{"id":122740,"date":"2024-05-12T17:44:07","date_gmt":"2024-05-12T14:44:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122740"},"modified":"2024-05-12T17:44:10","modified_gmt":"2024-05-12T14:44:10","slug":"kanalar-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kanalar-3\/","title":{"rendered":"Kanalar"},"content":{"rendered":"\n<p>Kanalar (Acarina) \u2014 o&#8217;rgimchaksimonlar sinfiga mansub may- da bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar. 3 turkumga bo&#8217;linadi: akariformli K. (Acariformes), parazit- formli K. (Parasitiformes) va pichano&#8217;rar K. (Opiliocarina). Tanasi tuxumsimon yoki cho&#8217;ziq (uz. 0,1\u20140,30 mm), aksari- yati bo&#8217;g&#8217;imlarga bo&#8217;linmagan. Tanasi, odatda, 2 kiem: og&#8217;iz apparati joylash- gan oldingi \u2014 giatosoma va oyoqlari joylashgan orqa qism \u2014 idiosomadan iborat. K. hasharotlardan 4, ba&#8217;zila- ri esa 2 juft oyoqlari bo&#8217;lishi, tana- sining bosh, ko&#8217;krak va qorin qismga bo&#8217;linmasligi, mo&#8217;ylovlari bo&#8217;lmasligi b-n farqlanadi. Tanasi yashash sharoitiga ko&#8217;ra, tiniq yoki juda zichlashgan muskul- li qoplamga ega. Barcha K. ayrim jinsli bo&#8217;lib, ko&#8217;pchiligi tuxum qo&#8217;yib ko&#8217;payadi. Oziqlanish tipiga qarab 3 guruhga bo&#8217;linadi: o&#8217;simlikxo&#8217;rlar, yirtqich K. va parazit K. Ba&#8217;zi K. o&#8217;simlik qoldiqlari b-n (saprofaglar) oziqlanib, tuproq hosil bo&#8217;lish jarayonida muhim rol o&#8217;ynaydi (mas., Oribalidae oilasiga mansub qalqonli K. va AcaroideaHHHr vakillari); boshqalari o&#8217;simlik shi- rasi b-n (fitofaglar) oziqlanib, q.x. ekinlariga katta zarar keltiradi (Mae., Tetranychidae oilasining turla- ri); ayrimlari sodda zamburug&#8217;lar b-n oziqlanadi (mikofaglar) hamda parazit K. q.x. hayvonlari va odamga zarar etka- zadi (Ixodidae, Argasidae, Dermanyssidae va b. oiladagi K.). Tabiatda zararli K. b-n bir katorda foydalilari ham (en- tomofag K.) bo&#8217;lib, q.x. zararkunandala- rining ko&#8217;payishiga to&#8217;sqinlik qiladi. O&#8217;simlikxo&#8217;r K. ikki: sarkoptiformli K. (Sarcoptifomes) hamda trombidiform- li K. (Trombidiformes) kenja turkumga bo&#8217;linadi. Sarkoptiformli K.dan ombor K.ning 2 oilasi: un K. va tukli K.ning va &#8211; killari katta zarar keltiradi (q. Ombor zararkunandalari). Trombidiformli K. kenja turkumiga o&#8217;simlikning o&#8217;sish va rivojlanish davrida shirasini so&#8217;rib za- rar keltiradigan K. kiradi. Q.x. ekinla- riga, ayniqsa, o&#8217;rgimchakkanalar oilasi- ning turlari, jumladan, o&#8217;rgimchakkana juda ko&#8217;p zarar etkazadi. Briobindlar oilasiga mansub eng yirik (2 mm gacha) va serharakat K. faqatgina o&#8217;simliklarga zarar keltirib qolmay, balki odamlar yashaydigan joylarga kirib, zahira oziq- ovqatlarni xam ifloslantiradi. Qo&#8217;ng&#8217;ir meva kanasi \u2014 ashaddiy zararkunanda- dir. O&#8217;rta Osiyo Jan.da yassi tanali K. (Tenuipalpidae) oilasining vakillaridan meva yassi tanali kanasi zararlidir. Har xil tirnoqli K. oilasi (Tarsonemidae) HHHr ko&#8217;pgina turlari o&#8217;simliklar b-n oziqlanadi, ammo yirtqich hamda sapro- faglari ham mavjud. Eng zararkunandasi \u2014 ertut kanasidir. Qorindor K. oilasi- ga (Pycmotidae) tirik tug&#8217;ish xarakterli. Ularning barcha rivojlanish fazalari ona qornida o&#8217;tadi; qorni sharsimon shi- shib, 100-500 martagacha kattalashish xususiyatiga ega. Bu oilaga mansub don K. bug&#8217;doy, suli, javdar, arpa va boshoqli o&#8217;tlarga vegetasiya davrida zarar etkaza- Di. Qorindor K. zahiralarga zarar kel- tiruvchi hasharotlar qurtida parazit- lik qiladi; ular odam tanasiga tushsa, teri kasalligi \u2014 pichan qichimasini vujudga keltiradi. To&#8217;rt