{"id":12126,"date":"2021-12-10T13:01:02","date_gmt":"2021-12-10T10:01:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12126"},"modified":"2025-10-13T16:04:57","modified_gmt":"2025-10-13T13:04:57","slug":"aholi-royxatlari-deganda-nimani-tushunasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aholi-royxatlari-deganda-nimani-tushunasiz\/","title":{"rendered":"AHOLI RO&#8217;YXATLARI deganda nimani tushunasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>AHOLI RO&#8217;YXATLARI &#8211; mamlakat yoki muayyan hududda ma&#8217;lum vaqt yoki davrda yashayotgan aholining demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma&#8217;lumotlarining jarayoni to&#8217;plami. Ba&#8217;zan Aholi ro&#8217;yxatlari tushunchasiga, shuningdek ushbu ma&#8217;lumotlarni yig&#8217;ish, ishlash va nashr etishni ham qo&#8217;shadilar. Aholi ro&#8217;yxatlari ilmiy talablarga hamda amaliyot ehtiyojlariga javob berish, aholi soni, tarkibi va joylashishi to&#8217;g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlarni yig&#8217;ish maqsadida o&#8217;tkaziladi. Aholi ro&#8217;yxatlari o&#8217;tkazilganda uyma-uy yurib, har bir yashovchi haqida ma&#8217;lumot yig&#8217;iladi. Aholi ro&#8217;yxatlarini o&#8217;tkazish bo&#8217;yicha bir qancha ilmiy tamoyillar mavjud. Ularning ichida jami voqea va hodisalarni qamrab olish tamoyili eng muhimi hisoblanib, ro&#8217;yxat o&#8217;tkazilayotganda muayyan joydagi jami aholi qamrab olinishi shart. Faqat shundagina Aholi ro&#8217;yxatlari o&#8217;tkazilayotgan hududdagi demografik jarayonlar to&#8217;g&#8217;risida to&#8217;laqonli ma&#8217;lumot olish mumkin. Aholi ro&#8217;yxatlariga demografiya belgilari (jinsi, yoshi, oilaviy holati), iqtisodiy belgilari (mashg&#8217;uloti, iqtisodiy faoliyat sohasi yoki turi), ma&#8217;lumoti (savodliligi, maktabga borishi), etnik alomatlari (millati, tili, ba&#8217;zan dini) va hokazo ma&#8217;lumotlar olinadi. Ayrim aholi guruhlari uchun nikohga kirgan oy-kuni, tug&#8217;ilgan bolalari soni ham olinadi. Aholi ro&#8217;yxatlarida ko&#8217;pincha oila (uy sohibaligi), kim oila boshlig&#8217;i ekanligi hisobga olinadi. Ushbu ma&#8217;lumotlar vaqt va hudud doirasida takrorslashga yaroqli bo&#8217;lishligi uchun, jami aholiga bir xil mazmundagi savollar taqdim qilinishi kerak, ya&#8217;ni mamlakat miqyosida Aholi ro&#8217;yxatlari yagona dastur asosida o&#8217;tkazilishi shart. Bunda BMT tomonidan berilgan tavsiyalarga tayaniladi. Aholiga tegishli ma&#8217;lumotlar aniq bo&#8217;lishligi uchun ularni har bir kishidan shaxsan olinadi. Ro&#8217;yxat odamlarning o&#8217;z joyida muqim yashab turgan davrida, ya&#8217;ni asosan qishda qisqa muddatda, bir necha kun yoki hafta mobaynida o&#8217;tkaziladi, lekin barcha ma&#8217;lumotlar kritik (jiddiy) lahzasi (odatda ro&#8217;ixatga olishning birinchi kuni) da olinadi \u2014 shungacha o&#8217;lganlar va tug&#8217;ilganlar ko&#8217;rsatilmaydi. Javoblar ro&#8217;yxat varaqalariga yagona nusxada yoziladi. Aholi ro&#8217;yxatlari aholi soni va tarkibi haqidagi ma&#8217;lumotlarni ma&#8217;lum bir sanaga mo&#8217;ljallab berishi lozim. Shartni bajarish uchun ro&#8217;yxat o&#8217;tkazish bo&#8217;yicha sana va hatto vaqti aniq ko&#8217;rsatilishi kerak. Mazkur vaqt ro&#8217;yxatning kritik lahzasi deyiladi. Qadimdan aholini hisobga olishning xilma-xil usullari mavjud bo&#8217;lgan. Yunoniston, Bobil (Mesopotamiya), Misr, Rim, Xitoy va Yaponiyada aholi hisobga olinganligi tarixiy manbalardan ma&#8217;lum. Ular asosan fiskal (soliq olish) va harbiy maqsadlarni ko&#8217;zlagan holda o&#8217;tkazilib, odatda faqat erkaklarni, ya&#8217;ni harbiy harakatlarda ishtirok etish hamda soliq to&#8217;lash imkoniyati bor shaxslarni qamrab olgan. Qadimgi Rimda o&#8217;tkazilgan hamda podsho Serviy Tulliy (miloddan avvalgi 6-asr) nomi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan fuqarolar hisobi (tsenzi) ma&#8217;lum. Miloddan avvalgi 510 yildan 30 yilgacha bo&#8217;lgan davrda tsenzlar har 5 yilda o&#8217;tkazilib turgan. Jami Aholi soni va tarkibi haqidagi ro&#8217;yxat birinchi marta 1790 yilda AQSh da o&#8217;tkazilgan. 1801 yilda Buyuk Britaniya, Frantsiya, Daniya va Norvegiyada o&#8217;tkazilgan. 19-asrning o&#8217;rtalariga kelib Yevropa mamlakatlarida maxsus statistik tashkilotlar barpo qilinganligi Aholi ro&#8217;yxatlarini sifatli o&#8217;tkazishning muhim omili bo&#8217;ldi. Dunyo mamlakatlarida 1870-79 yillarda 48 ta, 1880-89 yillarda 54 ta, 1890-99 yillarda 57 ta, 20-asrning dastlabki o&#8217;n yilligida 74 ta Aholi ro&#8217;yxatlari o&#8217;tkazildi. Aholi ro&#8217;yxatlari 20- asrning boshida yer yuzi jami aholisining 64% ni qamrab oldi. 2-jahon urushidan keyin Aholi ro&#8217;yxatlari o&#8217;tkazish yana ham keng tus oldi. Aholi ro&#8217;yxatlari 1945-54 yillarda 168 mamlakatda, 1969-74 ylarda 179 mamlakatda o&#8217;tkazildi. Hozirgi vaqtda Aholi ro&#8217;yxatlari dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida o&#8217;tkazilmoqda. Iqtisodiy jihatdan qoloq hamda Aholi ro&#8217;yxatlarini o&#8217;tkazish imkoniyatlariga ega bo&#8217;lmagan mamlakatlar istisno hisoblanadi. Sobiq Ittifoqda 1920, 1923, 1926, 1937, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda Aholi ro&#8217;yxatlari o&#8217;tkazilgan. Abduhakim Qayumov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AHOLI RO&#8217;YXATLARI &#8211; mamlakat yoki muayyan hududda ma&#8217;lum vaqt yoki davrda yashayotgan aholining demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma&#8217;lumotlarining jarayoni to&#8217;plami. Ba&#8217;zan Aholi ro&#8217;yxatlari tushunchasiga, shuningdek ushbu ma&#8217;lumotlarni yig&#8217;ish, ishlash va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aholi-royxatlari-deganda-nimani-tushunasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-12126","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12126","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12126"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12126\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":156779,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12126\/revisions\/156779"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12126"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12126"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12126"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}