{"id":118100,"date":"2024-05-09T11:16:39","date_gmt":"2024-05-09T08:16:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=118100"},"modified":"2024-05-09T11:16:43","modified_gmt":"2024-05-09T08:16:43","slug":"pokiston-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/pokiston-2\/","title":{"rendered":"Pokiston"},"content":{"rendered":"\n<p>Pokiston, Pokiston Islom Re- spublikasi (Islami Jamhyriya Pakistan) \u2014 Osiyo Jan.da, Hindiston ya.o.ning shim.-g&#8217;arbidagi davlat. Mayd. 803,9 ming km2. Aholisi 147,6 mln. kishi (2002). Poytaxti \u2014 Islomobod sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 4 provintsiya, federal poytaxt hududi va federal xukumat tomonidan boshqariladigan qabilalar hududiga bo&#8217;lingan. Davlat tuzumi. P. \u2014 Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo&#8217;stlik tarkibiga kiruvchi Islom Respublikasi. Amaldagi Konstitusiyasi 1973 y. qabul qilingan, 1977 y. taqiklangan va 1985 y. 30 dek.da qayta tiklangan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 Pre- zident (2001 y.dan par-viz musharraf), u 5 y. muddatga sayla-nadi va ketma-ket 2 martadan ortiq saylanishi mumkin emas. Krnun chiqa-ruvchi hokimiyatni 2 palata- li parlament (Senat va Milliy Assam- bleya), ijrochi hokimiyatni prezident va xukumat amalga oshiradi. Bosh vazirni prezident tayinlaydi. Tabiati. P. xududining shim. va shim.- g&#8217;arbiy qismini, asosan, tog&#8217;lar va qirlar egallagan, Sharqiy va Jan.-Sharqiy qismi esa Hind tekisligi (Hindgang tekisli- gining bir qis-mi)dan iborat. P.ning Jan.-sharqini tar cho&#8217;lining g&#8217;arbiy yarmi egallagan. Hind daryosi havzasining te- kislik qismida Panjob va Sind tabi- iy, tarixiymadaniy viloyatlari bor. Mamlakat hududining katta qismini Hindukush, Himolay va Eron tog&#8217;tizma- lari egallagan (eng baland joyi Tirich- Mir cho&#8217;qqisi, 7690 m). Hind vodiysiga yaqinlashgan sayin tog&#8217;tizmalari pasay- ib boradi va tog&#8217;lararo yirik havzalar \u2014 Ko&#8217;hat, Bannu, Peshovar vodiysi- ga aylanadi. Hindukush va Himolay tog&#8217;larida muzliklar bor. P.ning Sharqiy pasttekislik qismi Hindiston plat- formasining shim.-g&#8217;arbiy chekkasida va tog&#8217;liq qismi O&#8217;rta dengiz burmali min- taqasida joylashgan. Foydali kazilma- lardan neft, gaz, kumir, temir, polime- Tall, surma, barit, oltingugurt, toshtuz, gips, magnezit, xromit, marganes, mis, qo&#8217;rg&#8217;oshin va b. bor. Iqlimi, asosan, tropik, shim.-g&#8217;ar- bida subtropik, quruq kontinental. Yanv. da o&#8217;rtacha t-ra Hind tekisligida 12-16\u00b0 (Arabiston dengizi sohillarida 20\u00b0 gacha), shim.dagi tog&#8217;tepaliklarida sovuq -20\u00b0 gacha. Iyulning o&#8217;rtacha t-rasi Jan. va Jan.-Sharkdagi cho&#8217;llarda 35\u00b0 gacha, sohilda 29\u00b0 atrofida, g&#8217;ar-bdagi tog&#8217;va yassitoglarda 20-25\u00b0, 5000 m balandlik- da 0\u00b0. Yillik yog&#8217;in sohilda 150-200 mm, Sindda 100\u2014 200 mm (tar cho&#8217;lining ba&#8217;- zi joylarida 50 mm gacha), shim.-G&#8217;arbdagi vo-diy va yassi tog&#8217;larda 250-400 mm, shim.dagi tog&#8217;larda 1000-1500 mm. Mamlakat hududining katta qismi Hind daryosi havzasiga mansub, g&#8217;arbiy kis- midagi daryolar Arabiston dengiziga yoki berk havzaga (Balujistonda) oqadi. Eng katta daryosi Hind va uning irmoqlari. Daryolari yomg&#8217;ir, qor va muzliklardan suv oladi, ezda sersuv, Su-g&#8217;orishda foy- dalaniladi. Tuproqlari \u2014 mamlakat tekislik qismida bo&#8217;z, bo&#8217;z-jigarrang, tar cho&#8217;lida qumli, tog etaklarida jigarrang va qo&#8217;ng&#8217;ir tuproq. O&#8217;simliklari, asosan, chala cho&#8217;l va cho&#8217;lga xos. Hind daryosi bo&#8217;ylari to&#8217;qayzor, deltasi va dengiz soxili mangra chakalakzorlaridan ibo-rat. Tar cho&#8217;lida kserofil buta- lar va da-g&#8217;al o&#8217;tlar o&#8217;sadi. Balujiston tog&#8217;larida archazorlar bor. P. shim.da \u2014 1500-3000 m balandliklarda keng barg- li va igna bargli daraxtlar. O&#8217;rmonlar mamlakat hududining 3% ni tashkil eta- Di. Hayvonot dunyosi xilma-xil: tog&#8217;larda qoplon, yovvoyi qo&#8217;y va echki, gizol, te- kisliklarda sirtlon, chiyabo&#8217;ri, to&#8217;ng&#8217;iz va eshak, xar xil kemiruvchilar uchraydi. Parranda ko&#8217;p. Hind daryosida timsoxlar yashaydi. Arabiston dengizi baliqqa boy. Kirtxar va La&#8217;l Suxantra milliy bogla- ri, qo&#8217;riqxonalar bor. Aholisi, asosan, panjobilar; Push- tunlar, sindhiylar, Baluch (baluj) lar ham yashaydi. P.ning shim. qismida tog&#8217;li xalklar \u2014 kxo&#8217;va ko&#8217;histoniylar istiqomat qiladi. Rasmiy til \u2014 urdu va ingliz tillari. Aholisining 98% is- lom diniga, qolganlari zardushtiylik, hinduiylik dinlariga e&#8217;tiqod qiladi. Aholining 57% 12 ta yirik shaharda yashaydi. Yirik shaharlari \u2014 