{"id":122728,"date":"2024-05-12T17:34:47","date_gmt":"2024-05-12T14:34:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122728"},"modified":"2024-05-12T17:34:55","modified_gmt":"2024-05-12T14:34:55","slug":"kambodja-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kambodja-2\/","title":{"rendered":"Kambodja"},"content":{"rendered":"\n<p>Kambodja, Kambodja Qirolligi (Cambodia) \u2014 Jan.-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy ya. o.ning Jan. qismida joy- lashgan davlat. Mayd. 181 ming 35 km2. Aholisi 12,49 mln. kishi (2001). Poy- taxti \u2014 Pnompen sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 20 viloyat (kxet)ga va markaz qaramog&#8217;idagi 2 shaharga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. K. \u2014 konstitusiyali mo- narxiya. Amaldagi Konstitusiyasi 1993 y.da qabul qilingan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 qirol. Qonun chiqaruvchi hokimiyat \u2014 2 palatali parlament (Milliy Assambleya va Senat)dan iborat. Ijroiya qokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. K. hududining ko&#8217;p qismini al- lyuvial va ko&#8217;l yotqiziqlaridan iborat Kambodja tekisligi egallagan. Mamla- kat g&#8217;arbida Kravan tog&#8217;lari (Oral tog&#8217;i, 1813 m \u2014 eng baland nuqta), shim.da dan- grek qumlog&#8217;i va sharqida Annam tog&#8217;larining tarmog&#8217;i bor. Iqlimi subekvatorial, mussonli, yozi nam, qishi nisbatan quruq. Eng issiq oy \u2014 apr.da o&#8217;rtacha t-ra 29\u00b0, 30\u00b0, dek.da 25\u00b0, 26\u00b0. O&#8217;rtacha yillik yog&#8217;in 700-2000 mm. K.da Daryo ko&#8217;p. Mekong daryosining quyi qismi K. hududidan o&#8217;tadi; suv sathi mav- sum sayin o&#8217;zgarib turadi. Tonlesap ko&#8217;li kam suv. K. hududining 3\/4 qismiga yaqini o&#8217;rmon. Sharqida barg to&#8217;kuvchi tropic o&#8217;rmon, tog&#8217;larda qimmatbaho yog&#8217;och beruv-chi doim yashil (sal, tik, lak, kamfara) daraxtlar usadi. Qolgan hududida siy- rak daraxtli savannalar, qalin bambuk- zorlar va turli chakalakzorlar bor. Kam- bodja tekisligi ancha qismining tuprog&#8217;i unumdor allyuvial tuproq. Hayvonlari ko&#8217;p va xilma-xil. Yo&#8217;lbars, qoplon, qora ayiq, fillar uchraydi. Mekong daryosi va uning irmoqlarida timsohlar, suzuvchi qushlar, meshkopchiqush va flamingolar bor. Tonlesap ko&#8217;lida baliq ko&#8217;p. Aholisining 80% kxmerlar, asosan, K. ning Markaziy pasttekislik qismida yashaydi. Shaharlarda, Mekong daryosi vo- diysi va Tonlesap atrofida vetnamlar, xitoylar, shuningdek, chamlar, Malayya- lar, tog&#8217;lik kxmerlar, frantsuzlar (shaharlarda) va b. istiqomat qiladi. Rasmiy tili \u2014 kxmer tili. Frantsuz ti- lida ham so&#8217;zlashishadi. Kxmerlarning ko&#8217;pchiligi buddaviylikka, xitoylar \u2014 konfutsiylikka e&#8217;tiqod qiladi, Fran- suzlar b-n vetnamlarning bir qismi katolik mazhabida. Aholining 12% dan ko&#8217;prog&#8217;i shaharlarda. Yirik shaharlari: Pnompen, Battambang, Sianukvil ( K a m p o n g s a o m ) . Tarixi. Hoz. K. hududida odamlar neolit davridan yashaydi. Ular dehqonchilik, baliqchilik va ovchilik b-n shug&#8217;ullangan. 