, choyshabga gul, kush, jonivorlar tasvirini tushi- rish, naqqoshlik, kulollik, suyak va yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, kumush va mis taqinchoqlar yasash san&#8217;ati rivojlangan. Indeys- larning sopol idishlarni qolipaki naqshlash, qush patidan turli bezaklar ishlash san&#8217;ati hamon saqlanib qolgan. Musiqasi. Indeyslarning musiqa janrlari xilma-xil: marosim va meq- nat qo&#8217;shiklari, davra o&#8217;yin aytishuvlari, tarixiy aytimlar va ishqiy la-parlar, taronalar va h.k. Fleyta (mim-bi), va hushtak turlari, suyak va yog&#8217;och trubalar, baraban, shaqildoq kabi chol-g&#8217;ular omma- lashgan.. Paragvayliklar musiqasi butun Lotin Amerikasidagi kreol musiqasi b-n mushtarak bo&#8217;lishiga qaramay, milliy o&#8217;ziga xos tomonlari bor (qo&#8217;shiq janrla- ri \u2014 kanson va guaraniya; cholg&#8217;u asbo- blari \u2014 gitara va Arfa). Professional musiqa 19-a.dan rivojlana boshladi. 20-a.da kontsert faoliyati urf bo&#8217;ldi. 19- a. oxiri \u2014 20-a. boshlarida dastlabki musika muassasalari, jamiyatlari, uyush- malari tashkil etildi. Kompozitorlar ora-sida R. Ximenes, E. Ximenes, X. A. Flores, X. K, Moreno Gonsalesni ko&#8217;rsa- tish mumkin. Asunsonda musiqa bilim yurti, xususiy musiqa maktablari bor. Teatri. Dastlabki teatr tomoshalari 16-a. o&#8217;rtalarida ko&#8217;rsatildi. Mustamla- ka davrida, asosan, diniy mazmundagi asarlar sahnalashtirildi. Milliy te- ATR san&#8217;ati 19-a. o&#8217;rtalaridan rivojla- na boshladi. 1858 y. Asunsonda teatr binosi qurildi. 20-a.da poytaxtda &#8220;Gra- nados&#8221;, &#8220;Nasonal&#8221;, &#8220;Independente&#8221; teatrlari, A. Sune rahbarligidagi P. drama va komediya truppasi ishladi. Shu davrda guarani teatri ham rivojlandi. X. Korrea b-n bir qatorda F. M. Barri- OS, R. Senturion Miranda, X. PLA kabi dramaturglarning asarlari, E. Baes, E. Reysofer kabi aktyorlarning ijrosi to- moshabinlarga manzur.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Paragvay (Paraguay), Paragvay Respublikasi (Republika de Paraguay) \u2014 Jan. Amerikaning Markaziy qismida joylashgan davlat. Mayd. 406,8 ming km2. Aholisi 5,8 mln. kishi (2002). Poytaxti \u2014 Asunson sh. Ma&#8217;muriy jiqatdan 19 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/paragvay-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-118024","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118024","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=118024"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118024\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":118025,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118024\/revisions\/118025"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=118024"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=118024"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=118024"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}