{"id":12159,"date":"2021-12-11T10:57:35","date_gmt":"2021-12-11T07:57:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12159"},"modified":"2021-12-11T10:57:35","modified_gmt":"2021-12-11T07:57:35","slug":"zavqiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zavqiy\/","title":{"rendered":"ZAVQIY"},"content":{"rendered":"\n<p>ZAVQIY (taxallusi; asl ism-sharifi Ubaydullo Solih o&#8217;g&#8217;li) (1853 \u2014 Qo&#8217;qon \u2014 1921) \u2014 o&#8217;zbek shoiri. Qo&#8217;qondagi &#8220;Madrasai oliy&#8221; va &#8220;Madrasai chalpak&#8221;da tahsil olgan (1870-74). Maxsido&#8217;zlik bilan shug&#8217;ullangan. Ma&#8217;lum muddat mirzalik qilgan, Xo&#8217;jand, Samarqand, Buxoro, Toshkent, O&#8217;sh, Andijon, Marg&#8217;ilon shaharlarida bo&#8217;lgan. Tog&#8217;asi Muhammad Siddiq bilan Madinani ziyorat qilgan (1900). 1903 yil Qo&#8217;qonga qaytgan. Zavqiy mumtoz o&#8217;zbek adabiyoti an&#8217;analarini davom ettirgan, Qo&#8217;qon adabiy muhitining Muqimiy, Furqat, Nodim, Rojiy kabi namoyandalari bilan ijodiy hamkorlik qilgan. Zavqiyning g&#8217;azal, muxammas, muvashshaxlari (&#8220;Aylab keling&#8221;, &#8220;Radifi Zavqiy&#8221; va boshqalar) da o&#8217;zi yashagan muhit va tuzum, mehnat axlining ahvoli tasvirlangan. U turmush alam-iztiroblari, hijron azobiga visol umidi, vafodorlik, sadoqat tuyg&#8217;ularini qaramaqarshi qo&#8217;yadi (&#8220;Yuzingni ko&#8217;rsatib avval&#8221;, &#8220;Bodai vasling&#8221; va boshqalar), kishilarni turmush go&#8217;zalliklaridan zavqlanishga, uni sevishga chorlaydi. Zavqiyning bir qancha she&#8217;rlari (&#8220;Kajdor zamona&#8221;, &#8220;Ajab zamona&#8221;, &#8220;Abdurahmon shayton&#8221; va boshqalar) da mustamlaka tuzumidagi ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, chor ma&#8217;muriyati himoyasida bo&#8217;lgan ayrim nopok amaldorlarning kirdikorlari fosh etiladi. Zavqiyning &#8220;Muncha ko&#8217;p&#8221; radifli hamda &#8220;Ajab zamondur, ahbob, bosh qotib qoldi&#8221; misrasi bilan boshlanuvchi muxammaslari 19-asr boshlari she&#8217;riyatidagi eng o&#8217;tkir ijtimoiy asarlari jumlasiga kiradi. Zavqiy ijodiy merosida o&#8217;zbek qishloqlarining ahvoli, dehqonlar hayoti mavzui ham katta o&#8217;rin tutadi (&#8220;Yangi Qo&#8217;rg&#8217;on qishlog&#8217;i&#8221;, &#8220;Suv janjali&#8221;, &#8220;Shohimardon sayohati&#8221; va boshqalar). Bu asarlar Muqimiyning &#8220;Sayohatnoma&#8221;si ta&#8217;sirida yozilgan. Zavqiy Muqimiyning hajvchilik yo&#8217;lini davom ettirib, o&#8217;zbek adabiyotida hajviy yo&#8217;nalish taraqqiyotiga katta hissa qo&#8217;shdi (&#8220;Obid mingboshi haqida hajv&#8221; va boshqalar). Zavqiyning &#8220;Voqeai qozi saylov&#8221; (1909-10), &#8220;Qahatchilik&#8221; (1916) kabi asarlarida ijtimoiy adolatsizlik fosh etiladi, xalqning zulmga qarshi namoyishlari aks ettiriladi. &#8220;Ajab ermas&#8221; radifli muxammasi 20-asr boshlari o&#8217;zbek she&#8217;riyatida muhim hodisa bo&#8217;ldi. Bunda shoir mustamlaka asoratida ezilayotgan yurtning baxtli kelajagi haqida fikr yuritdi. Ijtimoiy hayotdagi ayrim nosozliklar, kishilar faoliyatidagi salbiy hollar ustidan bir qator she&#8217;rlari (&#8220;Ta&#8217;rifi kalish&#8221;, &#8220;Otim&#8221;, &#8220;Fonus&#8221;, &#8220;Sigirim&#8221;, &#8220;Pashshalar&#8221; va boshqalar) da zaharxanda bilan kuladi. Shoirning ishqiy g&#8217;azal va muxammaslari o&#8217;sha davrlardanoq xalq hofizlari tomonidan kuyga solinib, ijro etilgan (&#8220;Yor kelur zamona yo&#8217;q, kelmasa-kelmasun netay?!&#8221;, &#8220;Kulbam aro, ey maxliqo, bir yo&#8217;l xirom aylab keling&#8221; va boshqalar). Zavqiyning she&#8217;rlari turli bayoz, majmua, vaqtli matbuot hamda og&#8217;zaki manbalar orqali bizgacha etib kelgan. Qo&#8217;qon shahridagi bir mahalla, qishloq, maktab va ko&#8217;chaga Zavqiy nomi berilgan. As: tanlangan asarlar, T., 1958. Ad.: Razzoqov H., Zavqiy hayoti va ijodi, T., 1965; Abdug&#8217;afurov A., O&#8217;zbek demokratik adabiyotida satira, T., 1961. Abdurashid Abdug&#8217;afurov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZAVQIY (taxallusi; asl ism-sharifi Ubaydullo Solih o&#8217;g&#8217;li) (1853 \u2014 Qo&#8217;qon \u2014 1921) \u2014 o&#8217;zbek shoiri. Qo&#8217;qondagi &#8220;Madrasai oliy&#8221; va &#8220;Madrasai chalpak&#8221;da tahsil olgan (1870-74). Maxsido&#8217;zlik bilan shug&#8217;ullangan. Ma&#8217;lum muddat mirzalik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zavqiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12159","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12159","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12159"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12159\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12162,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12159\/revisions\/12162"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12159"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12159"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12159"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}