{"id":122742,"date":"2024-05-12T17:44:09","date_gmt":"2024-05-12T14:44:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122742"},"modified":"2024-05-12T17:44:18","modified_gmt":"2024-05-12T14:44:18","slug":"kandakorlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kandakorlik\/","title":{"rendered":"Kandakorlik"},"content":{"rendered":"\n<p>Kandakorlik \u2014 amaliy san&#8217;- at turi; o&#8217;ymakorlikning metall buyum- larni o&#8217;yib, chizib naqsh, tasvir ishlash sohasi. Buyumlarni bezashda kandakori (o&#8217;yib, kesib), qolipaki (qolip yorda- mida), simkori (simdan foydalanib), shuningdek, buyumlarning qismlari (qopqoq, dasta va b.) va ikki qavatli bu- yumlarni bezashda shabaka (panjarali qilib ishlash) usullari qo&#8217;llaniladi, an&#8217;anaviy usimliksimon (islimiy) va handasiy (girih) naqshlardan mujas- Samotlar yaratiladi. Naqsh yoki tasvir zamini po&#8217;lat qalam (asbob)lar yordami- da chuqur yoki sayoz o&#8217;yiladi, zamin sayoz o&#8217;yilganda rangli loklar b-n bo&#8217;yaladi, pardozlanadi, chekma, uyma, katak, paral- Lel kesma chiziqlar b-n jilo beriladi. 1930 y. lardan metall sirtiga kimyoviy moddalar ta&#8217;sir ettirib naqsh, tasvir yaratish usuli ham (ilk bor Toshkent badiiy o&#8217;quv i.ch. k-tida) qo&#8217;llaniladi. Arxeologik topilmalar (bronza qozon, mil. AV. 6-5-a.lar, Farg&#8217;ona vodiysi, O&#8217;zbekiston xalqlari tarixi muzeyida; Amudaryo xazinasi tarkibiga kirgan me- Tall buyumlar, mil. AV. 4\u2014 2-a.lar, bri- Taniya muzeyida; Samarqand Registoni- dan topilgan metall buyumlarning yirik xazinasi va b.) K. badiiy hunarmandlik turi sifatida O&#8217;rta Osiyo (jumladan, O&#8217;zbekiston hududi)da juda qadimdan mavjudligini ko&#8217;rsatadi. Dastlab buyum- larga afsonalardagi qahramonlar tasvi- ri ishlangan, arablar istilosidan key- in tasvirlar o&#8217;rnini handasiy naqshlar, bezak darajasiga etkazib ishlangan Arab yozuv (bayt)lari egallagan. Temuriylar davrida yangi usullarning yuzaga kelishi oqibatida K. san&#8217;ati yanada rivojlan- Di, bezak turlari ko&#8217;paydi. 18\u2014 19-a. larda Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo&#8217;qon, Qarshi, Shahrisabz, Toshkent kabi shaharlarda K. markazlari bo&#8217;lgan. 19-a. ning so&#8217;nggi choragida K. maqsulotlariga bo&#8217;lgan talabning ortishi ularni sano- atda qolip yordamida kup nusxada i.ch.ta olib keldi. Bu, o&#8217;z navbatida, K.ning ma&#8217;- lum darajada susayishiga sabab bo&#8217;ldi. O&#8217;zbekistonda 19-a. oxiriga kelib usuli- ning o&#8217;ziga xosligi, zarbning chuqur yoki sayozligi, naqshlar yuzasi va zaminini bezashda qo&#8217;llanadigan usullariga ko&#8217;ra, bir-biridan farqlanadigan K.ning bir necha (Farg&#8217;ona, Toshkent, Buxoro, qarshi- Shahrisabz, Samarqand, Xorazm) makta- blari shakllandi. Farg&#8217;ona K. maktabi ustalari (Abdufozil Otaullaev, mul- la Siddiq Otaullaev va b.) buyumlarni bezashda ko&#8217;rkam bog&#8217;lar, chamanzorlarni eslatuvchi nafis naqshlarni sayoz, tor zaminli qilib ishlaganlar, o&#8217;ziga xos tarzda pardozlaganlar, ba&#8217;zan mujas- samotga me&#8217;moriy tasvirlar ham kiri- tilgan. Toshkent K. maktabi vakillari yirik