{"id":118152,"date":"2024-05-09T11:30:08","date_gmt":"2024-05-09T08:30:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=118152"},"modified":"2024-05-09T11:30:15","modified_gmt":"2024-05-09T08:30:15","slug":"pestisidlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/pestisidlar\/","title":{"rendered":"Pestisidlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Pestisidlar (lot. pestis \u2014 maraz, caedo \u2014 o&#8217;ldiraman), zaharli kim-yoviy moddalar \u2014 o&#8217;simlik zarar- kunandalari va kasalliklari, begona o&#8217;tlar, shuningdek, yog&#8217;och, paxta tolasi mahsulotlari, jun, teri zararkunan- dalari, uy hayvonlarining xavfli ka- salliklari qo&#8217;zg&#8217;atuvchilariga qarshi kurashishda foydalaniladigan kimyoviy moddalar. Shuningdek, auksinlar, gib- berellinlar, defoliantlar, desikant- lar, retradantlar ham P.ga kiritiladi. P. tirik organizmlar hujayralariga ki-rib ularning fizik va kimyoviy xusu- siyatlarini o&#8217;zgartiradi. Hujayraning oqsil va b. moddalari b-n kimyoviy re-aktsiyaga kirishib, ularni cho&#8217;kmaga tushiradi, fermentlar faolligini za- iflashtiradi, modda almashinuvi ja- rayonini buzadi va hujayrani halokatga olib keladi. P. qo&#8217;llanish ob&#8217;ekti, organizm ichiga kirish yo&#8217;li, ta&#8217;sir qilish xarakteri va kimyoviy tarkibiga ko&#8217;ra tas-niflanadi. Qanday zararli organizmga qarshi ish- latilishi, ya&#8217;ni qo&#8217;llanish ob&#8217;ektiga qarab, P. quyidagi turlarga bo&#8217;linadi: insektisidla \u2014 hasharotlarni qirib tashlaydigan vositalar; antifidantlar \u2014 o&#8217;simliklar va materiallarni zarar- kunandalardan saqlaydigan moddalar; akarisidlar \u2014 o&#8217;simlikxo&#8217;r kanalarga; nematisidlar \u2014 o&#8217;simlik nematodala- riga; limasidlar \u2014 shilliqkurtlarga; Rodentisidlar \u2014 kemiruvchilarga; fungisidlar \u2014 zamburug&#8217;lar qo&#8217;zg&#8217;atuvchi kasalliklar-ga:bakterisidlar \u2014 bakte- riyalarga; gerbitsidlar \u2014 q.x. ekinlari orasidagi begona o&#8217;tlarga; arborisidlar \u2014 buta va chala buta o&#8217;simliklarga qarshi qo&#8217;llaniladigan vositalar; attraktant- lar \u2014 hasharotlarni jalb qiluvchilar, repellentlar \u2014 hasharot va qushlarni cho&#8217;chitadigan moddalar, algisidlar \u2014 suvo&#8217;tlarga qarshi qo&#8217;llaniladigan preparatlar va h.k. Kompleks ta&#8217;sir kuchiga ega bo&#8217;lgan P. ham bor. Mas, urug&#8217;likni dorilashda ishlatiladigan P. fungisid, bakteri- tsid, insektisid va b. vazifalarni baja- rishi mumkin. P.ning organizm ichiga kirish yo&#8217;li va ta&#8217;sir qilish xarakteriga ko&#8217;ra tas- niflashga zararkunandalarning ozikla- nishi asos bo&#8217;ladi. Mac, kemiruvchi og&#8217;iz apparatiga ega bo&#8217;lgan hasharotlar (chi- girtkalar, qo&#8217;ng&#8217;iz lichinkalari va etuk shakllari, kapalak qurtlari)ga modda- lar ularning og&#8217;zi orkali ichiga tushga- nida, sanchib-so&#8217;ruvchi og&#8217;iz apparatli hasharot (o&#8217;simlik bitlari, qandalar)ga esa zaharli vositalar ular tanasiga tek- kanida, ya&#8217;ni teri qoplami orqali (sir- tdan ta&#8217;sir qiluvchi P.) ta&#8217;sir kidali; bug&#8217;yo gaz holidagi zaharli kimyoviy mod- dalar nafas yo&#8217;llari orqali, shuningdek, o&#8217;simlik yoki hayvon shirasi b-n ozikla- nadigan hasharotlar to&#8217;qima-siga osongi- na singib, zaharlaydi. P. begona o&#8217;tlar, kasalliklar va za- rarkunandalarga qarshi kurashda eng sa- marali usullardan hisoblanadi. P. orga- nik va noorganik birikmalarning turli sinflariga mansub. Ularning