{"id":122761,"date":"2024-05-12T17:49:08","date_gmt":"2024-05-12T14:49:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122761"},"modified":"2024-05-12T17:49:13","modified_gmt":"2024-05-12T14:49:13","slug":"karimov-islom-abduganievich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/karimov-islom-abduganievich\/","title":{"rendered":"Karimov Islom Abdug&#8217;anievich"},"content":{"rendered":"\n<p>Karimov Islom Abdug&#8217;anievich (1938.30.1, Samarqand sh.) \u2014 yirik dav- lat va siyosat arbobi, O&#8217;zbekiston Re- spublikasining birinchi Prezidenti. O&#8217;zbekiston Qahramoni (1994). Xizmatchi oilasida tug&#8217;ilgan. O&#8217;rta Osiyo politexni- ka in-ti (1960), Toshkent xalq xo&#8217;jaligi in-tini (1967) tugatgan. Mehnat faoliya- tini 1960 y.da Toshkent qishloq xo&#8217;jaligi mashinasozligi (&#8220;Tashselmash&#8221;) z-dida master yordamchiligidan boshladi. So&#8217;ng Mazkur korxonada master, texnolog. 1961 y.dan 1966 y.gacha V. P. Chkalov nomida- gi Toshkent aviasiya i.ch. birlashmasida muhandis,etakchi muhandis-konstruktor bo&#8217;lib ishladi. 1966 y.da O&#8217;zbekiston Davlat plan komitetiga ishga o&#8217;tib, bosh mutaxassislikdan respublika dav- lat plan komiteti raisining birinchi o&#8217;rinbosarigacha bo&#8217;lgan yo&#8217;lni bosib o&#8217;tdi. 1983 y.dan O&#8217;zbekiston SSR Moliya vaziri, 1986 y.dan O&#8217;zbekiston SSR Mi- nistrlar Soveti raisining o&#8217;rinbosari \u2014 respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986-89 y.larda O&#8217;zbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birin- chi kotibi, 1989 y. iyunidan O&#8217;zbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990 y. 24 mart- da O&#8217;zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida K. O&#8217;zbekiston SSR Prezi- Denti etib saylandi. 1991 y. 31 avg.da K. tarixiy voqea \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasining davlat . mustaqilligini e&#8217;lon qildi. 1991 y. 29 dek.da mukrbillik asosida o&#8217;tkazilgan umumxalq saylovida K. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti etib say- landi. 1995 y. 26 martda bo&#8217;lib o&#8217;tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko&#8217;ra, K.ning prezidentlik vakolati 2000 y.ga qadar uzaytirildi. 2000 y. 9 yanv.da u muqobillik asosida O&#8217;zbekiston Respu- blikasining Prezidenti etib qayta say- landi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Kon- stitusiyasining 89 &#8211; va 93-moddalariga muvofiq, K. ayni vaqtda, O&#8217;zbekiston Re- spublikasi Vazirlar Mahkamasining ra- isi, O&#8217;zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo&#8217;mondonidir. K. O&#8217;zbekiston FA akad. (1994), shu- ningdek, iqtisod, fan, ta&#8217;limni rivoj- lantirishga qo&#8217;shgan ulkan hissasi uchun o&#8217;ndan ortiq xorijiy mamlakat un-t va akademiyalarining faxriy fan dokto- ri, prof. hamda akad. ligiga saylangan. Uning &#8220;O&#8217;zbekistonning o&#8217;z istiqlol va taraqqiyot yo&#8217;li&#8221; (1992), &#8220;yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang&#8221; (1993), &#8220;O&#8217;zbekiston \u2014 bozor munosabatlariga o&#8217;tishning o&#8217;ziga xos yo&#8217;li&#8221; (1993), &#8220;biz- dan ozod va obod Vatan qolsin&#8221; (1994), &#8220;Istiqlol va ma&#8217;naviyat&#8221; (1994), &#8220;va- tan sajdagoh kabi muqaddasdir&#8221; (1995), &#8220;O&#8217;zbekiston XXI asr bo&#8217;sag&#8217;asida: xavf- sizlikka tahdid, barqarorlik shartla- ri va taraqqiyot kafolatlari&#8221; (1997), &#8220;Barkamol avlod orzusi&#8221; (1998), &#8220;kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari&#8221; (1998), &#8220;Tarixiy xotirasiz kelajak yo&#8217;q&#8221; (1998), &#8220;Olloh qalbimizda, yuragimiz- da&#8221; (1999), &#8220;ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot \u2014 pirovard maqsadimiz&#8221; (2000), &#8220;tinchlik uchun kurashmoq ke- rak&#8221; (2001), &#8220;O&#8217;zbekistonda demokratik o&#8217;zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllan- tirishning asosiy yo&#8217;nalishlari&#8221; (2002) va b. asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy- siyosiy taraqqiyotning dolzarb masala- lari tadqiq qilingan, O&#8217;zbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hoz. va istiqboldagi vazifa- lar