{"id":12260,"date":"2021-12-11T18:18:15","date_gmt":"2021-12-11T15:18:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12260"},"modified":"2021-12-11T18:18:16","modified_gmt":"2021-12-11T15:18:16","slug":"zamburugli-kasalliklar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zamburugli-kasalliklar\/","title":{"rendered":"ZAMBURUG&#8217;LI KASALLIKLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>ZAMBURUG&#8217;LI KASALLIKLAR, mikoftozlar (o&#8217;simliklarda) \u2014 parazit va yarim parazit zamburug&#8217;lar qo&#8217;zg&#8217;atadigan infektsion kasalliklar. Zamburug&#8217;lar ta&#8217;sirida o&#8217;simliklarda butun organizm yoki uning ma&#8217;lum kismi tuzilishi va fiziologik funktsiyasining buzilishiga sabab bo&#8217;luvchi kasallik (patologiya) jarayoni vujudga keladi. Boshqa o&#8217;simlik kasalliklariga nisbatan ko&#8217;p tarqalgan va zararli; ular o&#8217;simlik hosilini va mahsulot sifatini pasaytiradi, mevali va rezavor o&#8217;simliklarning hosil berish muddatini qisqartiradi. Eng ko&#8217;p tarqalgan Zamburug&#8217;li kasalliklar.: so&#8217;lish, chirish (ildiz, to&#8217;pgul, meva, ildizmevalar, tuganaklar va boshqalarda), bo&#8217;rtma, o&#8217;simta, shish, yara, bargda dog&#8217;lar paydo bo&#8217;lishi bilan kechadigan kasalliklar, o&#8217;simlikning pakanaligi, majruxligi va boshqalar. Bir turdagi o&#8217;simlik bir necha o&#8217;nlab xil Zamburug&#8217;li kasalliklar bilan zararlanishi mumkin. Zamburug&#8217;li kasalliklar eng ko\u2019p zarar keltiradigan va ko&#8217;p tarqalgan kasalliklardan hisoblanadi. Maslan, g&#8217;o&#8217;zaning vilt kasalligi, bug&#8217;doyning qorakuya va zang, ildiz chirishi kasalliklari, kartoshkaning fitoftoroz kasalligi va boshqalarlarda hosil juda kamayib ketadi. Zamburug&#8217;li kasalliklar bilan zararlangan o&#8217;simlikning urug&#8217;i, tuganagi, piyozlari, qalamchalari, ko&#8217;chatlari va infektsiya manbai bo\u2019lishi mumkin. Infektsiya hosil yig&#8217;imidan keyin tuproqda qolgan o&#8217;simlik qoldiqlarida saqlanishi va o&#8217;simlik ildizi, ildiz bo&#8217;g&#8217;izi va boshqa tuproq osti organlariga tushib kasallik quzg&#8217;ashi mumkin. Ba&#8217;zi patogen zamburug&#8217; sporalari shamol, yomg&#8217;ir, hasharotlar, sut emizuvchilar, shuningdek, ifloslangan idishlar, q.x. mashinalari va asboblari orqali ham o&#8217;tadi. O&#8217;simlik to&#8217;qimalariga patogen zamburug&#8217;lar og&#8217;zicha, yasmiqchalar, hujayra epidermisi va kutikulasi (kartoshka raki), do&#8217;ldan hosil bo&#8217;lgan yaralar (makkajo&#8217;xorining qorakuya kasalligi), oftob urgan, yorilgan joy orqali kirishi mumkin. Kasallik rivojlanishi tashqi sharoitga ham bog&#8217;liq. Masalan, tuproqda fosfor va kaliy yetishmasligidan donli ekinlarning zang kasalligi, kartoshkaning fitoftoroz bilan zararlanishi ortadi. Zararlanish xarakteriga qarab mahalliy va umumiy ta&#8217;sirli bo&#8217;ladi. Mahalliy zararlanishga dog&#8217;lar, zamburug&#8217; g&#8217;uborlari, yaralar, shishlar paydo bo&#8217;lishi misol bo&#8217;ladi. Dog&#8217;lar bargning alohida qism (to&#8217;qima) larini nekrozga olib keladi, kuchli rivojlanganda barglar to&#8217;kilishi mumkin. Zamburug&#8217; g&#8217;uborlarini o&#8217;simliklar unshudring (kul) va soxta unshudring (rag&#8217;a) bilan