{"id":120074,"date":"2024-05-09T19:08:56","date_gmt":"2024-05-09T16:08:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120074"},"modified":"2024-05-09T19:09:22","modified_gmt":"2024-05-09T16:09:22","slug":"metallar-strukturasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/metallar-strukturasi\/","title":{"rendered":"METALLAR STRUKTURASI"},"content":{"rendered":"\n<p>METALLAR STRUKTURASI &#8211; metallarning ichki tuzilishi manza- rasi; oddiy ko&#8217;z b-n yoki lupa va mikro- skopda, rentgen nurlari yordamida aniqlanadi. Oddiy ko&#8217;z b-n yoki lupa orqali ko&#8217;rinadigan M.s. makrostruktu- ra, mikroskopda ko&#8217;rinadigani mikro- struktura, rentgen nurlari yordamida aniqlanadigani rentgenostruk-tura dey- iladi. Makrostruktura ni aniqlashda namunaga reaktiv eritma (kuchsiz kis- lota eritmasi) ta&#8217;sir ettiriladi, ya&#8217;ni xurushlanadi, metallning ayrim kom- ponentlariga reaktiv turlicha ta&#8217;sir etganidan namunada makrorelef hosil bo&#8217;ladi. Bunday na-muna sirti makrosh- lif deb ataladi. Quyma metallning makrostrukturasi dendrit tuzilishida bo&#8217;ladi. Quyma metall bosim b-n ishlan- sa, dendritlar cho&#8217;zilib, tolalar hosil qiladi. Bunda metall makrostruktura- siga qarab, deformasiyalanganlik da- rajasini va tolalarning yo&#8217;nalishini aniqlash mumkin. Maxsus xurushlash usullaridan foydalanib, metallning bir jinsligini, ichki nuqsonlari (darz, aralashma, g&#8217;ovak va b.) ni bilish mumkin. Makrostrukturani tekshirish usuli sa- noatda va i.t. ishlarida qo&#8217;llaniladi. Metallarning mikrostruktur as i. Texnik metallarning hammasi nomunta- zam shaklli mayda kristallar \u2014 dona- lardan tuzilgan. Bularni optik yoki elek- tron mikroskop yordamidagina ko&#8217;rish mumkin. Mikro-strukturani aniqlash uchun metalldan namuna qirqib olinib, bir tomoni ko&#8217;zgudek yaltiratiladi; unga reaktiv eritma ta&#8217;sir ettiriladi. Bun- da namuna sirtida mikrorelef (mi- kroshlif) hosil bo&#8217;ladi. Mikroshlif mikroskopda kuzatilsa, mikrostruk- turasi yaqqol ko&#8217;rinadi. Mikrostruk- Turani o&#8217;rganish metallar sifatini baholashning asosiy usullaridan biri- dir. Metallarning rentgenostruk-turasi ni aniqlash uchun rentgenografiya usu- lidan foydalaniladi. Bu usul metal kristall panjarasidagi bir qator atom- larning rentgen nurlarini difraktsiya- lashga asoslangan (q. Kristall panjara, Metallografiya). Ld..To&#8217;raxonov A. S, Metallshunos- lik va termik ishlash, T., 1968.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>METALLAR STRUKTURASI &#8211; metallarning ichki tuzilishi manza- rasi; oddiy ko&#8217;z b-n yoki lupa va mikro- skopda, rentgen nurlari yordamida aniqlanadi. Oddiy ko&#8217;z b-n yoki lupa orqali ko&#8217;rinadigan M.s. makrostruktu- ra, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/metallar-strukturasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120074","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120074","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120074"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120074\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120094,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120074\/revisions\/120094"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120074"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120074"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120074"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}