ko&#8217;pchiligi sun&#8217;iy yo&#8217;l b-n olinadi. Eng muhim P. xlororganik va fosfororganik birik- malar, karbamin kislota hosilalari, o&#8217;simliklardan olinadigan (piretro- idlar), triazinlar ki-radi. Anorganik P.dan mis, oltingugurt va b. element- larning birikmalarini ko&#8217;rsatish mum- kin. Xlororganik P. universalligi b-n afzaldir. Ular juda ko&#8217;p tur zarar- kunandalarni yo&#8217;q qiladi, ta&#8217;sir kuchi uzoq muddat saqlanadi va issiqqonli hayvonlar uchun xavfi kam. Xlororga- nik P.ning kamchiligi ularning tashqi muhit, tuproq, o&#8217;simlik va suvda kimyo- viy jihatdan barqarorligi, ya&#8217;ni uzoq vaqtgacha parchalanmay saqlanib turi- shidir. Bu esa preparat qoldiklarining o&#8217;simlik mahsulotlari va hayvon orga- nizmi tarkibida yigilib qolishga olib kelishi mumkin. DDT kabi juda barka- ror preparatlardan foydalanish man qilingan. Fosfor organik P. yukrri biologik aktivlikka ega. Bu birikmalar o&#8217;simlik ichiga singib kirish va zahar kuchini ancha vaqt saqlab turish xususi- yati b-n boshqalardan AJ-ralib turadi. Ba&#8217;zilari barg yoki ildiz orkali sin- gib, oziq moddalari eritmasi b-n birga o&#8217;simlik tomirlari sistemasi bo&#8217;ylab tarqaladi. Bundan o&#8217;simlik shirasi b-n oziklangan zararkunandalar zaharlanib nobud bo&#8217;ladi; bu birikmalar ichdan ta&#8217;sir qiluvchi preparatlar deb ata- ladi. Boshqa guruh moddalari o&#8217;simlik to&#8217;qimalariga yuza singib, tomirlar orqali tarqalmaydi va qisman singuvchi preparatlar deb ataladi. Bular organizm ichida tana yuzasidagiga nisbatan ko&#8217;proq barqaror saqlanadi va bargning ishlov berilmagan orqa qismidagi zararkunan- dalarni ham nobud qiladi. Fosforor- ganik P.ga mansub insektisidlar, Fun- gisidlar, nematosidlar va gerbitsidlar bor. Deh-qonchilikda bunday insektisid va akarisidlardan fosfamid (bi-58), fozalon, karbofos, zolon va b.dan ko&#8217;p foydalaniladi. Sintetik piretroidlar bir necha tur o&#8217;simlik gullaridan olinadigan pire- trum moddasining analogi-dir. Keyin- gi yillarda piretroidlardan ko&#8217;pgina o&#8217;simliklarni zararkunan-dalardan himoya qilishda ko&#8217;p foydalanilmoqda. Bu birikmalar tanlab ta&#8217;sir qilish xususiyatiga ega. Ulardan juda kam (bir gektarga bir necha gramm ta&#8217;sir qiluvchi modda hisobida) sarf qilinganida ham zararkunandalarga samarali ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. O&#8217;zbekistonda sintetik pire- troidlardan ambush, tsimbush, ripkord, sumisidin, desis va b.ni qo&#8217;llashga rux- sat berilgan. Ol-tingugurtli P. oddiy oltingugurt (oltingururt kukuni, kol- loidli oltingugurt, ohak-oltingugurt qaynatmasi va b.) asosida ishlab chiqariladi; bundan tashqari, oltingu- gurtli organik birikmalar ham mavjud. P. namlanadigan kukunlar, emul- siyalarning kontsentratlari, pastalar, granulalar, dustlar, aerozollar, suv- li eritmalar, eruvchan kukunlar va b. ko&#8217;rinishida ishlab chiqariladi. Shu b-n birga ularning tarkibida boshqa qo&#8217;shimcha komponentlar ham (suyulti-ra- digan, to&#8217;ldiradigan) uchraydi. P. purkash, changlatish, fumigasiya va boshqa usullarda qo&#8217;llanadi. Ayrim hollarda P.lardan noto&#8217;g&#8217;ri foydalanish flora, fauna, q. x. hayvonlari va odam- lar uchun xavfli holatlarni vujudga kel- tiradi. P.ni tanlashda ularning zaharliligi \u2014 kimyoviy moddalarning organizmni zaharlash xususiyatiga katta ahamiyat be- riladi. Zaharlilik darajasi \u2014 dozalar, ya&#8217;ni moddaning organizm hayot faoliyati- ni buzadigan yoki nobud