{"id":122763,"date":"2024-05-12T17:49:17","date_gmt":"2024-05-12T14:49:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122763"},"modified":"2024-05-12T17:49:41","modified_gmt":"2024-05-12T14:49:41","slug":"kartoshka","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kartoshka\/","title":{"rendered":"Kartoshka"},"content":{"rendered":"\n<p>Kartoshka (Solanum tuberosum L.) \u2014 tomatdoshlar oilasiga mansub tuganak mevali ko&#8217;p yillik o&#8217;tsimon o&#8217;simlik; asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo&#8217;lgan bir yillik oziq-ovqat, texnika va xashaki ekin. Vatani \u2014 Jan. Amerika. 150 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari aksariyat Jan. va Markaziy Amerikada o&#8217;sadi. Dehqonchilikda 2 turi and K.si (S.andigenum) va Chili K. yoki Evropa K.si (S.tuberosum) bir yillik ekin si- fatida ekiladi. K.ni Amerikaning tub- joy aholisi bundan taxm. 14 ming yil ilgari ekib kelgan. Evropaga 1565 y. keltirilgan. Rossiyada 18-a. boshlarida ekila boshlagan. O&#8217;zbekistonga esa 19-a. ning 70-y.laridan bu erga ko&#8217;chib kel- gan ruslar va tatarlar olib kelishgan. Jahon bo&#8217;yicha K. ekilgan umumiy mayd. 17,9 mln. ga, hosildorlik 16,3 t\/ga, yalpi hosil 294,3 mln. t (1999). O&#8217;zbekistonda ekin mayd. 52 ming ga, hosildorlik 12,7 t\/ga, yalpi hosil 729,8 ming t (2000). XI- toy (3 mln.ga), Polsha (1,2 mln.ga)da ko&#8217;p ekiladi. K. oziq-ovqat va em-xashak sifatida, shuningdek, kraxmal, spirt, glyukoza, dek- Strin va b. mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. K. tuganagi tar- kibida 75-80% suv, 23,7% quruq mod- da, shu jumladan, 17,5% kraxmal, 1-2% oqsil, 0,5% qand moddasi, 1% mineral tuzlar, shuningdek V,, V2, V6, S, RR, D vitaminlari va provitamin A (karotin), po&#8217;stida esa zaharli modda \u2014 solonin bor. K. kishilarning oziq-ovqat rasio- nida muhim o&#8217;rinda turadi. Fiziologik tavsiya normalariga ko&#8217;ra, bir kishi uchun yillik K. iste&#8217;moli mikdori 45 kg ni tashkil etadi. K. namsevar (ayniqsa, gullash va tuga- nak tugish davrida), yorug&#8217;sevar, bir qadar sovuqqa chidamli o&#8217;simlik. Tuproqda tu- ganakdagi kurtaklari 5-8\u00b0 da una bosh- laydi. Tuganaklari va urug&#8217;idan ko&#8217;payadi. Meristema usuli b-n virussiz urug&#8217;lik olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. K. o&#8217;simligi bo&#8217;yi 50-80 sm, 3-6 poyali. Poyasining er ostki qismida er osti novdalar \u2014 stolonlarda tugana- klar \u2014 K. paydo bo&#8217;ladi. K.si okdan to qizil tusgacha va turli shaklda bulib, sirtidagi chuqurcha \u2014 ko&#8217;zchalaridan kel- gusi yil yangi poyalar o&#8217;sib chiqadi. Ildi- zi popuk ildiz tipida. Barglari juft patsimon bulingan, sarg&#8217;ish-yashildan to&#8217;q yashilgacha. Guli 2 jinsli, oq, och bi- nafsha tusda, 2-3 tadan, ba&#8217;zan 4 tadan joylashgan. O&#8217;zidan, goho chetdan changla- nadi. O&#8217;zbekiston sharoitida K.ning ko&#8217;p navlari g&#8217;unchalari to&#8217;kilib, gullamaydi. Mevasi 2 chanoqli, ko&#8217;p urug&#8217;li, sersuv re- zavor. Vegetasiya davri 60-150 kun. K. pishib etilish muddatlariga qarab tezpishar (maysalashidan etilishi- ga qadar 60-65 kun), o&#8217;rtacha tezpishar (70-80 kun), o&#8217;rtacha kechpishar (po\u2014 120 kun), kechpishar (130-150) navlar- ga bo&#8217;linadi. Tuganagini va urug&#8217;ini ekib ko&#8217;paytiriladi. Qora yoki qumloq tuproqli erlarda mo&#8217;l hosil beradi. K. sabzavot almashlab ekish tizimida ka- RAM, bodring, poliz