ko&#8217;rsatib o&#8217;tilgan. Uning asarlari ingliz, rus, frantsuz, ispan, nemis, hind, Xitoy, Arab, koreys, turk va b. xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan. O&#8217;bekiston xalqi istiqlol yil- larida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda K. nomi va faoliyati b-n bog&#8217;laydi. U sobiq sovet tuzumidan key- in paydo bo&#8217;lgan beqaror, notinch davr- da O&#8217;bekiston jamiyatida barqarorlik va ishonchni paydo kila oldi, xalqi ol- diga millatni yuksaklarga ko&#8217;aradigan ulkan maqsad va vazifalar qo&#8217;ydi. K. O&#8217;bekistonda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy o&#8217;zgarishlarning tashab- buskori va rahnamosi, mamlakatning istiqol dasturini ishlab chiqqan va mil- liy taraqqiyot yo&#8217;lini belgilab bergan atoqi davlat arbobidir. K. demokratik talablar va xalqaro mezonlarga to&#8217;la ja- vob beradigan O&#8217;bekiston Respublikasi Konstitusiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolati- dir. U Markaziy hokimiyat va uning joy- lardagi bo&#8217;g&#8217;inlarini isloh qilish, dav- lat, jamiyat va inson munosabatlarini uyg&#8217;unlashtirishga qaratilgan yangi siyo- siy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ish- lab chiqdi va amalga oshirdi. O&#8217;zbekiston xalqining o&#8217;ziga xos xususiyatlari hamda ilg&#8217;or jahon tajribalarini mujassam- lashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab chikdi. Bu rivoj- lanish yo&#8217;li iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, o&#8217;tish dav- rida davlatning bosh islohotchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoyadan ibo- rat 5 tamoyilni o&#8217;z ichiga oladi va u du- nyoda &#8220;o&#8217;bek modeli&#8221; deb e&#8217;tirof etilgan. K. rahbarligi va bevosita ishtirokida O&#8217;bekistan turli-tuman &#8220;sakrash&#8221; lar, &#8220;falaj qilib davolash&#8221; lardan voz kechib, bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tishda o&#8217;ziga xos yo&#8217;ldan bordi va puxta o&#8217;ylangan dastur asosida mamlakat iqtisodiy poydevori- ni qura boshladi. Qisqa vaqt ichida mam- lakat neft va neft mahsulotlari, g&#8217;alla mustaqilligiga erishdi. O&#8217;zbekiston Respublikasida yuksak sifatli ol- tin va gaz qazib olish keskin darajada ko&#8217;paydi, i.ch.ning yangi sohalari, mas, avtomobilsozlik sanoati barpo etildi. K. O&#8217;bekistan davlatining hududiy yax- litligini, sarhadlari daxlsizligini himoya qilishga qodir qurolli kuchlar, chegara va ichki qo&#8217;shinlarni zamonaviy islohotlar asosida tashkil etish ishiga rahbarlik qildi. KPSS MK boshchiligi- dagi mustabid kuchlar O&#8217;zbekistonda ado- latsizlik va tazyiqlarni avj oldirgan yillarda o&#8217;zbek nomini nohaq tahqir va haqoratlardan himoya qilish, xalqning or-nomusini, milliy g&#8217;ururini tiklash- da fidoyilik namunasini ko&#8217;rsatdi. K. jahon siyosat olamida hamisha ilg&#8217;or fikrlarni ilgari suradigan, ta- shabbuskor, o&#8217;z nuqtai nazarini qat&#8217;iy himoya qilib, oldiga qo&#8217;yilgan maqsadga erisha oladigan shaxs sifatida ta- nilgan. U sobitqadamlik b-n tinchlik va hamjihatlik siyosatini yuritib kelmoqda. K. yuksak xalqaro uchrashuv- larda birinchilardan bo&#8217;lib 21-a. vabo- si hisoblanmish terrorchilikka va u b-n chambarchas bog&#8217;liq narkobiznesa qarshi faqat hamjihatliqda kurashish zarurli- gini, mazkur dahshatli tahdid manbala- rini bartaraf etish va Markaziy Osiyo mintaqasida &#8220;xavfsizlik kamari&#8221;ni shakllantirishga qaratilgan chora-tad- birlar tizimini yaratish kerakligini ta&#8217;kidlab keldi. Xalqaro maydonda O&#8217;zbekistonning obro&#8217;-e&#8217;tiborini yuk- saltirish, uning qad. boy madaniyati va bugungi ulkan salohiyatini dunyoga tani- tishda buyuk xizmat qildi. O&#8217;zbekiston BMTga a&#8217;zo bo&#8217;lib kirdi (1992 y., 2 mart), deyarli barcha nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy uyushmalar- ga qabul qilindi, 120 dan ortiq davlat b-n diplomatik aloqa o&#8217;rnatdi, o&#8217;zaro manfaatli hamkorlikni yo&#8217;lga qo&#8217;ydi. O&#8217;zbekiston o&#8217;zining tinchliksevar tashqi siyosati, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta&#8217;minlash, mintaqa mamlakatlari o&#8217;rtasida yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish, Orol