{"id":12241,"date":"2021-12-11T16:51:21","date_gmt":"2021-12-11T13:51:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12241"},"modified":"2021-12-11T16:51:22","modified_gmt":"2021-12-11T13:51:22","slug":"zamaxshariy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zamaxshariy\/","title":{"rendered":"ZAMAXSHARIY"},"content":{"rendered":"\n<p>ZAMAXSHARIY (nisbasi; to&#8217;liq ism-sharifi Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Axmad) (1075.18.3, Xorazm, Zamaxshar qishlog&#8217;i \u2014 1144, hozirgi Ko&#8217;hna Urganch) \u2014 tilshunos, adib, tafsir va hadis olimi. Oilasi Islomning mutazila ta&#8217;limotiga e&#8217;tiqod qo&#8217;ygan bo&#8217;lib, Zamaxshariy dunyoqarashi dindor, taqvodor otasining ta&#8217;sirida shakllangan, dastlabki bilimini ham o&#8217;z otasidan olgan. Zamaxshariy ilm-fanning turli sohalari, ayniqsa, Arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, shuningdek, o&#8217;sha davrda ilm axli orasida qadrlangan xattotlik san&#8217;atini ham mukammal egallaydi. Ustozi \u2014 til, lug&#8217;at va adabiyot sohasida mashhur olim Abu Mudar Isfaxoniy (1113 yil Marvda vafot etgan) dan ilm o&#8217;rganadi. Talabalik yoshiga etgach, bilimini yanada oshirish, har tomonlama kamol toptirish maqsadida Buxoroga yo&#8217;l oladi. Bu yerda u Shayx ulislom Abumansur Nasr Horisiy, Abusa&#8217;d Shaqqoniy va Abulxattob ibn Abulbatr kabi olimlardan saboq oladi. Buxoroda o&#8217;qishni tugatgach, bir necha yil Xorazmshohlar xizmatida bo&#8217;lib, kotiblik bilan shug&#8217;ullanadi, hukmdorlarga yaqinlashishga urinadi. Biroq qobiliyati, ilmi, fazilatiga yarasha biror mansab va munosib e&#8217;tibor ko&#8217;rmagach, o&#8217;zga yurtlarga safar qiladi. Marv, Nishopur, Isfahon, Damashq, Bag&#8217;dod va Hijozda, 2 marta Makkada bo&#8217;ladi. Bu yerda ilmiy ishlarini davom ettirib, Arab tili grammatikasi va lug&#8217;atini hamda mahalliy qabilalarning lahjalari, maqollari va urf-odatlarini chuqur o&#8217;rganadi, mintaqa geografiyasiga oid xilma-xil ma&#8217;lumotlarni to&#8217;playdi. Zamaxshariy ko&#8217;p asarlarini Makkada yozadi. Shu boisdan u Jorulloh (&#8220;Allohning qo&#8217;shnisi&#8221;) degan sharafli laqabga muyassar bo&#8217;lgan. Zamaxshariy Arab grammatikasi, lug&#8217;atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga oid 50 dan ortiq asarlar yaratgan. Ularning aksariyati bizgacha yetib kelgan. Zamaxshariyning &#8220;Al-Mufassal&#8221; (&#8220;Grammatika bo&#8217;yicha mufassal kitob&#8221;, 1121) asari Arab tili nahvu sarfini o&#8217;rganishda yirik qo&#8217;llanma sifatida azaldan Sharqda ham, G&#8217;arbda ham shuhrat topgan. Shom (Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso kimdakim Zamaxshariyning ushbu asarini yod olsa, unga 5 ming kumush tanga va sarupo sovg&#8217;a qilishni va&#8217;da bergan. Bir qancha kishilar asarni yod olib, mukofotga sazovor bo&#8217;lishgan. &#8220;Al-Mufassal&#8221;ning ixchamlashtirilib, muxtasar holatga keltirilgan nusxasi &#8220;Alunmuzaj&#8221; (&#8220;Namuna&#8221;) nomi bilan ataladi. Grammatikaga oid asarlaridan &#8220;Sharh abyat kitob Sibavayh&#8221; (&#8220;Sibavayh