{"id":118087,"date":"2024-05-09T11:14:45","date_gmt":"2024-05-09T08:14:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=118087"},"modified":"2024-05-09T11:14:49","modified_gmt":"2024-05-09T08:14:49","slug":"pomir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/pomir\/","title":{"rendered":"Pomir"},"content":{"rendered":"\n<p>Pomir \u2014 O&#8217;rta Osiyodagi yirik tog&#8217;li o&#8217;lka. Asosan, Tojikiston (Tog&#8217;li Badaxshon Muxtor viloyati) hududida, Jan.dagi kichik qismi (Vahon tizma- sining Sharqiy qismi) Afg&#8217;oniston hududida, Sharqiy qismi esa Xitoy hududida joylashgan. P.ning shim. chegarasi orqa olay tizmasining shim. etagidan, Jan.dagi- si Panj va Vahondaryo, Vahon tizmasi hamda Toshqo&#8217;rg&#8217;on daryosining boshla- nish qismidan o&#8217;tadi. Sharqda Pomirga Sariqo&#8217;l tizmasi (eng baland joyi 6351 m) va Qashqar tog&#8217;lari kiradi. Qashqar tog&#8217;larining eng baland cho&#8217;qqilari \u2014 Qo&#8217;ng&#8217;ir (7579 m), Muztog&#8217;ota (7555 m), Oqsoyboshi (6148 m). G&#8217;arbda P.ning che- garasi Panj daryosi, shim.- g&#8217;arbida P.ga Pyotr I va Darvoz tizmalari kiradi. P. kenglik bo&#8217;ylab taxm. 300 km ga yaqin, me- ridian bo&#8217;ylab 250 km ga cho&#8217;zilgan. Relefi. P. deyarli kenglik va meri- Dian bo&#8217;ylab cho&#8217;zilgan ko&#8217;plab tizmalar- dan tashkil topgan. U Tarim va Amudaryo xavzalarini bir-biridan ajratadi. P.ning Shimoliy qismidagi orqa Olay tizmasi kenglik bo&#8217;ylab, g&#8217;arbdan Qizilsuv va Muksuv daryolarining qo&#8217;shilish qismidan sharqqa, Otchaylo cho&#8217;qqisigacha cho&#8217;zilgan. O&#8217;rtacha bal. 6000 m, eng baland joyi 7134 m. Orqa Olay tizmasining Sharqiy qismida Qizilart dovoni (bal. 4280 m) joylashgan, undan O&#8217;sh\u2014Xorug&#8217;avtomobil yo&#8217;li o&#8217;tadi. Orqa olay tizmasidan Jan.da P. orografik jihatdan ikki qismga: g&#8217;ar- biy P. va Sharqiy P.ga bo&#8217;linadi. G&#8217;ar- biy P. bir qancha kenglik va Jan.-g&#8217;arbga cho&#8217;zilgan juda baland, bir-biridan chuqur, asosan, dara shakliga ega bo&#8217;lgan daryolar b-n ajralgan, Alp tipli re- lefga ega bo&#8217;lgan tizmalardan ibo- rat. Tizmalar yon bag&#8217;irlarida (asosan, 4000-4600 m balandliklarda) tekislan- gan yuzaliklarning qoldiqlari saqlanib qolgan, ular chuqur parchalangan. G&#8217;arbiy P.ning eng baland tizmalari-ga, uning shim.-g&#8217;arbidagi Pyotr I (eng baland joyi 6785 m), Darvoz (6083 m), Vanj (5584) tizmalari kiradi. Pyotr 1 va Vanj tiz- malari sharkda kenglik bo&#8217;ylab cho&#8217;zilgan Fanlar Akademiyasi tizmasi b-n tuta- shadi. Pyotr I va Fanlar Akademiyasi tizmalari tutashgan joyda bal. 7495 m li Somoniyon cho&#8217;qqisi joylashgan. Vanj va Fanlar Akademiyasi tizmalaridan Jan.da Yazg&#8217;ulom (6974 m), Rushon (6080 m), Shug&#8217;non (5704 m), Shoxdara (6726 m), G&#8217;arbiy P.ning Jan.