Karochi, Lohur, Faysalobod, Haydarobod, Raval- pindi, Peshovar, Mo&#8217;lton. Tarixi. P. hududida odam paleolit davri oxiridan boshlab yashab keladi. Mil. AV. 3-ming yillikning boshida Hind daryosi va irmoqiari vodiysida jaxrnning eng qad. tsivilizasiyalari- dan biri \u2014 Xarappa madaniyatita man- sub dastlabki davlatlar paydo bo&#8217;ldi. Mil. AV. 6-a. oxirida bu erlar qad. Eron- ning Axoma-niylar saltanati tarki- biga qo&#8217;shib olindi. Mil. AV. 327-326 y.larda make-doniyalik Aleksandr zabt etdi. Uning vafotidan so&#8217;ng bu erlar Mauriyalar imperiyasigi qo&#8217;shilib ketdi. Mil. AV. 2-a.ning boshida P. hududida Hind-yunon podsholigi deb ataladigan davlat vujudga keddi. Mil. 1-3-a.larda Hind daryosi xavzasi Kushon podsholigi- ga qo&#8217;shib olindi. Purushapura sh. (hoz. Peshovar) uning poytaxti bo&#8217;ddi. Kushon podsholigi parchalangandan so&#8217;ng, hoz. P.ning g&#8217;arbiy qismlari sosoniylar, Sharqiy qismlari Guptalar saltanatiga qo&#8217;shilib ketdi. 5-a.ning 2yarmida bu erda eftaliylar hokimiyati o&#8217;rnatilib (6-a. o&#8217;rtalariga kadar), Sakala sh. (hoz. Siyal- Kot) mamlakat poytaxti bo&#8217;lgan. 664 y.da arablar Hind daryosi vo- diysiga bostirib kirdilar. 711\u2014 13 y.larda Muhammad ibn Qosim qo&#8217;mondonligidagi qo&#8217;shinlar Sind va Panjobning Jan. qismini egalladi. Shu tariqa P. hududida Islom dini tarqala boshladi. 750 y. Umaviylar xalifali- gi ag&#8217;daril-gach, Sind mustaqil davlatga aylandi. 11-a. boshlariga kelib, hind daryosi havzasini G&#8217;aznaviylar, 12-a.da G&#8217;uriylar, 13-a. boshlarida Dehli sul- tonligi egalladi. Beto&#8217;xtov urushlar, isyonlar va chet el bosqinlariga qaramay, Hind daryosi havzasidagi Lohur, Mo&#8217;lton, Peshovar, Tatta kabi yirik shaharlar muhim iqtisodiy va madaniy markazga aylanib, bir qator mamlakatlar b-n sav- do munosabatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo&#8217;lgan. Ularning bu mavqei Boburiylar davla-ti davrida ham saqlangan. 1707 y. da shoh Avrangzeb va- fotidan so&#8217;ng Hind daryosi havzasi Eron, afg&#8217;on va mahalliy zamindorlarning ku- rash maydoniga aylandi. 18-a. o&#8217;rtalarida hoz. P. xudu-Di \u2014 afg&#8217;on shohi Ahmadshoh Durrojy tasarrufiga o&#8217;tdi. 18-a.ning 60-y.larida Panjobda bir nechta Sulton- liklar Vu-judga keldi, maharoja Ranjit Singx (1799-1839 y.larda hukmronlik qilgan) ularni yagona davlatga birlash- tirdi. Boburiylar saltanatining inqirozga yuz tutishi, ichki urushlar, Eron va afg&#8217;on hukmdorlarining bostirib ki- rishlari ingliz mustamlakachilarining bosqinchilik rejalari amalga oshishi- ga yordam berdi. Ular 1843 y. Sindni, 1845-49 y.larda Panjobni, 1854, 1876, 1879, 1893 y.da Balujiston va Sharqiy Pushtun qabila hamda sultonliklarini bosib oldi. P. xalqlarining milliy ozodlik harakati 20-a. boshlarida ayniqsa kuchay- Di (1896-1908 y.larda Sinddagi hurler qo&#8217;zg&#8217;oloni, 1919-21 y.larda che-garadagi pushtun qabilalari qo&#8217;zg&#8217;olo-ni, 1930 y.dagi Peshovar qo&#8217;zg&#8217;oloni va b.). 1947 y. 14 avg.da P. mustaqil deb e&#8217;lon qilindi. P.ning birinchi general gu-bernatori qilib musulmonlar ligasining rahbari va P. ozodligi harakatining yo&#8217;lboshchisi Muhammad Ali Jin-na (1876-1948) saylandi. Mustamlakachilik asoratidan qutulib, davlat mustaqilligini saqlash, mamlakat iktisodiyotini rivojlanti- rish va shu maqsadda islohotlar o&#8217;tkazish P. siyosiy hayotining muhim masalasi bo&#8217;lib turar edi. Hukmron Musulmonlar ligasi partiyasining rahbariyati G&#8217;arbiy P. za-mindorlari va sarmoyadorlarining ma-vqeini mustahkamlashga intildi. Bu- ning ustiga P. rivojlanishining asosiy muammolari hal etilmasligi sa-babli aholining ko&#8217;p qismi bu partiyadan yuz o&#8217;gira boshladi. Mazkur partiya ichida fraktsiyachilik kurashi kuchaydi va dast- labki muxolifotchi partiyalar vujudga keldi. Iqtisodiy qiyinchiliklarning tobora chigallashib borishi vatanparvar zobitlar ora-sida norozilikni keltirib chiqardi. Hukmron doiralar o&#8217;rtasida kurash keskin Tue ola boshladi. 1951 y. 16 okt.da P. Bosh vaziri Liyoqat Alixon (1895-1951) o&#8217;ldirildi. O&#8217;sib borayotgan siyosiy beqarorlik sharoitida P. harbiy bloklar \u2014 1954 y. 8 sent.da SEATO, 1955 y. 23 sent.da Bag&#8217;dod pakti (1959 y. avg.dan \u2014 SENTO)ga a&#8217;zo bo&#8217;ldi. Hokimiyatni qo&#8217;lda saqlab qolish maqsadida Musul- monlar ligasi rahbarlari bir oz yon be- rishga majbur bo&#8217;ldilar. Jumladan, 1954 y. Bengal tili urdu tili b-n bir qatorda davlat tili deb tan olindi. 1955 y. Mu- sulmonlar ligasi va Birlashgan front vakillaridan iborat koalision hukumat tuzildi. 1956 y. 29 Fev.da ta&#8217;sis Majli- si P.ning yangi Konstitusiyasini qabul qildi. Unga ko&#8217;ra, P. Federativ Islom Respublikasi deb atala boshladi. 