{"id":122775,"date":"2024-05-12T17:51:59","date_gmt":"2024-05-12T14:51:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122775"},"modified":"2024-05-12T17:52:03","modified_gmt":"2024-05-12T14:52:03","slug":"kaspiy-dengizi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kaspiy-dengizi\/","title":{"rendered":"Kaspiy dengizi"},"content":{"rendered":"\n<p>Kaspiy dengizi (qadimda Kav- kazning sharqida yashagan Kaspiy kabila- si nomidan; qad. va o&#8217;rta asrlarda den- giz sohilida mavjud bo&#8217;lgan viloyatlar, elatlar, davlatlar nomi b-n Go&#8217;rgon, Xu- roson, Xorazm, oq dengiz, Xvali, Xazar dengizi nomi b-n atalgan; Ozarbayjon- lar hoz. ham Xazar dengizi deb ataydi- lar) \u2014 er sharidagi eng katta berk suv havzasi, ko&#8217;pincha dunyodagi eng katta ko&#8217;l deb ham hisoblaydilar. RF, Qozog&#8217;iston, Turkmaniston, Eron, Ozarbayjon hududlarida joylashgan. Quyidagi Xu- susiyatlariga ko&#8217;ra dengiz deb ataladi: kattaligi jihatidan qora, oq va bol- tik, dengizlaridan kam farq qiladi, suvi ham dengiz suvi singari sho&#8217;r, hayvonot va o&#8217;simliklar dunyosining bir qismi dengizlarda yashaydigan hayvon va o&#8217;simliklar jumlasidan. Bundan tashqari, K.D. bir vaqtlar hoz. Kuma-Ma-nich botig&#8217;i o&#8217;rnidan o&#8217;tgan bo&#8217;g&#8217;oz orqali Azov va qora dengizlar b-n tutashib tur- gan. Dengiz haqida dastlabki ma&#8217;lumot Gerodotning &#8220;Tarix&#8221; asarida uchraydi. K.D. sathi dunyo okeani sathidan qariyb 28 m past (1986). K.D. shim.dan janubga 1200 km ga cho&#8217;zilgan, o&#8217;rtacha kengligi 320 km. Qirg&#8217;og&#8217;ining uz. 7 ming km ga yaqin. Mayd. 376 ming km2 (1929 y.gacha, dengiz suvi pasaygunga qadar 422 ming km2 edi). Dengiz qirg&#8217;og&#8217;i ancha tekis, egri- bugri joylar kam. Yirik qo&#8217;ltiqlari: Qorabo&#8217;g&#8217;ozgo&#8217;l, Krasnovodsk, Qozoq, Mang&#8217;ishloq va b. K.D.da umumiy maydoni qariyb 350 km2 bo&#8217;lgan 50 ga yaqin Orol bor (eng yiriklari Tyuleniy, Chechen, Ar- TYoM, jiloy, Bulla, Ogurchinskiy va ku- lali). Relef tuzilishi jihatidan K.D. 3 qismga \u2014 shim., o&#8217;rta va Jan. qismlarga bo&#8217;linadi. Shim. qismi Jan.da Chechen oroli \u2014 Mang&#8217;ishloq ya.o. chizig&#8217;i b-n che- garalangan bo&#8217;lib, chuq. 10 m ga qadar, eng sayoz (4-6 m) qismidir. O&#8217;rta qismi ancha chuqur, o&#8217;rtacha chuq. 200 m, eng chuqur joyi esa 790 m. Bu qismi Jan. qismidan tur- kmanboshi sh. tomon dengizni kesib o&#8217;tgan suv osti tog&#8217;tizmasi orqali ajralib tu- radi. Jan. kismi eng chuqur (o&#8217;rtacha chuq. 325 m). K.D.ning eng chuqur joyi (1025 m) ham shu qismda. Maydoni jixatidan ucha- la qismi deyarli bir-biriga teng, lekin suv hajmi jihatidan ular har xil: shim. qismiga umumiy suv xajmining 1\/100 qismidan kamroq, o&#8217;rta qismiga 1\/3, Jan. qismiga esa 2\/3 ga yaqin bo&#8217;lagi to&#8217;g&#8217;ri ke- ladi. K.D.ga Volga, Ural, kura, Terek, Emba, Samur, sulak, Erondan oqib keladigan Safedrud kabi yirik daryolar va ko&#8217;pgina kichik Daryo va soylar quyiladi. Shim., shim-g&#8217;arbiy va Sharqiy sohillarning yozi juda issiq va quruq, qishi esa sovuq. Jan.-g&#8217;arbiy va Jan. sohillarida iqlim yumshoq va nam. K.D.ning har 1 l suvida o&#8217;rtacha 12,7 g tuz bor. Suv t-rasi yozda hamma joyida bir xil (24-26\u00b0), qishda esa shim. qismida 0\u00b0 va undan pastroq, o&#8217;rta va Jan. qismlarida 2\u00b0 dan 13\u00b0 gacha. Shim. qismi qishda 2-3 oy muzlab yotadi (muzning qalinligi 2 m ga etadi), o&#8217;rta va Jan. qismi esa muzlamaydi. K.D.da, asosan, Volga daryosi quyayotgan suv mas- sasi b-n doimo esadigan shamol ta&#8217;si- ri natijasida kelib chiqadigan va den- gizning qirg&#8217;og&#8217;i yoqalab soat strelkasi yo&#8217;nalishiga teskari xarakat qiladigan doimiy aylanma oqim mavjud. Ko&#8217;pincha, kuchli to&#8217;lqinlar (10-11 m) bo&#8217;ladi. K.D.ning suv sathi yillar va asrlar da- vomida o&#8217;zgarib turadi. O&#8217;tmish ma&#8217;lu- motlarining ko&#8217;rsatishicha, bundan 4-6 ming yil ilgari, mil. boshlarida va 18-a. o&#8217;rtalari \u2014 19-a. boshlarida den- giz sathi juda baland, 7-11-a.lar va 13-a. boshlarida