va dukkakli don ekinlardan bo&#8217;shagan erlarda etishtiri- ladi. Ertagi K. etishtirishda urug&#8217;lik 20-40 kun yarovizasiya qilinadi (Max- sus yorug&#8217;xonada nish chiqarishi ta&#8217;min- lanadi). K. ekiladigan erning gektariga 60-150 kg azot (oziq modda hisobida), 100-200 kg fosfor va 30-60 kg kaliy- li mineral o&#8217;g&#8217;it, 15-20 t go&#8217;ng solina- Di, chuqur haydaladi. Ekish uchun, asosan, o&#8217;rtacha kattalikdagi (50-80 g) K. ajra- tiladi. Qator oralarini 60, 70, 90 sm, qatordagi tup oralig&#8217;ini 25, 30 yoki 35 sm qilib 8-12 sm chuqurlikda ekiladi. Ekish normasi gektariga 2,5\u20144 t. In- tensiv texnologiyada o&#8217;rtacha hosildorlik 42-44 t\/ga ni tashkil qiladi. O&#8217;zbekiston sharoitida faqat oziq- ovqat maqsadlarida etishtiriladi. Er- tagi K. Fev. oxiri \u2014 martda, Janubiy r-nlarda hatto kech kuzda (okt,-noyabrda), kechkisi may oxiri \u2014 iyunda ekiladi. K. qator oralari o&#8217;suv davri davomida bir necha marta yumshatiladi, 500-800 m2\/ga normada ertagisi xar 7-10 kunda (7-8 marta), kechkisi har 8-10 kunda (10-15 marta) sug&#8217;oriladi, oziqlantiriladi. O&#8217;zbekistonda ekiladigan asosiy na- Vlar: Aqrab \u2014 O&#8217;zbekiston sabzavot, po- Liz ekinlari va kartoshkachilik i.t. in-tida chiqarilgan va respublikada 1996 y.dan r-nlashtirilgan. O&#8217;rtacha kech- pishar, po&#8217;sti kizil, eti oq, ko&#8217;zchalari chuqurroq, yumaloq, o&#8217;rtacha vazni 100\u2014 130g;3arafshon \u2014 Samarqand qishloq xo&#8217;jaligi in-tida yaratilgan va Respu- blikada 1985 y.dan r-nlashtirilgan, tezpishar, serhosil, kam kraxmalli nav. Cho&#8217;ziq-oval shaklda, po&#8217;sti och-sarg&#8217;ish, silliq, serko&#8217;z; to&#8217;yimli \u2014 O&#8217;zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshka- chilik i.t. in-tida yaratilgan, Respubli- kada 1995 y.dan r-nlashtirilgan. o&#8217;rtacha kechpishar, issiqqa chidamli nav. Tugu- naklari oq, yumaloq, eti oq, ko&#8217;zchalari chuqurroq, og&#8217;irligi o&#8217;rtacha 110-130 g; um ID \u2014 O&#8217;zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i.t. in-tida yaratilgan, 2001 y.dan r-nlashtirilgan, o&#8217;rtacha tezpishar, ertagi va kechki mud- datlarda etishtirishga yarokli, tuganagi shakli cho&#8217;ziq-oval, eti sariq. Rossiyada chiqarilgan navlardan Se- dov (ertapishar, serhosil, yumaloq, Yi- rik, oq, yaxshi saqlanadi, aynimaydi); Lorx (o&#8217;rtapishar, serhosil, tugana- klari yirik, dumaloq-oval, rangi oq, serkraxmal); Falenskiy (o&#8217;rtapishar, eti sarg&#8217;ish-oq, kam ko&#8217;zli, tuganaklari oq, cho&#8217;ziq oval shaklda); Gollandiyada chiqarilgan navlardan 1998 y.dan boshlab Diamant (o&#8217;rtacha kechpishar, tuganaklari tekis, sarg&#8217;ish, mazali); Kondor (tezpi- shar, rangi qizil, po&#8217;sti silliq, serko&#8217;z); Kardinal (o&#8217;rtacha kechpishar, rangi qizil, po&#8217;sti silliq, serkuz) va b. ekiladi. Kas al l i kl ari : so&#8217;lish kasalligi \u2014 kasallangan o&#8217;simlik so&#8217;liydi, keyinroq qurib qoladi. O&#8217;simlik poyasi kesib qaralganda zararlangan nay to&#8217;qimalari qo&#8217;ng&#8217;ir tusda bo&#8217;ladi. Kasallik issiq kunlarda ko&#8217;proq tarqaladi; makrospori- oz \u2014 barglarida qo&#8217;ng&#8217;ir to&#8217;garak dog&#8217;lar paydo bo&#8217;ladi. Keyinchalik kattalashib, bargni butunlay qoplab oladi, bunday barglar quriydi. Kasallik o&#8217;simlik po- yasiga ham o&#8217;tib, ulardan cho&#8217;ziq qo&#8217;ng&#8217;ir dog&#8217;lar hosil qiladi; qora