1958 y. 7-8 okt.da harbiy to&#8217;ntarish o&#8217;tka- zildi, Konstitusiya bekor qilindi, bar- cha siyosiy partiyalar taqiqlab qo&#8217;yildi. 27 okt.dan qurolli kuchlar oliy bosh qo&#8217;mondoni general M.Ayyubxon Prezi- dentlik vazifasini o&#8217;z zimmasiga oldi. 1962 y. hukumat ishlab chiqqan yangi kon- stitusiya e&#8217;lon qilindi. Unga ko&#8217;ra, P.da boshqaruvning prezidentlik shakli jo- riy etildi. 1962 va 1965 y.da M.Ayyubxon mamlakat Pre- zidenta etib saylandi. 1965 y. sent.da P. b-n Hindiston o&#8217;rtasida Kashmir masala- sida qurolli to&#8217;qnashuv bo&#8217;lib o&#8217;tdi. 1966 y. 4-10 yanv.da Toshkentda P. Pre-zidenti b-n Hindiston Bosh vaziri uchrashdi. Toshkent deklarasiyasi (1966) nomli tarixiy hujjatning har ikki mamlakat tomonidan imzolanishi na- tijasida nizolarni tinch yo&#8217;l b-n hal etishga yo&#8217;l ochildi. 1968 y. oxiri \u2014 1969 y. boshida P.dagi vaziyat keskinlashdi. Mamlakatdagi muxolifatchilik harakati kuchaydi. 1969 y. 25 martda M. Ayyub- xon prezidentlik lavozimidan voz kech- Di va hokimiyatni P. armiyasining bosh qo&#8217;mondoni general A.M. Yahyoxonga top- shirdi. Yana harbiy xrlat e&#8217;lon qilindi, qonun chiqaruvchi Majlis, Markaziy va provintsiya hukumatlari tarqatib yubo- rildi, Konstitusiya bekor qilindi. 1970 y. dek.da P. tari-xida birinchi marta umumiy saylov o&#8217;tkazilib, Sharqiy P.da Mujibur Rahmon boshchiligidagi Avomi lig partiyasi va G&#8217;arbiy P.da Z.A.Bxutto boshchiligidagi P. xalq partiyasi golib chiqdi. Avomi lig partiyasi Sharqiy P.ga regional muxtoriyat berilishini talab qildi. P. rahbarlari buni rad etishdi. Natijada mamlakatda siyosiy tanglik ro&#8217;y berdi. P. rahbarlarining bedodliklari- ga javoban 1971 y. 26 martda Sharqiy Po- kiston P.dan ajralib chiqib, Bangladesh Xalq Respublikasi deb e&#8217;lon kilindi. Sharqiy P.dan Hin-distonga ko&#8217;plab qochoqlarning o&#8217;tib ketishi Hindiston b-n P. o&#8217;rtasida urush kelib chiqishiga sabab bo&#8217;ddi. 1971 y. 16 dek.da Dakkada P. askarlari taslim bo&#8217;ldi. 20 dek.da A.M.Yahyoxon iste&#8217;foga ketishga majbur bo&#8217;ldi va hoki-miyatni P. xalq partiya- sining raxbari Z.A.Bxuttoga topshirdi. 1974 y. martda P. Bangladesh Xalq Respu- blikasini tan oldi, SEATOdan chikdi, bularning xammasi Hindiston ya.o.dagi vaziyatning mo&#8221;tadillashuviga olib kel- Di. P. ichki hayotida ham muhim o&#8217;zgarishlar yuz berdi. 1972 y. 24 apr.da harbiy holat bekor qilindi, 1973 y. 14 martdan yangi Konstitusiya kuchga kirdi. Siyosiy partiyalar faoliyati tiklandi. 1977 y. navbatdagi parlament saylovi o&#8217;tkazilib, P. xalq partiyasi parle-ment- dagi deyarli 80% o&#8217;rinni oldi. Z.A.Bxutto boshchiligida hukumat tuzildi. Lekin 9 ta muxolifatchi partiyadan tuzilgan P. milliy alyansi saylov natijalarini tan olmadi. Qayta saylov o&#8217;tkazishni, hukumatning iste&#8217;foga chiqishini ta- lab qildi, mamlakatda tartibsizli- klar boshlandi. Siyosiy beqarorlik va iqtisodiy qiyinchiliklar ortib bora- yotgan sharoitda butun hokimiyatni armiya shtabi boshlig&#8217;i general M.Ziyoulhaq o&#8217;z qo&#8217;liga oldi. 1984 y. 19 dek.da referendum o&#8217;tkazilib, unda hukumat olib borayot- gan islomlashtirish siyosatini qo&#8217;llab- quvvatlash masalasi qo&#8217;yildi. Natija ijo-biy bo&#8217;ldi va Ziyoulhak keyingi 5 yilga mamlakat prezidenti deb e&#8217;lon qilindi. 1988 y. 29 mayda Ziyoulhaq qonun chiqaruvchi organlarni tarqa-tib yubordi, Markaziy va provintsiya hukumatlarini iste&#8217;foga chiqardi, ularni poraxo&#8217;rlik va jinoyatda aybladi. M.Ziyoulhaq yangi hukumatga shaxsan o&#8217;zi boshchilik qildi. 1988 y. 17 avg.da prezident aviasiya FA- lokatida halok bo&#8217;ldi. Konstitusiyaga muvofiq, Senat raisi G&#8217;ulom Ishoqxon prezident lavozimini egalladi. 1988 y. 16 noyab.da Milliy majlisga o&#8217;tkazilgan saylovda P. Xalq partiyasi golib keldi va uning rahbari benazir Bxutto xo- nim boshchiligidagi hukumat tuzildi. Yangi hukumat favqulodda holatni bekor qildi, kasaba va talaba uyushmalari fao- liyatiga ruxsat berdi, Ziyo-ulhaqdavrida qamalgan siyosiy mahbuslarni ozod qildi. 1990 y. 24 okt.da Milliy Assam- bleyaga o&#8217;tkazilgan navbatdan tashqari saylovda Islom demok-ratik alyan- si golib chikdi. Uning rah-bari Miyon Muhammad Navoz Sharif bosh vazir bo&#8217;ldi. 1993 y. 6 okt.da o&#8217;tka-zilgan na- vbatdan tashqari parlament saylovida P. xalq partiyasi ko&#8217;pchilik ovoz oldi. B.Bxutto xonim rahbarligidagi koalisi- on hukumat tuzildi. FA-Ruk. Ahmadxon Lag&#8217;ariy P. Prezidenta etib saylandi. 1997 y. 3 Fev.da bo&#8217;lib o&#8217;tgan navbatdan tashqari parlament saylovi natijasida yana M.M.Navoz Sharif bosh vazir bo&#8217;ldi. Hukumat mamlakat iqtisodiyotini yax- shilash tadbirlarini amalga oshirdi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik manfaati uchun dam olish kuni jumadan yakshanbaga o&#8217;tka-zildi. Hukumat isrofgarchilikka qarshi, mablag&#8217;larni tejash uchun kurash- Di, yuqori amaldorlarning imtiyozlari- ni chekladi. 