1~6-a.larda K. hududida birinchi Funan quldorlik davlati vujudga keldi. U Jan. Hindiston, Xitoy b-n savdo qilgan va madaniy aloqada bo&#8217;lgan. 7-8-a.larda K. hududida er Chenlasi va Suv Chenlasi davlatlari tashkil topdi. 9-a.da esa Mekong daryosi deltasida Kambujadesh saltanati vujudga keldi. U 13-a. oxirida inqirozga uchradi. 16-a. o&#8217;rtalarida buddaviylik tarqaldi. 16-a. oxirida tay qo&#8217;shinlari mamlakatning g&#8217;arbiy qismini vayron qildi. 18-a.da K. Siyom va Vetnam davlatlariga tobe bo&#8217;lib qoldi. 19-a. o&#8217;rtalarida Frantsiya K.ga bostirib kirib, 1863 y. uni protektorat haqida shartnoma tuzishga majbur etdi. Mazkur shartnoma 1884 y. K. uchun og&#8217;ir bitim b-n almashtirildi. Natijada K. Frantsiya mustamlakasiga aylandi. 1887 y. K. Frantsiya Hindixitoydagi o&#8217;z mustamla- kalarini nazorat qilishni markazlash- tirish maqsadida tuzgan Hindixitoy Ittifoqi tarkibiga kiritildi. K.ning asoratga solinishi milliy mustaqillik uchun kurashning avj oli- shiga sabab bo&#8217;ldi. 19-a.ning 60-90-y. larida milliy mustaqillikni tiklash uchun xalq harakatlari bo&#8217;lib o&#8217;tdi. 1926 y. mustaqillik talab qilgan dehqonlar harakati frantsuz mustamlakachilari to- monidan shafqatsizlik b-n bostirildi. 1940 y.da K.ni Yaponiya bosib oldi. Va- tanparvarlarning qarshilik harakati Ozod kxmer tashkiloti rahbarligida yapon bosqinchilariga, 1945 y.dan keyin frantsuz mustamlakachilariga qarshi ke- skin kurash olib bordi. 1946 y. saylangan maslahat Majlisi K. tarixida birinchi konstitusiyani tasdiqladi. Milliy ozodlik harakati tazyiqi ostida Frantsiya o&#8217;z qo&#8217;shinlarini olib chiqib ketishga majbur bo&#8217;ldi (1953 y. 9 noyab.). Bu sana milliy bayram \u2014 K. mustaqilligi kuni deb e&#8217;lon qilindi. 1955 y. 25 sent.da K. Konstitusiyasiga tu- zatish kiritildi, birinchi mustaqil hukumat \u2014 Sangkum tuziddi. 1970 y. 18 martda mamlakatda davlat to&#8217;ntarishi bo&#8217;ldi; N. Sianuk o&#8217;rniga general lon Nol davlat boshlig&#8217;i qilib tayinlandi. Apr. oyi oxirlarida K.ga Amerika-say- Gon qo&#8217;shinlari bostirib kirdi. K. va- tanparvarlari bosqinchilarga va Pnom- pen mustabid hokimiyati qo&#8217;shinlariga qarshi kurash olib bordi. 1970 y. 30 iyunda AQSh qo&#8217;shinlarining katta qismi K. hududidan olib ketildi. 1970 y. 9 okt. da Pnompenda g&#8217;ayridemokratik &#8220;Kxmer Respublikasi&#8221; e&#8217;lon qilindi, 1972 y. 4 iyunda lon nol &#8220;prezident&#8221; qilib &#8220;say- landi&#8221;. U K. da osiyoliklarni Osiyoli- klarga qarshi urushtirish siyosatini qo&#8217;lladi. 1976 y.da mamlakatdagi hokimiyatni Pol Pot \u2014 Ieng sari to&#8217;dasi egallab olib, fashistsimon mu- stabid tartiblarni o&#8217;rnatdi, xalqni qirg&#8217;in qildi. 1978 y.da tuzilgan K. mil &#8211; liy najot Birlashgan fronti qurolli kuchlari safi partizanlar, muntazam qismlar va b. vatanparvar kuchlar hisobiga kengaydi. Ular mamlakat hududining katta qismini ozod qilishga erishdi. 1979 y.da manfur tu-zum ag&#8217;darildi. 