oyoqli K. yoki shish paydo qiluvchi K. (Eriophyidae) oilasining vakillari o&#8217;simlik b-n oziqlanib, uning shakli, barg hamda mevalari rangini o&#8217;zgartiradi, kur- taklarni nobud qiladi. Ba&#8217;zi turla- ri o&#8217;simliklar ustida erkin yashaydi, boshqalari esa shish paydo qiladi. Yirtqich K. \u2014 parazitformli va Akari- formli K. turkumlarining vakillari- dir. Mevali daraxtlar bargida, tut, tok, g&#8217;o&#8217;za, beda va sabzavot ekinlarida, bego- na o&#8217;tlar hamda o&#8217;simlik qoldiqlarida yashaydi. Serharakat. O&#8217;rgimchakkana tu- xumi, lichinkalari, nimfasi va voyaga etgan individlari, yassi tanali K. va b. mayda bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar b-n oziqlanadi. O&#8217;rta Osiyoda keng tarqalgan bo&#8217;lib, 11 oilaga mansub 50 ga yaqin turi ma&#8217;lum. Ko&#8217;pincha, ekinzor dalalarida va unga yondosh erlardagi begona o&#8217;tlarda uch- raydi. O&#8217;simlikxo&#8217;r K. kabi ular ham to&#8217;kilgan barglarda, daraxt po&#8217;stloqlari yoriqlarida, to&#8217;shamalarda va b. o&#8217;simlik qoldiqlarida qishlaydi. Sutkalik o&#8217;rtacha harorat 10\u00b0 dan yuqori bo&#8217;lganda qishlov joylaridan chiqadi. Sug&#8217;orma dehqonchilik agrobiosenozida, aso- san, begona o&#8217;tlar hamda tut daraxt- larida to&#8217;planadi. G&#8217;o&#8217;zaga may oxiri \u2014 iyun boshlarida o&#8217;rgimchakkanadan so&#8217;ng o&#8217;tadi. Ularning mavsumiy ri- vojlanish davri bir xilda bo&#8217;lib, bu yirtqich K.ning oziqlanishi uchun yaxshi sharoit yaratadi. O&#8217;simlikxo&#8217;r zarar- kunanda K.ga qarshi biologik himoya usulida yirtqich K.dan foydalanish mumkin. Eng faol yirtqich K. fitose- ID va b. oilaga mansub turlardir. Ular issiqxonalarda etishtiriladigan bo- dringlardagi hamda bog&#8217;va tokzorlardagi o&#8217;rgimchakkanalarga qarshi qo&#8217;llaniladi. Parazit K. ikki kenja turkum \u2014 Mesostigmata va IxodidesHH o&#8217;z ichi- ga olgan parazitformli K. turku- Mining vakillaridir. Bular q.x. hayvonlari (qoramol, cho&#8217;chqa, parran- dalar) hamda odamdagi yuqumli kasal- liklar qo&#8217;zg&#8217;atuvchilarining manbai va tarqatuvchilari. Ixodidae, Argasidae, Dermanyssidae oilalarining vakil- lari eng zararli K.dir. Ko&#8217;p turlari nobud bo&#8217;lgan o&#8217;simlik qoldiklaridan iborat to&#8217;shamalarda yoki yaylovlardagi o&#8217;tlarning ildiz-bo&#8217;g&#8217;zi qismida yashi- rin hayot kechiradi. Kamharakat bo&#8217;lib, katta maydonlarga faol tarqala ol- maydi. K.ga qarshi akarisidlar va bio- logik himoya usulidan foydalaniladi. Ad.: Al i Muxamedov S. N. i dr. Vred- Nie i poleznie kletshi Sredney Azii, T., 1982. Sulton Alimuhamedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kanalar (Acarina) \u2014 o&#8217;rgimchaksimonlar sinfiga mansub may- da bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar. 3 turkumga bo&#8217;linadi: akariformli K. (Acariformes), parazit- formli K. (Parasitiformes) va pichano&#8217;rar K. (Opiliocarina). Tanasi tuxumsimon yoki cho&#8217;ziq (uz. 0,1\u20140,30 mm), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kanalar-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122740","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122740","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122740"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122740\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122749,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122740\/revisions\/122749"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122740"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122740"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122740"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}