1997 y. 2 dek.da prezident F.A.Lag&#8217;ariy o&#8217;z ixtiyori b-n lavozimidan voz kechdi. Konstitusiyaga ko&#8217;ra, davlat rahbari vazifasini vaqtincha Senat Rai- si Vasim Sajjod bajara boshladi. 1997 y. 31 dek.da mamlakat prezidenti etib Muhammad Rafik tarar saylandi. 1999 y. 12 okt.da davlat to&#8217;ntarishi bo&#8217;lib, bu- tun hoki-miyat general Parviz Mushar- raf boshliq harbiylar qo&#8217;liga o&#8217;tdi. P. Musharraf N. Sharifni qamoqqa oldi va 2001 y. 20 iyunda prezident M.R.Tararni lavozimidan chetlatdi, o&#8217;zini mamlakat prezidenti deb e&#8217;lon qildi. P. \u2014 1947 y.dan BMT a&#8217;zosi. O&#8217;zR suvereni-teti- ni 1991 y. 20 dek.da tan olgan va 1992 y. 10 mayda diplomatiya munosa-batlari o&#8217;rnatgan. Milliy bayrami \u2014 14 avg. \u2014 Mustakillik kuni (1947). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma- lari. P. Xalq partiyasi, 1967 y. asos so- lingan; P. Milliy Xalq partiyasi, 1986 y. tuzilgan; P. musulmonlar ligasi, 1906 y. tashkil etilgan; P. demok-ratik par- tiyasi, 1969 y. asos solingan; jamoati Islomiy, o&#8217;ta o&#8217;ng diniy jamoa partiyasi, 1941 y.da tuzilgan. Umumpokiston kasa- ba uyushmalari Fe-derasiyasi, 1947 y.da tuzilgan; qavmiy mazdur Mahaz (&#8220;mil- liy ishchi fron-ti&#8221;), 1961 y.datuzilgan; P. mehnatxalq byurosi, 80-y.larning o&#8217;rtalarida P. xalq partiyasining ishchi- lar harakatidagi qanoti sifatidatuzil- gan; P. milliy ishchi federasiyasi, 1968 y.da tu-zilgan; P. milliy kasaba uyush- malari federasiyasi, 1962 y. 60 ga yaqin Yi-rik f-ka kasaba uyushmalarining bir- lashishidan tashkil topgan. Xo&#8217;jaligi. P. \u2014 sanoati rivojlana- yotgan agrar mamlakat. 1947-91 y.larda mamlakat iqtisodiyoti tarkibida chu- qur o&#8217;zgarishlar sodir bo&#8217;ldi \u2014 i.ch. zamonaviy shakl va uslublarga o&#8217;tdi, yalpi ichki mahsulot 5 baravar oshdi. Iqtisodiyotdagi bu natijalarga asosan davlatning iqtisodiy siyosati \u2014 xusu- siy ishbilarmonlikni boshqarish va rag&#8217;- batlantirish xamda davlat sektorining faoliyati tufayli erishildi. Yalpi ichki mahsulotda q.x.ning ulushi \u2014 22,3%, sa- noatning ulushi \u2014 16%. Qishloq xo&#8217;jaligi da iqtisodiy faol axrlining 60% band. Dehqonchilik \u2014 q.x.ning asosiy tarmog&#8217;i. Mamla- kat hududining 1\/4 qismi q.x. uchun yarokli, shundan 3\/4 qismi sug&#8217;oriladi, ayrim joylarda yiliga 2-3 marta hosil olinadi. 50-70-y.lardagi agrar islohotlarga qaramay, an&#8217;anaviy agrar munosabatlar \u2014 zamindor er egaligi va erdan foydalanishning mayda dehqon (ko-randa) shakli saqlanib qolgan. Hind da-ryosi havzasida dunyoda eng katta sugo- rish sistemalaridan biri bunyod etil- gan. Dehqrnchilikdagi asosiy ekinlar: bug&#8217;-doy, sholi, arpa, makkajo&#8217;xori, tex- Nika ekinlaridan moyli ekinlar, paxta, shakarkamish va b. Bog&#8217;dorchilikda man- go, banan, olma, tsitrus mevalar, o&#8217;rik, uzum, anor, anjir, pista etishtiriladi. Shuningdek, kartoshka, piyoz, sarimsoq, qalampir, pomidor, karam, qovoq, tarvuz va b. ekiladi. Chorvachilik yalpi ichki maxsulotning 8,3%ni ta&#8217;minlaydi. P.da qoramol ko&#8217;proq. Buyvol, echki, qo&#8217;y, tuya, ot ham boqiladi. So&#8217;nggi yillarda shaharlar atrofida go&#8217;sht va sut chorvachiligi, par- randachilik rivojlandi. Baliqovlashdan keladigan foyda eksport tushumining taxm. 3%ni tashkil etadi. Sanoati. P.ga mustamlakachilik davridan bir necha kichik to&#8217;qimachilik f-kasi, qand z-Di, t.y. va mexanika usta- xonasi meros bo&#8217;lib qolgan. 50-y.lar- da sanoatlashtirish siyosatining aso- siy mazmuni engil sanoatni, avvalo to&#8217;qimachilik sanoatini rivojlanti- rishdan iborat bo&#8217;ldi. 1952 y.da sanoat- ni rivojlantirish davlat korporasiyasi faoliyat boshladi. 1955 y.da suyi (ba &#8211; lujiston)da Yi-rik tabiiy gaz konini o&#8217;zlashtirishga kirishildi. Kon sanoati jadal sur&#8217;atlar b-n, ba&#8217;zi yillarda 20% gacha o&#8217;sdi. Mamlakat Jan. (Sind provin- tsiyasi)da neft konlarining ochilishi va ishga tushirilishi natijasida neft qazish hajmi 4 baravar oshdi. Hoz. neft i.ch. (yiliga taxm. 2,5 mln. tonna) mamla- kat extiyojining 25-30% ni qoplaydi. 