qiladigan (taj- ribadagi hayvonlarning o&#8217;rtacha har kg vazniga to&#8217;g&#8217;ri keladigan mg hisobidagi zaharli modda) mikdori b-n belgilana- Di. P.ning zaharliligi, odatda, tajriba- dagi bir guruh hayvon (kalamush, sichqon) ma&#8217;lum qismining nobud bo&#8217;lishi b-n sarflangan dozani qiyoslab aniklanadi. P.ning bundam dozalari O&#8217;D50 (tajriba- dagi hayvonlarning 50% ni o&#8217;ldiradigan doza) belgisi b-n ifodalanadi. Qabul qilingan tasnifga ko&#8217;ra, P. zaharliligi shartli ravishda 4 guruhga bo&#8217;lingan: o&#8217;ta zaharli (O&#8217;D50 50 mg\/kg gacha); zahari kuch- li (O&#8217;d5a 50-200 mg\/kg); o&#8217;rtacha zaharli (UD50 200 \u2014 1000 mg\/kg), zaharlilik da- rajasi past bo&#8217;lgan P. (O&#8217;D50 1000 mg\/kg dan ortiq). P.ning rasmiy tavsiya qilingan doza yoki kontsentrasiyasidan ortiq olinganda, qo&#8217;llash usuli hamda muddati noto&#8217;g&#8217;ri tan- langanda, shuningdek, iqlim sharoitlari hisobga olinmaganda ular o&#8217;simlikning kuyishiga, gulchangi hayotchanligining Pa- sayishiga, urug&#8217;chining nobud bo&#8217;lishiga va natijada hosilning kamayishiga sabab bo&#8217;ladi. O&#8217;simliklar P. b-n if- loslanishi, mevasi esa badbo&#8217;y hid va yoqimsiz mazaga ega bo&#8217;lib qolishi, shu- ningdek, o&#8217;simlik sirtida bu moddalar odam va hayvonlar uchun xavfli miqdorda to&#8217;planishi mumkin. P.ning muntazam qo&#8217;llanishi tufayli, ko&#8217;pincha zararli organizmlarda ularga nisbatan chidam- lilik vujudga keladi. Zararkunandalar- ning ma&#8217;lum P.ga chidamli irklarining vujudga kelmasligi uchun har bir zarar- kunandaga qarshi mo&#8217;ljallangan prepa- ratlar turi ko&#8217;p bo&#8217;lishi va ular almash- lab qo&#8217;llanilishi kerak. P.ning odam, hayvon, o&#8217;simlik, suv va umuman atrof muhitga salbiy ta&#8217;- si-ring oldini olish uchun ularni qo&#8217;llashda faqatgina zararkunandaga emas, balki biosenozgya ham ta&#8217;sirini, ya&#8217;ni oqibatini oldindan hisobga olish kerak. P. zararkunandalarni yo&#8217;q qilib yuborish vositasidan ular sonini tar- tibga solib turadigan vosi-talarga ay- lanishi kerak. Amalda foydalanilayotgan va i. ch. ga tavsiya etiladigan P. Respubli- ka qishloq va suv xo&#8217;jaligi vazirligi huzuridagi maxsus komissiya tomonidan o&#8217;rga-nib chiqiladi va foydalanishga tav- siya etiladi. Ad.: Sistema integrirovannoy zatshi- ti xlopchatnika, T., 1976; Melnikov N. N., Pestisidi: ximiya, texnologiya i pri- menenie, M., 1987. Abdukarim Zikiryoev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Pestisidlar (lot. pestis \u2014 maraz, caedo \u2014 o&#8217;ldiraman), zaharli kim-yoviy moddalar \u2014 o&#8217;simlik zarar- kunandalari va kasalliklari, begona o&#8217;tlar, shuningdek, yog&#8217;och, paxta tolasi mahsulotlari, jun, teri zararkunan- dalari, uy hayvonlarining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/pestisidlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-118152","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118152","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=118152"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118152\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":118160,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118152\/revisions\/118160"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=118152"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=118152"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=118152"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}