{"id":120037,"date":"2024-05-09T18:59:45","date_gmt":"2024-05-09T15:59:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120037"},"modified":"2024-05-09T19:00:00","modified_gmt":"2024-05-09T16:00:00","slug":"metod-4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/metod-4\/","title":{"rendered":"Metod"},"content":{"rendered":"\n<p>Metod (Yun. metodos \u2014 bilish yoki tadqiqot yo&#8217;li, nazariya, ta&#8217;limot) \u2014 vo-qelikni amaliy va nazariy egallash, o&#8217;zlashtirish, o&#8217;rganish, bilish uchun yo&#8217;l- yo&#8217;riklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli. M.ning kelib chiqish tarixi kishilar- ning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish M.ini egalla- gan kishi shu ishni boshqalarga nisba- tan oson, tez va soz bajara oladi. M.ni egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun ko&#8217;p vaqt va kuch sarflaydi. M. o&#8217;z mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda bo&#8217;lishi mumkin. Insonning ama- liy faoliyatiga oid M.lar ham voqelikka xos bo&#8217;lgan qonuniyatlarni anglab etish, bilib olishga borib taqaladi. M.lar haqidagi ta&#8217;limot fanda metodologiya deb ataladi. Inson dastlab atrofdagi narsa va hodisalarni kuzatish, ularni bir-biriga taqqoslash, o&#8217;xshatish, farq qilish asosida voqelik haqida bilim- larini to&#8217;plab borgan. Voqelik haqidagi fanlar rivojlanishi b-n fanlarda qo&#8217;llaniladigan yo&#8217;l-yo&#8217;riqlar, M.lar ham takomillashib borgan. Fanning ama- liy (empirik) va nazariy M.lari vujud- ga keldi. Fan M.larining asosiy mazmunini amaliyotda sinalgan ilmiy nazariyalar riya mohiyati jihatidan M. funktsiyasiga egadir. M., o&#8217;z navbatida, yangi ilmiy na- zariyalar va qonuniyatlarning ochilishiga vosita bo&#8217;ladi. Shu nuqtai nazardan M. b-n ilmiy nazariya funk-tsiyasiga ko&#8217;ra, bir-biridan farq qiluvchi ilmiy amal hisoblanadi. Falsafa va fanlar tarixida ilmiy M.ning mohiyatini tadqiq etish, Yan- gi-yangi M.larni kashf etish alohida ahamiyatga egadir. Har qanday bukj ilmiy kashfiyotlarga nisbatan olim- ning biror yangilikni kashf qilishda qo&#8217;llagan ilmiy M.i ko&#8217;proq ahamiyatga egadir, chunki boshqa kashfiyotchilar ham shu olim qo&#8217;llagan ilmiy M.ga tayanib ko&#8217;plab kashfiyotlarni ochishi mumkin. Bilish M.lari voqelikni qamrab olishi jihatidan 3 turga bo&#8217;linadi: yalpi umumiy bilish M.lari \u2014 hamma fanlar- da va bilishning barcha bosqichlarida ham ko&#8217;llaniladigan umumiy va uni- Versal M.lar \u2014 metodologiya; umumiy bilish M.lari \u2014 bir qancha yoki barcha fanlarda qo&#8217;llaniladigan va bilishning muayyan bosqichi (empirik, nazariy yoki empirik bosqichdan nazariy bosqichga o&#8217;tish chegarasi)da qo&#8217;llaniladigan bi- lish M.lari; xususiy yoki maxsus M.lar \u2014 ayrim fan doirasida qo&#8217;llaniladigan bilish M.lari. O&#8217;rta Osiyo olimlaridan Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va b. fan M.larini rivojlantirganlar. Xoraz- miy olimlarni uchga bo&#8217;lib, ularning bir qismi ilmiy kashfiyotlarni ochishda qullaniladigan yo&#8217;l-yo&#8217;riq va usullarni ishlab chiqib boshqa olimlarning ilmiy izlanishlarini osonlashtiradi, deb yoz- ganida, aynan shu M.larni ishlab chikuv- chi olimlarni nazarda tutgan. Yaqin davr Evropa faylasuf olimla- ri ham M. taraqqiyotiga salmoqli hissa qo&#8217;shishdi. F. Bekon, G. Galiley, R. Dekart, G. Leybnis singari faylasuflar M.lar haqida maxsus asarlar ham yozishdi. Hoz. zamon fanlarida ko&#8217;plab umu- miy, xususiy ilmiy M.lar qo&#8217;llaniladi. Ayniqsa, keyingi asrda modellashti- rish va matematik M.larning yangi shak- llari rivojlandi, kibernetik model- lashtirish va kompyuter modellashti- rish M.lari jamiyatning qariyb barcha sohalarida keng miqyosda qo&#8217;llanilmoqda. Zamonaviy ilmiy M.lar tadqiqotchilarga dunyo sir-asrorlarini ochishda yordam bermoqda. Baxtiyor To&#8217;raev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Metod (Yun. metodos \u2014 bilish yoki tadqiqot yo&#8217;li, nazariya, ta&#8217;limot) \u2014 vo-qelikni amaliy va nazariy egallash, o&#8217;zlashtirish, o&#8217;rganish, bilish uchun yo&#8217;l- yo&#8217;riklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/metod-4\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120037","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120037","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120037"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120037\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120069,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120037\/revisions\/120069"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120037"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120037"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120037"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}