ch i r i sh \u2014 poya hamda pastki barglar sarg&#8217;ayadi, yuqoridagilari qayiqcha shaklida bura- ladi. Keyinchalik poyaning ostki qismi qorayadi, ingichkalashadi, kartoshka hosil bo&#8217;lmaydi; halqasimon chirish \u2014 kasallikning boshlanishida K. palagi so&#8217;liydi, tuganagi chiriydi (kesilganda qo&#8217;ng&#8217;ir halqasimon chirish ko&#8217;rinadi). K.ning aynishi, gotika, mayda barglilik, barglarning buralishi kabi kasalliklar ham K.ning normal o&#8217;sishi, rivojlanishi va hosiliga jiddiy zarar etkazadi. Zararkunandalari: O&#8217;zbekiston sha- roitida K., ko&#8217;pincha, Kolorado qo&#8217;ng&#8217;izi, shira (o&#8217;simlik biti), kuzgi tunlam, kartoshka nematodasi, qo&#8217;ng&#8217;ir kana, chirildoqlar (tsikada), simqurt va buzoqboshilardan shikastlanadi. Kurash choralari. Kolorado qo&#8217;ng&#8217;iziga qarshi quyidagi preparatlardan biri 500-600 l\/ga suvda aralashtirib pur- kaladi: desis-0,5 l\/ga, karate-0,35 l\/ga, sumi alfa-0,5 l\/ga, benzofosfat (fo- zalon)-2,0 kg\/ga, regent-20\u201425 kg\/ga, nurel D-0,7 l\/ga. Kuzgi tunlamga qarshi ekishda urug&#8217;likka, vegetasiya davri- da o&#8217;simliklarga 0,2\u20140,5 l\/ga desis, 0,03% li nurel, 1% li dendrobasil- Lin eritmasi purkalanadi. O&#8217;simlik biti (shira)ga va chirildoq (tsikada)lar- ga qarshi bi-58\u20141,0\u20141,5 l\/ga, nurel 0,7\u20140,8 l\/ga, tolstar-0,8 l\/ga; sumqurt va buzoqboshilarga qarshi zaharlangan xo&#8217;raklar ishlatiladi. Nematodaga qarshi kuzda yoki ekishdan 30 kun oldin gektari- ga 800-1000 kg dan 20% li nemagon yoki tiazin, geterofos, karbiation sochilib, tuproqning 15-20 sm li qatlamiga ara- lashtiriladi. Kasalliklarning oldini olish choralariga almashlab ekishni to&#8217;g&#8217;ri tashkil qilish, yuqori agrotexnika va kaliy o&#8217;g&#8217;itlaridan foydalanish, ekin qoldiqlarini va kasallangan o&#8217;simliklarni yo&#8217;qotish, urug&#8217;larni tanlash tadbirlari kiradi. Bular- dan tashqari, makrosporiozga qarshi o&#8217;simliklarga 1% li Bordo suyuqligi, 0,3\u20140,5% li mis xlor oksidi eritmasi va 0,5% li tsineb suspenziyasi purkala- Di. Chetdan keltirilgan urug&#8217;larda ba&#8217;zan fitoftoroz uchraydi. Bunga qarshi, ma- krosporiozga qarshi qo&#8217;llanuvchi zaharli preparatlarni ishlatish mumkin. Ad.: Balashev N.I., Zeman G.O., Sabzo- votchilik, T., 1977; Abdukarimov D., Sa- farov T., Ostonaqulov T., Dala ekinlari selektsiyasi, urug&#8217;chiligi va Ge-netikasi asoslari, T., 1989. Botir Azimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kartoshka (Solanum tuberosum L.) \u2014 tomatdoshlar oilasiga mansub tuganak mevali ko&#8217;p yillik o&#8217;tsimon o&#8217;simlik; asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo&#8217;lgan bir yillik oziq-ovqat, texnika va xashaki ekin. Vatani \u2014 Jan. Amerika. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kartoshka\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122763","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122763","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122763"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122763\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122774,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122763\/revisions\/122774"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122763"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122763"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122763"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}