kitobining sharhi&#8221;) \u2014 Arab tilshunosi Sibavayh (796 yil vafot etgan) ning kitobiga yozilgan mukammal sharxdir. Zamaxshariyning Otsiz Xorazmshohga bag&#8217;ishlab yozilgan &#8220;Muqaddimat uladab&#8221; (&#8220;Adab ilmiga muqaddima&#8221;, 1137) asaridagi Arabcha so&#8217;zlar ostida forsiy va turkiy tarjimalarning berilishi o&#8217;zbek tarixiy leksikologiyasi uchun qimmatlidir. Asar 5 katta qismga bo&#8217;lingan bo&#8217;lib \u2014 otlar, fe&#8217;llar, bog&#8217;lovchilar, ot o&#8217;zgarishlari va fe&#8217;l o&#8217;zgarishlari haqida bahs yuritadi. Ushbu asarda Zamaxshariy o&#8217;sha davr Arab tilining iste&#8217;molda bo&#8217;lgan barcha so&#8217;zlari, iboralarini qamrashga intilgan, ularning etimologiyasiga katta e&#8217;tibor bergan. Asar arabchadan fors, Chig&#8217;atoy, mo&#8217;g&#8217;ul va turk tillariga, birinchi marta 1706 yil Xo&#8217;ja Isxoq afandi tomonidan Usmonli turk tiliga tarjima qilingan. Zamaxshariy asarlarida uslubshunoslik va she&#8217;rshunoslik haqida ham fikr yuritilgan; badiiy tasvir vositalariga qisqa, aniq va nozik izohlar berilgan. Masalan, kinoya bilan ta&#8217;riz san&#8217;atlari orasidagi farq ko&#8217;rsatib berilgan. 3500 ga yaqin Arab maqollarini to&#8217;plab, ularni izohlagan (&#8220;Almustaqso filamsol&#8221; \u2014 &#8220;Kamolga yetgan makrllar&#8221;). &#8220;Kitob aljibol valamkina valmiyoh&#8221; (&#8220;Tog&#8217;lar, joylar va suvlar haqida kitob&#8221;) asarida geografik joylar, tog&#8217;lar va dengizlarga doyr qimmatli ma&#8217;lumotlar keltirilgan. Zamaxshariyning bu asari G&#8217;arb olimlari o&#8217;rtasida ham mashhur bo&#8217;lgan, 1856 yil gollandiyalik arabshunos olim Salverda de Grave tomonidan mukammal tadqiq qilingan holda nashr etilgan. &#8220;Asos albalog&#8217;at&#8221; (&#8220;Notiqlik asoslari&#8221;) asari lug&#8217;atshunoslikka bag&#8217;ishlangan. Unda Arab tilining fasohati, mukammalligi haqida so&#8217;z boradi. Fikrni chiroyli ibora va so&#8217;zlar bilan ifodalash, so&#8217;z boyligidan ustalik bilan foydalanish uchun kishi fasohat, balog&#8217;at ilmlaridan yaxshi xabardor bo&#8217;lishi kerak. Buning uchun so&#8217;zni to&#8217;g&#8217;ri, o&#8217;z o&#8217;rnida ishlatish, qoidaga muvofiq so&#8217;zlash va yozish ham kerak bo&#8217;lgan. Bu asarda adabiyotning asosiy qismlari, frazeologik so&#8217;z birikmalari, ularning amalda tadbiq etish yo&#8217;llari chuqur tahlil etilgan. &#8220;Alfoiqfi g&#8217;arib alhadis&#8221; (&#8220;G&#8217;arib hadislar haqida qimmatli kitob&#8221;) asari hadisda uchraydigan, ma&#8217;nosini anglash qiyin bo&#8217;lgan iboralar, so&#8217;zlar haqida. &#8220;Atvoq uzzahab filmavo&#8217;iz valxutab&#8221; (&#8220;Xutbalar va va&#8217;zlar bayonida oltin shodalar&#8221;) \u2014 nasihatomuz maqolalar to&#8217;plamidan iborat. &#8220;Rabiy&#8217;ulabror va nusus ulaxyar&#8221; (&#8220;Ezgular bahori va yaxshilar bayoni&#8221;) asarida adabiyot, tarix va boshqa fanlarga oid hikoyalar, latifalar, suhbatlarning eng saralari jamlangan. Zamaxshariyning aruz vazni haqida bahs yurituvchi &#8220;Alqustos filaruz&#8221; (&#8220;Aruzda o&#8217;lchov&#8221;) asari