{"id":120199,"date":"2024-05-09T19:52:33","date_gmt":"2024-05-09T16:52:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120199"},"modified":"2024-05-09T19:52:37","modified_gmt":"2024-05-09T16:52:37","slug":"materiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/materiya\/","title":{"rendered":"Materiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Materiya (lot. materia \u2014 mod- da) \u2014 borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda &#8220;umuman odam&#8221; bo&#8217;lmaganidek &#8220;umuman M.&#8221;ham bo&#8217;lmaydi, balki M.ning anik, ko&#8217;rinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritgan faylasuflar barcha moddiy ob&#8217;- ektlarga xos xususiyatlarni umumlash- tirib ifodalash uchun M. tushunchasini qo&#8217;llashgan. M. tushunchasini moddiy olamning substrati (asosi) sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan, shu b-n birga M. sof potentsiya (yashirin im &#8211; koniyat) deb tushunilgan. M.ni R. Dekart fazoviy ko&#8217;lam va bo&#8217;linadigan moddiy substantsiya deb ta&#8217;riflagan va u 17\u2014 18-a. materializ-mning asosi bo&#8217;lgan. M. dialektik materiayaizmyaint asosiy tu- shunchasidir. Materialist faylasuflar M. tushunchasini bir yoklama bo&#8217;rttirib, borliq tushunchasi b-n aynanlashtirib talqin etishadi. Tabiat, jamiyat va inson ta-fakkurining asosida yotuvchi va ular- ni umumlashtiruvchi tushuncha substantsiya (mohiyat) deb ataladi. Olamning asosida bitta substantsiya yotadi deb hisoblovchi oqim monizm, ikkita substantsiya yotadi deb hisoblovchi oqim dualizm, ko&#8217;p sub- stantsiyalar yotadi deb hisoblovchi oqim plyuralizm deb atalgan. Olamning asosida yotuvchi mohiyatni axtarish tarixi uzok, o&#8217;tmishga borib taqaladi. Qad. Hindiston va Xitoy- da, Misr va Bobilda, qad. O&#8217;rta Osiyo va Yunonistonda faylasuflar olamning asosida qandaydir modda yoki unsur yota- Di deb hisoblashgan. Ularning ba&#8217;zilari bu unsurni olov, boshqalari \u2014 suv yoki havo, ayrimlari \u2014 tuproq deb bilishgan. Ba&#8217;zi falsafiy ta&#8217;limotlarda esa olam- ning asosida 4 unsur \u2014 olov, havo, suv va tuproq yotadi, barcha narsalar shu 4 ta unsurning birikishidan hosil bo&#8217;lgan, deb ta&#8217;kidlanadi. Yunon faylasuflari Levkipp, Epikur, Demokrit olamning asosida eng kichik bo&#8217;linmas unsurlar \u2014 atomlar yotadi, ular o&#8217;zlarining shak- li, harakatlanishi va vaznlari b-n bir- biridan farq qiladi, deb hisoblashgan. Shunday qilib, moddiy olamning asosi- da dastlabki yaratuvchi modda sifatida nima yotishini, ya&#8217;ni ilk, azaliy M.ni, M.ning &#8220;bobokaloni&#8221;ni axtarish vujud- ga keldi. 20-a. boshlarida markschi faylasuf- lar M.ga sezgi a&#8217;zolarimizga ta&#8217;sir etib, sezgi uyg&#8217;otuvchi ob&#8217;ektiv Real- likdir deb ta&#8217;rif berishgan. Bu ta&#8217;rif aytilgan davrda M. tuzilishining mu- rakkab shakllari haqidagi tasavvurlar u kadar rivojlanmagan edi. 20-a.ning o&#8217;rtalariga kelib, kvant mexanikasi, nisbiylik nazariyasi va re-lyativistik kosmologiya sohalaridagi ilmiy yutuklar kishilarning ob&#8217;ektiv olam haqidagi tasavvurlarini tubdan o&#8217;zgartirib yubor- Di. Natijada tabiat-shunos olimlar sez- gilarimizga bevosita ta&#8217;sir etishning imkoni bo&#8217;lmaydigan realliklar haqida ham tadqiqot olib bora boshladilar. M. \u2014 dunyodagi cheksiz barcha ob&#8217;ekt va sistemalar