esa, aksincha, juda past bo&#8217;lgan. Suv sathining so&#8217;nggi keskin pasayishi 1929-56 y.lar orasida kuza- tilgan. Shu davr ichida suv sathi 2,5 m dan ortiqroqqa pasaydi, natijada sayoz shim. qismida dengiz 20-30 km chekindi, ko&#8217;pchilik qo&#8217;ltiqlar qurib qoldi, den- gizning maydoni esa (Qorabo&#8217;g&#8217;ozko&#8217;lni hisobga olmaganda) 422 ming km2 dan (1930) 371 ming km2 ga (1969) kamaydi. Suv sathining bu kadar pasayib ketishi- ga asosiy sabab K.D.ga quyiladigan suv- larning kariyb 80%ni beruvchi Volga Su- VIning keyingi 40 yil davomida kamay- ib ketganligidir. Chunki, bu davr ichida Volga havzasida iqlim quruq keldi, yog&#8217;in kam yog&#8217;di, bug&#8217;lanish esa, aksincha, ortiq bo&#8217;ldi. Bundan tashqari, Volga daryosida bir qancha suv omborlari barpo etildi, sugorish va sanoat ehtiyojlari uchun oli- nadigan suv hajmi ancha ortdi. Olingan ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, 1966-76 yillarda K.D.ga o&#8217;rta hisobda har yili 180 mm (yoki 66,8 km3) yog&#8217;in tushdi, 720 mm (266,4 km3) Daryo suvi va 14 mm (5 km3) er osti suvi quyiladi: ayni vaqtda dengizdan yiliga 966 mm (357,3 km3) suv bug&#8217;lanadi, 11 mm (4 km3) suv sug&#8217;orishga sarflanadi. Suv balansining kirim qismi (338,2 km3) ga nisbatan chiqim qismi (362,3 km3) ning ortiq bo&#8217;lishi dengiz suv sathining o&#8217;rtacha har yili qariyb 7 sm ga kamaya bo- rishiga sabab bo&#8217;lgan. K.D.ning suv sathi yil davomida ham o&#8217;zgarib turadi: mart oyidan ko&#8217;tarila boshlaydi, iyul oyida eng baland bo&#8217;ladi, avg.dan to Fev.ga qadar esa pasaya boradi. 1978 y.dan K.D. suv sathining ko&#8217;tarilishi kuzatilmoqda (1986 y.da dengiz havzasi mayd. 376 ming km2ni tashkil etdi). K.D.da 500 turdan ortiq suv o&#8217;simliklari, 854 tur baliq va suv hayvonlari bor. Baliq, shim. Qismida tyulen ovlanadi. K.D. ostida juda kat- ta neft va gaz zahiralari borligi aniqlangan dengiz ostidan neft qazib olinadigan birinchi kon 1925 y.da ish- lay boshlagan. Hozir K.D.da ko&#8217;plab Yi- rik neft konlari ishlab turibdi. K.D.ning Korabo&#8217;g&#8217;ozgo&#8217;l qo&#8217;ltig&#8217;idan natriy sulfat, mirabilit va epsomit olinadi. Sharqiy sohillarida chu-chuk suvga bo&#8217;lgan ehtiyoj juda katta. Shu sa- babdan, Turkmanboshi va Oqtov sh.larida dengiz suvini chuchuklashtiradigan Yi- rik qurilmalar barpo qilingan. K.D.ning transport ahamiyati ham kat- ta. Unda neft, yog&#8217;och, don, paxta, guruch, mineral o&#8217;g&#8217;itlar tashiladi. Yo&#8217;lovchilar tashuvchi kemalar qatnaydi. Eng yirik portlari: Astraxon, Maxachqala (RF), Turkmanboshi (Turkmaniston), Enzeli (Eron). Boku b-n Turkmanboshi sh.lari oralig&#8217;ida dengiz t.y. paromlari katnab turibdi. Sho&#8217;ro davlati inqirozga uchragach, hududi K.D.ga tutash davlatlar dengiz- ning o&#8217;ziga tegishli deb hisoblagan qismida uning boyliklarini (baliq va b. hayvonlarni ovlash, neft, tuz va h.k.) o&#8217;zicha tasarruf qilib kelmoqda. Hozirgacha K.D. boyliklarini o&#8217;zlashtirish, o&#8217;ziga tegishli akvatoriya- lar chegaralarini belgilab olish haqida dengizga yondosh davlatlar o&#8217;rtasida yagona kelishuv imzolanmadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kaspiy dengizi (qadimda Kav- kazning sharqida yashagan Kaspiy kabila- si nomidan; qad. va o&#8217;rta asrlarda den- giz sohilida mavjud bo&#8217;lgan viloyatlar, elatlar, davlatlar nomi b-n Go&#8217;rgon, Xu- roson, Xorazm, oq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kaspiy-dengizi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122775","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122775","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122775"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122775\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122783,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122775\/revisions\/122783"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122775"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122775"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122775"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}