1993 y.da yangi Konstitusiya qabul qilindi, N. Sianuk boshliq mo- narxiya tiklandi. Shu Konstitusiyada K. qo&#8217;shilmaslik siyosatini yurituvchi mustaqil, suveren, tinchliksevar, beta- raf mamlakat deb e&#8217;lon qilindi. K. 1955 y.dan BMT a&#8217;zosi. O&#8217;zR b-n diplomatiya munosabatlarini 1995 y. 7 sent.da o&#8217;rnatgan. Milliy bayrami \u2014 9 noyab. \u2014 Mustaqillik kuni (1953). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Mustaqil, betaraf, tinch va hamkorlik qiluvchi K. uchun milliy front, 1992 y.da tuzilgan; K. xalq partiyasi, 1951 y.da asos solingan; buddaviylar Liberal-de- mokratik partiyasi, 1992 y.da tuzilgan; Liberal demokratik partiya, 1992 y. tu- zilgan; K. milliy qurilish va mudofaa Birlashgan fronta, 1978 y. tuzilgan. K. kasaba uyushmalari federasiyasi 1979 y. t u z i l g a n . Xo&#8217;jaligi. K. \u2014 iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Xo&#8217;jaligining aso- si \u2014 q. x. Mehnatga layoqatli aholining 85% band bo&#8217;lgan bu soha yalpi ichki mahsulotning46,6% ni beradi. Q. x.da etakchi tarmoq \u2014 dehqonchilik. Sholi, makkajo&#8217;xori, batat, yams, shakarqamish, murch, er yong&#8217;oq, tamaki, banan, apelsin, mandarin, paxta etishtiriladi, tabiiy kauchuk olinadi. Qoramoldan ko&#8217;pincha ish hayvoni sifatida foydalaniladi. K.da yiliga 100 ming m3 yog&#8217;och tayyorlanadi. Baliq ovlash (ayniqsa, Tonlesap ko&#8217;lida) r i v o j l a n g a n . Sanoat korxonalari, asosan, mahalliy q.x. xom ashyosini ishlaydi. Oltin, bok- Sit, fosforit, magnezit, temir rudasi, rangli metallar rudalari, marmar va b. qazib chiqariladi. Elektr energiyasining ko&#8217;p qismi issiqlik elektr st-yalari (70 mln. kVt-soat)dan olinadi. Oziq-ovqat tayyorlash ishlab beruvchi sanoatning asosiy tarmog&#8217;idir. Metall va yog&#8217;och ish- lash, oziq-ovqat, neft tozalash, to&#8217;qimachilik va qog&#8217;oz f-kalari, faner, tsement, traktor-avtomobil yiguv, shina, pivo z-dlari va b. korxonalar bor. Sano- at markazlari: Pnompen, Battambang va Sianuk-vil sh.lari. K.da 649 km t.y., 14,8 ming km ga yaqin AV- tomobil yo&#8217;li bor. Suv yo&#8217;llarining ahamiyati katta (Mekong daryosining quyi oqimida). Asosiy portlari: Pnompen, Sianukvil. Pnompen yaqinida xalqaro aeroport bor. K. chetga guruch, tabiiy Kau- chuk, qurilish materiallari, kunjut, ka- pok (dag&#8217;al o&#8217;simlik tolasi), murch, baliq va baliq mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashinalar, asbob-uskunalar, neft mahsulotlari, transport vositalari, Tse- ment, iste&#8217;mol mahsulotlari, metall va metall buyumlar keltiriladi. K. Singa- pur, Tailand, Malayziya, Vetnam va b. davlatlar b-n savdo qiladi. Pul birligi \u2014 Riel. Maorifi. K. mustaqillikka erishgach, boshlangich (6 y.lik), to&#8217;liqsiz o&#8217;rta (4 y. lik), o&#8217;rta (7 y.lik) maktablarda bepul o&#8217;qish joriy qilindi. Pnompenda Oliy texnologiya inti va Kirollik texnika un-ti, shuningdek, Milliy kutubxona, Milliy muzey va Qirollik saroyi mu- zeyi mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. K.da nashr etiladigan gaz. va jur.lar: &#8220;Kambodja&#8221; (kxmer tilida chiqadigan haftalik gaz., 1979 y.dan), &#8220;Kaset kangtoap padivoat&#8221; (&#8220;Kambodja inqilobiy