muhim manbalardan hisoblanadi. &#8220;Maqomat&#8221; (&#8220;Maqomlar&#8221;) \u2014 50 maqomdan iborat bo&#8217;lib, qofiyali Nasr \u2014 saj&#8217; uslubining nozik namunalarini o&#8217;zida mujassam etgan muhim asardir. Zamaxshariy hikmatli so&#8217;zlardan iborat &#8220;Navobig&#8217;ulkalim&#8221; (&#8220;Nozik iboralar&#8221;); didaktik ruxdagi &#8220;Annasouh ussig&#8217;or val bavolig&#8217;ulkibor&#8221; (&#8220;Kichiklarga nasihatlar va ulug&#8217;lar etukligi&#8221;) hamda lirik va falsafiy she&#8217;rlar, qasida, faxriya, nazmiy maktublarni o&#8217;z ichiga olgan &#8220;Devon uzzamaxshariy&#8221; kabi asarlar ham yaratgan. &#8220;Alkashshof an haqoiq ittanziyl va uyun ilaqoviyl Fi vujuh itta&#8217;viyl&#8221; (&#8220;Qur&#8217;on haqiqatlari va uni sharxlash orqali so&#8217;zlar ko&#8217;zlarini ochish&#8221;, 1132-34) asari Qur&#8217;on tafsiriga bag&#8217;ishlangan. Dunyoning turli qo&#8217;lyozma xazinalarida &#8220;Alkashshof&#8221;ning 100 ga yaqin qo&#8217;lyozmalari va asarning o&#8217;ziga bitilgan 20 dan ortiq sharh va hoshiyalar mavjud. Qohiradagi mashhur al Azhar dorilfununining talabalari ham boshqa tafsirlar bilan bir qatorda Zamaxshariyning ushbu asari asosida Qur&#8217;on o&#8217;rganadilar. Asarlarining qo&#8217;lyozmalari Germaniya, Misr, Turkiya, Eron, Frantsiya va Rossiyada saqlanadi. Zamaxshariy asarlari nemis, frantsuz va boshqa tillarda nashr etilgan. Zamondoshlari Abusamad Muhammad Sam&#8217;oniy, Yoqut Hamaviy, Jamoliddin Qiftiy Zamaxshariy ijodiga yuksak baho berganlar. Zamaxshariy ijodining ayrim tomonlarini Sharq (A. Z. Validiy, Muhammad Kozimbek), O&#8217;zbek (A. Rustamov, U. Tursunov, U. Uvatov, Z. Islomov, M. Hakimjonov va boshqalar), rus (Krachkovskiy, Borovkov va boshqalar), G&#8217;arb (Brokkelman, Zayonchkovskiy va boshqalar) olimlari tadqiq etganlar. Toshkent ko&#8217;chalaridan biriga, maktab, jome masjidiga Zamaxshariy nomi berilgan. Ad.: Rustamov A., Mahmud Zamaxshariy, T., 1971; Uvatov U., Nozik iboralar, T., 1992; Uvatov U., Mahmud azZamaxshariy, T., 1995; Ma&#8217;naviyat yulduzlari, T., 2001. Alibek Rustamov, Ubaydullo Uvatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZAMAXSHARIY (nisbasi; to&#8217;liq ism-sharifi Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Axmad) (1075.18.3, Xorazm, Zamaxshar qishlog&#8217;i \u2014 1144, hozirgi Ko&#8217;hna Urganch) \u2014 tilshunos, adib, tafsir va hadis olimi. Oilasi Islomning mutazila ta&#8217;limotiga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zamaxshariy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12241","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12241","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12241"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12241\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12250,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12241\/revisions\/12250"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12241"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12241"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12241"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}