{"id":119939,"date":"2024-05-09T17:51:30","date_gmt":"2024-05-09T14:51:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=119939"},"modified":"2024-05-09T17:51:43","modified_gmt":"2024-05-09T14:51:43","slug":"milliy-iqtisodiyot-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/milliy-iqtisodiyot-2\/","title":{"rendered":"Milliy iqtisodiyot"},"content":{"rendered":"\n<p>Milliy iqtisodiyot &#8211; ijti- moiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi mil- lat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, o&#8217;zgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va b. ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlari, ular b-n shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega bo&#8217;lgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor ta&#8217;si- ridan xoli bo&#8217;lgan milliy xo&#8217;jalik si- stemasi. M.i. kapitalizmning vujudga kelishi va qaror topishi b-n bog&#8217;liq bo&#8217;lib, eng avvalo, Angliyada shakllan- Di. Hoz. paytda M.i.ning kapitalistik, sosi-alistik, postsosialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapita- listik yo&#8217;nalishli kabi turlari ma&#8217;lum. Shu b-n birga har bir muayyan turdagi iqtisodiyotining o&#8217;z milliy modella- ri va shakllari bor. Mas, kapitalistik M.i.ning amerikacha, evropacha va yaponcha turlari, milliy modellari va ularning &#8220;aralash iqtisodiyot&#8221; deb atalayotgan zamonaviy shakli bor (q. Iqpgisodiy taraqqiyot modeli). Rivojlangan mamla- katlardagi &#8220;aralash iqtisodiyot&#8221; xusu- siy va davlat kapitallariga asoslangan hamda bozor va davlat tomonidan tarti- blanadigan, boshqariladigan, umumdemo- kratik tamoyillar xam karor topa bora- yotgan kapitalistik M.i.dir (q. Davlat kapitalizmi). Zamonaviy sosialistik M.i. Xitoy, Vetnam va Kubada mavjud bo&#8217;lib, unga eng muhim tarmoqlarda sosialistik dav- lat mulkini va korxonalarini saqlab qolgan holda, xususiy mulkchilikka, to- Varli-pulli xo&#8217;jaliklarga va bozor mu- nosabatlariga keng yo&#8217;l ochilmoqda (q. Davlat sosializmi). Sharqiy Evropa mamlakatlarida va SSSRda o&#8217;ta markazlashgan ma&#8217;muriy- davlat sosializmi inqirozga uchrab, parchalanishi natijasida vujudga kel- gan yangi mustaqil davlatlarda (Pol- sha, Rossiya va b.da) postsosialistik M.i.ga aylanmoqda. Boshqa ba&#8217;zi post- sosialistik mamlakatlarda, jumladan, O&#8217;zbekistonda o&#8217;ziga xos demokratik, bozorga asoslangan umumdemokratik M.i. shakllantirilmoqda. O&#8217;zbekiston mustaqilligining dastlabki o&#8217;n yili- da mamlakatda umummilliy va xususiy mulkchilikka asoslangan ko&#8217;p ukladli M.i. \u2014 xilma-xil xususiy va davlat xo&#8217;jaliklari sistemasi shakllandi. Unda xususiy sektor ustuvor o&#8217;ringa, aso- siy mavqega ega bo&#8217;ldi. Xo&#8217;jalik yurituv- chi sub&#8217;ektlarning mutlaq ko&#8217;pchiligini yakka shaxsiy, guruhiy, shirkat, jamoa, aktsiyali korxonalar, fermer va dehqon xo&#8217;jaliklari tashkil etadi; ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi uchdan ikki qismdan oshib ketdi va tobora o&#8217;smoqda. Milliy ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish zarurati iqtisodiy resurslar- dan samarali foydalanishni, tovarlar va xizmatlarning ijtimoiy zarur MAK- simal hajmlariga erishishni taqozo eta- Di. Ayniqsa, ijtimoiy zarur mahsulot (tovar) i.ch., uni zarur mik,dorlarda va sifatlarda, tabiatni asrab-avaylab, ekologiyani yaxshilab i.ch. har qanday M.i.ning asosiy krnunidir. M.i.ning ishlab chiqarish va no-ishlab chiqarish sohalari o&#8217;rtasida maqsadga muvofiq nisbati ta&#8217;minlanishining, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning va ko&#8217;rsatiladigan xizmatlarning mumkin qadar ijtimoiy zarur yuqori hajmlarda bo&#8217;lishining muhim sharti fantexnika taraqqiyotini tezlashtirish, zamonaviy va samarali texnologiyalarni qo&#8217;llash, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ishlashni xoxlovchi barcha mehnatga Qobil kishilarning ish b-n ta&#8217;minlanishiga erishishdir. Birinchi navbatda, moddiy i.ch. sohasini intensiv rivojlanti- rish, mahsulot hajmini, ayniqsa, sof mahsulot hajmini sarf-xarajatlarning va aholining o&#8217;sishiga nisbatan tezroq o&#8217;stirish M.i. va iqtisodiy taraqqiyot mu- ammolarini hal etishning, uni uzluksiz yuksaltirishning bosh yo&#8217;lidir. Bundan tashqari M.i.ning sanoat, q. x., qurilish, transport, aloqa va b. tarmoqlari ichida hamda shu tarmoqlar o&#8217;rtasida barqaror, o&#8217;suvchan tarkibiy o&#8217;zgarishlar va maqsadga muvofiq nisbatlar, mutanosi- bliklar bo&#8217;lishi muhimdir. Fuqaroviy va harbiy i.ch.lar nisbati ham to&#8217;g&#8217;ri, me- &#8216;yorida bo&#8217;lishi kerak. Ishlab chikarilayo- tgan tovarlarning va ko&#8217;rsatilayotgan xiz- matlarning asosiy qismi, birinchi na- vbatda, ichki bozor talab-ehtiyojlarini qondirishga yo&#8217;naltirilishi, eng avvalo ichki bozorni sifatli va arzon milliy tovarlar b-n to&#8217;yin-tirish (to&#8217;ldirish) maqsadga muvofiqtsir. Shu b-n birga tashqi iqtisodiy aloqalarni har tomon- Lama kengaytirish, jahon iqtisodiyotiga tobora qo&#8217;shilib borish, uning imkoniyat- laridan samarali foydalanish ob&#8217;ektiv zaruratdir, xo&#8217;jalik yurituvchi sub&#8217;ekt- larga, aholiga soliq yukini engillatish, davlat byudjetini va undan qilinadigan sarf-xarajatlarni optimallashtirish, inflyasiyani jilovlash kabilar M.i.ning rivojlanishiga jidtsiy va ijobiy ta&#8217;- sir etadi. Ad.: Karimov I. A., O&#8217;zbekiston \u2014 bozor munosabatlariga o&#8217;tishning o&#8217;ziga xos yo&#8217;li, T., 1993; Makkonnel K.R., Bryu S . L ., Ekonomiks: printsipi, problem i politika. V 2 t. Per.s angl. t. 1., 1993; Tux liev N.T., Taksanov A., Nasional- Naya Ekonomicheskaya model Uzbekistana, T., 2000. Erlis Alqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Milliy iqtisodiyot &#8211; ijti- moiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi mil- lat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, o&#8217;zgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va b. ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlari, ular &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/milliy-iqtisodiyot-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-119939","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/119939","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=119939"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/119939\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":119955,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/119939\/revisions\/119955"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=119939"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=119939"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=119939"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}