armiyasi&#8221;, kxmer tilidagi haftalik gaz., 1979 y.dan), &#8220;Procheachun&#8221; (&#8220;Xalq&#8221;, kxmer tilida haftasiga 2 marta chiqadigan gaz., 1985 y. dan), &#8220;Pulko&#8221; (&#8220;Mehnatkash&#8221;, kxmer tilida 2 haftada chiqadigan gaz., 1988 y.dan), &#8220;Neak kxusa- na&#8221; (&#8220;targ&#8217;ibotchi&#8221;, jur.). K. matbuot agentligi 1978 y.da tashkil etilgan. K. milliy radiosi (1978) va K. davlat tele- videniesi (1983) ishlaydi. Adabiyoti. K. yozma adabiyotining san- skritdagi ilk namunalari 2-a.da yaratil- gan. Kxmer tilidagi adabiy asarlar 7-a. boshlarida paydo bo&#8217;ldi. 802-1433 y. larda kxmer madaniyati ravnaq topdi, kxmer tilida &#8220;Indradevi&#8221; lirik dosto- ni, &#8220;Reamker&#8221; eposi va &#8220;tum va Teau&#8221; xalq dostoni yaratildi. Yozuvchilardan Yashovar man II, Kavishvara, Kindra, sub- Xadra sanskritda, Duong, Tey non, Pxokdey va b. kxmer tilida ijod q i l D i l a r . 20-a.ning 30-40-y.larida gumanistik ruhdagi dastlabki romanlar \u2014 &#8220;Paylin atirguli&#8221;, &#8220;Sopxat&#8221; va b. yozildi. K. mustaqillikka erishgach, kxmer adiblari Ittifoqi tashkil etildi. TIU Ol, Xel Sumpxa, Suon soren, NOP Savan va b. yozuvchilar muhim ijtimoiy-siyosiy mav- zularda asarlar yaratdi. Folklor Mate- riallarini to&#8217;plash va ularni nashr etish ishlari olib borildi. Me&#8217;morligi. Eneolit va jez davrlari- dagi dastlabki bino (ibodatxona)lar yog&#8217;ochdan, keyinroq toshdan, 6-7-a. larda g&#8217;ishtdan qurilgan. Kxmerlarga xos turar joylar qoziqoyoqlarga o&#8217;rnatilgan. 7-a. dagi Sambor-Prey-Kuk ansambli kabi minorasimon ibodatxonalar \u2014 Prasat- lar barpo qilingan. 9-a.da katta me&#8217;mo- riy majmualar va ehrom uslubidagi ibo- datxonalar bunyod etildi. 10-a.da bino qurishda laterit va qumtosh ishlatildi, o&#8217;ymakorlik san&#8217;ati rivojlandi. 9-12- a.larda yaratilgan yodgorliklar mustahkamligi, yaxlitligi va o&#8217;z davriga xosligi b-n AJ-ralib turadi. 9-13-a. larda me&#8217;morlik, ayniqsa, ravnaq topdi, serxasham ibodatxonalar va saroylardan iborat Angkor majmui bunyod etildi. Shu davrda 8 shaharda 1000 dan ortiq in- Shoot qurildi. Shahar markazlarida &#8220;tog&#8217;-ehromlar&#8221; qurish rasm bo&#8217;ldi (Rolu- osdagi Prax-ko, Banteay Srey va b.). 14- a. dan saroy va ibodatxonalar tosh o&#8217;rniga yog&#8217;ochdan qurila boshladi. 19-a.ning 2-yar- midan shahar binolarini frantsuz eklek- tikasi ruhida qurish avj oldi. Mustaqillik yillarida Pnompen, kam- pongsaom va b. shaharlarda ma&#8217;muriy, jamoat va uy-joy binolari temir-beton- dan mahalliy an&#8217;analar galereya, Mino- ra, nishabi tik tom)ni saqlagan holda, ayvonli va quyoshdan to&#8217;sadigan qilib, za- monaviy uslubda solindi. Qishloqva shaharlarda ko&#8217;pchilik uylar sinchli va ayvonli qilib quriladi. Tasviriy san&#8217;ati. K. hududida yaratilgan eng qad. san&#8217;at yodgorliklari neolit dav- riga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Mil. AV. 1-ming yil- likda jezdan yasalgan buyumlar saqlanib qolgan. Mil. 6\u2014 8-a.larda hindlarnikiga o&#8217;xshash haykalchalar yasalgan. 