{"id":122789,"date":"2024-05-12T17:55:34","date_gmt":"2024-05-12T14:55:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122789"},"modified":"2024-05-12T17:55:39","modified_gmt":"2024-05-12T14:55:39","slug":"kattaqorgon-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kattaqorgon-tumani\/","title":{"rendered":"KATTAQO&#8217;RG&#8217;ON TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>KATTAQO&#8217;RG&#8217;ON TUMANI &#8211; Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 y. 28 sen-t.da tashkil etilgan. Shim.dan viloyatning Ishtixon, Jan.-sharkdan Nurobod, g&#8217;arbdan Narpay, sharqdan Pastdarg&#8217;om, shim.-g&#8217;arbdan Navoiy vilo- yatining Xatirchi tumanlari b-n chegara- dosh. Mayd. 1,47 ming km2. Aholisi 189 ming kishi (2002). Tumanda 2 shaharcha (Suv ombori, Payshanba) va 11 qishloq fuqarolar yig&#8217;ini (Girdiqo&#8217;rg&#8217;on, Durbesh, Kattako&#8217;rpa, Kattaming, Ki^ikmindon, Jumaboy, Moybuloq, Omonboy, Saroyqo&#8217;rg&#8217;on, Yangiqo&#8217;rg&#8217;oncha, Qo&#8217;shtepa) bor. Markazi Payshanba shaharchasi. Tabiati. Relefi, asosan, yassi tekis- likdan iborat bo&#8217;lib sharqdan g&#8217;arbga ni- shab, o&#8217;rtacha bal. 450 m. Shim. Chegarasi bo&#8217;ylab Qoradaryo, Jan. chegarasi bo&#8217;ylab Oqdaryo kanali oqib o&#8217;tadi. Ikki Daryo- dan chiqarilgan Miyonkol, Shavat, Toss, Narpay ariklari asosiy sug&#8217;orish man- baidir. Tuman hududida barpo etilgan Kattaqo&#8217;rg&#8217;on suv ombori (&#8220;Kattaqo&#8217;rg&#8217;on dengizi&#8221;)ning xo&#8217;jalikdagi ahamiyati katta. &#8220;Kattaqo&#8217;rg&#8217;on dengizi&#8221;da baliqchilik xo&#8217;jaligi tashkil etil- gan. Iqlimi kontinental. Yozi issiq, quruq, qishi mo&#8221;tadil sovuq. Yillik o&#8217;rtacha t-ra 13\u00b0, yanv.da -1,9\u00b0, iyulda 29,1\u00b0. Maksimal t-ra 44\u00b0, minimal t-ra -35\u00b0. Kuzda dastlabki sovuqlar okt. ning birinchi o&#8217;n kunligidan boshlana- Di. Sovuq bo&#8217;lmaydigan davr 177 kun. Jan.-Sharqiy va Sharqiy shamollar esib turadi. Yillik o&#8217;rtacha yog&#8217;in miqdori 282 mm. Yog&#8217;inning ko&#8217;p qismi bahor va qishda yog&#8217;adi. Ba&#8217;zan qattiq jala quyadi. Tuproqlari och tusli, oddiy yoki tipik bo&#8217;z tuproq bo&#8217;lib, azaldan sug&#8217;orib ke- lingan. Yovvoyi o&#8217;simliklardan kampir- chopon, eshakmiya, g&#8217;umay, semizo&#8217;t, sho&#8217;ra, ituzum, chitir, oqquray, karrak, yantoq, yalpiz, na&#8217;matak, chirmovuq va b. o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, quyon, chiyabo&#8217;ri, jayran, jayra; qushlardan so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, qirg&#8217;ovul, loyxo&#8217;rak, chumchuq, chug&#8217;urchiq, zarg&#8217;aldoq, tustovuq, o&#8217;rdak, mayna, sudraluvchilardan gekkon kalta- kesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar, kemiruvchilardan ko&#8217;rsichqon, kichik qo&#8217;shoyoq, qumsichqon, kalamush, sichqon, yumronqoziq, Qunduz va b. uchraydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar; shuning- dek, tojik, rus, tatar, qozoq, koreys, ar- man va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 128,6 kishi (2002). Shaharliklar 25,6 ming kishi, qishloq aholisi 163,4 ming kishi (2002). Tuman xo&#8217;jaligi, asosan, q.x.ga IX- tisoslashgan. Sanoat, qurilish, trans- port, aloqa korxonalari bor. Shirkat xo&#8217;jaliklari paxtachilik, bog&#8217;dorchilik, sabzavotchilik, g&#8217;allachilik, poliz- chilik, tokchilik, chorvachilik b-n shug&#8217;ullanadi. Tumanda qo&#8217;shma korxona, kichik korxona, aktsiyadorlik jamiyatla- ri, xususiy, shirkat korxonalari mav- jud. Hunarmandchilik, qandolatchilik va b. rivojlangan. Tuman hududi orqali Nukus, Urganch, Buxoro, Navoiy sh.laridan Toshkentga qatnovchi avtobuslar o&#8217;tadi. K.t. markazi- dan viloyat ichidagi yo&#8217;nalishlar bo&#8217;yicha avtobuslar qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Q.x.ning etakchi tarmog&#8217;i \u2014 Paxtachi- lik. Q.x.da sug&#8217;oriladigan erlar 25 ming 978 ga, shu jumladan, 13400 ga erga paxta, 8918 ga erga g&#8217;alla ekiladi, shuningdek, sholi, beda, poliz, sabzavot ham etkazila- Di. 22 ming ga erda o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi joy &#8211; lashgan, 100 gaterakzor. K.t.da 22 shirkat xo&#8217;jaligi, 343 dehqon-fermer xo&#8217;jaligi bor. Shulardan, &#8220;Kattaqo&#8217;rg&#8217;on&#8221; parran- dachilik aktsiyadorlik jamiyati, &#8220;Oriyon&#8221; parrandachili k fermer xo&#8217;jaliklari unumli ishlamokda. Tuman shirkat va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 55 ming 766 qoramol, 30 ming 826 qo&#8217;y va echki, 389 ming 625 parranda boqiladi (2002). 2001\/2002 o&#8217;quv yilida tumanda 97 umu- miy ta&#8217;lim maktabi bo&#8217;lib, qariyb 50 ming o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. Shuningdek, kasb-hunar maktabi, liseyi, kolleji, musiqa maktablari faoliyat ko&#8217;rsatadi. 58 kutubxona, 23 madaniyat uyi, 3 muzey mavjud. 560 o&#8217;rinli kasalxona va b. tibbiy muassasalarda 198 vrach, 828 o&#8217;rta ma&#8217;lu- motli tibbiy xodim ishlaydi. &#8220;Kattaqo&#8217;rg&#8217;on haqiqati&#8221; tuman gaz. 1931 y.dan chiqadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>KATTAQO&#8217;RG&#8217;ON TUMANI &#8211; Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 y. 28 sen-t.da tashkil etilgan. Shim.dan viloyatning Ishtixon, Jan.-sharkdan Nurobod, g&#8217;arbdan Narpay, sharqdan Pastdarg&#8217;om, shim.-g&#8217;arbdan Navoiy vilo- yatining Xatirchi tumanlari b-n chegara- dosh. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kattaqorgon-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122789","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122789","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122789"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122789\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122797,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122789\/revisions\/122797"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122789"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122789"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122789"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}