kasallanganida kuzatish mumkin. O&#8217;simlikning mahalliy zararlanishi, ko&#8217;pincha, turli organlarda chetlari rangli hoshiya bilan o&#8217;ralgan yara ko\u2019rinishida bo&#8217;ladi (masalan, g&#8217;uza gommozining poya formasida). Zang zamburug&#8217;i bilan zararlangan g&#8217;alladoshlar, dondukkaklilar va boshqa ekinlar barg hamda boshqa organlarida zamburug&#8217; sporalari to\u2019plangan yostiqcha ko&#8217;rinishidagi zang tusli shishlar (masalan, javdarning qung&#8217;ir zang kasalida) paydo bo&#8217;ladi. Kuzga borib shishlar qorayadi. O&#8217;simlikning suv va oziq moddalarga boy organlari, ko\u2019pincha chirish bilan kasallanadi (masalan, g&#8217;o&#8217;za chanoqlaridagi pushtirang chirish, kulrang chirish). O&#8217;simlikning zamburug&#8217; bilan umumiy kasallanganligi belgisi \u2014 so&#8217;lishdir. Bu turli organlardagi taranglik (turgor) ning yo&#8217;qolishi bilan xarakterlanadi. G&#8217;o&#8217;za, zig&#8217;ir, kartoshka va boshqa o&#8217;simliklar so\u2019lishi ko&#8217;p zamburug&#8217;li kasalliklar: 1\u2014bug&#8217;doy qattiq qorakuyasi; 2\u2014bug&#8217;doy chang qorakuyasi; 3 makkajo&#8217;xori pufaksimon qorakuyasi; 4\u2014kartoshka fitoftorozi; 5\u2014olma kalmarazi; 6\u2014qulupnay kulrang chirishi. Kasallikning rivojlanish tezligini ekologik omillar belgilaydi: ma&#8217;lum sharoitlar zamburug&#8217;ning spora hosil qilishiga salbiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi, sporalarning o&#8217;sishi va o&#8217;simlikning kasallanishiga to&#8217;sqinlik qiladi. Zamburug&#8217;li kasalliklarga qarshi agrotexnik, kimyoviy va fizikmexanik chora-tadbirlar majmui qo&#8217;llaniladi. Kasallikka chidamli navlar ekiladi, mikrobiopreparatlardan foydalaniladi, ekinlar urug&#8217;ligi kimyoviy preparat (dori)lar bilan dorilanadi, o&#8217;simliklarga pestisidlar, fungisidlar purkaladi yoki changitiladi. Zamburug&#8217;li kasalliklarga qarshi kurashda chidamli navlarni yaratib, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish katta ahamiyatga ega. Ad.: Serb i Nov V. I. Qishloqxo&#8217;jalik ekinlarining kasalliklari, T., 1964; Karimov M. A., G&#8217;o&#8217;za kasalliklari, T., 1979. Sultan Alimuhamedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZAMBURUG&#8217;LI KASALLIKLAR, mikoftozlar (o&#8217;simliklarda) \u2014 parazit va yarim parazit zamburug&#8217;lar qo&#8217;zg&#8217;atadigan infektsion kasalliklar. Zamburug&#8217;lar ta&#8217;sirida o&#8217;simliklarda butun organizm yoki uning ma&#8217;lum kismi tuzilishi va fiziologik funktsiyasining buzilishiga sabab bo&#8217;luvchi kasallik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zamburugli-kasalliklar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12260","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12260","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12260"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12260\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12267,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12260\/revisions\/12267"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12260"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12260"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12260"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}