-g&#8217;arbiy qismida deyarli meridian bo&#8217;ylab cho&#8217;zilgan ish- koshim tizmalari (6096 m) joylashgan. Ushbu tizmalarning nisbiy bal. (Panj daryosining o&#8217;ng irmoqlari o&#8217;zanidan) 2000-3500 m. G&#8217;arbiy P. tizmalari yon bag&#8217;irlarining nisbiy balandligi, ti- kligi, nurash jarayonlarining kuchli- ligi va kuchli zilzilalarning tez-tez bo&#8217;lib turganligi natijasida ko&#8217;plab surilmalar va qulashlar sodir bo&#8217;lishiga olib kelgan. 1911 y.da tog&#8217;qulashi nati- jasida Sarez ko&#8217;li hosil bo&#8217;lgan. Sharqiy P. er yuzasining tuzilishi G&#8217;arbiy P.nikidan farqqiladi. P.ning bu qismida tog&#8217;tizmalari yassi tekis- lik ko&#8217;rinishdagi keng vodiylar va bal. 3500-4500 m li botiqlar (Rangko&#8217;l, Sho&#8217;rko&#8217;l, Qorako&#8217;l va b.) orqali bir- biridan ajralgan. Botiqlar va dare vo- diylari tizmalarning nurashi natija- sida hosil bo&#8217;lgan chag&#8217;ir tosh, xarsang tosh, shag&#8217;allar, qad. muzliklar qoldirgan morenalar b-n to&#8217;lgan. Shar-qiy P.da yillik yog&#8217;in mikdori kam bo&#8217;lganligi sababli, erozion emirilish kuchli emas. P.ning bu qismida doimiy muzloqlar ham hosil bo&#8217;lgan. Sharqiy P.da Muzqo&#8217;l (6233 m), shim. Alichur (5929 m), Jan. Alichur (5706 m) va b. tizmalar deyarli kenglik bo&#8217;ylab cho&#8217;zilgan, ularning nis- biy bal. 1200-1800 m. Geologik tuzilishi. P. tog&#8217;lari Alp burmalanish mintaqasiga kiradi. Ular- ning shim. qismi (orka olay tizmasining shim. yon bag&#8217;ri) yuqori Perm, mezozoy va kaynozoy davriga mansub kristalli sla- nes, konglomerat, qum-tosh, gil, ohaktosh va vulkanogen jinslardan tashkil top- gan. Markaziy kis-mi tektonik jihatdan sinklinal struktura bo&#8217;lib, paleozoy, mezozoy (trias, yura va quyi bo&#8217;r) davri cho&#8217;kin-Di, metamorfl&#8221;ashgan,cho&#8217;kindi- vulkanogen tog&#8217;jinslari b-n to&#8217;lgan. Jan. Pomir antiklinal struktura bo&#8217;lib, juda qad. (arxey, proterozoy) tog&#8217; jinslaridan (slanes, gneys, marmar va b.) tashkil topgan. Bu antiklinal bay- kal burmalanishidan keyin shakllangan, Alp burmalanish davri int-ruzivlari b-n o&#8217;zgartirilgan. Intru-zivlar P.ning Jan.-g&#8217;arbiy qismida er yuzasiga chiqib qolgan. P. yangi tektonik qarakatlar natija- sida gumbazsimon shaklda 6000\u2014 7000 m ga ko&#8217;tarilgan. P. oldi botig&#8217;ining g&#8217;arbiy qismi esa bu harakatlar natija- sida cho&#8217;kkan. Neogen vato&#8217;rtlamchi dav- rlarda P.ning ko&#8217;tarilishi tsiklli Xu- susiyatga ega bo&#8217;lib, unda, qad. Muzliklar hosil bo&#8217;lishi, zilzilalarning tez-tez bo&#8217;lib turishiga olib kelgan. Foydali qazilmalari. P.ning foy- Dali qazilmalari, asosan, kaynozoyning magmatizm va metamorfizm ja-rayonlari b-n bog&#8217;liq. Foydali kazilmalardan tog&#8217; billuri, Nodir metallar, simob, bor, flyuorit, Island shpati, lazurit, sochma oltin, boksit, kumir, tuz, mineral va termal suvlar, qurilish materiallari topilgan. Iqlimi. P. subtropik iqlim mintaqasida joylashgan bo&#8217;lishiga qaramasdan, iqlimi uning dengiz sathidan balandligi, relefi, kirib kelayotgan havo massalarining bir xil taqsimlanmaganligi b-n bog&#8217;liq. Uning iqlimi, ayniqsa, Sharqiy qismida, qurg&#8217;oqchil, quyosh radiasiyasi kuchli, t-ralar amplitudasi sutka va fasllar davomida katta. P.ning shim.