{"id":119905,"date":"2024-05-09T17:42:55","date_gmt":"2024-05-09T14:42:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=119905"},"modified":"2024-05-09T17:42:58","modified_gmt":"2024-05-09T14:42:58","slug":"mingbuloq-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mingbuloq-tumani\/","title":{"rendered":"MINGBULOQ TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>MINGBULOQ TUMANI (1994 y.gacha Zadaryo tumani) \u2014 Namangan viloyatidagi tuman. 1952 y. 29 sent. da tashkil etilgan. Sirdaryoning chap sohilida, Markaziy Farg&#8217;onaning qo&#8217;riq va bo&#8217;z erlarida. Shim.dan viloyatning Chust va To&#8217;raqurg&#8217;on, shim.-sharqdan na- mangan, shim.-g&#8217;arbdan Pop tumanlari, Jan.-sharqdan Andijon viloyatining Ulug&#8217;nor, Jan. va Jan.-g&#8217;arbdan Farg&#8217;ona viloyati tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 0,74 ming km2. Aholisi 91,6 ming kishi (2002). Tumanda 1 shaharcha (Jomasho&#8217;y), 7 qishloq fuqarolar yig&#8217;ini (Bo&#8217;ston, Gulbog&#8217;, Go&#8217;rtepa, Dovduq, Oltinko&#8217;l, Mehnatobod, Momoxon) bor. Tuman Mar- kazi Jomashuy shaharchasi. Tabiati. Hududi, asosan, pasttekis- lik, ko&#8217;pchilik qismi qo&#8217;riq va bo&#8217;z er- lar hamda kum barxanlaridan iborat. Iklimi quruq. O&#8217;rtacha t-ra iyulda 28\u00b0. Yanv.da \u2014 3,5\u00b0. Vaqt-vaqti b-n shamol va bo&#8217;ronlar bo&#8217;lib turadi. Yillik yog&#8217;in 150-200 mm. Tuman hududidan sirda- ryo oqib o&#8217;tadi. Qo&#8217;qonko&#8217;l, Qolgandaryo, To&#8217;ng&#8217;izko&#8217;l, Tegirmonko&#8217;l kabi ko&#8217;llar bor. Go&#8217;rtepa qishlog&#8217;i yonida mineral buloq ochilgan. Erlari och tus bo&#8217;z va sho&#8217;rxok botqoq tuproq. Asosiy suv man- Bai \u2014 Sirdaryo, Oxunboboev nomli ka- nal (uz. 45 km dan ortiq), bir necha suv o&#8217;tkazish tarmoqlari va inshootlari mavjud. Yovvoyi o&#8217;simliklardan sakso- vul, tol, qamish, yulg&#8217;un, g&#8217;o&#8217;may, sho&#8217;ra va b. o&#8217;sadi. Hayvonlardan tulki, chiyabo&#8217;ri, bo&#8217;ri, quyon, ilon, kaltakesak, echkemar, yumronqoziq, ko&#8217;rsichqon, qushlardan chumchuq, musicha, qirg&#8217;iy, zarg&#8217;aldoq, qarg&#8217;a, boyo&#8217;g&#8217;li va b. bor. Aholisi ning aksari qismi o&#8217;zbeklar; rus, kirgiz, koreys, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km2 ga 123 kishi. Shaxarliklar 11,5 ming kishi, qishloq aholisi 80,1 ming kishi (2002 y.) Xo&#8217;jaligi. Tuman xo&#8217;jaligi, asosan, q.x.ga ixtisoslashgan. Sanoat, trans- port, aloqa korxonalari bor. Shirkat xo&#8217;jaliklari paxtachilik, g&#8217;allachilik, bogdorchilik, sabzavotchilik, polizchi- lik, chorvachilik b-n shug&#8217;ullanadi. Tu- manda Gulbog&#8217;paxta tozalash z-Di, 130 dan ortiq yirik, o&#8217;rta va kichik korxona, 550 ga yaqin kichik firma mavjud (2002). Q.x.ning etakchi tarmog&#8217;i \u2014 paxtachilik. M.t.da 9 shirkat xo&#8217;jaligi va fermerlar uyushmasi bor. 2001\/2002 o&#8217;quv yilida 51 umumiy ta&#8217;lim maktabi, 1 qishloq va suv xo&#8217;jaligi kolleji, 1 iqtidorli bolalar internati bo&#8217;lib, ularda 22 mingdan ziyod o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi, shuningdek, 1 lisey mavjud. Madaniyat saroyi, 27 ommaviy kutubxona faoliyat ko&#8217;rsatadi. Markaziy kasalxona (400 o&#8217;rin), poliklinika, sil kasalliklari dis-panseri (125 urin), yukumli kasalliklar kasalxonasi (65 o&#8217;rin), 4 qishloq vrachlik ambulatoriya- si, 5 qishloq vrachlik punkti, 24 fel- dsher-akusherlik punkta aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi (2002). 1953 y.dan &#8220;Istiqbol sari&#8221; tuman gazetasi chiqadi (adadi 5100).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MINGBULOQ TUMANI (1994 y.gacha Zadaryo tumani) \u2014 Namangan viloyatidagi tuman. 1952 y. 29 sent. da tashkil etilgan. Sirdaryoning chap sohilida, Markaziy Farg&#8217;onaning qo&#8217;riq va bo&#8217;z erlarida. Shim.dan viloyatning Chust va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mingbuloq-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-119905","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/119905","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=119905"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/119905\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":119922,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/119905\/revisions\/119922"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=119905"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=119905"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=119905"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}