{"id":120168,"date":"2024-05-09T19:37:08","date_gmt":"2024-05-09T16:37:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120168"},"modified":"2024-05-09T19:37:12","modified_gmt":"2024-05-09T16:37:12","slug":"marifatchilik-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/marifatchilik-3\/","title":{"rendered":"Ma&#8217;rifatchilik"},"content":{"rendered":"\n<p>Ma&#8217;rifatchilik &#8211; madaniyat va ma&#8217;naviyat sohasidagi oqim. Uning ne- gizini fan, bilim imkoniyatlariga katta ishonch tashkil qiladi. Ma&#8217;ri-fatchilar bilimlar yordamida ijtimoiy hayotdagi nomutanosibliklar va kamchiliklarni bartaraf qilish mumkinligiga ishon- ganlar. Shu nuqtai nazardan M.ni maf- kuraviy, ijtimoiy-falsafiy oqim deyish mumkin. Ilm-fanni egallash va targ&#8217;ib qilish qad. zamonlarda boshlan- gan bo&#8217;lsada, M. oqim sifatida G&#8217;arbda 17-a. oxiri \u2014 18-a. boshlarida, Sharqda esa 19-a.ning oxiri \u2014 20-a. boshlarida maydonga keldi. Yunonistonda Demokrit, Sokrat, Platon, Aristotel singari faylasuf- lar, qad. Xitoyda Konfutsiy, O&#8217;rta Osi- yoda Kaykovus, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy, Mirzo Ulug&#8217;bek, Alisher Navoiy kabi al- lomalar fanning ulkan ahamiyatini e&#8217;- tirof etib, keng targ&#8217;ib qilganlar. Ular- ning g&#8217;oyalari tom ma&#8217;nodagi M. g&#8217;oyalari edi. M. G&#8217;arbda ham, Sharqsa ham bir necha umumiy xususiyatga ega bo&#8217;lib, diniy aqidapara-stlikka qarshi qaratilgan va turlicha davom etgan. G&#8217;arb ma&#8217;rifatchi- ligining Volter, Monteske, kondi- Lyak, La-metri, Golbax, Didro, gel- vesii, Mabli, Morelli, Kondorse va b. vakillari diniy aqidaparastlikni tanqid qilish b-n cheklanmay, umuman dinga qarshi kurash olib bordilar. G&#8217;arb ma&#8217;rifatchiligi dahriylik xususiyatini kasb etdi, bu uning asosiy belgilaridan biriga aylandi. Sharq ma&#8217;rifatchiligi umu- man dinga qarshi emas, balki Di- niy aqidaparastlikka qarshi bo&#8217;ldi. Sharqdagi M.ning yirik namoyandalari Ismoil-bek Gasprinskiy, Zakiy Vali- diy, Mahmudxo&#8217;ja Behbudiy, Fitrat, Munav-varqori, Abdulla Avloniy ka- bilar diniy aqidaparastlikka qarshi keskin kurash olib bordilar, lekin bu kurash dahriylik mavqeidan emas, mo&#8221;tadil dindorlik mavqeidan olib bo- rildi. Ularning kupi dindor, ba&#8217;zilari esa (M. Behbudiy) diniy ulamo bo&#8217;lgan. G&#8217;arb ma&#8217;rifatchiligi zamindorlar va monarxiyaga qarshi kurash bayrog&#8217;i ostida o&#8217;tdi. 1789 y. Buyuk frantsuz inqilobish keltirib chiqargan sabablar orasida M. muhim o&#8217;rin tutadi. Sharq, xususan, O&#8217;rta Osiyo ma&#8217;rifatchilari keskin siyosiy ta- lablarni olg&#8217;a surishmadi. Ular jami- yatni savodli qilish orqali adolatli va farovon turmushga erishmoqchi bo&#8217;ldilar. G&#8217;arbda ma&#8217;rifatchilar ko&#8217;proq tabiiy fanlarga murojaat qilishdi. Chunki yuqorida nomlari zikr etilgan g&#8217;arblik ma&#8217;rifatchilarning deyarli barchasi ayni paytda tabiatshunos olim bo&#8217;lib, ularning ko&#8217;pchiligi tabiatshunoslik rivojiga o&#8217;z hissasini qo&#8217;shgan. Shark- da faqat tabiiy fanlarga emas, umuman ilm-fanga, sog&#8217;lom fikrga, mantiqqa mu- rojaat qilishdi. Ular xalqni ro&#8217;shno- likka chiqarishning asosiy yo&#8217;li \u2014 uni savodli qilish, ortiqcha sarf- xarajatlar talab qiladigan