den- gizi muammolarini jahon hamjamiyati ko&#8217;magida har tomonlama hal etishga qaratilgan bir qator tashabbuslari b-n xalqaro maydonda tanildi, o&#8217;z nufuziga ega bo&#8217;ldi. Jamiyatda ma&#8217;naviy poklanish va yuksalishga erishish, eski aqidalardan xalos bo&#8217;lish, shu asosda milliy istiqlol g&#8217;oyasini yaratish va hayotga tatbiq etish uchun ma&#8217;naviy qadriyatlarga hurmat- ehtirom b-n munosabatda bo&#8217;lish, ular- ni asrab-avaylash va rivojlantirish, xalqqa o&#8217;zining muqaddas dini, urf- odatlarini qaytarib berish, tarixiy merosini tiklash, sog&#8217;lom avlodni vo- yaga etkazish vazifalarini K. yurtimiz- da davlat siyosati darajasiga ko&#8217;tardi. K.ning 21-a. bo&#8217;sag&#8217;asida o&#8217;zbek Milla- tining o&#8217;zligini anglashi, uning qadr- qimmatini joyiga qo&#8217;yish, o&#8217;zbek nomini butun dunyoga tarannum etishda qo&#8217;shgan hissasi ayniqsa beqiyosdir. U odamlar- ning tafakkurini o&#8217;zgartirish, ular- ning ongida yangi milliy g&#8217;oya, milliy mafkura asoslarini shakllantirish va mustahkamlash, kadrlar tayyorlash mil- liy dasturini yaratish va uni amalga oshi- rishga rahnamolik qildi. Mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi nufu- zini oshirish, vakolat va hukuklarini kengaytirish, fuqarolarning o&#8217;z-o&#8217;zini boshqarish tizimi sifatida uni har to- monlama qo&#8217;llab-quvvatlash tashabbusko- ri bo&#8217;ldi. K. yangi turar joylar qurish, shu jumladan, ulug&#8217;ajdodlarimizning qadam-jolarini obod qilish, iqtisodiy salohiyatni oshirishda katta o&#8217;rin tuta- digan yirik-yirik korxonalarni bunyod etish, shahar-qishloqlar, avvalambor, poytaxt Toshkentning shakl-qiyofasini tubdan o&#8217;zgartirish ishlariga bevosita rahbarlik qilmoqda. K. mustaqil O&#8217;zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokra- tik fuqarolik jamiyati qurish asosla- rini yaratdi, yangi asrda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo&#8217;nalishlarini ishlab chiqdi, yorug&#8217;istiqbol yo&#8217;lida xalqni birlashtirib, uni ulug&#8217;maqsadlar sari boshlab bormoqda. K. suveren va mustaqil O&#8217;zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tin- chligi va milliy totuvlikni ta&#8217;min- lash, tarixiy adolatni tiklash ishiga qo&#8217;shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko&#8217;rsatganligi uchun &#8220;Mustaqillik&#8221; (1996), Amir Temur (1998) ordenlari b-n taqdirlangan. Shu- ningdek, u bir qancha xorijiy davlatlar- ning va nufuzli xalqaro tashkilotlar- ning orden va medallari b-n mukofot- langan. Ac: asarlar, 1-10-j.lar, T., 1996- 2002. Ad.: E&#8217;tirof [uzbek, ingliz, rus til- larida], T., 1995; O&#8217;zbekistonning yangi tari-XI, 3-j. [Mustaqil O&#8217;zbekiston ta- rixi], T., 2000; Islom Karimov \u2014 Uzbe- kistan Respublikasining birinchi Pre- zidenti (Fotoalbom; uzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1998; Levitin L., Karlayl D. S, Islom Karimov \u2014 yangi Uzbekistan Prezidenti, T., 1996; Levitin L., Uzbe- kistan na istoricheskom povorote, M., 2001; Seriya Vojdi narodov \u2014 XX vek, M., 1996; Sharifxodjaev M., Formiro- vanie otkritogo grajdanskogo obtshestva v Uzbekistane, T., 2002; Amerikaga tash- rif \u2014 vizit v Ameriku, T., 2002.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Karimov Islom Abdug&#8217;anievich (1938.30.1, Samarqand sh.) \u2014 yirik dav- lat va siyosat arbobi, O&#8217;zbekiston Re- spublikasining birinchi Prezidenti. O&#8217;zbekiston Qahramoni (1994). Xizmatchi oilasida tug&#8217;ilgan. O&#8217;rta Osiyo politexni- ka in-ti (1960), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/karimov-islom-abduganievich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122761","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122761","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122761"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122761\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122769,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122761\/revisions\/122769"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122761"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122761"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122761"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}