{"id":12059,"date":"2021-12-10T10:45:14","date_gmt":"2021-12-10T07:45:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12059"},"modified":"2025-10-15T07:02:32","modified_gmt":"2025-10-15T04:02:32","slug":"ahmarov-chingiz-gabdurahmonovich-kim-bolgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ahmarov-chingiz-gabdurahmonovich-kim-bolgan\/","title":{"rendered":"AHMAROV CHINGIZ GABDURAHMONOVICH kim bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>AHMAROV CHINGIZ GABDURAHMONOVICH (1912.18.8, Troisk shahri, hozirgi Chelyabinsk viloyati \u2014 1995.13.5, Toshkent) \u2014 monumentalist rassom, O&#8217;zbekiston xalq rassomi (1964). Ijodida Sharq miniatyurasi an&#8217;analarini davom ettirib, milliy musavvirlik maktabini yaratdi. Perm badiiy texnikumida (1927-30), V. Surikov nomidagi Moskva badiiy institutida (1935-42) ta&#8217;lim olgan. Ahmarov o&#8217;zbek tasviriy san&#8217;atining milliy o&#8217;ziga xosligi borasida xalqning boy va go&#8217;zal badiiy merosining ilg&#8217;or an&#8217;analarini hoz. zamon san&#8217;atiga ijodiy singdirishda faol xizmat qildi. Asarlarida ijodkorlik ruhi bilan yashayotgan zamondoshlarining go&#8217;zal va yoqimtoy, tabiati murakkab va nafis qiyofalari tasvirlanadi. Ijodini 30 &#8211; yillarda dastgoh rassomligi va grafika sohasida asarlar yaratish bilan boshlagan (Sh. Sulaymonning &#8220;Li Chu&#8221; kitobini bezagan, 1934; &#8220;Mushtum&#8221;, &#8220;mash&#8217;ala&#8221; jurnallari uchun rasmlar chizgan; &#8220;Qiz portreti&#8221;, &#8220;Bola portreti&#8221;, &#8220;Akam portreti&#8221; va boshqalar). 2- jahon urushi yillarida vatanparvarlik ruhidagi asarlarni yaratdi (&#8220;O&#8217;zbekiston qilichi&#8221; triptixi, 1942). Dastlab Navoiy teatri foyesiga Navoiy &#8220;Xamsa&#8221;si mavzulari asosida mahobatli devoriy rasmlarni (1944 \u2014 47) ishladi. Shu davrdan boshlab Sharq mavzui Ahmarov ijodidan keng o&#8217;rin oldi. Qozon opera va balet teatri (1959), Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi (1968), Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (1968 \u2014 69), Samarqanddagi Ulug&#8217;bek memorial muzeyi (1964), &#8220;Yulduz&#8221; restorani (1970), Hamza nomidagi San&#8217;atshunoslik instituti (1980) va boshqa binolarga (hammasi ham alebastrga tempera bilan) devoriy rasmlarni chizdi. 50 &#8211; yillardan ko&#8217;p qirrali ijodkor sifatida ko&#8217;zga tashlandi: portretlar (M. Turg&#8217;unboyeva, 1952; rassom R. Temurov, 1961; shoira Zulfiya, 1965; Halima Nosirova, &#8220;Yosh Navoiy&#8221;, 1968), teatr spektakllari va kinofilmlarga chizgilar (M. Shayxzodaning &#8220;Mirzo Ulug&#8217;bek&#8221; fojiasiga, Hamza teatri, 1964; &#8220;Ulug&#8217;bek yulduzi&#8221;, &#8220;Ikki dil dostoni&#8221; filmlariga), kitob bezaklari (Oybekning &#8220;Navoiy&#8221; romani, 1951; &#8220;Ravshan&#8221; eposi, 1958 va boshqalar), maishiy lavhalar (&#8220;Buxorocha raqs&#8221;, &#8220;Xorazmcha raqs&#8221;, &#8220;Xush kelibsiz&#8221;, hammasi ham 1971), rasmlar (&#8220;Indoneziya taassurotlari&#8221; turkumi, 1964), amaliy san&#8217;at buyumlari uchun chizgilar (chinni laganlar uchun rasmlar, 60 \u2014 70-yillar) ham yaratdi. Toshkent metropolitenining &#8220;Alisher Navoiy&#8221; bekati, amaliy san&#8217;at muzeyi binosi devorlariga ishlagan asarlari (80 \u2014 90-yillar) ham jozibalidir. So&#8217;nggi yillarda &#8220;Amir Temur va Bibixonim&#8221;, &#8220;Amir Temur va darvish&#8221;, &#8220;Amir Temur va Boyazid&#8221; kabi asarlarini yaratdi (1992 \u2014 95). Asarlari O&#8217;zbekiston san&#8217;at muzeyida, amaliy san&#8217;at muzeyida, Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida, Qo&#8217;qon adabiyot muzeyida va boshqa muzeylarda saqlanadi. Hamza nomidagi O\u2019zbekiston Davlat mukofoti laureati (1968). Ad :. Umarov A., Chingiz Ahmarov, T., 1974; Chingiz Ahmarov: Albom, T., 1982. Abdulhay Umarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AHMAROV CHINGIZ GABDURAHMONOVICH (1912.18.8, Troisk shahri, hozirgi Chelyabinsk viloyati \u2014 1995.13.5, Toshkent) \u2014 monumentalist rassom, O&#8217;zbekiston xalq rassomi (1964). Ijodida Sharq miniatyurasi an&#8217;analarini davom ettirib, milliy musavvirlik maktabini yaratdi. Perm &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ahmarov-chingiz-gabdurahmonovich-kim-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-12059","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12059","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12059"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12059\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":157892,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12059\/revisions\/157892"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12059"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12059"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12059"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}