{"id":119929,"date":"2024-05-09T17:51:16","date_gmt":"2024-05-09T14:51:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=119929"},"modified":"2024-05-09T17:51:20","modified_gmt":"2024-05-09T14:51:20","slug":"ming-bir-kecha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ming-bir-kecha\/","title":{"rendered":"&#8220;Ming bir kecha&#8221;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;Ming bir kecha&#8221; (Arab. &#8220;Alif layla va layla&#8221;) \u2014 o&#8217;rta asr Arab ada- biyoti yodgorligi. Asosan, 15-a.da Arab tilida tarkib topgan ertaklar to&#8217;plami (qo&#8217;lyozmalari 17-19-a.larga mansub). Asarning yaratilish tarixi, qaysi xalqning adabiy merosi ekanligi haqida turli fikr-mulohazalar mav- jud. Tadqiqotchilarning xulosalari- ga ko&#8217;ra, &#8220;M.b.k.&#8221;to&#8217;plamidagi ertak va hikoyatlarni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: qad. davrga mansub hind-Eron, o&#8217;rta davrga mansub Bag&#8217;dod va so&#8217;nggi davr- ga mansub Misr ertaklari. &#8220;M.b.k.&#8221;ning eng qad. asosi hind-Eron ertaklaridan iborat Eroncha &#8220;hazor afsona&#8221; (&#8220;ming ertak&#8221;) to&#8217;plami bo&#8217;lib, u 8-a.da fors tilidan Arab tiliga tarjima qilingan. O&#8217;sha davrdayoq &#8220;ming kecha&#8221; nomini olgan ushbu tarjima matni saqlanib qolmagan, uning aniq tarkibi haqida ham hech qanday ma&#8217;lumot yo&#8217;q. Arab olimi Ibn an-Nadimning yozi- shicha, bag&#8217;dodlik adib al-Jahshiyoriy (942 y. v.e.) mazkur &#8220;hazor afsona&#8221;ga o&#8217;xshatib &#8220;ming kecha&#8221; nomli ertaklar to&#8217;plamini tuzishga kirishgan, biroq 480 ta to&#8217;plagan paytda vafot etgan. 9\u2014 10-a. larga mansub, hind-Eron va Arab (Bag&#8217;dod, Basra kabi shaharlarda yaratilgan) erta- klaridan iborat &#8220;ming kecha&#8221; to&#8217;plami 12-13-a.larda Misrda yangidan-yangi mahalliy ertaklar b-n boyigan. Maj- muaning &#8220;ming kecha&#8221; o&#8217;rniga &#8220;M.b.k.\u00bb deb atala boshlanishi ham shu davrga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Nemis olimi Litmann bu o&#8217;zgarishni turkchada noaniq ko&#8217;plikni an &#8211; glatadigan &#8220;bin bir&#8221; (ming bir) ibora- si b-n bog&#8217;laydi. Keyinchalik esa &#8220;ming bir&#8221; iborasi to&#8217;plamdagi kechalarning aniq miqdori ma&#8217;nosida qabul etilgan va to&#8217;plamni shu nomga moslash uchun unga qo&#8217;shimcha materiallar kiritilgan (17-a. da asar hoz. tugallangan shaklga keldi). &#8220;M.b.k.&#8221;asarining mazmuni, voqealar tasnifi turli davrlar, Sharq xalklari va mamlakatlarining tarixi b-n uzviy bog&#8217;liq. Asar 300 dan ortiq qissa va hikoyalardan iborat bo&#8217;lib, ular- da Sharq xalqlarining urf-odatlari, or- zu-umidlari, tarixi, sarguzashtlari uz ifodasini topgan; xudbinlik, ochko&#8217;zlik, maishiy buzuklik, johillik kabi il- latlar qoralanib, poklik, rostgo&#8217;ylik, donolik, kamtarlik, sahiylik singari fazilatlar ulug&#8217;langan. &#8220;M.b.k.&#8221;kompozisiyasi &#8220;ertak ichi- da ertak&#8221; tarzida tuzilgan bo&#8217;lib, un- dagi barcha ertak, hikoyat, masallar podshoh Shahriyor va vazirning oqila qizi Shahrizoda haqidagi ertak va hikoyatlar b-n o&#8217;rab olingan. Malika- ning xiyonatidan g&#8217;azablangan Shaxriyor har kecha yotog&#8217;iga yangi ma&#8217;shuqa kelti- rishni buyuradi va ertalab uni qatl et- tiradi. Navbat Shaxrizodaga kelganda, qiz behuda qon to&#8217;kilishining oldini olish maqsadida shohga hikoya aytib bera boshlaydi va hikoya eng qiziq joy- iga kelganda, tong otib, hikoya aytishni to&#8217;xtatadi. Hikoyaning davomiga qiziqib qolgan Shahriyor qatlni keyingi kun- ga qoldiradi. Shu tariqa ming bir kecha o&#8217;tadi. Shahrizodaning aklu zakovatidan lol qolgan Shahriyor unga uylanadi. &#8220;M.b.k.