{"id":118115,"date":"2024-05-09T11:24:14","date_gmt":"2024-05-09T08:24:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=118115"},"modified":"2024-05-09T11:24:18","modified_gmt":"2024-05-09T08:24:18","slug":"platon-platon-afinalik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/platon-platon-afinalik\/","title":{"rendered":"Platon (Platon) Afinalik"},"content":{"rendered":"\n<p>Platon (Platon) Afinalik, Aflo- tun (haqiqiy ismi Aristokl; mil. AV. taxm. 427.27.5 \u2014 Afina \u2014 347) \u2014 yunon faylasufi, platonizm asoschisi. So- kratttg shogirdi. Sokrat unga &#8220;P.&#8221;(keng elkali, keng ko&#8217;krakli degan ma&#8217;noni be- radi) deb nom qo&#8217;ygan. P. mashhur fayla- suflar b-n yoshligidan mulo-qotda bo&#8217;lib, ulardan ta&#8217;lim oldi. Geraklit, Parme-nid, Demokrit va b. faylasuflarning asarlarini o&#8217;rgandi. Mil. AV. 380 y.larda Afina yaqinidagi Akademiya nomli bir bog&#8217;ni sotib oladi (bu nom shu erlik afsonaviy qahramon akadem sharafiga berilgan) va bu bog&#8217;da o&#8217;zining P. akade- miyasi deb atalgan falsafiy maktabini tashkil etadi. Akademiya Afinada deyar- li 1000 y. faoliyat ko&#8217;rsatadi. Unda Ari- Stotel ham o&#8217;qigan. Akademiyada faqat falsafadan emas, geom., astronomiya, geogr., zool. va botanikadan ham ta&#8217;lim berilar edi. Biroq siyosiy ta&#8217;lim Mar- kaziy o&#8217;rinda edi. Ta&#8217;lim ma&#8217;ruzalar, munozaralar va suhbatlarga asoslanar- Di. Har kuni gimnastika mashg&#8217;ulotlari o&#8217;tkazilardi. P. falsafasining asosiy mohiyati \u2014 &#8220;g&#8217;oya&#8221; (&#8220;eydos&#8221;)lar haqidagi ta&#8217;limo- tida bayon etilgan. Uning fikricha, g&#8217;oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashay- digan dunyo uning soyasidir. Haqiqiy o&#8217;zgarish va taraqqiyot g&#8217;oyalar dunyosi- ga xos, soyalar dunyosidagi hara-kat esa uning in&#8217;ikosidir. G&#8217;oyalar du-nyosining qonuniyatlarini hamma ham bila olmay- Di. Ularni biladigan zotlar juda kam uchraydi, bu zotlar ulkan akl egalari bo&#8217;ladi. Aksariyat kishilar soyalar du- nyosi b-n kifoyalanadi. P. g&#8217;oyalar dunyo- sini narsalar dunyosidan ustun qo&#8217;yadi, chunki g&#8217;oyalar dunyosi ideal narsalardir. Inson g&#8217;oyalar dunyosi b-n soyalar dunyosi o&#8217;rtasidagi zotdir. Uning ruhi g&#8217;oyalar dunyosiga, jismo-niy tanasi soyalar du- nyosiga mansubdir. Shuning uchun ruh va tana birligidan iborat odam 2 olamga tegishlidir. Ruh insonning haqiqiy qismidir. Biz hayot deb ataydigak nar- sa ruh jismoniy ta-nada yashaydigan vaqtdir. P.ning bilish nazariyasi uning g&#8217;oyalar haqidagi na-zariyasiga asoslana- Di. Bilish \u2014 anam-nesis, ya&#8217;ni jonning eydoslar haqidagi xotirasi. Eydosga bo&#8217;lgan muhabbat (Eros) ma&#8217;naviy yuksa- lishga undaydigan sababdir. P. pedagog va tarbiya nazariyotchisi sifatida xam mashhur. Fu-karolarni tar-biyalash davlatning asosiy va- zifalaridan deb hisobladi. Uning fikricha, bolalar qayotining birinchi kunidanoq maxsus muassasalarda tar- biyalanishi kerak: 3-7 yoshda o&#8217;yinlar maktablaridagi uylar yoki bog&#8217;chada ta&#8217;- lim olishi; 7-17 yoshda maktabda yozuv, o&#8217;qish, musiqani o&#8217;rganishi; 17-20 yoshda har-biygimnastik ta&#8217;lim olishi; 20\u2014 30 yoshda kelajakda hukmdor uchun zarur bo&#8217;lgan falsafiy ta&#8217;lim olishi lozim. P. qarashlarida jamiyat, davlat to&#8217;g&#8217;ri- sidagi ta&#8217;limot Markaziy o&#8217;rinlardan birini tashkil qiladi. U davlat fuqarolarini 3 tabaqaga bo&#8217;lgan: 1-tabaqa \u2014 davlatni boshqarib turadigan Donish- mand hukmdorlar; 2-tabaqa \u2014 davlatni dushmandan himoya qiladigan harbiylar; 3-tabaqa \u2014 davlatni va yuqoridagi 2 ta-baqani moddiy jihatdan ta&#8217;minlab turadigan deqqonlar va hunarmandlar. P. davlat boshqaruv shaklini oliy hoki- miyat tanho amalga oshiriladigan monar- xiyata, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan Aris- tokrashiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demokratiyaga ajratadi. P. 