{"id":120120,"date":"2024-05-09T19:14:54","date_gmt":"2024-05-09T16:14:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120120"},"modified":"2024-05-09T19:14:58","modified_gmt":"2024-05-09T16:14:58","slug":"memorial-inshootlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/memorial-inshootlar\/","title":{"rendered":"Memorial inshootlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Memorial inshootlar (lot. memorialis \u2014 xotira) \u2014 atoqli arbo- blar, halok bo&#8217;lgan qaxramonlar va mu- him tarixiy voqealar sharafiga bar-po etilgan badiiy majmua; tasviriy san&#8217;at asarlari (haykal, maqbara, qabr toshi, sag&#8217;ana, ehrom, zafar arki va b.). Muayyan bir ansamblni tashkil qiluvchi me&#8217;mo- riy yoki me&#8217;moriyhaykaltaroshlik asari ham M. i. sirasiga kiradi. M.i.ning eng kad. namunalari Misr ehromlaridir (q. Giza, dayr ul-Bahr). Mil. AV. 4-a.da Gali- karnasda shoh Mavsol kabri bunyod etil- Di va u maqbara shaklidagi M.i.ning yara- tilishiga asos buldi. Qad. Rimda harbiy yurishlardagi g&#8217;alabalar sharafiga zafar arki, ustunlar qatori o&#8217;rnatilgan. Qad. Xitoyda barpo etilgan memorial darvo- zalar, qabr ansambllari, Hindistondagi Tojmahal, O&#8217;rta Osiyodagi Somoniy- lar maqbarasi, Amir Temur maqbarasi, Pahlavon Mahmud makbarasi, Yassaviy majmuasi, Shohizinda ansam-bliaati me&#8217;moriy yodgorliklar xalq M.i.ning noyob durdonalari hisoblanadi. Evropada 18-19-a.larda an&#8217;anaviy portret haykallar o&#8217;rnida ko&#8217;proq ta- biat b-n uyg&#8217;unlashgan, atrofi bog&#8217;-Park b-n o&#8217;ralgan yovvoyi tabiat yoki manza- rali bog&#8217;lar orasidagi M.i. [frantsuz utopik loyihalari (E. L. Bulle), nemis (F. Jilli) me&#8217;morlarining ko&#8217;pgina maqbaralari] o&#8217;zaro urushlarda, janglar- da halok bo&#8217;lgan xalq qahramonlariga atab barpo etilgan (1812 y. Vatan urushi g&#8217;alabasi sharafiga qurilgan yodgorlik, 1815, me&#8217;mori A. L. Vit-Berg va b.). 19-a. davomida M.i. qurilmasi va tasavvuri- da ampir o&#8217;rni eklektika va soxta uslu- blar b-n almashtirildi, uning hisobiga yuzaki dabdabali, soxtatantanavorlik ko&#8217;rinishiga ega bo&#8217;lgan M.i. qurildi (Rimdagi Viktor Emmanuil II, 1885\u2014 1911, me&#8217;mori J. Sakkoni va b.). 20-a. 10\u2014 30 y.laridagi ko&#8217;pgina M.i. 1jahon urushi (1914-18 y.lar) qurbonlariga bag&#8217;ishlangan. Ular &#8220;Modern&#8221; an&#8217;ana- lari va milliy romantizm oqimi b-n bog&#8217;liqligi, inson tanasi mavzuini ishtiyoq b-n majoziy tasvirlanganligi b-n ajralib turadi (&#8220;Jahon iztirobla- ri&#8221;, 1915, haykaltarosh I. D. Shadr; Ri- gadagi birodarlik qabristoni ansambli, 1924-36, haykaltarosh K. Zale, me&#8217;mori A. Birzeniek va b.). Bu davr me&#8217;moriy binolari va muzeylarida neoklassisizm ruhi ustunlik qiladi (A. Linkoln me- moriali, 1914-22, me&#8217;mori g. Beken; T. Jefferson memoriali, 1939-41, me&#8217;mori J. R. Poup va b., ikkovi ham Vashingtonda). Ayniqsa, ko&#8217;p qirrali M. i. qurilishi 2ja-hon urushidan key-in boshlandi, qurilishlar ko&#8217;pincha umum- davlat ishi ruhida qabul qilindi. FA- shizm terrori qurbonlari va urushda halok bo&#8217;lganlarga, shuningdek, turli milliy tarixiy voqealarga bag&#8217;ishlangan murakkab me&#8217;moriy majmualar, ba&#8217;- zan g&#8217;amginqayg&#8217;uli, ba&#8217;zan esa yuqori jo&#8217;shqin kayfiyatdagi shakllarda yara- tildi (Florentsiya yaqinidagi qabriston, 1959; me&#8217;mori F. MAK-Kim, U. Mid va S. Uayt, haykaltarosh E. Vo; Rim yaqinidagi Via Appia majmuasi, 1951; me&#8217;mo- ri J. April va b., haykaltaroshlari