-g&#8217;arbiy qismida joylashgan tizmalar (Pyotr I, Fanlar Akademiyasi) g&#8217;arbdan kelayotgan nam havo massalarini to&#8217;sib qoladi. P.da balandlik iqlim mintaqalari tashkil topgan. G&#8217;arbiy P.ning baland qismlarida yillik t-ra 0\u00b0 ga yaqin, hatto ba&#8217;zi bir qismlarida manfiy, Daryo vo- diylarida 15\u00b0. Dengiz sathidan 2100 m balandlikda yanv.ning o&#8217;rtacha t-rasi \u2014 7,4\u00b0. Iyulniki Xorug&#8217;sh.da 22\u00b0, eng yuqori t-ra 40\u00b0. Dengiz sathidan 4200 m baland- likda joylashgan Fedchenko muzligida eng past t-ra -31,4\u00b0. Iyulning o&#8217;rtacha t-rasi 3,9\u00b0, eng yuqori t-ra 15,5\u00b0. Sharqiy P.ning iqlimi G&#8217;arbiy P.nikidan ancha farq qiladi. Yilning o&#8217;rtacha t-rasi uning hamma qismida manfiydir. Qish uzoqdavom etadi, qor qoplami yupqa, kuchli shamollar bo&#8217;lib turadi. Yanv.ning o&#8217;rtacha t-rasi 3000 m balandlikda -17,8\u00b0, eng past t-ra -50\u00b0 ga yaqin. Yozi qisqa, yoz kechalari t-ra ko&#8217;pincha 0\u00b0 dan pastga tushadi. Iyulning o&#8217;rtacha t-rasi 15\u00b0dan oshmaydi. Sharqiy P. balandtog&#8217;cho&#8217;lining tipik namu-na- si hisoblanadi. P. hududiga g&#8217;arbdan nam havo massalari kirib kelganligi sababli, uning g&#8217;arbiy va shim.- g&#8217;arbiy qismlarida eg&#8217;in ko&#8217;p, Sharqiy qismida esa kam. Fedchenko muzligi joylashgan hududda (4000\u2014 5000 m) Fanlar aka- demiyasi va unga yondosh tizmalarning g&#8217;arbdan kelayotgan nam havo massala- rini to&#8217;sib qolishi oqibatida yillik yog&#8217;in 2230-2500 mm dan oshmaydi, un- dan sharqroqsa joylashgan hududlarda yog&#8217;in juda kam (63-73 mm), faqat baland mintaqalarda 1000 mm ga etadi. Daryo va ko&#8217;llari. Daryolari, aso- san, Amudaryo, Sharqiy P.ning Sharqiy qismidan boshlanuvchi ba&#8217;zi daryolar Yorkend va Qashqar daryolari havzalariga kiradi. Eng yirik daryosi \u2014 Panj. Panjning o&#8217;ng irmoqlari: G&#8217;unt, Shox- dara, Bartang, Yazg&#8217;ulom, Vanj va b. Shim.- g&#8217;arbiy P.dan Vaxsh havzasiga qarashli Obixingov va Muksuv daryolarining yuqori oqimi o&#8217;tadi. Bir necha daryolar P.ning ichki havzasiga (qora-jilg&#8217;a, Muzko&#8217;l) va Tarim havzasiga (Markansuv) mansub. P.da kelib chiqishi har xil (tekto- nik, to&#8217;g&#8217;on, muz) ko&#8217;llar mavjud. Bulardan yiriklari: Qorako&#8217;l, Sarko&#8217;l, Rangko&#8217;l, Sho&#8217;rko&#8217;l, Zo&#8217;rko&#8217;l, Yashilko&#8217;l, Sarez, Sha- DAX va b. Muzliklari. P. hozirgi zamon muz- liklari keng tarqalgan hudud hisobla- nadi. Ularning soni 7100 dan ziyod, may-doni esa 8400 km2 bo&#8217;lib, P.ning 11% hududini egallagan. P.da bir necha yirik muzlik markazlari bo&#8217;lib, ular Fanlar Akademiyasi, Orqa Olay, Rushon, Shim. Alichur, Yazg&#8217;ulom, Pyotr I, Darvoz, Zulumart tizmalarida joylashgan. P.da qor chegarasi shim.