{"id":122726,"date":"2024-05-12T17:34:45","date_gmt":"2024-05-12T14:34:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122726"},"modified":"2024-05-12T17:34:51","modified_gmt":"2024-05-12T14:34:51","slug":"kalom-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kalom-3\/","title":{"rendered":"Kalom"},"content":{"rendered":"\n<p>Kalom (Arab. \u2014 ravon nutq, jumla, ran, so&#8217;z) \u2014 Islom ilohiyot ilmi. 8-a.da Arab xalifaligida paydo bo&#8217;lgan. K. Islom diniy ta&#8217;limotini asoslashga harakat qiladi. K. taraf- dorlari muta-kallimlar deyiladi. K. ilohiyotchilari faylasuf bo&#8217;lmaganlar. K. umaviylar hukmronligi davrida rasmiy hokimiyat b-n xorijiylar, shi- alar, murji&#8217;iylar va b. diniy-siyosiy guruxlar orasida yuz bergan ijtimo- iy-siyosiy voqealar, bahslar jarayonida paydo bo&#8217;ldi va taraqqiy qildi. Siyo- siy kurash diniy shiorlar ostida olib borilganligi sababli Alloh adolati (adl), mavjud voqelik Alloh tarafidan yaratilganmi va uni o&#8217;zgartirish mumkin- mi (qadar), kimni imonli yoki gunohkor deb hisoblab, jazolash kerak (imon) va h.k. dolzarb masalalar edi. K.ga xos US- lub va mavzular majmui birinchi bor al-Ja&#8217;d ibn dirham (742 y. qatl etil- gan) ijodida kuzatiladi. U uslubda do- imo aql-idrokka tayanish talabini ilga- ri surdi va faqat inson aqli ojizlik qilgan hollardagina Qur&#8217;on oyatlarini ramziy-majoziy ma&#8217;noda talqin qilish (ta&#8217;vil) mumkin, deb hisobladi. Jahm ibn Safvon (745 y. qatl etilgan), Abul- Huzayl (841 yoki 849 y.v.e.) va Bishr ibn al-Mu&#8217;tamir (825 y. dan so&#8217;ng vafot et- gan) uning g&#8217;oyalarini rivojlantirdi- lar. Jahmning qarashlari mu&#8217;taziliy- larga yaqin bo&#8217;lgani bois, odatda, bu ikki ta&#8217;limotni bir-biridan farklamaydi- lar. K. tarixida mu&#8217;taziliylar maktabi ta&#8217;limoti muhim o&#8217;rin egallaydi. Ular- ning ta&#8217;limoti al-Ma&#8217;mun (827-848) davrida &#8220;davlat ta&#8217;limoti&#8221; daraja- siga ko&#8217;tarilgan bo&#8217;lsa, al-Mutavakkil (847-861) davrida ta&#8217;qibga uchradi. Ma&#8217;lum vaqtgacha sunniylikda Mu&#8217;ta- ziliylarning falsafiy dalillariga qarshi kurashda g&#8217;oyaviy qurol rolini o&#8217;ynashi mumkin bo&#8217;lgan aqrid tizimi mavjud emas edi va faqat Qur&#8217;on hamda xadislarga havola qilish b-n cheklani- lardi. Aynan mu&#8217;taziliylar o&#8217;zlarining mantiqiy-falsafiy isbotlash uslubla- ri b-n haqiqiy Islom yo&#8217;li shakllani- shiga bevosita ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. Bunday tizim 10-a. ga kelib ishlab chiqildi va uni K.ni aqidaparastlar b-n murosa- ga keltirishni o&#8217;z oldiga maqsad qilib qo&#8217;ygan al-Ash&#8217;ariy (873\u2014 935) va al- Moturidiy (870-944) amalga oshir- Di. Natijada K.ning ash&#8217;ariya va mo- turidiylik maktabi vujudga keldi. Al-Boqiloniy (1013 y.v.e.), al-Juvayniy (1085 y.v.e.), ash-Shahristoniy (1153 y.v.e.) va ar-Roziy (1209 y.v.e.)lar ash&#8217;ariya maktabining yirik namo- yandalaridir. Ash&#8217;ariylar zohiran o&#8217;zlarini mu&#8217;taziliylarga qarshi qo&#8217;yib, hanbaliylar b-n murosa qilishga in- tilgan bo&#8217;lsalarda, dunyoqarashi bo&#8217;yicha mu&#8217;taziliylarning akl-idrokka asos- langan yo&#8217;lini davom ettirdi. K.ning ikkinchi yirik maktabi \u2014 Moturidiy- lik ham mustaqil tarzda taraqqiy etdi. Ash&#8217;ariya maktabi, asosan, shofi&#8217;iylar (q. Shofi&#8217;ishshk) orasida tarqalgan bo&#8217;lsa, moturidiylik hanafiylik do- iralarida ko&#8217;plab tarafdorlarga ega bo&#8217;ldi va, xususan, Movarounnahr Musul- monlarining asosiy aqidasiga aylandi. 13-a. dan K. Ibn Sino asos solgan Sharq falsafasi b-n yaqinlasha boshladi. Na- tijada, Ibn Xaldun ta&#8217;biri b-n ayt- ganda, K. va falsafani bir biridan ajratish mushkul bo&#8217;lib qoldi. Bu hol Baydoviy (1286 y.v.e.), Isfahoniy (1349 y.v.e.), Ijiy (1355 y.v.e.), Taf- tazoniy (1390 y.v.e.), Jurjoniy (1413 y.v.e.)lar ijodida o&#8217;z ifodasini top- Di. Yangi va eng yangi davrlarda jamo- liddin al-Afg&#8217;oniy, Muhammad Abdu, Ahmad Amin, Hasan Hanafiy kabi musulmon islohotchilarining asar- larida K. va, ayniqsa, mu&#8217;taziliylar g&#8217;oyalari mafkuraviy asos vazifasini bajarib keldi. Ahadjon Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kalom (Arab. \u2014 ravon nutq, jumla, ran, so&#8217;z) \u2014 Islom ilohiyot ilmi. 8-a.da Arab xalifaligida paydo bo&#8217;lgan. K. Islom diniy ta&#8217;limotini asoslashga harakat qiladi. K. taraf- dorlari muta-kallimlar deyiladi. K. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kalom-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122726","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122726","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122726"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122726\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122734,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122726\/revisions\/122734"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122726"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122726"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122726"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}