&#8221;ning jahon kutubxonala- rida 40 ga yaqin qo&#8217;lyozmalari bor. Asar- ning birinchi, to&#8217;la bo&#8217;lmagan frantsuzcha tarjimasi (A. Gallan) 1704-17 y.larda nashr etilgan. Uning matnidan boshqa ko&#8217;plab Evropa tillariga ham tarjima qilingan. 1911 y. Sidqiy Xondayliqiy forscha matnidan, bir yildan keyin (1912 y.) Ahror Mahdum arabchadan o&#8217;zbekchaga qisqartirilgan holda tarjima qilgan. &#8220;M.b.k.&#8221;1959\u2014 63 y.larda Arab tilidan o&#8217;zbek tiliga to&#8217;la tarjima etildi. &#8220;M.b.k.&#8221;hikoyalari Markaziy Osiyo va Evropa xalqlarining og&#8217;zaki ijo- diga, shuningdek, jahondagi ko&#8217;pgina xalqlarning yozma adabiyotiga katta ta&#8217;- sir ko&#8217;rsatgan (mas, mo&#8217;g&#8217;ullarning &#8220;ming bir oqshom&#8221;, peruliklarning &#8220;ming bir soat&#8221;, tatarlarning &#8220;ming bir chorak soat&#8221;, suriyaliklarning &#8220;besh yuz yarim tong va b.&#8221;). Tasviriy san&#8217;at va musiqada ham shu mavzuda asarlar yaratilgan (Eron miniatyuralari; N. A. Rimskiy-Korsa- kovning &#8220;Shaxrizoda&#8221; simfonik syuita- si va b.), filmlar ishlangan: &#8220;bag&#8217;dodlik o&#8217;g&#8217;ri&#8221; (1924, AQSh), &#8220;Alouddinning sehrli chirog&#8217;i&#8221; (1967, Rossiya), &#8220;Alibo- bo va qirq qaroqchi&#8221; (1979, O&#8217;zbekiston va Hindiston ijodkorlari hamkorligida), &#8220;Shahrizodaning yana bir kechasi&#8221; (&#8220;to- jikfilm&#8221;, 1985), &#8220;muhabbat va qayg&#8217;u yulduzi&#8221; (&#8220;O&#8217;zbekfilm&#8221;, 1986) va b. Matnlar: Kniga tisyachi i odnoy nochi, v 8tomax [pod redaktsiey akad. I. Yu. Krach- kov-skogo], M. L., 1929-30; ming bir kecha, 1 \u2014 8 j.lar, T., 1959-63. Ad.: Gorster A., Krimskiy A., K li- teraturnoy istorii &#8220;tisyachi i odnoy nochi&#8221;, M., 1900; Estrup I., Issledova- Nie o &#8220;1001 nochi&#8221; i sostave, voznikno- venii i razvitii, M., 1904; Gerxord M., Iskusstvo povestvovaniya, M., 1984. Habib Abdunazar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;Ming bir kecha&#8221; (Arab. &#8220;Alif layla va layla&#8221;) \u2014 o&#8217;rta asr Arab ada- biyoti yodgorligi. Asosan, 15-a.da Arab tilida tarkib topgan ertaklar to&#8217;plami (qo&#8217;lyozmalari 17-19-a.larga mansub). Asarning yaratilish tarixi, qaysi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ming-bir-kecha\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-119929","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/119929","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=119929"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/119929\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":119944,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/119929\/revisions\/119944"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=119929"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=119929"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=119929"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}