buyumlarga an&#8217;anaviy naqshlarni yirikroq qilib ishlaganlar, bezakda sodda naqshlar (mehrob, zanjira, zuluk, Olmagul va b.)ni qo&#8217;llaganlar. Buxoro K. maktabi vakillari (Hakim Buxoriy, Do&#8217;stmuhammad Rizo va b.) buyumlarni o&#8217;rtacha hajmda nafis, baytlarni kup qo&#8217;llagan holda bezaganlar. Qarshi \u2014 Shahrisabz K. maktabiga Buxoro K. MAK- tabining ta&#8217;siri kuchli bo&#8217;lgan, ustalar buyumlarni, shuningdek, shisha, Feruza ko&#8217;zlar qadab bezaganlar, naqsh zamini rangli loklar b-n bo&#8217;yalgan, ba&#8217;zan buyum sirti qolipaki usulida ishlangan bez- aklar b-n qoplangan. Samarqand K. MAK- tabi vakillari buyumlarni shabaka usu- lida (panjarasimon) bezaganlar, naqshda shobarg keng qo&#8217;llanilgan, naqsh zamini chekma gullar b-n pardozlangan. Xorazm K. maktabi ustalari (Xo&#8217;janiyoz sayit- Niyozov, Matyoqub Jonibekov, B. Yoqubov va b.) naqqoshlar tayyorlagan axtalar yor- damida murakkab buyumlarni handasiy va islimiy naqshlar b-n to&#8217;ldirib bezagan- lar. Bu maktablar o&#8217;zaro aloqada bo&#8217;lgan, ayrim usta kandakorlar o&#8217;z ijodlarida turli maktab usullarini qo&#8217;llagan. 19-a. oxiri \u2014 20-a. boshlarida yasalgan K. bu- yumlari shakli xilma-xil (choydish, mis ko&#8217;za, kosa, lagan, la&#8217;li, kashkul, oftoba, qumg&#8217;on va b.) tayyorlangan hamda nihoyatda nozik va bejirim naqshlangan. 20-a. 20-y.laridan ustalar artellarga uyushti- rildi. K. tsexlarida ijod qila boshlagan ustalar turli maktablarning an&#8217;ana- lari, usullaridan foydalanib badiiy buyumlar (choydish, mis kuza, mis lagan, satil, oftoba, dastsho&#8217;y, qumg&#8217;on va b.) tayyorladi. 60-y.lar boshlarida artellar tugatilib mahalliy sanoat korxonalari, mahalliy xizmat k-tlarida (Qo&#8217;qonda L. Fozilov, Buxoroda S. Hamidov, M. Mu- karramov, A. Hamidov, Xivada Yo. Bek- jonov boshchiligida) K. buyumlari ish- lab chiqarildi. Toshkent, Buxoro, Qo&#8217;qon, Xiva kabi shaharlarda O&#8217;zbekiston ba K. ustaxonalarida keksa kandakorlar yoshlarga (ustoz-shogird usulida) o&#8217;z qunarlarini o&#8217;rgatmoqda. Buxoroda K. maktabi ishlab turibdi (yana q. Buxoro kandakorlik maktabi).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kandakorlik \u2014 amaliy san&#8217;- at turi; o&#8217;ymakorlikning metall buyum- larni o&#8217;yib, chizib naqsh, tasvir ishlash sohasi. Buyumlarni bezashda kandakori (o&#8217;yib, kesib), qolipaki (qolip yorda- mida), simkori (simdan foydalanib), shuningdek, buyumlarning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kandakorlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122742","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122742","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122742"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122742\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122751,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122742\/revisions\/122751"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122742"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122742"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122742"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}