{"id":120026,"date":"2024-05-09T18:59:19","date_gmt":"2024-05-09T15:59:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120026"},"modified":"2024-05-09T18:59:27","modified_gmt":"2024-05-09T15:59:27","slug":"mehmed-ii-fotih","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mehmed-ii-fotih\/","title":{"rendered":"MEHMED II FOTIH"},"content":{"rendered":"\n<p>MEHMED II FOTIH (1432-1481) -Usmonlilar sulolasiga mansub turk sultoni (1444-46, 1451-81). Murod II ning 4-farzandi. M. II F. turk, Arab, fors, yunon, slavyan tillarini bilgan. Turk qo&#8217;shinlarining yurishiga shaxsan ko&#8217;mondonlik qilib, jahongirlik siyosa- ti yurgizgan. 1452 y.ning martida M. II F. buyrugiga binoan, Bosforning Osiyo qismida Boyazid I Yildirim tomoni- dan barpo etilgan ana-do&#8217;lihisorning qarama-qarshisida, ya&#8217;ni Bosforning Ev- ropa qismida ru-melihiyura quriladi. Natijada Bosfordan suzib o&#8217;tayotgan xorijiy kemalarni bojxona tekshi- ruvidan o&#8217;tkazish imkoniyati tug&#8217;iladi. 1453 y.ning martida M. II F. 150 ming kishilik qo&#8217;shin, 80 harbiy kema va 300 dan ortiq yuk kemalari b-n Vizantiya poytaxti Konstantinopol tomon yurish boshlagan. Qirq kunlik (18 apr. \u2014 29 may) qamaldan so&#8217;ng shahar zabt etilgan. Konstantinopolning turklar tomonidan zabt etilishi yakunlanadi. Konstantino- polning qulashi Vizantiya imperiyasiga xotima yasagan va, aksincha, Usmonli turk imperiyasini jahondagi eng qudratli saltanatlardan biriga aylaniishga olib kelgan. Shahar turkcha Istanbul deb nomlana boshlagan. M. II F. shundan so&#8217;ng Bolqon hamda Markaziy Evropa mamlakatlarini zabt etishga kirishgan. Dastlab u Serbiyaga zarba bergan, ammo, 1456y.ning 27 iyulida Belfad ostonasv- da Yanosh Xu-nyadi lashkari b-n bo&#8217;lgan jangda mag&#8217;lubiyatga uchragan. 1459 y. tur- klar Serbiyani, 1460 y. Moreyani, 1463 y. Bosniyani, 1476 y. Valaxiyani, 1478-79 y. Albaniyani o&#8217;z tasarrufiga kiritgan- lar. M. II F. 10 yildan ziyod muddat da- vomida Karaman beyi hamda oq qo&#8217;yunli davlati hukmdori uzun Hasanga qarshi siyosiy kurash olib borib butun kichik Osiyoda o&#8217;z hokimiyatini o&#8217;rnatgan. 1475 y. M. II F. Kafa, Kerch, sudak singa- ri qora va Azov dengizi bo&#8217;ylaridagi shaharlarni istilo etib, Qrim xonli- gini o&#8217;ziga vassal qilgan. 1461 y. savdo yo&#8217;lidagi mu-him yunon davlati Trape- Zund (Trabzon) ni M. II F. jangsiz egal- lagan. Turk qo&#8217;shinlarining zafarli yurishlari M. II F.ni Evropaning Ven- griya, Italiya, Germaniya kabi davlatlari hududlarini ham istilo qilish rejasi- ni tuzishga ruhlantirgan. 1480 y. 300 ke- maga joylashgan 100 ming nafar qo&#8217;shin Jan. Italiyaning Otrango sh. tomon yo&#8217;l oladi va uni 2 haftalik qamaddan so&#8217;ng qo&#8217;lga kiritgan. Shahar aholisining yarmi qirib tashlanib, 8 minggi qulga aylantirilgan. Shunga qaramay, M. II F. ning ushbu yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Italyanlar kuchlarini bir erga jamlab turklarga bir qancha kuchli zarba- lar berishgan. M. II F. taxt vorisi bo- Yazid II buyrug&#8217;iga muvofiq, xos tabibi tomonidan zaharlab o&#8217;ldirilgan. M. II F. davrida Usmonli turk imperiyasining ilk qonunlar majmu-asi (&#8220;Qonunnoma&#8221;) tuzilgan. M. II F. harbiy va ma&#8217;mu- riy boshqaruv islo-hoti o&#8217;tkazib, ar- miya va davlatni mustahkamlagan. U olim va fuzalolarga homiylik qilgan, qurilish ishlariga katta e&#8217;tibor bergan, hukmronligi davrida mamlakatda 380 ta masjid qurdirgan, Istanbul untiga asos solgan. M. II F. fors, yunon va Arab ada- biyotini yaxshi bilgan, o&#8217;zi ham &#8220;Avniy&#8221; ta-xallusi b-n she&#8217;riy devon bitgan. Ad.: Novichev A. D., Istoriya Tursii, t. 1-4, L., 1963-78; Petrosyan Yu. A., OS- manskaya imperiya. Mogutshestvo i Gibel, M., 1990; Ransimen S, Padenie Konstan- tinopolya v 1453 godu, M., 1983.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MEHMED II FOTIH (1432-1481) -Usmonlilar sulolasiga mansub turk sultoni (1444-46, 1451-81). Murod II ning 4-farzandi. M. II F. turk, Arab, fors, yunon, slavyan tillarini bilgan. Turk qo&#8217;shinlarining yurishiga shaxsan ko&#8217;mondonlik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mehmed-ii-fotih\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120026","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120026","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120026"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120026\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120052,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120026\/revisions\/120052"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120026"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120026"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120026"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}