9-13-a. larda me&#8217;moriy yodgorliklar haykaltaroshlik va naqshinkorlik usu- lida bezatilgan. 14-a.dan boshlab haykallarni asosan jez va yog&#8217;ochdan yasash odat bo&#8217;lgan. 20-a. boshlaridan naqsh va rasmlardagi tasvirlarga hayotiy manza- ralar kiritila boshlandi; rangtasvir va grafika rivojlandi. Rassomlardan Ngok Dim, Sam Yun va b. ning asarlari mashhur. Amaliy bezak san&#8217;ati turlari- dan qo&#8217;lda shoyi to&#8217;qish, yog&#8217;och va fil so&#8217;yagi o&#8217;ymakorligi, kashtado&#8217;zlik va b. an&#8217;ana- lar saqlangan. Musiqasi qad. zamonlarda vujudga kelib shakllangan. Ko&#8217;hna ibodatxonalarda xo- Nanda va sozandalarning nomlari bitil- gan yozuvlar, tasvirlar saqlangan. Angkor davri (9-14-a.lar)da rivoj topgan kxmer mumtoz musiqa madaniyati va cholg&#8217;u asboblari hamon o&#8217;z shaklini o&#8217;zgartirmagan. Mumtoz musiqa madaniya- tida diniy ibodatlar b-n bog&#8217;liq musiqiy raqs (milliy balet) tomoshala- ri asosiy o&#8217;rin tutadi. K. baletida aso- siy rollarni ayollar ijro etadi, 2 erkak raqqos esa iblis, qiziqchi va hayvonlar niqobida o&#8217;ynaydi. Urib chalinadigan as- boblar \u2014 baraban (sampxo, chxayyam), qo&#8217;sh litavra (skotxom), tsimbal, Gong, puflab chalinadigan \u2014 goboysimon (pey o, pey- pok, pra pey), qamish nay (kxloy), torli asboblar \u2014 udsimon (ta Dieu, ta-kxe), g&#8217;ijjaksimon cholg&#8217;ular (troche, trosao, trokmae) milliy orkestrda asosiy o&#8217;rinni oladi. 1966 y.da Pnompenda na- fis san&#8217;at inti tashkil etilgan. Teatri. Fonus xayol, ya&#8217;ni soyalar teatri K. uchun an&#8217;naviy hisoblanadi. 1955 y.da Davlat drama teatri tashkil etildi. Pnompen, Siemreap va b. shaharlarda doimiy truppalar ishlaydi. Badiiy havaskorlik keng tus olgan. Professio- nal badiiy jamoalar tashkil etilgan, milliy balet qayta tiklangan. Uning sahnasida mifologiya ruhidagi an&#8217;ana- viy rakslar b-n bir qatorda voqeiy tomo- shalar (xalqning polpotchilar qamoq la- gerlaridagi azoblarini va ozodlik yo&#8217;lidagi kurashini ifodalovchi &#8220;kuz yoshlari va qon&#8221; spektakli) ko&#8217;rsatilayotir. Pnompenda shahar teatri, Siemreap sh.da yangi teatr ishlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kambodja, Kambodja Qirolligi (Cambodia) \u2014 Jan.-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy ya. o.ning Jan. qismida joy- lashgan davlat. Mayd. 181 ming 35 km2. Aholisi 12,49 mln. kishi (2001). Poy- taxti \u2014 Pnompen sh. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kambodja-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122728","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122728","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122728"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122728\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122736,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122728\/revisions\/122736"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122728"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122728"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122728"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}