{"id":12006,"date":"2021-12-07T12:10:43","date_gmt":"2021-12-07T09:10:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12006"},"modified":"2025-10-15T07:59:50","modified_gmt":"2025-10-15T04:59:50","slug":"ahmad-donish-maxdum-ibn-nosir-kim-bolgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ahmad-donish-maxdum-ibn-nosir-kim-bolgan\/","title":{"rendered":"AHMAD DONISH MAXDUM IBN NOSIR kim bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>AHMAD DONISH MAXDUM IBN NOSIR (taxallusi kalla; 1826 \u2014 Buxoro \u2014 1897) \u2014 yozuvchi, rassom, xattot, olim, ma&#8217;rifatparvar. 19 &#8211; asrda Buxoro taraqqiyparvar muhitining yuzaga kelishida muhim o&#8217;rin tutgan. Tojik tilida ijod qilgan. Mudarris oilasida tug&#8217;ilgan. Ahmad Donish boshlang&#8217;ich savodni onasidan olgan, so&#8217;ng maktabda, madrasada tahsil ko&#8217;rgan. Adabiyot, tarix, falsafa, tibbiyot, matematika, astronomiya ilmini mustaqil o&#8217;rgangan. Xattotlik, rassomlik va naqqoshlikni yaxshi bilgan, munajjimlikdan yaxshi xabardorligi bilan Nasrumaxon nazariga tushgan. 1857, 1869, 1873 yillarda Buxoro amiri elchilarining mirzasi bo&#8217;lib, Rossiya (Peterburg) ga borgan. Safar taassurotlari asosida &#8220;Navodir ul-vaqoe'&#8221; (&#8220;Nodir voqealar&#8221;) va &#8220;Tarjimai ahvoli amironi Buxoro&#8221; (&#8220;Buxoro amirlarining tarjimai hollari&#8221;) kabi asarlar yozgan. Ularda amirlik tuzumini isloh qilish masalasini ko&#8217;gargan. Ahmad Donish Amir Muzaffar taklifi bilan &#8220;Manozir ul-kavokib&#8221; (&#8220;Sayyoralarning joylashishlari&#8221;) nomli astronomiya (ilmi nujum) ga oid kitob yozgan (1865). 1870 \u2014 73 ylarda islohot haqida &#8220;Risolai dar nazmi tamaddun va taovun&#8221; (&#8220;Madaniyat va jamiyat tartibi haqida risola&#8221;) asarini yaratgan. Biroqundagi fikrlar amirga yoqmagan va uni saroydan uzoqlashtirgan (1874). Ahmad Donish ma&#8217;lum muddat Buxoro tumanlarida qozi lavozimida ishlagan. Amir Muzaffar vafotidan so&#8217;ng Buxoroga qaytgan, madrasalardan birida mudarrislik qilgan. Ahmad Donish &#8220;Nodir voqealar&#8221; asarida fan, texnika yangiliklari, tabiat hodisalari, geografiya, insonning uzoq umr ko&#8217;rishi, koinotning kelib chiqishi, oy va Quyosh tutilishi, zilzila haqida fikr yuritgan, Yevropa ilm-fanini o&#8217;rganishga da&#8217;vat etgan. &#8220;Risolai tarixiy&#8221; nomi bilan mashhur bo&#8217;lgan &#8220;Ta&#8217;rixi saltanati xonadoni mang&#8217;itiya&#8221; asarida mang&#8217;itlar sulolasining 100 yillik hukmronligi taxlil va tadqiq qilingan. Ahmad Donish chizgan ayrim rasmlar saqlangan. &#8220;Maktab&#8221; nomli miniatyurasida xotinqizlarni o&#8217;qitish g&#8217;oyasi ilgari surilgan. 15 &#8211; asr miniatyura san&#8217;ati uslubida chizilgan &#8220;Shoir va darvish&#8221; miniatyurasi, &#8220;Majnun sahroda&#8221; nomli 2 miniatyurasi, bangining hajviy rasmi, o&#8217;zi ko&#8217;chirgan va bezagan Bedil asarlari O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. \u2116 373) va O&#8217;zbekiston davlat san&#8217;at muzeyida saqlanadi. Toshkentdagi ko&#8217;chalardan biriga Ahmad Donish nomi berilgan. Ad.: Mo&#8217;minov I., O&#8217;zbekiston ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixidan, T., 1964.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AHMAD DONISH MAXDUM IBN NOSIR (taxallusi kalla; 1826 \u2014 Buxoro \u2014 1897) \u2014 yozuvchi, rassom, xattot, olim, ma&#8217;rifatparvar. 19 &#8211; asrda Buxoro taraqqiyparvar muhitining yuzaga kelishida muhim o&#8217;rin tutgan. Tojik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ahmad-donish-maxdum-ibn-nosir-kim-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-12006","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12006","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12006"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12006\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":157934,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12006\/revisions\/157934"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12006"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12006"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12006"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}