{"id":120041,"date":"2024-05-09T18:59:12","date_gmt":"2024-05-09T15:59:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120041"},"modified":"2024-05-09T18:59:16","modified_gmt":"2024-05-09T15:59:16","slug":"mehnat-kodeksi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mehnat-kodeksi\/","title":{"rendered":"Mehnat kodeksi"},"content":{"rendered":"\n<p>Mehnat kodeksi (MK) &#8211; mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmui. U mehnat to&#8217;g&#8217;risidagi qonun hujjati hisoblanadi. Mulkchi- likning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, shu- ningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo&#8217;yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat to&#8217;g&#8217;risidagi qonunlar va b. normative hujjatlar b-n tartibga solinadi. Ama- liyotda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda bo-shqa normative hujjatlar, ayrim hollarda xalqaro mehnat tashkilotining konventsiyalari va xalqaro shart-nomalarning qoidalari ham qo&#8217;llaniladi. O&#8217;zR mehnat kodeksi O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitu- tsiyasi va xalqaro huquqiy normalar va standartlarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan. O&#8217;zbekiston Respublikasining MK 1995 y. 21 dek.da qabul qilinib, 1996 y. 1 apr.dan amalga kiritilgan. 2 qism: umumiy va maxsus qism, 16 bob va 294 moddadan iborat. Umumiy qismda mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi, mehnat haqidagi qonun hujjatlarining qo&#8217;llanish doirasi, mehnatga oid mu- nosabatlarning sub&#8217;ektlar, ularning huquq va burchlari, xodimlar va ish be- ruvchilarning vakilligi, jamoa shar- tnomalari va kelishuvlari bayon etilgan. MKning maxsus qismi ishga joylash- tirish; mehnat shartnomasi (kontrakt); ish vaqti; dam olish vaqti; mehnatga haq to&#8217;lash; kafolatli to&#8217;lovlar va kom- pensasiya to&#8217;lovlari; mehnat in-tizomi; mehnat shartnomasi taraflarining mod- diy javobgarligi; mehnatni mu-hofaza qilish; ayrim toifadagi xodimlarga be- riladigan qo&#8217;shimcha kafolat va imtiyoz- lar; mehnat nizolari; davlat ijtimoiy sug&#8217;urtasi masalalarini o&#8217;z ichiga oladi. MKning asosiy vazifasi xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini e&#8217;tiborga olgan holda, mehnat bozori- ning samarali ishlashiga, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharo-itlarini, xo- dimlarning mehnat huquklari va sog&#8217;lig&#8217;i himoya qilinishini ta&#8217;minlashga, mehnat unumdorligining o&#8217;sishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga ko&#8217;maklashadi. Anvar Inoyatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mehnat kodeksi (MK) &#8211; mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmui. U mehnat to&#8217;g&#8217;risidagi qonun hujjati hisoblanadi. Mulkchi- likning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, shu- ningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mehnat-kodeksi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120041","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120041","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120041"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120041\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120047,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120041\/revisions\/120047"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120041"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120041"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120041"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}