{"id":120200,"date":"2024-05-09T19:52:34","date_gmt":"2024-05-09T16:52:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120200"},"modified":"2024-05-09T19:52:35","modified_gmt":"2024-05-09T16:52:35","slug":"materializm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/materializm\/","title":{"rendered":"Materializm"},"content":{"rendered":"\n<p>Materializm (lot. Materialis \u2014 moddiy) \u2014 falsafadagi asosiy oqimlardan biri; moddiy, tabiiy, jis- Moniy olamning ob&#8217;ektiv ravishda, ya&#8217;ni uning Iroda, ruh, ongga bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan holda mavjudligini va ularga nisba- tan birlamchiligini ta&#8217;kidlashga asos- langan falsafiy ta&#8217;limot. Idealizm- nit muqobili. M. ruhiy hodisalar va qadriyatlarning mustaqil mavjudligini inkor etadi va ularni olamning birlam- chi bo&#8217;lgan moddiy asosi rivojining oliy darajasida vujudga keladigan xossa va munosabatlari tarzida talqin qiladi. M.ning gno-seologik (bilishdagi) il- dizini amaliyot, insonning voqelikni o&#8217;zgartirishga qaratilgan olamshumul ta- rixiy tajribasi tashkil etadi. M.ga tabiatshunoslik fanlari, tex- Nikaga alohida e&#8217;tibor b-n qarash xos- dir. M. frantsuz ma&#8217;rifatchiligi davri- da (J. Lametri, P. Golbax, D. Didro va b.) ravnaq topdi, ammo, Evropa falsafiy fikriga hal qiluvchi darajada ta&#8217;sir etish mavkeiga 19-a.dagina (K. Marks, F. Engels, L. Feyerbax va b.) erishdi. M. idealizmning &#8220;xato&#8221; fikrlari- ga qarshi oqim tarzida namoyon bo&#8217;lib, o&#8217;zining bir yoqlamaliligi tufayli barcha muhim, insoniy muammolar (ong, mavjudlik, hayotning ma&#8217;nosi hamda maqsadi, qadriyatlar va h. k.) oldida bu- tunlay ojizlik qilib, ularning chuqur ma&#8217;nosini taxlil etishga nochorligi sa- babli ularni xayoliy muammolar tarzida rad etadi. M.ning u yoki bu shakldagi namuna- lari, unsurlari, rivojlanish yo&#8217;llari azaldan Sharkda ham, G&#8217;arbda ham mavjud bo&#8217;lgan. Biroq, M., asosan, G&#8217;arb falsa- fiy fikriga ko&#8217;proq taallukli, unda yaqqol shakllangan hodisa bo&#8217;lib, uning o&#8217;ziga xos shakllardagi rivojini mazkur ma&#8217;naviy madaniyat taraqqiyotidagi deyar- li barcha bosqichlarda kuzatish mumkin. M. \u2014 mohiyatan o&#8217;z maqsadlarini o&#8217;zining mavqei (ko&#8217;p sonliligi va o&#8217;zini muayyan jismoniy kuch, deb his etishi) tu- fayli ro&#8217;yobga chiqarishga umid qiluvchi, avom ma&#8217;qul ko&#8217;radigan fikrlash tarzi- dir. M.ning quyidagi ko&#8217;rinishlarini farqlash mumkin: 1. Tabiiy M. U Mate- riyada, xususan, uning muayyan tarkibiy tuzilishida (mas, atomlarda) pirovard jismoniy voqelikni ko&#8217;radi (klas- sik mexanika); eng yangi (kvant) fizi- ka ma&#8217;lumotlari bu M. tamoyillariga jiddiy putur etkazdi. 2. Biologik yoki fiziologik M. U jon va ruhga nisbatan yuqoridagi qarashni tiqishtiradi hamda moddiylik va g&#8217;ayrimoddiylikning o&#8217;zaro tub farqini inkor etadi. 3. Axloqi y M. foydali narsalarni yoki manfa- at uchun foydalanish mumkin bo&#8217;lgan qadriyatlarnigina e&#8217;tiborga loyiq, deb hisoblaydi va mustaqil nomoddiy olam- ning mavjudligini inkor qiladi. 4. Di- alektik M. \u2014 kommunistik davlatlar- ning rasmiy falsafasi, uning siyosati va fanining uslubiy asosi bo&#8217;lib xizmat qilgan. 19-a.da K. Marks va F. Engels tomonidan Gegel dialektikasini yaxlit materialistok dunyoqarashga aylantirish asosida shakllangan hamda o&#8217;z ichiga tari- xiy M. \u2014 tarixni materialistok tushu- nish nazariyasini olgan. Odatda, &#8220;M.&#8221;tushunchasi realism (tafakkurga bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan va ongdan tashqarida mavjud bo&#8217;lgan reallik) ma&#8217;- nosida ham qo&#8217;llaniladi. M. oddiy qilib aytganda, vokelikni moddiy sababga asoslanib tushuntiruvchi ta&#8217;limotdir. Ad.: Gunnar Skirbekk, Nils Gile, Falsafa tarixi [rus tilidan I. Soif- Nazarov va J. Mahkamov tarjimasi], T., 2002; Gorbachev V. G., Osnovi filosofii [Kurs lektsiy], M., 1998. Abdulhafiz Jalolov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Materializm (lot. Materialis \u2014 moddiy) \u2014 falsafadagi asosiy oqimlardan biri; moddiy, tabiiy, jis- Moniy olamning ob&#8217;ektiv ravishda, ya&#8217;ni uning Iroda, ruh, ongga bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan holda mavjudligini va ularga nisba- tan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/materializm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120200","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120200","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120200"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120200\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120204,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120200\/revisions\/120204"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120200"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120200"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120200"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}