-g&#8217;arbda 4400 m dan, Jan.-Sharqda 5200-5250 m dan o&#8217;tadi. G&#8217;ar-biy P.da vodiy muzliklari keng tarqalgan. Yirik vodiy muzliklari: Fedchenko (uz. 77,4 km, mayd. 907 km2, Fanlar Akademiyasi tizmasida), shim.- g&#8217;arbiy P.da \u2014 Grumm-Grjimaylo (37 km, 143 km2), Yazg&#8217;ulom tizmasida \u2014 Fortam- bek (19 km, 74,5 km2), orqa olay tizma- sida \u2014 Geografiya jamiyati (24 km, 64,4 km2), Nura (13,9 km, 84,5 km2). Fanlar Akademiyasi tizmasi va blarda muzli- klarning qalinligi 1000 m ga etadi (Fedchenko muzligi). P.da vaktvaqgi b-n juda tez harakat kdluvchi (bir sutkada 100 m gacha) muzliklar (Mae. Ayiq muz- ligi) Vanj daryosining yuqori oqimida mavjud. Sharqiy P.da muzlik kam, ular- ning uzunligi, maydoni katta emas. P.da muzliklarning bir necha turi (vodiy, da- raxtsimon, Turkiston, osilgan, yon bag&#8217;ir, tekis suvayirgich, Karr, tsirk) tarkib topgan. To&#8217;rtlamchi davrda P. bir necha marta muzlik b-n krplangan. Tuproq-o&#8217;simlik qoplami. P.da ba- landlik tuproq-o&#8217;simlik mintaqalari shakllangan. Balandlik mintaqalari G&#8217;arbiy va Sharqiy P.da turlicha. G&#8217;arbiy P.da daraxt o&#8217;simliklari kam. Toshloq yon bagirlarda va morena tepaliklarida siy- rak archa butazorlari uchraydi. Daryo qay- irlarida terak, oq qayin, tol, na&#8217;ma-tak singari daraxt va butalar usadi. Daryo vo- diylari cho&#8217;l, asosan, shuvoq o&#8217;simliklari b-n qoplangan. Yon bag&#8217;irlarda siy-rak chala-cho&#8217;l tog&#8217;li kserofit va tog&#8217;dasht o&#8217;simliklari tarqalgan. G&#8217;arbiy P.ning shim. qismidagi balandtog&#8217;mintaqasi tog&#8217; o&#8217;tlokdari va o&#8217;tloq-dasht o&#8217;simliklari b-n band. Bu erlarda asosan, to&#8217;ng&#8217;izsirt hukmronlik qiladi, Jan.roqda esa kri- ofil (sovuqqa chidamli) past bo&#8217;yli va chala butalar, ba&#8217;zi joylarda Alp past bo&#8217;yli o&#8217;simliklar o&#8217;sadi. P.ning shim.-g&#8217;arbida 1100 m dan 2400-2800 m gacha bo&#8217;lgan balandli- klar oralig&#8217;ida, tog&#8217;-o&#8217;rmon jigarrang tuproqlarda zarang va yong&#8217;oqzorlar uch- raydi. Jan. yon bag&#8217;irlarida archazor, bo- dom-zorlar, olma, shuningdek, butalar, me-zofil boshokdoshlar va b. o&#8217;simliklar o&#8217;sadi. Subalp mintaqasida (2800 m dan 3000-3200 m gacha) tog&#8217;-o&#8217;tloq, kulrang, jigarrang va qoramtir tuproqlarda bo-Shokli o&#8217;tlokdar tarqalgan. Sharqiy P. iqlimining kontinentallashganli- gi sababli, tuproq va o&#8217;simlik qoplami shunga Moe ravishda o&#8217;zgaradi. Bu joy- larda balandtog&#8217;cho&#8217;li va balandtog&#8217; Toshloq landshaftlari hukmron, daraxt o&#8217;simliklari yo&#8217;q. 3500-4200 m ba- landliklarda teresken, namgarchilik ko&#8217;proqjoylarda shuvoqli cho&#8217;llar