{"id":120027,"date":"2024-05-09T18:59:21","date_gmt":"2024-05-09T15:59:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120027"},"modified":"2024-05-09T18:59:30","modified_gmt":"2024-05-09T15:59:30","slug":"memorlik-orderlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/memorlik-orderlari\/","title":{"rendered":"Me&#8217;morlik orderlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Me&#8217;morlik orderlari (lot. ordo, Frans. ordre \u2014 tartib) \u2014 ustun va to&#8217;sinlardan iborat qurilmalarda tur- li qismlarning o&#8217;zaro muvofiq bo&#8217;lishi, ularning tarkibiy va badiiy uslubi. M. o.ga xos belgilar qad. Sharq me&#8217;morli- gida bor bo&#8217;lsa ham, lekin ular muayyan va o&#8217;zgarmas tartibqonun asosida yunon me&#8217;morligida (mil. AV. 5-a.dan boshlab) tatbiq va tartib etila boshladi. Mum- toz orderlarning nomi Yunonistondati mahalliy qabila va manzillar nomidan olingan. M. o. ustun tanasi (kolonna), boshasi (kapitel) va poyustun \u2014 kursi (baza)dan tashkil topadi. To&#8217;sin qismi ustma-ust joylashgan arxitrav (bosh ustun), Friz va karnizdan iborat bo&#8217;lib, ular birgalikda antablementni tashkil etadi. Doriy orderi nisbatan sodda, Le- kin kuch-qudrat ramzi hisoblanadi. Eng etuk namunalarini Afina Akro-po- lidagi mashhur Parfenon va Propilei ehromlarida ko&#8217;rish mumkin. Qad. nus- xasi esa Pestum (kichik Osiyoning qad. shahri)dagi Poseydon ehromi xarobala- rida saqlangan. Doriy orderining ustun tanasi tepaga torayib boradi. Kapitel ham sodda bo&#8217;lib, u kvadrat taxtacha (abak) va og&#8217;irlikni bir maromda ushlab turuv- chi yumaloq yostiqcha (exin)dan iborat. Abakning ustiga to&#8217;sin yog&#8217;ochi \u2014 arxitrav qo&#8217;yiladi. Frizning sal bo&#8217;rtib chiqqan qismi (triglif) va uning orasidagi kvadrat taxtacha (Meton)lar b-n to&#8217;g&#8217;ri burchaklar- ga bo&#8217;lingan. Ioniy orderi nazokat ramzi hisoblanadi. Mumtoz namunalari Afina Akropolidagi Erexteyon, Nika Apteros ehromlari va Propilei (darvoza)da ish- latilgan. Orderning bazasi murakkab, tanasi esa kannelyura (novsimon) shak- lda, kapitel \u2014 Qo&#8217;chqor shoxidek ikki tarafga burilgan volyutalar va ular ora- sidagi tuxumsimon ioniklardan tashkil topgan. Arxitrav frizi tekis bo&#8217;lib, ba&#8217;zan unga relef ham ishlanadi. Kar- niz qismida qator tishchalar bor. Korinf orderi birinchi marta Yuno- nistondagi Apollon ehromi bassa (qad. shahar)da qo&#8217;llangan. Mumtoz namunalari esa mil. AV. 4-a.da qurilgan Lisikrat, Shamol burji kabi bi-nolarda joriy etilgan. Bu order ioniy va doriy order- laridan ancha keyin shakllangan bo&#8217;lib, ulardan barcha nozik sifatlarni o&#8217;zida mujassamlashtirgan. Bular chukur savat shaklidagi kapiteli va karniz ostida- gi medalonlari b-n ajralib turadi. M. o. orasida Korinf orderi eng nafis va chiroylisi hisoblanib, odatda, savat ko&#8217;targan sarvqomat qizga o&#8217;xshatiladi. Qad. davrda tashkil topgan M. o. Beji- Rim tuzilgan bo&#8217;lib, me&#8217;morlar ularni deyarli o&#8217;zgartirmay foydalanmoqdalar. Kad. Misr orderlari tizimi o&#8217;simlik dunyosi \u2014 papirus, Lotos va palma darax- ti shakliga xos uslublashtirilgan, ustun tanasi dumaloq (aylana), ba&#8217;zan 8 va 16 qirrali shaklda, kapiteli g&#8217;uncha yoki ochi- layotgan gul shaklida ishlangan. M. o. tur- li tarixiy davrlarda me&#8217;mor nazariyot- chi (Brunelleski, Alberti, Palladio va b.)lar ijodida katta qiziqish uyg&#8217;otgan. Vitruviy doriy orderini erkak tanasi go&#8217;zalligiga va mustahkam qo&#8217;rg&#8217;onga, io- niy orderini esa nazokatli ayol tanasiga qiyoslagan. O&#8217;rta Osiyoda M. o. Kushon me&#8217;morli- gida (Baqtriya, yangi Nisa ibodatxonala- ri qurilishida), Axomaniylar davrida Xorazmda qo&#8217;llanilgani ma&#8217;lum. 20-a. boshlarida A. Boboxonov, A. Petrosov, L. Karash, V. Dmitriev kabi me&#8217;morlar ijodida tektonik orderlar bezaklar bilan boyitilgan: Toshkentda- gi S. Rahimov nomli kinoteatr (1952), Chirchikdagi kimyogarlar (1956) va Beko- boddagi metallurglar (1950\u2014 60) mada- niyat saroylarining bosh tarzi va b. Po&#8217;lat Zohidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Me&#8217;morlik orderlari (lot. ordo, Frans. ordre \u2014 tartib) \u2014 ustun va to&#8217;sinlardan iborat qurilmalarda tur- li qismlarning o&#8217;zaro muvofiq bo&#8217;lishi, ularning tarkibiy va badiiy uslubi. M. o.ga xos belgilar qad. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/memorlik-orderlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120027","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120027","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120027"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120027\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120053,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120027\/revisions\/120053"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120027"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120027"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120027"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}