{"id":120551,"date":"2024-05-11T19:51:38","date_gmt":"2024-05-11T16:51:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=120551"},"modified":"2024-05-11T19:51:54","modified_gmt":"2024-05-11T16:51:54","slug":"manqa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/manqa\/","title":{"rendered":"Manqa"},"content":{"rendered":"\n<p>Manqa \u2014 odam va hayvonlarda uchraydigan infektsion kasallik. Teri, shilliq pardalar, muskullar va ichki a&#8217;zolarning zararlanishi b-n kechadi. Kasallikni tayoqchasimon bakteriya \u2014 Pseudomonas mallei qo&#8217;zg&#8217;atadi. M. Zoo- noz infektsiya bo&#8217;lib, aksari bir tuyokli hayvonlar (ot, eshak, xachir, tuya va zebra- lar)da uchraydi. Kasallik, ko&#8217;pincha, odamga M. b-n og&#8217;rigan otlardan yuqadi. Infektsiya qo&#8217;zg&#8217;atuvchisi shikastlangan teri yoki shilliq qavatlar orqali organizmga tu- shadi. Kasallikning kasbga aloqadorligi aniqlangan, ko&#8217;proq hayvonlarga qaraydigan kishilar (otboqarlar, yilqichilar, chavandozlar, veterinariya xodimlari va b.) kasallanadi. M.ning yashirin davri 1-5 kun. O&#8217;tkir va surun- kali kechadi. Kasallikning o&#8217;tkir shakli- da qo&#8217;zg&#8217;atuvchi kirgan joyda yallig&#8217;lanish, so&#8217;ngra yaraga aylanuvchi gra-nulyomalar paydo bo&#8217;ladi. Keyinchalik regionar limfa tugunlarida yallig&#8217;lanish, teri va shilliq qavatlarda pus-tulyoz toshmalar, muskullar va teri ostida yiringli yara- lar; ichki a&#8217;zolar va muskullarda absses- slar, yiringli osteomielit va artritlar yuzaga keladi. Ko&#8217;pincha, qon va bronxlar orkali o&#8217;pka shikastlanadi. Letallik juda yuqori. Kasallik bir necha oy davom etib surunkali shaklga aylanishi mum- kin. Hayvonlarda kasallik mikrob b-n ifloslangan ozuqa, go&#8217;ng, parvarish vo- sitalari va ot anjomlari orkali sog&#8217;lom hayvonga, asosan, ovqat hazm qilish or- ganlari, kam hollarda o&#8217;pka orqali yuqadi. Kasallik mavsumiy bo&#8217;lmasada kuzqish oylarida ko&#8217;proq uchraydi. M.ning yashi- rin davri 3 kundan 2-3 haftagacha. Pa- tologik jarayonning joylashgan joyiga qarab kasallik shartli ravishda burun, o&#8217;pka va teri M.siga bo&#8217;linadi. Kasallik o&#8217;tkir kechganda tana harorati 41-42\u00b0 gacha ko&#8217;tariladi, qaltirash, ko&#8217;z va bu- Run shilliq qavatlarining qizarishi, holsizlanish kuzatiladi. 2-3 kun- dan keyin hayvonning burun shilliq qavatida mayda sarg&#8217;ish tugunchalar paydo bo&#8217;ladi, bir necha soatdan so&#8217;ng ular o&#8217;zaro qo&#8217;shilib, yoriladi. Ular o&#8217;rnida cheti egri, tubi yog&#8217;simon, yiringli qobig&#8217;i bor yaralar hosil bo&#8217;ladi. Kasal hayvon, ko&#8217;pincha, o&#8217;ladi. Kasallik surunkali kechganda tana haroratining vaqti-vaqti b-n ko&#8217;tarilishi, o&#8217;pka emfizemasi kuza- tiladi, ya&#8217;ni o&#8217;pka alveolalarida ko&#8217;p miqsorda havo to&#8217;planib, uning hajmi kattalashadi. Kasallik bir necha oydan bir necha yilgacha cho&#8217;zilishi mumkin. Kasallikning oldini olishda uy hayvonlarining veterinarlar nazorati- da bo&#8217;lishi muhim ahamiyatga ega. Teri-al- lergik sinama yordamida kasal hayvonlar aniqlanadi va ular yo&#8217;qotiladi. Kasal- lik chiqqan molxonalar dezinfektsiya qilinadi. Sog&#8217;lom hayvonlar maxsus vak- tsina b-n emlanadi. Kasal hayvonlar b-n muloqotda bo&#8217;lgan kishilarga 5 kun davo- mida maxsus dorilar beriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Manqa \u2014 odam va hayvonlarda uchraydigan infektsion kasallik. Teri, shilliq pardalar, muskullar va ichki a&#8217;zolarning zararlanishi b-n kechadi. Kasallikni tayoqchasimon bakteriya \u2014 Pseudomonas mallei qo&#8217;zg&#8217;atadi. M. Zoo- noz infektsiya bo&#8217;lib, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/manqa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-120551","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120551","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=120551"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120551\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":120579,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/120551\/revisions\/120579"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=120551"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=120551"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=120551"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}