marosim- larga qarshi kurashda deb bilishdi. Shu b-n birga, ular diniy aqidaparastlikka qarshi kurashda faqat dunyoviy fanlar- dan emas, Qur&#8217;on oyatlari va payg&#8217;ambar hadislaridan ham foydalanishdi, zero ularning ko&#8217;pchiligi mu-ayyan diniy bi- limlarni ham egallagan edi. G&#8217;arb ma&#8217;rifatchilari cherkov tomoni- dan ta&#8217;qib va tazyiq ostiga olindi. Le- kin 17-a. oxiri \u2014 18-a. boshlarida Ev- ropada demokratik muassasalar tarkib topa boshlagani, so&#8217;z erkinligi va vij- don erkinligi tamoyillari amal qila boshlagani uchun cherkov ularga sezilarli zarba bera olmadi. O&#8217;rta Osiyoda esa 19-a. so&#8217;nggi choragida rivojlana boshlagan M. harakati vakillari ko&#8217;plab qurbon ber- dilar. 20-a. boshida jadidlar harakati (q. Jadidchilik) ikkiga bo&#8217;linib, aqidaparastlar kuchayib keta boshlagach, ma&#8217;rifatchilar ko&#8217;p talofat kura bosh- ladilar. Ularning ko&#8217;p qismi ta&#8217;qib va sazoyi qilindi. 1918-19 y.larda aqidaparast ulamolarning fatvosi b-n minglab ma&#8217;rifatchilar va ularga xayrixoh kishilar jismonan yo&#8217;qotildi. Sho&#8217;rolar davri tarix va falsafa fanida ma&#8217;rifatchilarga idealizm vakillari, deb baho berilgan. Chunki ma&#8217;rifatchilar jamiyatni rivojlantirishga inqilobiy to&#8217;ntarishlar b-n emas, yaxshilikni, ado- latni, bilimlarni targ&#8217;ib qilish yo&#8217;li b-n erishmoqchi bo&#8217;lgan edilar. Sho&#8217;rolar davlati siyosiy amaliyotida esa ularga xalq dushmanlari yorlig&#8217;i yopishtirildi, ular jazolandi yoki qatl etidtsi. O&#8217;zbekistonda mustaqillik qo&#8217;lga kiritilgach, ma&#8217;rifatchilarga istiqlolning ma&#8217;naviynazariy asoschi- lari deb baho berish ustuvorlik qila boshladi. Aslida rus mustamlakachi- ligi davrida ma&#8217;rifatchilar orasida Rossiya b-n birga rivojlanishni targ&#8217;ib qiluvchilar oz emasdi. Qanday bo&#8217;lmasin, ma&#8217;rifatchilar xalqimizning madaniy, ma&#8217;naviy rivojlanish tarixida katta o&#8217;rin tutadi. Ad:. Oyina (1914-1915 y.), T., 2001; Sharafuddinov O., Istikdol fidokor- lari: Mustafo Cho&#8217;qay, Cho&#8217;lpon, Otajon Hoshim, T., 1993; Karimov N., Milliy ozodlik kurashchilari va adabiyot, T., 1997; jadidlik va milliy istiqlol tan- tanasi (ilmiy maqolalar to&#8217;plami), T., 2002. Abdullajon Begmatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ma&#8217;rifatchilik &#8211; madaniyat va ma&#8217;naviyat sohasidagi oqim. Uning ne- gizini fan, bilim imkoniyatlariga katta ishonch tashkil qiladi. Ma&#8217;ri-fatchilar bilimlar yordamida ijtimoiy hayotdagi nomutanosibliklar va kamchiliklarni bartaraf qilish mumkinligiga ishon- ganlar. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/marifatchilik-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120168","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120168","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120168"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120168\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120174,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120168\/revisions\/120174"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120168"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120168"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120168"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}