bo&#8217;lib, har qanday xususi-yat, aloqa, munosabat va harakat shakllari- ning substrati (asosi)dir. M. tabiatda bevosita ko&#8217;z b-n ko&#8217;riladigan ob&#8217;ektlar va jismlarnigina emas, balki kuzatish vositalari va eksperi-mentning tako- millashishi asosida kelgusida bilini- shi mumkin bo&#8217;lgan narsalarni ham o&#8217;z ichiga oladi. M. o&#8217;zining xossalari, Xu- susiyatlari orkali namoyon bo&#8217;ladi. Hoz. zamon fanlarining xulosalariga ko&#8217;ra, har qanday jism molekulalardan, mo- lekulalar atomlardan, atomlar proton va neytronlardan tashkil topgan va h.k. Sifat jihatdan M. ikki: moddasimon va nomodda ko&#8217;rinishida uchraydi. Modda- Simon ko&#8217;rinishi modda va antimoddaga ajraladi. Bular bir-biri b-n chambar- Chas bog&#8217;langan bo&#8217;lib, ular to&#8217;qnashganda keskin sifat o&#8217;zgarishi ro&#8217;y beradi, ya&#8217;ni modda nomoddiy ko&#8217;rinishga, no- modda esa moddiy ko&#8217;rinishga aylanadi. M.ning nomoddiy ko&#8217;rinishi ham ikki: maydon va nurlanish shaklida uchray- Di. Muayyan maydondagi nurlanishlar fizik vakuumda moddiy zarralarning hosil bo&#8217;lishiga imkon beradi. M.ning yuqorida qayd etilgan ko&#8217;rinishlaridan boshqacha ko&#8217;rinishdagi turlari ham bo&#8217;lishi mumkin. Ularning tabiati hali fanga ma&#8217;lum emas. M. tuzilish dara- jalariga ko&#8217;ra, mikrodunyo, makrodunyo va megadunyoga bo&#8217;linadi. Mikrodunyo \u2014 molekuladan kichik zarralar (mas, atom, yadro, elementar zarra va b.). Makrodu- nyo \u2014 molekuladan katta jismlar (mas, qum, tosh, er, planeta, Quyosh, hayvon, odam va b.). Megadu-nyo \u2014 erdan to Koi- not miqyosigacha bo&#8217;lgan o&#8217;lchovdagi dunyo. Bu uchala dunyo bir-biri b-n bog&#8217;liq, shu-ningdek, ular bir-biriga almashinishi mumkin. Har qanday ob&#8217;ektning o&#8217;ziga xos bo&#8217;lgan, uning shunday ob&#8217;ekt ekanligi- ni ifodalovchi ajralmas xususiyat (atri- but)lari bo&#8217;ladi. M.ning ham bir qancha atributlari mavjud: harakat, fazo, vaqt, in&#8217;ikos, ong va h.k. Bu atributlar bir- biri b-n chambarchas bog&#8217;liq bo&#8217;lib, mod- diy olamdagi eng umumiy va universal aloqadorliklarni ifodalaydi, M.ni jonlantiradi, namoyon qiladi, shakl be- radi, o&#8217;zgartiradi, rivojlantiradi. Ad.: Falsafa, T., 1999; filosofiya. Kurs lektsiy, T., 2002. Baxtiyor To&#8217;raev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Materiya (lot. materia \u2014 mod- da) \u2014 borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda &#8220;umuman odam&#8221; bo&#8217;lmaganidek &#8220;umuman M.&#8221;ham bo&#8217;lmaydi, balki M.ning anik, ko&#8217;rinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritgan faylasuflar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/materiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120199","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120199","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120199"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120199\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120206,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120199\/revisions\/120206"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120199"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120199"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120199"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}