{"id":122760,"date":"2024-05-12T17:49:07","date_gmt":"2024-05-12T14:49:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122760"},"modified":"2024-05-12T17:49:13","modified_gmt":"2024-05-12T14:49:13","slug":"kareliya-kareliya-respublikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kareliya-kareliya-respublikasi\/","title":{"rendered":"Kareliya, Kareliya Respublikasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Kareliya, Kareliya Respublikasi \u2014 Rossiya Federasiyasi tarkibidagi respublika. Rossiyaning shim.-g&#8217;arbida joylashgan. Mayd. 172,4 ming km2. Aholisi 771,1 ming kishi (1999). 16 tu- man, 13 shahar, 44 shaxarcha bor. Poytaxti \u2014 Petrozavodsk sh. Davlat tuzumi. K. \u2014 respublika. Qonun chiqaruvchi organi \u2014 2 palata (Respublika palatasi va Vakillar pala- tasi)dan iborat qonun chiqaruvchi maj-lis (parlament). Ijroiya xrkimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. K. hududi aksari past- baland (eng baland joyi 578 m) te- kislikdir. Relefida muzlik izlari qolgan. K.ning Finlyandiyaga yondosh qismi sertepa. Oq dengiz, Onega va Lado- ga ko&#8217;llari sohili pasttekislik. Har xil qurilish materiallari (granit, diabaz, marmar va h.k.), pegmatit, slyuda, temir va titan rudasi konlari bor. Iqlimi kontinental va dengiz iqlimi. Qishi yumshoq (Fev.da -8\u00b0 dan -12\u00b0 gacha), yozi salqin (iyulda 14\u00b0-16\u00b0) va qisqa, havo namligi nisbatan yuqori. Yillik o&#8217;rtacha yog&#8217;in 400-600 mm. K.da botqoqlik va ko&#8217;l (61 ming ta) ko&#8217;p; eng yiriklari: La- doga va Onega ko&#8217;llari. Daryolari qisqa, sersuv, serostona, sharshara ko&#8217;p. Vodla, Kem, Vig va b. yirik daryolarida yog&#8217;och oqiziladi. Ba&#8217;zi daryolarining quyi qismida kema qatnaydi. K. hududining 18% ko&#8217;llar, yarmidan ko&#8217;pi o&#8217;rmon, 18% botqoqlik. Tuproqlari, asosan, pod- zol, botqoq-podzol va botqokli tuproq. K.da oq tovushqon, suv qunduzi, ondatra, qo&#8217;ng&#8217;ir ayiq, shim. bug&#8217;usi, Los, Grenlan- diya tyuleni va turli xil baliqlar bor. Kivach, Kostamuksha qo&#8217;riqxonalari, &#8220;Pa- anayarvi&#8221; milliy bog&#8217;i mavjud. Aholisi. Tub joy aholisi karellar; rus, Belorus, ukrain, fin, Veps va b. ham yashaydi. Aholining 74% shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tillari \u2014 rus, fin, Karel tillari. Dindorlar, asosan, xristianlar. Yirik shaharlari: Petrozavodsk, Kondopoga, Segeja, Ko- stomuksha va b. Tarixi. K. hududida odamlar mezolit davridan yashay boshlaganlar. Ular baliq ovlash, ovchilik b-n shug&#8217;ullangan. Mil. 1-ming yillik oxirida K. bo&#8217;yni va La- doga ko&#8217;lining shim.da karellar, Ladoga va Onega ko&#8217;llari oralig&#8217;ida vepslar, shim.roqda saamlar yashagan. K.ga mil. 2-ming yillik boshlarida slavyanlar kelib, dehqonchilik, tuz olish ishlari va baliq ovlash b-n shug&#8217;ullana boshla- Di. K. hududi 9-a.dan 12-a. boshlarigacha Qad. Rus davlati, keyinroq Novgorod qo&#8217;l ostida bo&#8217;ldi. 13-a.da K.ning bir qismi shved- lar tasarrufiga o&#8217;tdi va ular Viborg qal&#8217;asini qurdi. Shim. urush (1700-21) dan keyin bu hudud Rossiyaga qarashli bo&#8217;ldi. 18-a. boshlarida K.da bir necha me- tallurgiya z-dlari qurildi va ular Ros- siya qo&#8217;shinlarini zambaraklar b-n ta&#8217;- minlab turdi. 18-a.da dehqonlarning qo&#8217;zg&#8217;olonlari bo&#8217;lib o&#8217;tdi, lekin ularni podsho Rossiyasi shavqatsiz bostirdi. Krepostnoy huquq bekor qilingach (1861), sanoat, asosan, taxta tilish z-dlari bar- po etildi. 1917 y. noyab. \u2014 1918 y. apr. da K.da sho&#8217;ro hokimiyati o&#8217;rnatildi. 