va siy- rak o&#8217;tli baland-tog&#8217;-dasht landshaftlari- da betaga, chalov va b. o&#8217;simliklar o&#8217;sadi. Toshloq joylarda yostiqsimon kserofit- lar tarqalgan. Yuqoriroqda kriofil past bo&#8217;yli yostiqsimon o&#8217;simliklardan ostrolobki, akan-tolimona va b.lar o&#8217;sadi. Sharqiy P.da balandcho&#8217;l sarg&#8217;ish tuproklar tarqalgan. Bu tuproklar ora- sida kam chirindili (0,6%) cho&#8217;l-taqir tuproklar uchraydi. Bulardan tashqari, sho&#8217;rxoklar hamda ske-letli tuproklar ham bor. Namgarchilik mo&#8217;lroq joy- larda boshokli o&#8217;simliklar va shuvo- klar ostida chirindiga boyroq (1-2%) balandtog&#8217;cho&#8217;l-dasht qo&#8217;ng&#8217;ir tuproklar tarqalgan. G&#8217;arbiy P.dagi sug&#8217;oriladigan erlarda tok, o&#8217;rik, olma, nok, yong&#8217;oq, tut o&#8217;stiriladi. Hayvonot dunyosi. P., ayniqsa, shar- qiy P. nisbatan hayvonot olamiga boy emas. G&#8217;arbiy P.da qobon, o&#8217;rmon Sonya-si, o&#8217;rmon sichqoni, suvsar, silovsin, cho&#8217;l sichqonlari, jayra, tog&#8217;echkisi, O&#8217;rta Osiyo tog&#8217;tulkisi, ayiq, Tibet bo&#8217;risi, chiyabo&#8217;ri va b. hayvonlar, shar-qiy P.da esa arxar, uzun dumli sug&#8217;ur, qizil pishchuxa, po- Mir quyoni va b.lar yashaydi. Qushlardan Tibet ulari, Tibet suvbuldurug&#8217;i, Tibet qarg&#8217;asi, qor grifi, tog&#8217;yoki hind G&#8217;ozi, da- ralarda kakliklar va kaptarlar uchraydi. Sud-ralib yuruvchilardan ko&#8217;lbor ilon va kaltakesaklar yashaydi. P. qazilma boyliklardan tashqari, gidroenergiya va yaylov resurslariga boy. G&#8217;arbiy P.da dengiz sathidan 3500 m ba- landliklargacha arpa ekiladi. P.da al- pinizm rivojlangan. P. xo&#8217;jaligi haqida tog&#8217;li Badaxshon Muxtor viloyati maqolasiga q. Ad.: Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A., O&#8217;rta Osiyo tabiiy geografiya- si, T., 2002; Gvozdeskiy N.A., Pamir, M., 1968; Zabirov R.D., Oledenenie Pamira, M., 1955. Murod Mamatqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Pomir \u2014 O&#8217;rta Osiyodagi yirik tog&#8217;li o&#8217;lka. Asosan, Tojikiston (Tog&#8217;li Badaxshon Muxtor viloyati) hududida, Jan.dagi kichik qismi (Vahon tizma- sining Sharqiy qismi) Afg&#8217;oniston hududida, Sharqiy qismi esa Xitoy hududida joylashgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/pomir\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-118087","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118087","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=118087"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118087\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":118093,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118087\/revisions\/118093"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=118087"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=118087"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=118087"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}