{"id":121254,"date":"2024-05-12T09:56:14","date_gmt":"2024-05-12T06:56:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=121254"},"modified":"2024-05-12T09:56:22","modified_gmt":"2024-05-12T06:56:22","slug":"metallorganik-birikmalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/metallorganik-birikmalar\/","title":{"rendered":"METALLORGANIK BIRIKMALAR"},"content":{"rendered":"\n<p>METALLORGANIK BIRIKMALAR \u2014 molekulasida metall \u2014 uglerod bog&#8217;i bo&#8217;lgan organik birikmalar. &#8220;M.b.\u00bb termini ma&#8217;lum darajada shartli. TSI- anidlar, karbidlar, ba&#8217;zi hollarda me- tallar karbonillari ham (Me\u2014S bog&#8217;i tutgan bo&#8217;lsa ham) anorganik birikma- lar hisoblanadi. Bor, fosfor, kremniy, margimush va b. metallmaslarning or- ganik birikmalari ham M.b. jumlasiga kiradi. Shuning uchun keyingi vaqtlarda &#8220;elementoorganik birikmalar&#8221; degan umumiy nom ko&#8217;proq ishlatilmoqda. Ilk bor M.b.ni 1827 y.da V. Tseyze (Tseyze tuzi K[PtCl3(CH2=CH2)]H2O) sintez qilgan. Keyinchalik R. Bunzen margimush organic birikmalarni (1839), ingliz kimyogari E. Franklend dietil ruxni (1849) olgandan so&#8217;ng M.b. kimyosiga asos solindi Li, Na, K, Rb, Cs, Be, Mg, Ca, Sr, Ba, Zn, Cd, Hg, B, Al, Ga, In, Tl, Si, Sn, Pb, As, Sb, Bi kabi metallarning M.b.i yaxshi o&#8217;rganilgan. Ular suyuq va qattiq holatdagi moddalar- dir. Ko&#8217;pchiligi organik erituvchilarda eriydi. M.b.dan, ayniqsa, simob, qalay, qo&#8217;rg&#8217;oshin birikmalari juda zaharli. M.b.ning ko&#8217;pchiligi suv va kislorod b-n reaktsiyaga faol kirishadi. Ba&#8217;zilari havoda, karbonat angidridli muhitda o&#8217;z- o&#8217;zidan alangalanadi. Oraliq metallar \u2014 Ti, Zr, Y, Nb, Ta, Cr, Mo, U, Re, Fe, Ru, Os, Rh, Ir, Co va Ni ning organik birik- malari katta amaliy ahamiyatga ega. M.b. dori moddalar, sof holdagi metallar, metall&#8217; qoplamalari olishda va organic moddalar sintezida ishlatiladi (yana q. Grinyar reaktsiyasi, Kucherev re-aktsiyasi, Polimerlanish).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>METALLORGANIK BIRIKMALAR \u2014 molekulasida metall \u2014 uglerod bog&#8217;i bo&#8217;lgan organik birikmalar. &#8220;M.b.\u00bb termini ma&#8217;lum darajada shartli. TSI- anidlar, karbidlar, ba&#8217;zi hollarda me- tallar karbonillari ham (Me\u2014S bog&#8217;i tutgan bo&#8217;lsa ham) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/metallorganik-birikmalar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-121254","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/121254","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=121254"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/121254\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":121266,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/121254\/revisions\/121266"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=121254"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=121254"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=121254"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}