F. Kochcha, Mirko; Mostordagi halok bo&#8217;lgan xaloskorharbiylar memoriali, 1960-65, me&#8217;mori B. Bogdanovich; Ger- maniyadagi fashistik konslager o&#8217;rnida barpo etilgan M.i.: Bu-xenvaldda, 1958, haykaltarosh F. Kre-mer, V. Grsimek va b. Bu inshootlar nafaqat halok bo&#8217;lganlar iztirobini eslatadi, balki fojiali voqealarga hamdardlikni, tarixga ongli munosabatda yondoshishni, insonlarni e&#8217;zozlashni tarbiyalaydi. Yangi bosqichdagi tarixiy yodgorli- klarning asosiy ahamiyatini muzeydagi ekspozisiyaning o&#8217;zi egallamay (garchi u majmuaga kirmasa ham), balki me&#8217;moriy jihatdan nafis, ifodali, yaxlit orga- nik, tabiiy relefiga tektonik bog&#8217;liq, shahar atrofidagi ob&#8217;ektiv qonunlarga asoslangan M.i. egalladi. M.i. insonni Vatan-parvarlik ruhida tarbiyalashda, yorqin emosional shaklda xalq tarixining mu-him bosqichlarini eslatishda muhim rol o&#8217;ynaydi. Za- monaviy ustalar yirik ansambllarda epik qissalardagi qahramonlarning mahobatli haykallarini yaratishga in- tiladilar. Unda etakchi rolni ta&#8217;sirchan ramziy-umumlashma obrazlar egallaydi. O&#8217;zbekistonda 1941-45 y.larda halok bo&#8217;lgan jangchilar xotirasi- ga bag&#8217;ishlangan M.i.lar, Toshkentda- gi harbiylar qabristoni yodgorligi me&#8217;morlikhaykaltaroshlik ansamb- li (1978-86; haykaltarosh V. Lunev, A. Rahmatullaev, L. Ryabtsev; me&#8217;mor- lar L. Adamov, Ya. Afanasev) urushda jarohatlanib va-FOT etgan va shu erda dafn etilgan jangchilar xotirasi- ga bag&#8217;ishlangan. Nukus (1970), Chirchiq (1972), Guliston va b. shaharlarda ham ko&#8217;pgina shunday M.i. barpo etilgan. &#8220;Jasorat&#8221; memorial majmua- si (1970) Toshkent zilzilasi (1966) oqibatlarini tugatishga bag&#8217;ishlangan yaxlit badiiy me&#8217;moriy asardir (1970; haykaltarosh D. B. Ryabichev, me&#8217;mori S. R. Odilov). O&#8217;zbekiston mustaqillikka erish- gandan so&#8217;ng prezident I. A. Karimov ta-shabbusi b-n buyuk ajdodlarimiz \u2014 Alisher Navoiy, Amir Temur, Mir- zo Ulug&#8217;bek, Mirzo Bobur, Bahouddin Naqshband, Imom Buxoriy, Ahmad al-Farg&#8217;oniy, Termiziy, Moturidiy, Burhoniddin Marg&#8217;inoniy va b.ning nomlari abadiylashtirilib, me&#8217;moriy majmualar va yodgorliklar barpo etildi. A. Navoiy (1991), Ahmad al-Fargoniy (1998), &#8220;Xotira maydoni&#8221; (1998), &#8220;Shahidlar xotirasi&#8221; (1999), Buxoriy yodgorlik majmuasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi va b. qurilishida yog&#8217;och, ganch o&#8217;ymakorligi va amaliy bezak san&#8217;a- tining o&#8217;ziga xos milliy boy merosidan keng foydalanildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Memorial inshootlar (lot. memorialis \u2014 xotira) \u2014 atoqli arbo- blar, halok bo&#8217;lgan qaxramonlar va mu- him tarixiy voqealar sharafiga bar-po etilgan badiiy majmua; tasviriy san&#8217;at asarlari (haykal, maqbara, qabr toshi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/memorial-inshootlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120120","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120120","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120120"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120120\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120124,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120120\/revisions\/120124"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120120"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120120"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120120"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}