{"id":118180,"date":"2024-05-09T11:36:35","date_gmt":"2024-05-09T08:36:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=118180"},"modified":"2024-05-09T11:36:38","modified_gmt":"2024-05-09T08:36:38","slug":"paxtachi-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/paxtachi-tumani\/","title":{"rendered":"Paxtachi tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Paxtachi tumani &#8211; Samarqand viloyati tarkibidagi tuman. 1935 y. 9 Fev.da Narpay tumani hududining bir qismida Paxtakor tumani nomi b-n tash- kil qilingan. 1963 y.da yana Narpay tu- maniga qo&#8217;shilgan. 1973 y. 12 apr.da P.t. nomi b-n yana Narpay tuma-nidan alohida tuman qilib ajratildi. Sharkdan Nar- pay tumani, shim, shim. -G&#8217;arb va g&#8217;arbdan Navoiy viloya-tining Xatirchi, Navoiy, Navbahor tumanlari, Jan.dan Nurobod tumani b-n chegaradosh. Mayd. 1,37 ming km2. Aholisi 114,6 ming kishi (2003). P.t.da 1 shaharcha (Ziyovuddin), 8 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Misit, Po&#8217;latchi, Sultonobod, Xayrobod, Xumor, Qarnob, Quyiboq, g&#8217;alaba) bor. Markazi \u2014 Ziyo- vuddin shaharchasi. Tabiati. Tuman viloyatning g&#8217;arbiy qismida joylashgan: Zarafshon tizma- sining davomi bo&#8217;lgan Zirabuloq va zi- yovuddin tog&#8217;lari tuman xududini ikki qismga \u2014sug&#8217;orilmaydigan keng Qarnob cho&#8217;liga va shim. \u2014 Zarafshon vodiysi- ning sug&#8217;oriladigan chap sohili tekis- ligiga ajratib turadi. Tumanning shim. qismidan (sharkdan g&#8217;arbga tomon) za- rafshon daryosi oqib o&#8217;tadi. Uning o&#8217;zani ancha past bo&#8217;lganligidan suv chiqarish qiyin. Ekinlarni sug&#8217;orishda Narpay kanalidan foydalaniladi. Kanalning 370 dan ortiq shoxobchasi bor. Tumanning dasht kismida kanal suvi nasoslar yorda- mida yuqoriga ko&#8217;tariladi. Ikli-mi ke- skin kontinental. Yiliga 230-250 mm yog&#8217;in yog&#8217;adi. Bahor iliq va seryog&#8217;in. Yozda t-rasi 42-45\u00b0ga etadi. Iyulning o&#8217;rtacha t-rasi 28\u00b0. Yanv.ning o&#8217;rtacha t-rasi \u2014g, ayrim kunlari sovuq -30\u00b0gacha etadi. Tuproqdari, asosan, bo&#8217;z tuproklardan iborat. Ba&#8217;zi joylarda sho&#8217;rxok, qumoq yoki gilli bo&#8217;z tuproqlar uchraydi. Zaraf- shon daryosi qayirida er osti suvlari yuza bo&#8217;lgani uchun katta-katta may-donlarda allyuvial jinslar ustida bot-qoq- o&#8217;tloq tuproqlar paydo bo&#8217;lgan. Yovvoyi o&#8217;simliklardan Qarnob cho&#8217;lida saksovul, efemer va efemeroidlar uchraydi, shuvoq, sho&#8217;ra, qiyoq, qo&#8217;ng&#8217;irbosh, sariq gulli beda, chayir, lolaqizg&#8217;aldoq, tuyaqorin, yantoq, Zarafshon daryosi to&#8217;qaylarida turli o&#8217;simliklar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan to&#8217;qaylarda, Ziyovuddin va Zirabuloq tog&#8217;larida tolay tovushqoni, jayra, Jay- ran, qobon, tulki, chiyabo&#8217;ri, yumronqoziq, dala sich-qoni, kalamush, ondatra va b. sut emizuvchilar; qushlardan qirg&#8217;ovul, o&#8217;tkinchi yovvoyi o&#8217;rdaklar, ko&#8217;kqo&#8217;ton, laylak, to&#8217;qay chumchuqlari, chittak, may- na, jarqaldir-g&#8217;och, ko&#8217;kqarg&#8217;a, kaptar, zag&#8217;izg&#8217;on, boy-ugli, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, kaklik va b., suv havzalarida har xil baliklar bor. Chayon, turli hasharotlar, suvilon- lar, kal-takesaklar, toshbaqa va b. uchray- Di. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuning- dek, rus, tatar, qozoq, tojik, koreys, qirg&#8217;iz, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2ga 84 kishi. Sha-harliklar 13,3 ming kishi, qishloq aholisi 101,3 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Tuman xo&#8217;jaligi, asosan, q.x.ga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari mavjud. Tumanda pax- tachilik, g&#8217;allachilik, sab-zavotchilik, polizchilik, chorvachilik va pillachilik b-n shug&#8217;ullaniladi. 1 qo&#8217;shma korxona, 22 kichik korxona, 14 aktsiyadorlik jamiyati, 15 qurilish korxonasi, xususiy do&#8217;kon va korxonalar, 6 savdo tashkiloti, 223 mai- shiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchasi mavjud (2003). Q.x.ning etakchi tarmog&#8217;i \u2014 pax- tachilik. Q.x.da sug&#8217;oriladigan erlar- ga paxta, don, poliz, sabzavot, beda, em-xashak ekinlari ekiladi. P.t.da 14 shirkat xo&#8217;jaligi, 645 dehqon-fermer xo&#8217;jaliklari bor. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida qoramol, qo&#8217;y va echki, ot, parranda boqiladi. P.t.da 47 umumiy ta&#8217;lim maktabi (25,3 ming o&#8217;quvchi), 3 kasb-hunar kolleji (1800 talaba), 45 ku- tubxona, 17 madaniyat uyi, 8 stadion, 43 sport maydonchalari mavjud. 4 kasalxo- nada 125 vrach, 250 o&#8217;rta tibbiy xodim ish- laydi. Tuman aholisiga 13 qishloq vrach- lik, 39 feldsher-akusherlik punktlari, 12 qishloq davolash am-bulatoriyalari, 19 dorixona xizmat ko&#8217;rsatadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Paxtachi tumani &#8211; Samarqand viloyati tarkibidagi tuman. 1935 y. 9 Fev.da Narpay tumani hududining bir qismida Paxtakor tumani nomi b-n tash- kil qilingan. 1963 y.da yana Narpay tu- maniga qo&#8217;shilgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/paxtachi-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-118180","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118180","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=118180"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118180\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":118187,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/118180\/revisions\/118187"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=118180"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=118180"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=118180"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}