50-80-y.larda z-D va f-kalarning umu- miy soni 1,4 mingdan 5 mingga, ularda ishlovchilar soni esa \u2014 200 mingdan 500 mingga etdi. Qayta ishlash sanoati, ayniqsa, tez rivojlandi. Sanoat markaz- lari hisoblangan Karochi va Lohur yoniga Faysalobod, Haydarobod, Mo&#8217;lton, Ra- valpindi sh.lari qo&#8217;shildi. Vah, Taksila, Daudxeyl, Naushexra kabi yangi sanoat markazlari vujudga keldi. Sanoatning asosini metallugiya va mashinasozlik tashkil etadi. Kime sanoati taxm. 300 korxonadan iborat. Klmyo-farmasevtika sanoati (100 dan ortiq korxona) alohida sohaga aylandi. Qurilish materialla- ri i.ch. sohasi tez sur&#8217;atlar b-n rivoj- landi. Oziq-ovqat sanoati yirik soha hisoblanadi. Tib-biyot asbob-uskunala- ri, sport anjomlari sanoati rivojlan- gan. Poligrafiya sanoati, asosan, o&#8217;rta va kichik bosmaxonalardan iborat. Charm- poyabzal sanoati korxonalari barpo etilgan. Kosibchilik va hunarmandchilik (mato, charm, metall, yog&#8217;och, Aqikdan bu- yumlar tayyorlash) rivojlangan. Gidro- stya, is-siklik va atom elektr styalarida yiliga o&#8217;rtacha 30 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Transportida avtomobil transporta asosiy o&#8217;rinni egallaydi. Mamlakat ich- karisida tashiladigan yukning 3\/4 qismi avtomobil transportida, 1\/4 kis-mi t.y.da va 0,1% \u2014 xavo transportida ta- shiladi. T.y. uzunligi \u2014 9 ming km, AV- tomobil yo&#8217;llari \u2014 140 ming km. Tash- ki savdo yuklari, asosan, dengiz va havo transportida, qisman avtomobil trans- portida tashiladi. Dengiz savdo floti- ning tonnaji 514 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Karochi va Kosim. Aeroportla- ri Karochi, Ravalpindi, Lohur sh.larida. Tashqi savdosi. P. chetga guruch, paxta, ip, ip gazlama, gilam, charm, baliq va b. sotadi. O&#8217;simlik yog&#8217;i, choy, neft, kimyo mahsulotlari, o&#8217;g&#8217;it, umumiy mashinasoz- lik tovarlari, elektr anjomlari, po&#8217;lat, cho&#8217;yan, choy, qurolyarog&#8217;va h.k. sotib oladi. Asosan, Sau-diya Arabistoni, Buyuk bri- Taniya, Yaponiya, Germaniya, AQSh b-n savdo qiladi. Pul birligi \u2014 P. rupiyasi. Sog&#8217;liqni saqlash. Mustaqillik yil- larida P. sog&#8217;liqni saklash sohasida ma&#8217;lum yutuqlarga erishdi: tibbiyot mu- assasalari va xodimlari ko&#8217;paydi. Kad- rlar tayyorlash va i.t.lar olib borish ti- zimi tashkil topdi. 40-y.larning oxiri- da 1,4 ming vrach bo&#8217;lib, hamshiralar yo&#8217;q edi. 90-y.larning boshida vrachlar soni 55 mingga yaqin, o&#8217;rta malakali tibbiyot xodimlari 40 ming, hamshiralar 20 ming- ga etdi. Vrachlar va o&#8217;rta malakali tibbi- yot xodimlari tibbiyot un-tida, 6 kollej va 9 tibbiyot muassasasida tayyorlanadi. Sanitariya me&#8217;yorlariga Moe keladigan ichimlik suvning yo&#8217;kligi jiddiy mu- ammo. Kanalizasiyadan 6-7% aholi foy- dalanadi. Maorifi, madaniyma&#8217;rifiy va il- miy muassasalari. P.da umumiy ta&#8217;- lim haqida qonun qabul qilinmagan. P. umumta&#8217;lim maktablari tuzi- lishi quyidagicha: boshlang&#8217;ich MAK- Tab (1-5-sinflar); to&#8217;liqsiz o&#8217;rta (6-8-sinflar); o&#8217;rta (9\u2014 10-sinflar); oliy (yuqori) maktab (11 \u201412-sinflar). Oliy (yukrri) o&#8217;rta maktabni, shuning- dek, oraliq kollejni tugatganlar oliy o&#8217;quv yurtlariga kirish xuquqiga ega. 90-y.lar o&#8217;rtalarida 168 ming maktab, 690 kollej, 23 un-t bo&#8217;lgan. Barcha turda- gi maktablarda 16,9 mln., kollej larda 610 ming, un-tlarda 76 ming kishi o&#8217;qidi. O&#8217;qituvchilar soni: barcha turdagi MAK- tablarda \u2014 salkam 550 ming, kollej- larda \u2014 56 ming, un-tlarda \u2014 6 ming. Maktab o&#8217;qituvchilari maxsus maktablar, in-t va kollejlarda tayyorlanadi. Yi- rik un-tlari: Karochidagi Karochi un-ti (1951), tibbiyot fanlari un-ti (1983), Lohurdagi mu-handislik-texnologiya un- ti (1961), Islomoboddagi qaid-e-A&#8217;zam un-ti (1965), xalqaro Islom un-ti (1980), Lohurdagi Panjob un-ti (1882). Fanning rivojlanishini rejalash- tirish b-n fan va texnika qo&#8217;mitasi, fan yutuqlarini joriy etish b-n fan va texnika tadqiqotlari kengashi shu- g&#8217;ullanadi. Eng yirik ilmiy muassasa- lari: P. fan taraqqiyoti assosiasiya-si, P. fanlar akademiyasi, atom energiyasi komissiyasi, atmosferaning yuqori kat- lamlari va kosmik fazoni tadqiq etish qo&#8217;mitasi, Geofizika i.t. in-ti, paxta- chilik i.t. in-ti va b. Bundan tashqari, tibbiyot, iqtisodiyot, xalqaro munosabat, adabiyot va til masalalarini o&#8217;rganuvchi ixtisoslashgan ilmiy in-t va jamiyatlar mavjud. Yirik kutubxonalari: qaid-e &#8211; A&#8217;- zam un-ti kutubxonasi, Karochi un-ti ku- tubxonasi, Panjob un-ti kutubxonasi, Hamdard fondi kutubxonasi, Markaziy kotibiyat kutubxonasi, P. milliy kutub- xonasi (Islomobod). Yirik muzeylari: Karochidagi P. milliy muzeyi, Lohur muzeyi, Peshovar muzeyi, Lohur qal&#8217;asi muzeyi, Milliy muzey (Islomobod) va b. Matbuoti, radioeshittirishi va te-leko&#8217;rsatuvi. P. hududida chiqqan dastlabki gaz. &#8220;Ko&#8217;xi nur&#8221; gaz. (1850, Lo-hur)dir. 1990-y.lar o&#8217;rtalarida 2,5 mingga yaqin gaz. va jur. chiqqan. Yirik gaz.lari \u2014 urdu tilida: &#8220;jang&#8221; (1937 y.dan), &#8220;imro&#8217;z&#8221; (&#8220;bugun&#8221;, 1948 y.dan), &#8220;Mashriq&#8221; (&#8220;Sharq&#8221;, 1963 y.dan), &#8220;Navae vaqt&#8221; (&#8220;davr ovozi&#8221;, 1940 y.dan); ingliz tilida: &#8220;Doon&#8221; (&#8220;tong&#8221;, 1942 y.dan), &#8220;Pakistan Tayms&#8221; (&#8220;Pokiston vaqti&#8221;, 1947 y.dan), &#8220;Muslim&#8221; (&#8220;musulmon&#8221;, 1979 y.dan), &#8220;Star&#8221; (&#8220;Yulduz&#8221;, 1951 y.dan) va b. Assoshieyted Press of Pa- kistan, xukumat axborot agentligi (1947 y.dan), Pokiston Press Interneshnl, xukumat ta&#8217;minotidagi xususiy axborot agentligi (1956 y.dan), Yunayted Press of Pakistan, xususiy axborot agent- ligi (1949 y.dan) faoliyat ko&#8217;rsatadi. 