4 asosiy fazilatni farq kiladi: do- nishmandlik, mardlik, akl b-n ish qilish va eng asosiysi \u2014 boshka fazilatlar o&#8217;rnini to&#8217;ldiradigan va qo&#8217;shilib ketadi- gan fazilat \u2014 adolat. P.ning ideal dav- lat to&#8217;g&#8217;risidagi orzulari asosida adolat g&#8217;oyasi yotadi. Uningcha, jamiyat barcha a&#8217;- zolarining Odil jamiyatdagi qonunlarga bo&#8217;ysunishi ijtimoiy ta-raqqiyotning asosiy garovidir. Qaerdaki qonunlar hokim ustidan hukmron bo&#8217;lsa, hokimlar esa qonunga qul bo&#8217;lsa, o&#8217;sha davlat gullab yashnaydi. Agar davlat qonunlar ustidan yaroqsiz hokimiyatni o&#8217;rnatib qo&#8217;yadigan bo&#8217;lsa, u holda qonun hech qanday foy- da bermaydi, aksincha, davlat uchun juda katta zarar keltiradi, deb ta&#8217;kidlaydi. Uning fikricha, iqtisodiyot polis (dav- lat)ning gullab yash-nashi yoki tanazzuli omili hisoblanadi. I.ch. siyosatni emas, siyosat i.ch.ni bo-shqarishi kerak. Jami- yatni barqaror holatdan chiqaradigan har qanday o&#8217;zgarishlarga yo&#8217;l qo&#8217;yilmasligi zarur. P.ning estetik qarashlarida borliq, hayot &#8220;abadiy g&#8217;oya&#8221;larning taqlidi, nusxasi; san&#8217;at esa borliq, hayotning taqlidi, ya&#8217;ni taklidga taqlid, degan xulosaga asoslangan. U xudolarga bo&#8217;lgan e&#8217;tiqodni qo&#8217;llab-quvvatlagan, Xudo- sizlarni qrralagan, davlatni boshqa- ruvchilar xudojo&#8217;y bo&#8217;lishlari kerak, deb hisoblagan. Falsafa tarixida P. ta&#8217;limoti turlicha qabul qilingan. Unga &#8220;ilohiy ustoz&#8221; (antik davr), xristian dunyoqa- Rashining muboshiri (bobosi), sof sevgi faylasufi va siyosiy xayolparast (Uyg&#8217;onish davri) sifatida qaralgan. P.dan 30 ga yaqin katta va kichik asar qamda xatlari saqlanib qolgan. Asar- lari dialog shaklida yozilgan. Ular- dan muhimlari: &#8220;Apologiya&#8221; (Sokrat- ni qimoya qilish), &#8220;Kriton&#8221; (qonunni hurmag qilish haqida), &#8220;Laxet&#8221; (mardlik haqida), &#8220;Xarmid&#8221; (aql b-n ish qilish haqida), &#8220;Menon&#8221; (notiqlik san&#8217;ati mohiyati haqida), &#8220;bazm&#8221; (Eros haqida), &#8220;Fedr&#8221; (eydoslar haqidagi ta&#8217;limot), &#8220;Fedon&#8221; (adolat haqida), &#8220;Davlat&#8221; (ado- lat haqida), &#8220;Teetet&#8221; (bilim haqida), &#8220;Timey&#8221; (kosmologiya), &#8220;qonunlar&#8221;, &#8220;Si- yosatdon&#8221;, &#8220;Fileb&#8221; va b. P.ning asarlari asrlar davomida G&#8217;arbda, Sharqda ma&#8217;lum va mashhur bo&#8217;lgan, ko&#8217;p tillarga tarjima qilingan, ularga sharxdar yozilgan. &#8220;Dav- lat&#8221; asariga Ibn Rushd, &#8220;qonunlar&#8221;ga Forobiy sharhi e&#8217;tiborga loyiq. Foro- biyning sharhi &#8220;Talxi-Su navomisi Af- lotun&#8221; (&#8220;Aflotun qonunlari mohiyati&#8221;) deb ataladi. Bu asar 1993 y. &#8220;Fozil odamlar shaxri&#8221; kitobida nashr etilgan. 2002 y. Aflo-tunning &#8220;qonunlar&#8221; asari Toshkentda uzbek tilida nashr etildi. Yozuvchi omon Muxtorning &#8220;Aflotun&#8221; ro- mani chop qilindi (T., 1998). Abdulla Ayupov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Platon (Platon) Afinalik, Aflo- tun (haqiqiy ismi Aristokl; mil. AV. taxm. 427.27.5 \u2014 Afina \u2014 347) \u2014 yunon faylasufi, platonizm asoschisi. So- kratttg shogirdi. Sokrat unga &#8220;P.&#8221;(keng elkali, keng ko&#8217;krakli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/platon-platon-afinalik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-118115","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118115","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=118115"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118115\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":118124,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118115\/revisions\/118124"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=118115"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=118115"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=118115"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}