{"id":122773,"date":"2024-05-12T17:51:59","date_gmt":"2024-05-12T14:51:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122773"},"modified":"2024-05-12T17:52:03","modified_gmt":"2024-05-12T14:52:03","slug":"kasalxona","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kasalxona\/","title":{"rendered":"Kasalxona"},"content":{"rendered":"\n<p>Kasalxona \u2014 bemorlarni yotqizib davolaydigan muassasa. Po- liklinika b-n birlashtirilgan K.lar bemorlarni poliklinikada va uyda tibbiy yordamning barcha turlari b-n da- volaydigan davolash-profilaktika mu- assasasi hisoblanadi; poliklinika b-n birlashtirilmagan K. faqat stasionar- da davolaydi. Ish hajmi va ma&#8217;muriy bo&#8217;linishiga ko&#8217;ra, respublika, viloyat (o&#8217;lka), shahar, tuman va uchastka K.lari farq qilinadi. Ko&#8217;p sohali (turli xil ixtisosliklari bo&#8217;yicha bo&#8217;limlari bor) va ixtisoslashgan (sil, yuqumli, ruhiy, oftalmologik va b.) K.lar bo&#8217;lib, bular mazkur kasallik bo&#8217;yicha malakali va IX- tisoslashgan tibbiy yordam ko&#8217;rsatadi. 14 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalarga mo&#8217;ljallangan bolalar K.si ham ko&#8217;p sohali va ixti- soslashgan K.larga bo&#8217;linadi. Tibbiyot in-ti yoki ilmiy tadqiqot in-tining bazasi hisoblangan K. klinik K. deb ata- ladi. Bundan tashqari, aholiga kasbiga qarab xizmat qiladigan t.y. transporta K.si, suv xo&#8217;jaligi xodimlari K.si va boshqa K.lar bo&#8217;ladi. K.da bemorni vrach ko&#8217;zdan kechiradigan, hujjatlar rasmiy- lashtiriladigan qabulxona, zarur sani- tariya-gigiena choralari amalga oshiri- ladigan xonalar, davolash bo&#8217;limlari (jarrohlik, terapiya va b.), davolash- diagnostika bo&#8217;limlari (rentgenolo- giya, fizioterapiya); lab.lar, dorixona, oshxona, ma&#8217;muriy-xo&#8217;jalik bo&#8217;limlari va b. bo&#8217;ladi. Birlashgan K.ga, bundan tashqari, poliklinika ham kiradi. K.ni bosh vrach boshqaradi, bemorlar davola- nadigan ixtisoslashgan bo&#8217;limga esa shu ixtisoslik bo&#8217;yicha malakali vrach mudir- lik qiladi. Birlashgan K.ning bo&#8217;lim mu- diri poliklinikadagi tegishli bo&#8217;limga ham rahbar bo&#8217;lishi mumkin. Xodimlar soni K.dagi o&#8217;rinlar soniga bog&#8217;liq. K.larning tuzilishi va funktsiyasi, shu- ningdek, unda ishlaydigan tibbiyot xo- dimlarining haq-huquqlari, majburiyat &#8211; lari va boshqalar O&#8217;zR Sog&#8217;liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan maxsus davlat me&#8217;yornor- malari, yo&#8217;riqnoma va ko&#8217;rsatmalariga amal qilgan holda olib boriladi. Hoz. Uzbekistan hududida qadimda ham K.ga o&#8217;xshash davolash maskanlari mavjud bo&#8217;lgan. Amir Temur boshqa mam- lakatlarning mashhur tabiblarini poy- taxt Samarqandga olib kelib, maxsus shifoxonalar ochgan. Movarounnahr va Xurosonda shifoxonalar uchun alohida binolar qurilgan. Shifoxonalar ochishga Alisher Navoiy ham katta ahamiyat ber- gan. Turkistonning ba&#8217;zi viloyatlarida maxsus shifoxonalar bo&#8217;lganligi manba- larda qayd etilgan. Turkiston chor Ros- siyasi tomonidan bosib olinganidan key- in o&#8217;lkada G&#8217;arbga xos tibbiy muassasalar vujudga kelgan. Bunga qadar mahalliy aholi xalq tabobati (tabiblar, shikast- bandlar)dan foydalangan. Toshkentda birinchi davolash muassasasi 1868 y. harbiy garnizon qoshida ochilgan lazaret bo&#8217;lib, u 1869 y. harbiy gospitalga ay- lantirilgan. Keyinchalik Samarqandda (1872), Xivada (1872), Buxoroda (1891) kichikroq K.lar ishga tushirilgan. 1883 y. oxirida Toshkentda ayollar va bola- lar uchun birinchi ambulatoriya-shifo- xona ochilgan. 1903 y. Yangi shahar K.si qurilgan. 1913 y. Eski shahar K.si (hoz. 1-shahar klinik K.si) ish boshlagan. 1916 y. temir yo&#8217;l xodimlari uchun maxsus K. qurilgan. 1918 y. sobiq kadetlar korpu- si binosida K. (hoz. 1-ToshTIning o&#8217;quv bazasi), 1926 y. Toshsovet nomli fizio- terapiya K.si; Ko&#8217;kcha dahasida epidemio- logiya K.si (hoz. 1-yuqumli kasalliklar K.si) ishga tushgan. Hoz. O&#8217;zbekiston Respublikasining barcha shaxar va viloyatlarida yirik K.lar mavjud. Toshkentda O&#8217;zR Sog&#8217;liqni saqlash vazirligining 1-klinik kasal- xonasi, 15-, 17-shahar klinik kasalxo- nalari, tez tibbiy yordam kasalxonasi, shuningdek, 1 &#8211; va 2 &#8211; tosh-ti (o&#8217;quv baza- si)ga qarashli K.lar faoliyat ko&#8217;rsatadi. Hoz. mamlakatimizda 1020 ga yaqin K. bor (2002).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kasalxona \u2014 bemorlarni yotqizib davolaydigan muassasa. Po- liklinika b-n birlashtirilgan K.lar bemorlarni poliklinikada va uyda tibbiy yordamning barcha turlari b-n da- volaydigan davolash-profilaktika mu- assasasi hisoblanadi; poliklinika b-n birlashtirilmagan K. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kasalxona\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122773","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122773","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122773"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122773\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122782,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122773\/revisions\/122782"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122773"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122773"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122773"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}