1947 y. Lohur va Peshovarda radiostya bo&#8217;lgan. 90-y.lar o&#8217;rtalarida 22 radiostya va o&#8217;tkazgich ishladi. Radiostyalar mam- lakatning asosiy tillarida kuniga 302 soat eshittirish beradi. Xalqaro xizmat Osiyo, Afrika va Evropaning 71 tilida ishlaydi. Ularni P. radioeshit-tirish korporasiyasi (hukumat Mahkamasi, 1947 y.dan) nazorat qiladi. Te-leko&#8217;rsatuv 1964 y.dan boshlangan, 5 telemarkaz ish- laydi. Ularning ishiga P. televidenie korporasiyasi (1967 y.dan) rahbarlik qiladi. Adabiyoti. P. adabiyoti urdu, panjo- biy, sindhiy, pushtun, Baluch, bra-guyi, shuningdek, Arab, fors, guja-ratiy, ingliz va b. tillarda yaratilgan yozma badiiy merosdan iborat. Ming yil- lar mobaynida Hindiston xalqlari yaratgan folklor va yozma adabiyot P. va Hindistonning umumiy boyligidir. P. tashkil topgan davrda P. xalklari adabi- yotining rivojlanishi turlicha bo&#8217;lgan, urdu, sindhiy va Panjob adabiyoti ri- vojlangan edi. P.ning Hindistondan ajratilishi dastlab adabiyot rivojiga ma&#8217;lum darajada sal-biy ta&#8217;sir qildi \u2014 nashriyotlar, ada-biy jur.lar yopildi, yozuvchilar tashkilotlari tarqab ketdi. 1949 y. da P. taraqqiyparvar yozuvchilari assosi-asiyasi tashkil etildi, lekin tez orada taqiqlandi. 1959 y.da P. yozuvchila- ri gildiyasi tuzildi. Hamma tillarda she&#8217;riyat ustun, urdu va sindhiy ada-bi- yotlarida Nasr birmuncha rivojlangan. Professional teatrning yo&#8217;kligi tufay- li dramaturgiya uncha rivojlanmagan. &#8220;P. badiiy akademiyasi&#8221; (Islomobod), &#8220;urdu akademiyasi&#8221; (Karochi), &#8220;Ikbol Akademi- yasi&#8221; (Lohur) va b. badiiy i.t. muassa- salari mumtoz ada-biyotni chop etish, P. xalklari tillariga tarjima qilish kabi ishlarni olib boradi. Urdu adabiyotining atokli vakilla- ri \u2014 Fayz Ahmad Fayz (1911-84), jo&#8217;sh Malihobodiy (1896-1982), Ahmad Na- dim Qosimiy (1916), forig&#8217;Buxoriy (1918-97), Ahmad Faroz (1926) va b. Realist adiblar S.H.Manto&#8217; (1912-55), G&#8217;ulom Abbos (1909-88), Mirzo Adib (1914). Mumtoz Mufti (1905-95) hikoya janrining rivojlanishiga salmoqli hissa qo&#8217;shdi. So&#8217;nggi o&#8217;n yillarda shoi- ralar kishvar Nahid (1940), ado Ja&#8217;fa- riy (1924), Fahmida Riyoz (1946), Zuxra Nigoh, shoirlardan Habib jolib, if- tixor Orif va b. salmoqli asarlar yarat- dilar. Inti-zor Husayn, Anvar Sajjod (1935), Jamila Hoshimiy va b. adiblar oldingi safga chiqdilar. Romannavis- lardan Aziz Ahmad, Xadija Mastur, Shavkat Siddiqiy, Intizor Husaynlarning nomi mashhur. Urdu tilida &#8220;afkor&#8221;, &#8220;Sip&#8221;, &#8220;Funun&#8221;, &#8220;avroq&#8221;, &#8220;Tulu-e- afkor&#8221; adabiy jur.lari chop etiladi. Sindhiy adabiyotining vakillari \u2014 shoirlar Bevas, Ayoz Shayx, Murod Ali Kozim, Haydar baxsh Jato&#8217;y, sindhiy na- srining asoschisi Mirza Kalich beg va b. 20-a. 2yarmida mashhur adiblar safi- ga Jamiluddin Abru, Tanvir AB-bosiy, Qurbon Ali Bugtiy, Ammar Jalil, Ra- sul baxsh Palejo&#8217;, Rashid Bhattiy kelib qo&#8217;shildi. Sindhiy ada-biyotshunosligi rivojlangan. 1955 y.dan &#8220;Mexran&#8221; ada- biy jur. nashr etiladi. Pushtu (pashtu) adabiyotida hikoyana- vislar Master Abdulkarim, Vali Mu- hammad to&#8217;fon, Qalandar Mo&#8217;mand, Mir Maxdishoh Maxdi, Samandar Xon Ba- darshaviylarning asarlarida romantika alomatlari bor. Amir Hamza Shinvoriy, Samandar Xon Badarshaviy (&#8220;Shoirlar shohi&#8221; unvoniga sazovor bo&#8217;lgan), Fazl Xon Shaydo, Rasul Raso, Abdulxoliq Xoliq va b. shoirlar mashhur. &#8220;Pushtu&#8221;, &#8220;Nangialay&#8221;, &#8220;Rahbar&#8221;, &#8220;Al-Falloh&#8221; kabi adabiy jur.lar chop etiladi. Panjob she&#8217;riyatini yangilashda Sharif Kunjahiy, Ahmad Rohiy, Boqi Siddiqiy, Orif Abdul Matin, Salim Kashar, Salimur-Rahmon Kiyaniy va b.ning xizmati katta. So&#8217;nggi o&#8217;n yilli- Klarda mushtoq Safiy, Anis na-qiy, Sulton Mahmud Oshufta, Safdar Mir, Rashid Anvar, Tanvir Buxoriy kabi sho- irlar etishib chikdi. Axmad Salim, Za- Far Lashariy, Xanif Chou-dhuriy, faxr Zamon, Mustansar ta-rar, ehson Betal- viylarning nasriy asarlari mashhur. Panjob tilida &#8220;Panj Darya&#8221;, &#8220;Panjabi zaban&#8221; adabiy jur.lari nashr etiladi. Balo&#8217;ch adabiyoti 20-a.ning 60-70-y. laridan shakllandi. Tanikli shoirlari \u2014 Ozod Jamoldiniy, Zaxur Muhammad Sayd Hoshimiy, Gul Xon Nosir. Zamo- naviy she&#8217;riyat vakillari \u2014 Muxammad Ishoq Shamim, Qozi Abdulrahim, AB- dulhakim Haqgo&#8217;, Murod sahar, Malik Muhammad Taqiy va b. Tanikli adiblari \u2014 M.X.Unka, Malik Muhammad Panoh, Surat Xon Marriy, Zafar Ali Zafar, Muhammad Beg Balo&#8217;ch, Muxammad Sodiq Ozod va b. Balo&#8217;ch tilida &#8220;uman&#8221;, &#8220;na- ukin Daur&#8221;, &#8220;ulus&#8221; va b. adabiy jur.lar chop etiladi. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. P. hududidan mil. AV. 4-3-ming yil- liklarga oid eneolit makonlari (tosh va xom g&#8217;ishtdan qurilgan uylar)ning qol-diklari, geometrik naqshlar va hayvonlarning sxematik tasvirlari b-n bezatilgan sopol idishlar, mis va bron- za taqinchoqlar, ayollar va hayvonlarning haykalchalari topilgan. Kushon pod- sholigi davridan qolgan yodgorliklar (stupalar, ibodatxonalar) bu erda madaniyat yuksak darajaga ko&#8217;tarilga- nini ko&#8217;rsatadi (ibodatxonalar hay- kaltaroshlik asarlari, budda haykallari, devoriy rasmlar b-n bezatilgan). 7-8-a. dan e&#8217;tiboran me&#8217;morlik Islom dini ta&#8217;sirida rivojlana boshladi. Dehli sultonligi davrida Lohur, Mo&#8217;lton, Peshovar, Tatta kabi shaharlarda xasha- matli saroylar, maqbara va masjidlar quriddi. Shaharlar mustah-kam qal&#8217;a devorlari b-n o&#8217;raldi (16\u2014 17-a.larda- gi Lohur qal&#8217;asi, 18-a.dagi Haydarobod qal&#8217;asi). P.ning o&#8217;rta asr me&#8217;morli- giga qo&#8217;shni Markaziy Osiyo, Eron va Afg&#8217;oniston mamlakatlari me&#8217;morli- gigining ta&#8217;siri katta bo&#8217;ldi. Baland peshtoqli ayvonlar masjidlarning tarkibiy qismiga aylandi (Tat-tadagi Shox, Jahon masjidi, 17-a.), Lohur mas- jidlari Dehli va Agradagi masjidlar- ga o&#8217;xshab ketadi (Lohurdagi Badshohiy masjid, 1674 y.). Boburiylar davrida maqbaralarning bezaklari boyidi va bora-bora O&#8217;rta Osiyo usuliga o&#8217;xshab ket- Di (Tattadagi Shurfa Xon maqbarasi, 1638 y.). Boburiylar salta-natining tanazzulga uchrashi (18-a.), Eron, afg&#8217;on, Evropa bosqinchilarining hujumlari oqibatida umuman madaniy hayotda, ayniqsa, me&#8217;morlik va tasviriy san&#8217;at- da tushkunlik ro&#8217;y berdi. P. tashkil top- gandan keyin (1947) mamlakatda qurilish ishlari avj oldi, yangi shaharlar, yangi poytaxt \u2014 Islomobod (grek me&#8217;mori K.A.Doksiadis) bunyod etildi. Zamona- viy me&#8217;morlikda &#8220;xalqaro uslub&#8221; ustu- vor bo&#8217;lib, u sodda shakllardan tashkil topadi (Islom-Oboddagi yangi masjid, parlament binosi, me&#8217;mor A.Yakobson; &#8220;Shahrizo-da&#8221; mehmonxonasi, me&#8217;mor J.Ponti). P. hududidagi qad. madani- yat markazlarida o&#8217;tkazilgan qazilmalar shuni ko&#8217;rsatadiki, P.da qadimda ras- somchilik keng rivojlangan. O&#8217;rta asr- larda saroylar, masjid va ibodatxona devorlari rasmlar b-n bezatilgan. Ara- blar b-n birga xattotlik san&#8217;ati ham ki-rib keldi \u2014 masjid, makbaralarni xattotlik yozuvi b-n bezay boshladilar. Tatta va Haydarobod sh. lari o&#8217;rta asr- larda qo&#8217;lyozma va miniatyura yaratish markaziga aylandi. Boburiylar davri- da, ayniqsa Akbarshoh va Jahongir-shoh davrida &#8220;Boburiylar miniatyura makta- bi&#8221; tashkil topdi. Mustaqillik davri- da tasviriy san&#8217;at rivojlanishi yangi bosqichga o&#8217;tdi. Keksa rassomlar minia- tyura an&#8217;analarini davom et-tirdilar \u2014 A.R.Chug&#8217;tay, Alloh Baxsh, S.F.Rahamin ijodida Evropa rassomchiligi va o&#8217;rta asr miniatyurasi qo&#8217;shilib ketgan; X-M. Sharif \u2014 miniatyura, X.Yusuf \u2014 xat- totlikda, G&#8217;.Ali \u2014 grafika sohasida ijod qilmoqda. Z.Og&#8217;a, Sadiqayn, Sh.Ali, Guljiy, D.Naqsh, A.Parviz kabi rassom- lar zamonaviy modernizm oqimining va- killaridir. Musiqasi. 1947 y.gacha bevosita hind musiqa san&#8217;ati b-n birgalikda (jumla- dan, shim. Hindistonning &#8220;hindusto- niy&#8221; uslubida) rivojlanib kelgan. Hozirda P. mumtoz musiqasida &#8220;raga&#8221;, qahramonlik dostonlari, &#8220;Naat&#8221;, &#8220;hamd&#8221; va &#8220;so&#8217;fiyona&#8221; (diniy ashula yo&#8217;llari), ishqiy mavzudagi &#8220;g&#8217;azal&#8221;, &#8220;qavvali&#8221; (ishqiy-diniy mavzudagi badihaviy vo-kal-cholg&#8217;u janri), panjobliklarda &#8220;ma-hiyya&#8221; (to&#8217;y marosim qo&#8217;shiqlari), &#8220;tap-Pa&#8221; (lirik aytishuvlar) mashhur. Musiqa cholg&#8217;ularidan tabla, nog&#8217;ora, pakhavaj (urma cholg&#8217;ular), torli-chertma sarud, ra-bab, Setar, tampura, svaraman- dal, kamonli sarangi, puflama nay, ban- suri, shexnay kabilar keng tarqalgan. Basta-korlarning kinofilmlar uchun urdu va Panjob tillarida yaratgan kuy va qo&#8217;shiqlari ham xalq orasida alohida e&#8217;zozga ega. Zamonaviy san&#8217;atkorlardan Amanat Ali Xon, Bare G&#8217;ulom