1920 y. 8 iyunda RSFSR tarkibida K. mehnat kommunasi tashkil etildi, 1923 y.da u Muxtor respublikaga aylantirildi. 1940 y.dan 1956 y.gacha ittifoqdosh re- spublika maqomida bo&#8217;ldi va Karel-Fin sho&#8217;ro Respublikasi, 1956\u2014 90 y.larda K. Muxtor Respublikasi deb ataldi. 1991 y. noyab. dan K. Respublikasi. Xo&#8217;jaligi. K. sanoatida o&#8217;rmon, yog&#8217;ochsozlik va tsellyuloza-qog&#8217;oz tarmo- klari etakchi o&#8217;rinda. Shu tarmoklar- ning korxonalarida taxta tilinadi, faner, yig&#8217;ma uylar, chang&#8217;i, yog&#8217;och tolali plita, tsellyuloza, karton, qog&#8217;oz ish- lab chiqariladi. Mashinasozlik va me- tallsozlikda yog&#8217;och sudrash traktorlari, tsellyuloza-qog&#8217;oz va kimyo sanoati uchun mashina-uskunalar, yog&#8217;ochsozlik stano- klari, kemalar, priborlar va b. ishlab chikarish rivojlangan. Rangli Metallur- giya Nadvoisk alyuminiy z-didan iborat. Qurilish ashyolari va b. mineral xom ashyo negizida konchilik sanoati yuzaga kelgan. Kostomuksha temir ruda konida metal boyitish k-ti barpo etilgan. Oziq-ovqat sanoatida baliq, go&#8217;sht-sut, novvoylik va b. tarmoqlar, engil sanoatda triko- taj, tikuvchilik va poyabzal tarmoqlari mavjud. Badiiy hunarmandchilik rivoj- langan. Energetika xo&#8217;jaligining aso- sini GESlar va Petrozavodsk issiqlik elektr st-yasi tashkil etadi. Bir yilda o&#8217;rtacha 5 mlrd. kVt-soatga yaqin elektr energiya hosil kilinadi. Q.x., asosan, sut chorvachiligi, parran- dachilik va kartoshka etishtirish, sabza- votchilikka ixtisoslashgan. Baliqchilik, mo&#8217;ynabop darrandachilik rivojlangan. T. y. uzunligi 2 ming km dan oshadi, Avto- mobil yo&#8217;llari uz. 7,5 ming km ga yaqin. Eng muhim suv yo&#8217;llari: oq dengiz, Onega va Ladoga ko&#8217;llari, oq dengiz \u2014 Boltiq kanali. Avtomobil va aviasiya trans- portidan ham foydalaniladi. Sayyohlik rivojlangan (Valaam, Kiji va b. Orol- lar). Tibbiy xizmat. 4 mingdan ortiq vrach, 10 mingdan ko&#8217;proq o&#8217;rta tibbiyot Xodi- mi aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Vrachlar Petrozavodsk un-tining tibbiyot f-tida tayyorlanadi. Marsial suvlari, sorta- vala kurorti, ko&#8217;pgina sanatoriy va dam olish uylari bor. Maorifi, madaniy-ma&#8217;rifiy va il- miy muassasalari. K.dagi 336 kunduzgi umumiy ta&#8217;lim maktabida 117 ming, 16 o&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtida 12 ming o&#8217;quvchi, 3 oliy o&#8217;quv yurti (Petrozavodsk un-ti, ped. in-ti, konservatoriya)da qariyb 10 ming talaba ta&#8217;lim oladi. K.da o&#8217;rmon sanoati i.t. in-ti, shim. baliq xo&#8217;jaligi i. t. inti va b. ilmiy muassasalar, 4 Pro- fessional teatr, 10 xalq teatri, 7 muzey, jum-ladan, Kiji muzey-qo&#8217;riqxonasi bor. Karel, fin va rus tillarida gaz. xamda jurlar nashr etiladi. Radio- eshittirish va teleko&#8217;rsatuvlar yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Adabiyoti. Kad. epik qo&#8217;shiklar aso- sida yaratilgan Karel va fin xalklari- ning eposi \u2014 &#8220;Kalevala&#8221; jahon adabi- yoti durdonalaridan hisoblanadi. Yozma adabiyoti 20-a. boshlarida paydo bo&#8217;lib rivojlandi. 1934 y. Yozuvchilar uyushma- si tuzildi, 30-y.lar adabiyotida X. Tix- li dilogiyasi, E. Parras romani dunyo yuzini ko&#8217;rdi, lirik she&#8217;rlar, ocherk va hikoyalarda o&#8217;lka xalqlarining hayoti aks ettirildi. Rus va fin tillarida adabiy jur.lar chika boshladi. Ko&#8217;plab yozuvchilar urush mavzuida asarlar ezdi. Urushdan so&#8217;ng K. adabiyotiga yozuvchilarning yosh AV- Lodi kirib keldi. A. Timonen, F. Tro- fimov va b.ning asarlari nashr etildi. K.da folklorshunoslik, adabiyotshunos- lik va tarjimachilik rivojlangan. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. Oq dengiz, Onega ko&#8217;li sohillaridagi qoyalarda neolit davri va jez asriga oid odam, hayvon va ov manzaralari tasvir- lari topilgan. K.da o&#8217;rmon ko&#8217;pligi yog&#8217;och me&#8217;morligining tez rivojlanishiga im- kon berdi. Ayniqsa, tomi ikki nishabli chorsi yog&#8217;och uylar, tomi to&#8217;rt nishabli ibodatxonalar ko&#8217;p uchraydi. 17-a. 2-yar- mida gumbazli, qubbali binolar kurila boshladi. Binolar K.ning shim.da sodda, bezaksiz, Jan. va Jan.-g&#8217;arbida sernaqsh, ko&#8217;rimli ishlangan. 18-a.da dastlab Pe- trozavodskda barokko, so&#8217;ngra klassi- tsizm uslubida 8 binoli aylana maydon (me&#8217;mori E. S. Nazarov va b.) yaratildi. 20-a. 40-50-y.lar me&#8217;morligida order- lik elementlari qo&#8217;llandi (mas, aloqa uyi, rus musiqali drama teatri \u2014 me&#8217;- Mori S. G. Brodskiy va b.), shuningdek, xalq yog&#8217;och me&#8217;morligi asosida Petroza- vodskda yozgi kinoteatr qurildi. Keyin- gi yillarda ko&#8217;pgina ma&#8217;muriy, sanoat va jamoat binolari, uy-joylar zamona- viy uslubda barpo etildi. Professional tasviriy san&#8217;atning paydo bo&#8217;lishida rassom V. N. Popo- Vning qissasi katta. 20-a.ning 2-yarmida ko&#8217;pgina manzara asar (S. X. Yuntunen), portret (g. A. Stronk) va natyurmort- lar (L. F. Lankinen, M. Sh. Yufa va b.) yaratildi; grafika, kitob bezagi ravnaq topib, milliy linogravyura va ofort- lar yuzaga keldi. Xalq san&#8217;atida yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, butxona, uy peshtoklariga naqsh, mebel va idishlarga nafis gular solish xamda kashtado&#8217;zlik alohida o&#8217;rin tutadi. Musiqa san&#8217;ati xalq an&#8217;analari asosida va qo&#8217;shni xalqlar musiqasi ta&#8217;- sirida rivojlanib keldi. K.da kantele (chertib chalinadigan), youxikko, virsi- kannel (kamonli), shuningdek, qayin po&#8217;stlog&#8217;idan yasalgan cho&#8217;pon surnayi kabi xalq sozlari tarqalgan. 19-a.da Runa ij-rochilaridan A. Pertunen b-n uning o&#8217;g&#8217;li Miyxkali, A. Malinen kabilar Shuhrat qozongan. 20-a. 1-yarmida xalq qo&#8217;shiqlari to&#8217;plamlari, professional musiqa ma- daniyatining dastlabki asarlari nashr etildi. G. R. Sinisalo Karel simfoniyasi va milliy baletining, R. S. Pergament milliy komik operasining dastlabki mualliflaridir. K. musiqa teatri, dra- ma teatri, simfonik orkestr, &#8220;Kantele&#8221; ashula va rake ansambli, filarmoniya, musiqa bilim yurti, musika maktablari mavjud. Kompozitorlardan K. Rautio, S. Leonchik, G. Vavilov, qo&#8217;shiqchilardan S. Rikka, I. Gridchina, 3. Petchenko, diri- jer I. Sherman va b. mashhur.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kareliya, Kareliya Respublikasi \u2014 Rossiya Federasiyasi tarkibidagi respublika. Rossiyaning shim.-g&#8217;arbida joylashgan. Mayd. 172,4 ming km2. Aholisi 771,1 ming kishi (1999). 16 tu- man, 13 shahar, 44 shaxarcha bor. Poytaxti \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kareliya-kareliya-respublikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122760","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122760","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122760"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122760\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122768,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122760\/revisions\/122768"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122760"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122760"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122760"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}