Ali Xon, Xoji G&#8217;ulom Farid sabri (bastakor va xonan-dalar), Ravshan ara Begum, Mehdi Hasan, Nusrat Fateh Ali Xon, Malikaye Ta-rannum Nurjahon, obida Parvin, Farida Xonim, Iqbol Bonu, Neyyara Hyp (mumtoz musika ijrochilari), estrada xonandalaridan Adnan Sami, Hasan ja- hongir, Mehnaz va b. mashhur. Islomo- boddagi &#8220;lok Birsa&#8221; (Xalq musiqa mero- si) in-ti, Lohurdagi &#8220;Al-Hamra&#8221; san&#8217;at markazi, P. musiqa jamg&#8217;armasi va b. mu- assasalar milliy musiqa san&#8217;a-tining rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. Kinosi. P. kinematografiyasining tarixi mamlakat mustakillikka eri- shishidan avval Hindistonda yaratil- gan musulmoncha ruxdagi filmlardan boshlanadi. P.ning birinchi hujjatli filmi 1948 y.da yaratildi. Birinchi ba- diiy film 1948 y.da ishlab chiqarilgan (&#8220;Teriy yad&#8221;, rej. D.Sardoriy La&#8217;l). &#8220;Shunday kun keladi&#8221; (1958, rej. A.Qardar), &#8220;nido&#8221;, &#8220;Sima&#8221; (1967, rej. Sh.Malik) kabi filmlarda xalq hayoti, orzu-umidlari haqkrniy aks ettirildi. Keyingi yillarda &#8220;muhab-BAT yozi&#8221; (rej. M.Parviz), &#8220;raqqosa&#8221; (rej. X.Tariq), &#8220;Tuyg&#8217;u&#8221; (rej. N.Salom) kabi filmlar yaratildi. 90-y.larning o&#8217;rtalarida Yi-liga 200 tagacha hujjatli film ishlab chiqarildi. P.ning o&#8217;nlab filmlari xalqaro mukofotlar olgan (&#8220;Hind da- ryosi&#8221;, &#8220;Lohur shahri&#8221;, &#8220;bir akr er&#8221; va b.). P.da 10 dan ortiq kinostudiya mav- jud. Yiliga urdu, Pan-jobiy, sindhiy, pushtu, gujaratiy va siraykiy tillarida 90-120 film ishlab chiqariladi. Mam- lakatda 800 dan ortik, kinoteatr bor. Tanikli rej.lar \u2014 N.Islom. P.Malik. X.Askariy. Yu. Malik; tanikli aktyor va aktrisalar \u2014 Badari Munir, Babra sha- rif, Shabnam, Nadim, M.Qurayshiy. P. turli xalkaro, shu jumladan, tosh- kentda o&#8217;tkazilgan xalqaro kinofesti- vallarda qatnashgan. Uzbekistan\u2014P. munosabatlari. O&#8217;zR b-n P. o&#8217;rtasida 2003 y.gacha savdo- iqtisodiy hamkorlik soxasida 23 ta davlatlararo, hukumatlararo, idorala- raro shartnoma va bitimlar imzolangan. O&#8217;zbekiston tashqi iqtisodiy faoli- yat milliy banki b-n P. Milliy ban- ki o&#8217;rtasida vakolat hisob raqamlari haqida, suv xo&#8217;jaligi, energetika, ir- rigasiya soxdlaridagi hamkorlikka oid hujjatlar shu jumlaga kiradi. 1995 y. mayda P. Bosh vazirining O&#8217;zbekistonga rasmiy tashrifi chog&#8217;ida Toshkentda P.da ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko&#8217;rgazmasi bo&#8217;lib o&#8217;tdi. Unda P.ning 100 dan ortiq firmasi ishtirok etdi. 2000 y.da ikkala mamlakat o&#8217;rtasidagi tovar aylanmasi 8,5 mln. AQSh dollariga etdi. O&#8217;zbekiston P.ga teri, pilla chiqindisi, shoyi gazlama, shisha, xrustal, engil sa- noat uchun mashina va asbob-uskunalar, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari eksport qiladi. P.dan esa tayyor kiyim, poyab- zal, charm mahsulotlari, tamaki, kakao, shakar oladi. O&#8217;zbekistonda bir necha O&#8217;zbekiston \u2014 P. qo&#8217;shma korxonasi ish- lab turibdi. O&#8217;zbekiston \u2014 P. do&#8217;stlik jami- yati (1991 y.dan) ikkala mamlakat o&#8217;rtasidagi aloqalarni rivojlanti- rishda salmokli o&#8217;rin egallaydi. Ish- bilarmonlar, aellar va shoir-ezuvchi- larning delegasiyalari ayirboshlandi. Madaniyat sohasida hamkorlik davom etmoqda: E.Vohidovning &#8220;Oltin devor&#8221; asari urdu tiliga tarjima qilinib (tarjimon A.Ibrohimov), Lohurda sahnalashtirildi (1996), N.Aminovning &#8220;Bir asr hikoyati&#8221; P.da urdu tilida chop qilindi (1996), A.Ibrohimovning &#8220;Urducha-O&#8217;zbekcha mushtarak so&#8217;zlar lug&#8217;ati&#8221; (1998), T.Xolmirzaevning &#8220;Urducha-O&#8217;zbekcha lug&#8217;ati&#8221; (2003) va h.k. ada-biy hamkorlik natijasidir. Ansoriddin Ibrohimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Pokiston, Pokiston Islom Re- spublikasi (Islami Jamhyriya Pakistan) \u2014 Osiyo Jan.da, Hindiston ya.o.ning shim.-g&#8217;arbidagi davlat. Mayd. 803,9 ming km2. Aholisi 147,6 mln. kishi (2002). Poytaxti \u2014 Islomobod sh. Ma&#8217;muriy jihatdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/pokiston-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-118100","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118100","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=118100"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118100\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":118104,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118100\/revisions\/118104"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=118100"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=118100"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=118100"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}